Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Qamoqdagi yaqini bilan ushrashuv hamda yo’qlov berish huquqi!

🔹Vaqtincha saqlash hibsxonasidagi shaxslar posilka, banderol va oziq-ovqat yo‘qlovi olishga haqli.

🔹Og‘irligi oyiga 9 kg gacha bo‘lgan 1 posilka/banderol, 12 kg gacha oziq-ovqat yo‘qlovi ruxsat etiladi.

🔹Homilador ayollar, bolali ayollar, voyaga yetmaganlar, bemorlar va nogironlar uchun cheklanmagan.

🚫 Taqiqlangan narsalar:
Odamlar hayotiga xavf tug‘diradigan yoki jinoyat quroli bo‘la oladigan buyumlar.
Vaqtincha saqlash xibsxonasi ishiga to‘sqinlik qiladigan narsalar.

📝 Yo‘qlov berish tartibi:
Ariza ikki nusxada to‘ldiriladi (shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan).
Yo‘qlov berayotgan shaxs ishtirokida tekshiriladi.
Tekshirilgan yo‘qlov xibsxona xodimi imzosi bilan qaytarilib beriladi.
Yo‘qlov oluvchi imzo qo‘ygach, unga yo‘qlov beriladi. Imzo qo‘ymasa, dalolatnoma tuziladi.

🤝 Uchrashish huquqi (O‘Z.R JPK 230-moddasi)
Vaqtincha saqlash hibsxonasida  saqlanayotganlar uchun:
Himoyachi bilan uchrashuvga, birinchi so‘roqqacha, ruxsat beriladi (to‘siqsiz).
Qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan uchrashishga tergovchi/surishtiruvchi yozma ruxsati zarur. (Himoyachi bilan uchrashuv bundan mustasno).

Mahkumlar uchun(JPK 477-moddasi) Hukm e’lon qilinganidan keyin:
Raislik qiluvchi yoki sud raisi mahkumning yaqin qarindoshlari yoki himoyachisining iltimosiga ko‘ra, uchrashishga imkoniyat berishi shart.

⛔️ Yo‘qlov qabul qilinmaydigan holatlar:
🔹Yo‘qlovni olib kelgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmaganda;
🔹Taqiqlangan narsalar yo‘qlovda aniqlansa.
🔹Yo‘qlov soni/og‘irligi meyordan ortiq bo‘lsa.
🔹Vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlanayotgan shaxs tergov/sudda bo‘lsa yoki kasalxonada bo‘lsa.
🔹Yo‘qlov oluvchi yo‘qlovni qabul qilishdan bosh tortsa.
🔹Yo‘qlov oluvchi muassasadan yuborilgan bo‘lsa yoki ozod etilgan bo‘lsa.
🔹Yo‘qlov oluvchi vafot etgan bo‘lsa.

📌Eslatma: Taqiqlangan narsalar aniqlanganda, tegishli organlarga xabar beriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy targ`ibot
#Bilasizmi

❗️Jarima ballari 12 balldan oshsa haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.

🔰Qonun bilan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi:

⚡️Yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilishi;

🔘Bunda:

Belgilangan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan mazkur huquqbuzarliklarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima balining eng yuqori miqdori 2 balldan oshmasligi kerak.

Jarima ballari belgilangan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballari bir yil o‘tgach transport vositasining haydovchisidan avtomatlashtirilgan tarzda yechiladi.

Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida 12 balldan oshgan hollarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan tartibda qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmasligi belgilandi.

🔹Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun;

🔹Transport vositasida odam tashish qoidalarini buzganlik uchun;

🔹Transport vositalarini quvib o‘tish qoidalarini buzganlik uchun;

🔹Yo‘l bezoriligi uchun;

🔹Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto va videotasvirini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatganlik uchun.

@iiv_huquqiy_targibot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ichki ishlar organlari xodimlari xalq tinchligi yo‘lida doimo ogoh va hushyordirlar!

@iiv_huquqiy_targibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy targ`ibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/25 10:20:58
Back to Top
HTML Embed Code: