Telegram Web
Forwarded from Nurobod tumani hokimligi
Tashqi reklama vositalari tartibga solinmoqda

Nurobod tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan tumandagi tadbirkorlik subyektlari, bozorlar va savdo obyektlarida noqonuniy o‘rnatilgan reklama bannerlari va peshlavhalarni tartibga solish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.

O'rganishlar davomida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridagi noqonuniy o‘natilgan, sifati talabga javob bermaydigan va davlat tilida bo'lmagan reklama vositalari olib tashlanmoqda.

Tadbirkorlar ishchi guruh tomonidan "Reklama to‘g‘risidagi qonun" talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirilib, bunday holatlarning takrorlanmasligi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan huquqiy tushuntirish va tegishli tavsiyalar berildi.

©️ @nur_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Брифинг

Пешлавҳа ва баннерларда давлат тили меъёрларига амал қилиш – миллий ҳурмат ва қонуний талаб
👉 Samarqandda Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlanmoqda

🔰 Samarqand viloyati hokimligida Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan “Iqtisodiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy” oʻquv soati bo‘lib o‘tdi.
Oʻquv soatida SamDU Tarix fakulteti dotsenti Bektosh Raximov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
🔵 Ma’ruzachi ishtirokchilarga Amir Temurning davlat boshqaruv tizimi, uning ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik sohalarida olib borgan ishlari haqida batafsil ma’lumot berib, qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
📌Reyd tadbirlari davom etadi

👉Shahar hokimligining ishchi guruhi 9-11-aprel kunlari navbatdagi o‘rganish ishlarini Dahbed ko‘chasida olib bordi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra 100 ga yaqin “Davlat tili haqida”gi Qonun va "Reklama to'g'risida"gi Qonun talablariga mos kelmagan hamda betartib, shaharsozlik normalariga amal qilmasdan, xorijiy tilda, noqonuniy o‘rnatib olgan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi. Bir necha bor tushuntirishmizga qaramasdan noqonuniy reklamasini bartaraf qilmagan 3 nafar tadbirkorga qonuniy chora ko‘rish uchun Raqobat boshqarmasiga xat yuborildi.

Tadbirkorlar qonun talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Norbek Alqarov,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.
2025/07/14 03:21:46
Back to Top
HTML Embed Code: