Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
623 - Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from The Stranger
​​Masaru Ibuka – "Uchdan keyin kech"

Oddiygina imtihondan oʻtish uchun ham, imtihonning darajasiga qarab, oylab yoki yillab tayyorlanamiz. Haydovchilik guvohnomasi uchun yarim yil oʻqiymiz. Biror kasbni egallash uchun kamida toʻrt yilimizni oliy taʼlimda oʻtkazamiz. Lekin men hayotda farzandiga munosib ota-ona boʻlish uchun oʻqib-oʻrganayotgan juftliklarni juda kam koʻrdim.

Biz farzandli boʻlish uchun avvalo shunga tayyor boʻlishimiz kerak. Uning butun masʼuliyati bizning zimmamizda. Afsuski oʻzbeklarda bolalar oʻzi katta boʻladi. Ta'lim-tarbiyaga eʼtibor beradigan ota-onalar ham buni bolasi tilga kirgach, yurishni boshlagach, bogʻchaga chiqqach, maktabga chiqqach va hatto u oʻsmir yoshiga yetgach boshlaydi. Masaru Ibuka esa eng muhim davr bu bolaning uch yoshgacha boʻlgan davri ekanligini ta'kidlaydi.

Hayotdagi kuzatuvlar natijasida olgan xulosalarim toʻgʻriligini mutolaa chogʻida koʻrdim. Bolalik xotiralarimni esladim. Odatda kattalar bizning oldimizda, goʻyoki biz baribir hech narsani tushunmayotganday, xohlagancha gapirar, oʻzlarini xohlaganlariday tutishardi. Holbuki men hamma-hammasini tushunardim. Aqlim toʻla qamrab ololmagan narsalarning ham yaxshi yoki yomonligini bolalarga xos intuitsiya bilan ilgʻardim.

Nega ba'zi bolalar quntli, ba'zilari uquvsiz, nega ba'zilari kuchli, ba'zilari ojiz, nega ba'zilari kirishimliyu, ba'zilari odamovi? Mana shu kabi juda koʻp narsalar genlarga emas, aynan oilaviy muhit va erta tarbiyaga bogʻliq. Tarbiya esa faqat uni qil, buni qilma deyishdan iborat emas. Bu avvalo oʻrnak. Muhimi oʻzimizni tarbiyalash.

"Uchdan keyin kech"ni mukammal qoʻllanma deyolmayman. Lekin undan juda kerakli xulosalar olsa boʻladi. Mazkur muhim xulosalar yanada izlanishga undaydi. Zero ota-onalikni zimmamizga oldikmi, endi buni oʻrganishimiz shart. Farzandni aqlimiz yetganicha, tushunib-tushunmay ulgʻaytirishga haqqimiz yoʻq.

@salimov_blogi
Rayhona Kamolova | Blog
​​Masaru Ibuka – "Uchdan keyin kech" Oddiygina imtihondan oʻtish uchun ham, imtihonning darajasiga qarab, oylab yoki yillab tayyorlanamiz. Haydovchilik guvohnomasi uchun yarim yil oʻqiymiz. Biror kasbni egallash uchun kamida toʻrt yilimizni oliy taʼlimda…
Hayron qolaman 3.4. hatto, 5 ta bolani tuğ(dir)ishadi. Lekin, farzand tarbiyasiga oid birorta kitob óqishmaydi.
Baʼzilarni koʻraman farzandlarini oldida har gapni valdirayverishadi, biror nima desang " hali nimaniyam tushunardi" - deb ózlarini oqlashadi.
Bolalariga otasini, qaynonasini yomonlab, loy chaplaydigan ayollargaku, nima deyishga ham hayron qolasan.
Daraxtni oʻzlari ekishadi, oʻzlari parvarish qilishadi qiyshiq bólib óssa ayb kimda, ayb yóriqnomasiz parvarishlagan boğbonda)

@ijodhona
#mushohada

Maoshing ozmi - ishsiz yurganlar bor.
Uying tormi - uysiz yurganlar bor.
Farzanding noqobulmi - farzandsiz yurganlar bor.
Aravada ótirasanmi turolmasdan - kómada yotganlar bor.

Fikr qil, dunyo matohida sendan kóra holi haroblar bor. Ularga qarab shukr keltirmay iloj yoʻq.

maʼruzadan

@ijodhona
***

Sen tongda uygʻonding. Gazga qóyding choy,
Bu mehr men uchun emas hoynahoy.

Sen oppoq koʻylakka urasan dazmol,
Bu ishni men uchun qilmoğing - mahol.

Uyni supurasan poklaysan changdan,
Supurib ótmaysan meni bu ğamdan.

Ovqat pishirasan. Mól - kól dasturxon...
Ovqatingni maqtar ózga bir inson.

Bolangning kóziga boqib tóymaysan.
Sen mening bolamni ópib qóymaysan.

Ammo, yolğiz qolsang egilar boshing –
Koʻzingdan sóramay oqadi yoshing.

Meni sogʻindingmi? Kuydingmi? Raxmat!…
Kóz yoshing meniki, kóz yoshing faqat…

Usmon Azim

@ijodhona
Forwarded from Yupiterlik Markayeva
Men xotirjam insonlarni yaxshi ko'raman, hechnimadan ko'p xavotir olmaydigan, bosiq, hayotda o'zini o'rnini biladigan, ovozi o'rtacha balandlikda bo'lgan, shoshilmay qadam tashlaydigan, kechikish yoki kimdandir gap eshitish haqida qayg'urmaydigan, o'zi bilan "tinchlik" hissini olib yuradigan, konfliktlarga bosh suqmaydigan, hamma muammoni diplomatik yo'l bilan hal qila oladigan, jahlini butun dunyoga ko'rsatib jar solmaydigan, birovlarni bilmasdan fikr bildirmaydigan, o'tkir tanqid bilan o'zini qoidalarini o'tkazmaydigan, it insonni "judge" qilmaydigan, samimiy, yonida qandaydir "boshqacha" inson ramkasiga kirib gapirishga majbur bo'lmasangiz, impress qilishga hojat bo'lmagan, biror gap yoki fikrni yonida erkin va tortinmay ayta oladigan darajada do'stona atmosferani yarata oladigan.

O'ylayotgandirsiz bu postda abzats qani deb? Afsus bu postni o'zi bitta gap.

@yupiterlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ruhiy rivojni óstiradigan omillar:

1. Kitob mutolaasi ( ilmiy, ommabop, badiiy, diniy, tarixiy, fantastik)

2. Maʼruzalar tinglash.

3. Manfaatli podcastlar ( kitoblar tahlili, pisihalagik, shaxsiy rivojlanishga doir...) tinglash.

4. Meditasiya ( aqlni óchirib, qalb bilan yuzlashish...)

5. Sanʼat asarlarini tomosha qilish.

6. Qalbingizga yaqin musiqani tinglash.

7. Turli xil keraksiz va ahloqsiz vaynlardan vos kechish.

@ijodhona
Forwarded from 한국어와 한국문화
❗️Шотландияда катталар учун махсус болалар боғчаси бор

Улар боғчада ўйнашлари, дам олишлари ва болаликда қилолмаган ишларни қилишлари мумкин. Шунчаки болаликга чипта!

https://www.tgoop.com/Korealivetravel
Forwarded from The Stranger
Anchadan beri Jek Londonning avtobiografiyasini maydalab oʻqiyapman. Ma'lum bir nuqtagacha xuddi "Martin Iden"ni oʻqiyotganday boʻldim. Jek Martinda oʻz hayotini gavdalantirgan. Hatto uning hayoti Martinnikidan ham ogʻir va qiziqarli oʻtgan. Farqli tomoni, Jek London oila qurgan. Va ajrashgan.

Ajrashishiga hamma har xil sabab keltiradi. Kimdir bunga sabab ikkala farzandlari ham qiz ekanligini keltiradi. Jek London oʻzi kabi dovyurak va oliy irqqa munosib qilib tarbiyalash uchun oʻgʻil kutardi. Kimdir Jek Londonning boshqa ayollarga ilakishganini sabab qilib keltiradi. Ha, bu toʻgʻri. Biroq eʼtiborga olish kerak boʻlgan yana bir jihat bor.

Jek London ham jismonan, ham aqlan juda yetuk edi. U dastlab sevgini jismoniy yaqinlikka bogʻlaydi. Jismoniy yaqinliksiz chin sevgi ham boʻlmaydi deb hisoblaydi. Keyin esa sevgiga koʻngil bilan yondashadi. Shuning bilan birga, u suhbatni sevardi. Jek London har kuni tinimsiz oʻqirdi. Shunchaki oʻqimas, oʻqiganlarini chuqur tahlildan oʻtkazardi. Har oʻrgangan yangi narsasini ichida ushlab oʻtirolmas, kimgadir aytib, u bilan fikr almashgisi kelardi.

Xotini esa kitob oʻqimay qoʻygandi. Jek London unga doim kitob tavsiya qilar, mutolaaga undar, xotini esa bunga vaqti yoʻqligini bahona qilardi. Jek Londonday mashhur odamning atrofida esa intellektual ayollar bisyor edi. Jek London ular bilan xohlagan kitobi, gʻoyasi haqida gaplasha olardi. Suhbatga boʻlgan ehtiyojini qondirgan ayollar bilan u koʻp vaqt oʻtkazar, bu esa sekin-asta oʻrganib qolishiga va mehri tushishiga sabab boʻlardi.

Xullas, Jek London ajrashishiga sabablardan biri, xotini aqliy salohiyatda undan ortda qolgani va buni oʻzi payqamagani edi. Inson deyarli har doim oʻzini aqlli deb hisoblaydi. Hech kim oʻzini boshqadan koʻra ahmoqroq ekanligini tan olmaydi, bu haqida hatto oʻylab ham koʻrmaydi. Biroq hayotda doim kimdir kimdandir aqlliroq boʻladi. Aqlli odamlar esa oʻzlari kabi insonlar bilan yaxshi kelishadilar.

@salimov_blogi
Rayhona Kamolova | Blog
Anchadan beri Jek Londonning avtobiografiyasini maydalab oʻqiyapman. Ma'lum bir nuqtagacha xuddi "Martin Iden"ni oʻqiyotganday boʻldim. Jek Martinda oʻz hayotini gavdalantirgan. Hatto uning hayoti Martinnikidan ham ogʻir va qiziqarli oʻtgan. Farqli tomoni…
Juftliklar oʻrtasida qiziqishlarning birligi, ózora tavsiyalarga amal qilish muhim deb oʻylayman. Va yana munosabatlarda disbalans ham juda muhim roʻl oʻynaydi. Erkak rivojlanib, óqib- órganib, ayol bir hilda qolib ketsa, erkak ózi kabi shaxsiy fikrlariga ega, xohlagan mavzuda erkin suhbatlasha oladigan, tafakkur doirasi keng ayolga intila boshlaydi. Ayol ósib, erkak óz ustida ishlashdan tóxtaganda esa, ayol isbotlovchi, oʻzini erkaklar bilan taqqoslaydigan; ular tashqaridan qanchalik kuchli kórinsalarda ichkarida yolğiz bir "qizaloq" yashiringan boʻladi.
Shunday ekan, qiziqishlarining mushtarakligi va disbalans muhimdir.

@ijodhona
#sheriy_parcha

Kórmay desam, kózim kór emas,
Yurmay desam, oyoğim butun.
Ammo, qalblar ortiq jór emas,
Hayollarga boʻlaman tutqun..

Mirtemir

@ijodhona
Ohir oqibat ózingga urgan hanjar sening eng tuban óy hayollaring boʻladi.
Bugun sen chap berayotgan hislaring - ertaga seni orziqtirmasligiga ishonching komilmi?
Kel, endi sen haqingda suhbat quramiz...ohiri Biz boʻlib tugasin.
2024/09/21 23:37:47
Back to Top
HTML Embed Code: