Telegram Web
Forwarded from PAYARIQ TUMANI HOKIMLIGI (Рамазон)
Rahbarlar nega diktant topshirdi?

Payariq tumani hokimligi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman kengashi hamkorligida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbar hamda o‘rinbosarlari ishtirokida “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi tashkil etildi.

 Ushbu aksiyada tumanning 155 nafar rahbar xodimlari diktant topshirdi. Buni tashkil etishdan maqsad rahbar xodimlarni ish faoliyati davomida davlat tilida ish yuritishi, so‘zlarni to‘g‘ri va aniq qo‘llashiga o‘rgatishdan iboratligi ta’kidlab o‘tildi.  

Hakamlar hay’ati tomonidan eng namunali deb topilgan  ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
“Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi o‘tkazildi

Bugun, 28-may kuni tuman hokimligi, korxona, tashkilot hamda muassasa xodimlari ishtirokida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi o‘tkazildi.
Unda, tuman hokimligi, korxona, tashkilot hamda muassasa xodimlari diktant yozib, yakunida savodxonligi yuqori bo‘lgan birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarga tuman hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Biz👉http://myurls.co/paxtachi
Forwarded from Pastdarg‘om.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ommaviy diktant” savodxonlik tadbiri o‘tkazildi

✍️ Bugun tuman hokimligi tomonidan tumandagi korxona, tashkilot, muassasalarning xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6084-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” ijrosini ta’minlash hamda yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Ommaviy diktant” savodxonlik tadbiri o‘tkazildi.
⚪️ Tadbir viloyat, tuman hokimligi hamda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida tashkil etildi.

🏙Unda, tumandagi korxona, tashkilot hamda muassasa xodimlari diktant yozib, yakunida savodxonligi yuqori bo‘lgan ishtirokchilarga tuman hokimligining diplomi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining kitob jamlanmalari topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐 Bugun tug‘ilgan kun Elbek Murodullayev 💐

💐 30-may Samarqand viloyati Urgut tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Murodullayev Elbek Izzatillo o‘g‘li tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Elbek Murodullayevni viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Elbek Murodullayevga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Keyingi faoliyatida ulkan zafarlar yor bo'lsin.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori.


Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
#Samarqand_viloyati
#Samarqand_tumani
#Savodxonlik_tadbiri

Ayni vaqtda Samarqand tumani hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand tuman boʻlinmasi hamda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida Savodxonlik tadbiri boʻlib o‘tmoqda.
"Ommaviy diktant" tadbirida tumandagi barcha tashkilot rahbarlari hamda xodimlardan diktant olinmoqda.

Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram‌‌
2025/07/09 01:55:00
Back to Top
HTML Embed Code: