Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
850 - Telegram Web
Telegram Web
Telefonni biror bir maqsadsiz ochmaslikka, zaruriy bólmasa tarmoqqa kirmaslikka órganishim(miz) kerak. (Garchi qiyin bólsada)
Uzilib zil bóldi

Uzilib zil boʻldi, kónglimning choki,
Hozir alam bilan bitayapman bayt...
Mensiz ahvolingga yiğlaymi yoki,
Sensiz ahvolimga kuyayinmi, ayt...?

Sensiz ón asrlar oʻtganga óxshar,
Yer meni óziga yutganga óxshar,
Sen tomon ótmoqqa imkonim bor-u,
Órtada ajdaho yotganga óxshar.

Ayt, meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlariga qaytar yurakni.
Vujudim binosi sóraydi ta'mir!
Kechiktirma yorim ózing darakni.

Buni araz degil va yoki gina,
Mayli, boʻlari shu... xolim parishon.
Seni ovozingni eshitibgina,
Yana bu dunyoga qaytaman ishon.

Soʻrovim, tilovim, shugina borim,
Dunyo dunning qaytib qóy meni.
Hech qursa, hech qursa, heech qursa yorim –
Kórib turganingni aytib qóy meni.


Hayrulla Hamidov

#nazm

@ijodhona
Sen buni qil

Sevganing seni sevmasa ham
Sevishda et davom.
Boshqacha yasholmaganing uchun qil buni.
Hayot óyinida allaqachon yutqazding
Ammo, óynashda et davom.
Mudom sovqotasan
Lekin, hech kimga gapirmaysan
Nur va sovuq haqida
Sovuqda et davom
Yerda qolgan loshingni
Kótarmaslikda
Qaqroq yersan
Unmaslikda, ósmaslikda
Yulduzlarga qóling yetmasligida
Hammasini
Sevishda et davom.
Boshqacha yashashni bilmaysan.
Kuydirmaydi seni quyoshning tafti
Soʻzlar ham zarracha óyib olmaydi.
Yiqilishda et davom.
Bir zum boshqa narsani keltirma hayolingga
Bir zum mavh bólmaqni
óylama, aslo,
Ishon, biz ólmaymiz
Biz shunchaki osmonga ketamiz uchib
Ungacha bularni yashash deb ata
Va sevgi deb ata yashashni
Sevishda et davom.
Sevganing seni sevmasa ham.
Boshqacha yashashni bilmaysan.

Tillaniso

#audio_nazm

@ijodhona
Forwarded from Зоҳид Остон (Zohid)
#Tanlov

Zohid Oston kanalida yangi audio va video she'rlar tanloviga start beramiz. She'r óqing va endigina nashrdan chiqqan ushbu tóplamni yutib oling.

Shartlar oddiy, Zohid Ostonning ózingizga yoqqan biror she'rlarini audio va video shaklida óqib,
@shakldosh_ohanglar profiliga  yuborasiz.
Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu e'lonni 2 ta gruppaga hamda 10 ta dóstingizga ulashib qóyishingiz kifoya.

📚 1 - órin Virjiniya Vulf - "Shaxsiy xona"

📚2- órin Shin Kyong Suk
- "Onamni asra" 

Tanlov 1-oktabrga qadar davom
etadi.
Barchangizga omad yor boʻlsin!


www.tgoop.com/sen_kechikma
***


qizim,
mening yashalmagan umrim
sen uchun
men yetmagan erk sen uchun
men tashna boʻlgan
ozodlikni tuy
men yetib bora olmagan
makonlarni kór
hech kimga siğinma
siğindi bólma
zanjirband qilishlariga
yól qóyma
xislaringni tushunmasalar
qadringni bilmasalar
unday joydan ket
ketarkansan óylama
onamning
otamning kóziga qanday qarayman
oʻylama sirayam odamlar nima deydi deb
axir sen ham qachondir
tugʻishing kerak
erkin va ozod inson
tuğilsin sendan
tirik ekansan, ózingdan rozi yasha
qachondir tark etaman seni
shunda faqat ózingga suyan
ózingdan madad ol
qabrlar oralab izlama meni
qalbingda
boʻlaman bolam.


Anif

#nazm
#atalgan

@ijodhona
2024/09/21 19:41:16
Back to Top
HTML Embed Code: