Telegram Web
#Samarqand_viloyati
#Samarqand_tumani
#Savodxonlik_tadbiri

Ayni vaqtda Samarqand tumani hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand tuman boʻlinmasi hamda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida Savodxonlik tadbiri boʻlib o‘tmoqda.
"Ommaviy diktant" tadbirida tumandagi barcha tashkilot rahbarlari hamda xodimlardan diktant olinmoqda.

Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram‌‌
Forwarded from Nurobod tumani hokimligi
Tashqi reklama vositalari tartibga solinmoqda

Bugun Nurobod tumani hokimligi ishchi guruhi tomonidan tumandagi tashqi reklama vositalari o'rganildi.

O'rganishlar davomida tadbirkorlik subyektlari reklama vositalarini o'rnatishda shaharsozlik qoidalari va "Davlat tili to'g'risida"gi Qonunga rioya qilishlari lozimligi to'g'risida ogohlantirilib, huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, belgilangan qoidalarga mos kelmaydigan, xorijiy tillarda yozilgan va sifati talabga javob bermaydigan tashqi reklama vositalari olib tashlanib, tadbirkorlar orasida bunday holatlarning takrorlanmasligi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

©️ @nur_press
Forwarded from Zarnews.uz
Пахтачига муносиб ном керак

Миллий ғурурнинг шаклланиши ва мустаҳкамлигида анъана ва қадриятлар, тарихий номларнинг аҳамияти катта. Чунки уларда халқимизнинг кўп йиллик тарихи, ҳаёти акс этади. Уларни билмоқ, англамоқ эса миллат бирлигига, унинг маънавий қудрати юксалишига хизмат қилади. Мустақиллик туфайли кўплаб тарихий жой номлари, буюк аждодларимиз номи тикланиши, диний эътиқоддаги эврилишлар, давлат тили сиёсати фикримиз исботидир.

———

Paxtachiga munosib nom kerak

Milliy g‘ururning shakllanishi va mustahkamligida an’ana va qadriyatlar, tarixiy nomlarning ahamiyati katta. Chunki ularda xalqimizning ko‘p yillik tarixi, hayoti aks etadi. Ularni bilmoq, anglamoq esa millat birligiga, uning ma’naviy qudrati yuksalishiga xizmat qiladi. Mustaqillik tufayli ko‘plab tarixiy joy nomlari, buyuk ajdodlarimiz nomi tiklanishi, diniy e’tiqoddagi evrilishlar, davlat tili siyosati fikrimiz isbotidir.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/hqq

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Forwarded from Zarnews.uz
Тил - тақдир демак, тилнинг тириклиги халқнинг мавжудлигидир

Ушбу мақолани таниқли тилшунос олим Бозорбой Ўринбоев 1993 йилда ёзган. Унда юритилган фикрлар ҳали-ҳамон долзарб.

————

Til - taqdir demak, tilning tirikligi xalqning mavjudligidir

Ushbu maqolani taniqli tilshunos olim Bozorboy O‘rinboyev 1993-yilda yozgan. Unda yuritilgan fikrlar hali-hamon dolzarb.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/n702

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Forwarded from Samarqandim jurnali
YANGI TA’LIM USLUBI VA DARSLIK TAQDIMOTI

2025 yil 3 iyun kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida filologiya fanlari doktori, taniqli tilshunos, navoiyshunos olim, shoir, tarjimon, professor Ibodulla Mirzayevning uzoq yillik lingvodidaktik tadqiqotlari natijasida ishlab chiqilgan “Tahliliy o‘qish” nomli milliy innovasion ta’lim uslubi va shu uslub asosida yaratilgan darsligi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/220

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#bilasizmi

📌Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

KORIZ
– Qoʻshrabot tumanidagi qishloq nomi. Koriz – yer osti kanali, sizot suvlarni chiqarish uchun moʻljallangan yer osti galeriyalari va quduqlari sistemasi, yer osti sug‘orish sistemasi. Demak, koriz bir birlari bilan yer ostida birlashtirilgan oqar quduqlar boʻlib, koriz trassasi belgilab chiqilgach, trassa bo‘ylab har 10 m.da quduqlar qaziladi. Atama tojikcha xok-tuproq va rextan- to‘kmoq, quymoq soʻzlaridan yasalgan. V.L.Vyatkin oʻrta asr Samarqandi atrofini o‘rab olgan devor haqida gapirar ekan, Korizgoh yoki Koriziston (koriz joyi) darvozasi nomini qayd qiladi. Olim yashagan davrda bu yerda jarlik boʻlib, undan Shaharariq arigʻi oqqan. Keyinchalik Korizgoh Nomozgoh yoki Iydgoh deb atala boshlagan. Darvozaning eng so‘nggi nomi Xoʻja Ahror bo‘lgan.

📝Manba: Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://www.tgoop.com/qushrabottumanhokimligi
2025/07/12 11:38:52
Back to Top
HTML Embed Code: