Forwarded from TOYLOQ.UZ | Rasmiy xabarlar
📍Toyloq_tumani
“Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi o‘tkazildi
🔵 Bugun, 28-may kuni tuman hokimligi, tuman korxona, tashkilot, muassasalarning rahbarlari va xodimlari ishtirokida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi o‘tkazildi.
Unda, tuman hokimligi, tumandagi korxona, tashkilot hamda muassasa xodimlari diktant yozib, yakunida savodxonligi yuqori bo‘lgan xodim va rahbarlarni tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

Aksiya Toyloq tumani hokimligi hamda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida tashkil etildi.
Unda, tuman hokimligi, tumandagi korxona, tashkilot hamda muassasa xodimlari diktant yozib, yakunida savodxonligi yuqori bo‘lgan xodim va rahbarlarni tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
“Ommaviy diktant” – savodxonlik va til madaniyati sinovi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, davlat tilining amaliyotda to‘laqonli va samarali qo‘llanilishini ta’minlash, shuningdek, til madaniyatini yuksaltirish va savodxonlik darajasini oshirish maqsadida Kattaqo‘rg‘on tumanida yana bir muhim tadbir o‘tkazildi.
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi bilan hamkorligida tashkil etilgan “Ommaviy diktant” savodxonlik tadbiri tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari o‘rtasida o‘tkazildi.
Tadbir Kattaqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga savodxonlik va tiniq fikrlashni talab qiladigan matn diktovka qilinib, ularning imlo, uslub va tiniq yozuv bo‘yicha bilimlari baholandi.
Tadbir yakunida eng yaxshi natija qayd etgan ishtirokchilar quyidagicha e’lon qilindi:
🥉 3-o‘rin — Rashidova Dilbar, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi
🥈 2-o‘rin — Shomurodov Bobur, Mo‘minxo‘ja mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi
🥇 1-o‘rin — Parmonova Nilufar, Valijon mahalla xotin-qizlar faoli
Gʻoliblar tuman hokimligi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar nafaqat til madaniyati va savodxonlikni oshirish, balki rahbar kadrlar o‘rtasida davlat tiliga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirishga ham xizmat qiladi.
Jasur Sarmanov, tuman hokimi maslahatchisi.

Forwarded from Ishtixon tuman hokimligi
📚 “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi Ishtixon tumanida o‘tkazildi! ✍️
🗓 2025-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6084-sonli Farmoni — “O‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ishtixon tumanida “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi tashkil etildi.
🤝 Aksiya Ishtixon tuman hokimligi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q. Nuriddinov ishtirok etib, faol qatnashgan fuqarolarni rag‘batlantirdi.
🎖 Diktant natijalariga ko‘ra eng yaxshi bilim namunasini ko‘rsatgan ishtirokchilarga faxriy yorliqlar, 1-, 2- va 3-darajali diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, har bir ishtirokchiga 2 donadan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi taqdim etildi.
📈 Tadbir tumanda ona tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook