Telegram Web
Samarqand shahrida kasbiy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida atoqli adib, jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri, dramaturg va publisist Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilariga Past Darg‘om tuman 3-son politexnikumi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan “Xalq yuragi” qisqa metrajli filmi havola etildi.

Shuningdek, tadbirda Samarqand viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yaratilgan “Padarkush” dramasidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

@samarqandyangiliklari‌‌
Forwarded from Ishtixon tuman hokimligi
Tuman tashkilotlarida ijro intizomi va davlat tili masalasi o‘rganildi

🔹 Ishtixon tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi hamda "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasida hujjatlar ijrosi va davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi. Jarayonda Prezidentning PF-6166-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 61-sonli qarori ijrosi tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
Tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga rioya etilish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, davlat tilida bo‘lmagan va shaharsozlik qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etildi.

Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook
2025/07/13 20:11:24
Back to Top
HTML Embed Code: