Telegram Web
Forwarded from Samarqandim jurnali
YANGI TA’LIM USLUBI VA DARSLIK TAQDIMOTI

2025 yil 3 iyun kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida filologiya fanlari doktori, taniqli tilshunos, navoiyshunos olim, shoir, tarjimon, professor Ibodulla Mirzayevning uzoq yillik lingvodidaktik tadqiqotlari natijasida ishlab chiqilgan “Tahliliy o‘qish” nomli milliy innovasion ta’lim uslubi va shu uslub asosida yaratilgan darsligi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/220

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#bilasizmi

📌Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

KORIZ
– Qoʻshrabot tumanidagi qishloq nomi. Koriz – yer osti kanali, sizot suvlarni chiqarish uchun moʻljallangan yer osti galeriyalari va quduqlari sistemasi, yer osti sug‘orish sistemasi. Demak, koriz bir birlari bilan yer ostida birlashtirilgan oqar quduqlar boʻlib, koriz trassasi belgilab chiqilgach, trassa bo‘ylab har 10 m.da quduqlar qaziladi. Atama tojikcha xok-tuproq va rextan- to‘kmoq, quymoq soʻzlaridan yasalgan. V.L.Vyatkin oʻrta asr Samarqandi atrofini o‘rab olgan devor haqida gapirar ekan, Korizgoh yoki Koriziston (koriz joyi) darvozasi nomini qayd qiladi. Olim yashagan davrda bu yerda jarlik boʻlib, undan Shaharariq arigʻi oqqan. Keyinchalik Korizgoh Nomozgoh yoki Iydgoh deb atala boshlagan. Darvozaning eng so‘nggi nomi Xoʻja Ahror bo‘lgan.

📝Manba: Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://www.tgoop.com/qushrabottumanhokimligi
Forwarded from TIL - MILLAT KO'ZGUSI
💐 Bugun tug‘ilgan kun Obid Tojixonov 💐

💐 10-iyun Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Obid Tojixonov tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Obid Numonxonovichni viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Obid Numonxonovichga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
#seminar

2025-yilning 12-iyun kuni Namangan viloyatida Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun Respublika amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Bunda Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi,Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etmoqdi.

Seminarda Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi Sherali Temirov va Samarqand tumani hokimi maslahatchisi Manuchexr Murtazoqulov ham qatnashdi.

Ushbu seminarga Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilarning tajriba almashishini ta’minlash ularning malakasini oshirish va faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsad qilib qo‘yilgan.


Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Forwarded from Pastdarg‘om.uz
AJDODLARGA MUNOSIB AVLOD BO‘LAYLIK!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” ijrosini taʼminlash, shuningdek, 30-iyun — “Yoshlar kuni”ga munosib tayyorgarlik ko‘rish va tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, tuman hokimligi tomonidan 28-son umumtaʼlim maktabida “Men buyuklarga munosib avlod bo‘laman!” shiori ostida savodxonlik aksiyasi hamda ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tumandagi mahallalarning yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ularning savodxonligini oshirish maqsadida diktant yozdirildi. Shundan so‘ng mahalla yoshlari oldida turgan ustuvor vazifalar, talablar hamda dolzarb masalalar yuzasidan masʼul mutasaddilar tomonidan tushunchalar berilib, tegishli tavsiyalar ilgari surildi. Shuningdek, yoshlar yetakchilarining bu boradagi taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

Tadbir yakunida savodxonlik darajasi bo‘yicha eng yuqori va eng past natija ko‘rsatgan yoshlar bilan alohida ishlash, shuningdek, mahallalarda yoshlarga oid davlat dasturlarining ijrosi va ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha muhim masalalarning yechimlari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 21:20:16
Back to Top
HTML Embed Code: