Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
737 - Telegram Web
Telegram Web
#iqtibos

Hech qachon bola boʻlmaganlar katta ham boʻlmaydilar.

Charli Chaplin

@ijodhona
#iqtibos

Fisq va masiyatni davomiy suratda koʻrib turishlik qalbingda ularga bólgan karohiyatni ketgizib yuboradi va ular sen uchun oddiy narsaga aylanib qoladi.

Abu Homid Gʻazzoliy
Nodirabegim Ibrohimova ijodini "Forrest Gamp" va Anna Dostoyevskaya "Xotiralar"i orqali tanidim. Nashrga tayyorlanayotgan "Shaxsiy xona" ham qiziqtiryapti.

Ijodkor bólish oson emas ayniqsa ayollarga. Yaqinda oʻqiganim "Óğil" hikoyangiz óyga chómdirdi. Nega uchinchi, tórtinchi farzand ham almashmasa, qiz bólib tuğilsa, Óğiloy, Óğil singari ism qóyishadi. U óz ismini qabul qila olmaydi hech qachon doʻstlariga aytishga ham tortinadi. Ózining ismini shunchaki sevmaydi, ismi ózidan keyin óğil farzand tugʻilishi uchun "vosita nom"ligini biladi. Bu uning keyingi hayotiga ham taʼsirini oʻtkazadi.

Ketma-ket óğillardan keyin qiz farzand kelishligi uchun ular "vosita nom"lar bilan nomlanmaydiku. Nega qiz farzandga bunday qilamiz?
Hikoyani oʻqirkanman shunday savollar yoğrildi...
Bu birgina qahramonning ism haqida óylar. Aslida hikoyangiz chuqur mushohadaga undaydi.

Ijodingiz yuksalsin. Tavallud kuningiz muborak boʻlsin. Sizdan - ayol dardi, Inja hislari, isyoni, faryodi bor yógicha yortilgan asarlar kutamiz!
Eng ohirgi marta

...Eng ohirgi marta
bóldi, bas yetar,
Ertadan boshqacha ayol boʻlaman.
Tashvishim tugamas, rózğor ólsin-ey,
Ertaga singlimni borib koʻraman.

Kichrayib qolibdi, tuvakdagi gul,
Unga suv quygandim qachon bilmasam?
Ertadan boshqacha yashashim kerak -
Deb buncha oʻzimga ichdim-a qasam!

Yiğlaganim bólsin oxirgi marta,
Foydam qotgan bólsin, bóldi charchadim.
Koʻnglim, qonunlaring buncha boshqacha,
Ertadan kelyapti kulib yashagim.

Umrim, boshing uzun, oxiring tugun,
Meni yomon koʻrgan yaxshingdan kechdim.
Aytganing qildim-ku, yeb tóymas koʻnglim,
Axir, bor yoʻgʻimni suv qilib ichding!

Kónglim siniğingni kel yashiramiz,
Meni tush kóryapti singlim siqilib,
Ertaga boshqacha yozgim kelayapti,
Bu oxirgi she'ring dema ishqilib!...

Gulbahor Jumayeva

@ijodhonq
Qorongʻulik fojea emas, asl fojea yoruğlikka intilmaslik.
Inson shunday yaralgan har qanday qorongʻulik ichra yoruğlik izlab yashaydi.
Shunga majbur...yóqsa, yóqlikka singib ketaveradi.
Bir ayol tarixi

Qiz tuğildi
yiğladi osmon
Xasratlarin yergina yutdi
Asta qarab
eri tomon
Ayol mehrmi,
nimadir kutdi.

Qiz ulğaydi,
yigʻladi osmon
Koʻzyoshlarin yergina yutdi.
Nigoh tashlab kuyovi tomon
Qiz ehtimol,
muhabbat kutdi.

Qiz ulgʻaydi,
yiğladi osmon
Orzularin yergina yutdi.
Boqib asta,
eri tomon
U baribir
nimadir kutdi.

Yana qiz tugʻildi,
yigʻladi osmon
Darslarini yergina yutdi.
Ózgarmadi,
baribir zamon
Ayol kutdi,
nimadir kutdi.

Va nihoyat,
óğil tuğildi.

Erkak kuldi, kuldiyu osmon.
Biroq,
ayol chunon bóğildi
Ming hasratda,
boqdi er tomon

Yordam bering,
qutqaring uni

U
zaxarli
avvalroq
ichdi.
Tuqqunicha,
tuğmadi kuni

Sabri tugab,
jonidan kechdi
.

Ayol óldi,
yiğladi osmon
Koʻzyoshlarni yergina yutdi.
Er yonida
yoshgina juvon
U hammadan avval unutdi.


Rahshona Axmedova

@ijodhona
***

Umidlarim yiğlayurlar
ğavğo solib ichimda,
Xasratlarim quvnayurlar
yağmo chalib ichimda.

Bilmam, menda necha men bor,
talosh bóldi bu jonim
Biri zohid, biri osiy, biri
tolib ichimda.

Harb maydoni kabi qalbim
qon yutadi har lahza,
Shomu saxar anglab boʻlmas,
qaysi gʻolib ichimda...

... Men ózimni kór ózimdan
bunchalar ham yashirdim,
Men kim bólib yashab ótdim
ózim qolib ichimda...


Bektemir Pirnafas

@ijodhona
"Yangi Oʻzbekiston" yoshlarining 345 ming nafari 56,7 balldan past ball toʻplashgan. Bu jami abituriyentlarning 46,9% iga toʻgʻri keladi. Ammo, bular mandatdan avval chetlashtirilishgan va tanlovda qatnashishmaydi. 391 ming abituriyent 46,9%dan oshiq ball olishgan.
Demak, bu yil davlat oliygohlariga jami 200 ming kvota berilsa, har ikki abituriyentdan bittasi talaba boʻladi degani (bu yil bu ball yanayam yangilanmasa).

Bizning vaqtda bu sakkiztadan bittaga toʻgʻri kelardi. Raqobat ham shunga yarasha boʻlardi.
Bir soʻz bilan aytganda, hech boʻlmaganda abituriyentlikda kitob óqilardi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
yomgʻir bólsam kerak aslida...

@ijodhona
#mutolaadan

To qólimizda kitob borligidan qisinib - qimtinib, uyalib yurarkanmiz,
to "kino"yu, "klip"larimizda kitob qoʻltiqlab koʻzoynak taqqanlar - "lóx" "botanik"... sifatida kórsatilib ustidan kulinarkan,
to kitob doʻkonlarimizda kitobbexabarlar sotuvchilik qilar ekan,
to xójakórsinga kitobxonlik "targʻibot"lari olib borilar ekan, bugungi jamiyatimizda kitob mutolaasining ahvoli
ónglanmaydi,
ónglanmaydi,
ónglanmaydi!

@ijodhona
https://youtu.be/PeA8wIgv4-Q?si=cvGMJeD08oBLXF-y

Abdulla Qahhorning "Daxshat" hikoyasi asosida tayyorlashibdi.
Bu aslida, nodir asarlar kitobxonlar ongiga yetib borishiligi uchun puxta ishlangan, samarali loyiha.
Youtube platformasiga 2 kun oldin joylanganligiga qaramay 9.4 ming marta kórilibdi. Bu ajoyib.
***

Esingdami, - dedi ayol,
shishadevor qahvaxona,
devorlarni yuvib turgan
bahorgi yomgʻir,
yomgʻirdan ham chiroyli oqqan musiqa?...
Ikkalamiz yuzma-yuz
o'ltirgan edik,
órtamizda esa bir dona qizil gul,
bir dona qizil gul...
Esingdami?

Esimda - dedi erkak,
mana senga shishadevor qahvaxona,
mana senga yomgʻir,
mana musiqa,
qarshingda ótiribman,
mana yuzma-yuz,
órtamizda esa bir dona qizil gul...

Yoʻq! - dedi ayol,
– eslagin, shishadevor
kahvaxona,
shishadevor qahvaxona...
Bir marta eslagin!...

Usmon Azim

@ijodhona
Forwarded from Nodirabegim
ЧАЛАХОТИН ЁКИ ЕР ОСТИГА МАКТУБ

Орқа фон

...Бир пайтлар отам амазон аёллар ҳақида ўқиб берганини эслайман. Жангда халал бермаслиги учун бир сийнаси кесилган аёллар ҳақида... Мени тўкис амазонга айлантирган тақдирдан нафратланаман. Қани, тақдирим одам шаклида бўлса-ю, юзига тупурсам.

Ўқиш: https://telegra.ph/CHALAHOTIN-YOKI-ER-OSTIGA-MAKTUB-07-31
#iqtibos

Pianino tugmalari qora va oq rangda, lekin ular miyangizda millionlab rang kabi yangraydi.

Ludoviko Einaudi

Hayrli kun yaxshilar!

@ijodhona
Forwarded from Mening huzurim
Odamlar faqat mavjud narsani sevmaydilar.
Ular xotiralarini sevadi, o'tmishini sevadi.
Ular birinchilarini sevadi, oxirgilarini sevadi..
Ular siz bilan bo'lsa ham, bo'lmasa ham sizni sevadi.



© Monarosa
2024/09/21 18:07:28
Back to Top
HTML Embed Code: