#Qaror
❗️“Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo'yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risidagi” Hukumat qarori (893-son, 27.12.2024 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi, jumladan:
🔹O'zbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi to'g'risidagi nizom;
🔹Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi to'g'risidagi nizom;
🔹Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo'lgan bolalarni farzandlikka olish tartibi to'g'risidagi nizom;
🔹Bolalar uylariga to'g'risidagi nizom;
🔹Mehribonlik uylariga to'g'risidagi nizom;
🔹Kichik hajmli bolalar uylariga to'g'risidagi nizom.
✅ Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bo'lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik to'lovlar to'lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta'minlash xarajatlari 2025 yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.
🗓 2025 yil 1 fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bo'lgan bolalar masalalari bo'yicha vasiylik va homiylik bo'yicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.
Batafsil keyingi postlarimizda
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 O'zgarishlar va muvaffaqiyatlar yili: ishlarimiz natijalari
🎉 Aziz do'stlar, Yangi yil — bu yil yakunini sarhisob qilish va yangi rejalar tuzish vaqti. Bu yil biz uchun muhim muvaffaqiyatlar va yangi chaqiruvlar davri bo'ldi. Bizning mehnatimiz minglab insonlarning hayotini yaxshilashga hissa qo'shganidan faxrlanamiz.
Har kuni biz yordam va himoyaga muhtoj bo'lganlar uchun mehnat qilamiz. Bizning maqsadimiz — insonlar hayotini yanada yahshiroq, xavfsizroq va adolatliroq qilish. Bu yil shunga ishonch hosil qildikki, faqat birgalikda harakat qilibgina muammolarni yengib, katta marralarga erisha olamiz.
Har bir yutug'imiz — bu jamoaviy mehnatning natijasi. Bizga ishonch bildirib, qo'llab-quvvatlagan barcha hamkasblarimiz, hamkorlarimiz va sizga minnatdorchilik bildiramiz.
Oldinda hali ko'p ishlar turibdi, ammo biz birgalikda barcha qiyinchiliklarni yengamiz. 💪
🎄 Yangi yil sizga quvonch, iliqlik va kelajakka ishonch olib kelsin!
#YilNatijalari #IjtimoiyHimoya #YangiYil2025 #sarhisob

Ijtimoiy himoya milliy agentligi
🎥 O'zgarishlar va muvaffaqiyatlar yili: ishlarimiz natijalari 🎉 Aziz do'stlar, Yangi yil — bu yil yakunini sarhisob qilish va yangi rejalar tuzish vaqti. Bu yil biz uchun muhim muvaffaqiyatlar va yangi chaqiruvlar davri bo'ldi. Bizning mehnatimiz minglab…
🎥 Год перемен и достижений: итоги нашей работы
🎉 Друзья, Новый год — это время подводить итоги и строить планы. Для нас этот год стал этапом значимых достижений и новых вызовов. Мы гордимся тем, что наша работа помогла улучшить жизнь тысяч людей.
Каждый день мы трудимся ради тех, кто нуждается в помощи и поддержке. Наша цель – сделать жизнь людей теплее, безопаснее и справедливее. Этот год доказал, что только совместными усилиями мы можем преодолевать трудности и достигать больших целей.
Каждое наше достижение — это результат совместной работы. Мы благодарны всем, кто поддерживает нас: коллегам, партнёрам и каждому из вас.
Впереди ещё много работы, но вместе мы справимся. 💪
🎄 Пусть наступающий год принесет вам радость, тепло и уверенность в будущем.
#ИтогиГода #СоциальнаяЗащита #НовыйГод2025

Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz! Yangi yil - orzular ushaladigan, qalblar ezgu niyatlar bilan to‘lib-toshadigan, umid va quvonch bilan qarshi olinadigan eng quvonchli bayramlardan biridir.
2024-yilda Ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning farovon hayot kechirishlari uchun Prezidentimiz rahnamoliklarida ulkan islohotlar amalga oshirildi.
Oldinda bizni ulkan vazifalar kutmoqda. Kelgusida islohotlarni hayotga tatbiq etish orqali ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan farovon jamiyatni birgalikda barpo etishimizga ishonamiz.
Yangi 2025-yil hayotingizga tinchlik, baxt-saodat va sog‘liq olib kelsin. Xonadoningizni fayz-u baraka, qalblaringizni esa ezgulik va mehr-muhabbat bezasin.
Hurmat bilan,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi

#SARHISOB
🧠 2024-yil O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasida misli ko‘rilmagan yutuqlar va muhim tashabbuslarni amalga oshirish yili bo‘ldi. Mamlakatimizdagi davlat idoralari bilan boshlangan hamkorlik xalqaro maydonga quloch yozib, ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun qator uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazishga imkon berdi.
🖋 Muhtoj aholi qatlamlari uchun sifatli va zamonaviy ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish maqsadida yangi qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. Ushbu huquqiy bazalar aholining barcha toifalari, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, bolalar va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etdi.
🤝 Ijtimoiy himoya sohasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish va amalda qo‘llash uchun xalqaro maydonda hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston delegatsiyasi dunyoning turli davlatlarida o‘tkazilgan forum va konferensiyalarda ishtirok etib, ilg‘or tajribalarni o‘rgandi. Shu bilan birga, respublikamizga xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilib, ijtimoiy himoya sohasidagi muhim loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
✅ 2024-yilning natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy himoya sohasidagi mehnatlar va sa’y-harakatlar nafaqat mamlakatimiz fuqarolari hayotiga, balki xalqaro maydondagi nufuzimizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
↗️ Fuqarolar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida kelgusi yillarda ham izchil ishlar olib boriladi. Xususan, yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etilishi, huquqiy bazani takomillashtirish orqali aholining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan innovatsion dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat ijtimoiy buyurtmasini E'LON QILADI
Ustuvor yo‘nalish: Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Nuroniylar maskani”da keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish.
Maqsad: “Nuroniylar maskani”da keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy sog‘lomlashtirish, ruhiy salomatligini mustahkamlash, hayotiy tajribalari bilan bo‘lishish hamda muloqot maydonlarini shakllantirishga qaratilgan maqsadli to‘garaklarni tashkil qilish.
Vazifalar: “Nuroniylar maskani”da keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 oy davomida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish.
Ajratilgan mablag‘: 300 480 000 soʻm
Xizmatlarni koʻrsatish muddati: 01.01.2025 dan dan 31.12.2025 gacha
Tanlovda qatnashish maqsadida hujjatlarni taqdim etish uchun maxsus axborot portali manzili: https://etender.uzex.uz/lot/407289
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Ustuvor yo‘nalish: Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Nuroniylar maskani”da keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish.
Maqsad: “Nuroniylar maskani”da keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy sog‘lomlashtirish, ruhiy salomatligini mustahkamlash, hayotiy tajribalari bilan bo‘lishish hamda muloqot maydonlarini shakllantirishga qaratilgan maqsadli to‘garaklarni tashkil qilish.
Vazifalar: “Nuroniylar maskani”da keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 oy davomida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish.
Ajratilgan mablag‘: 300 480 000 soʻm
Xizmatlarni koʻrsatish muddati: 01.01.2025 dan dan 31.12.2025 gacha
Tanlovda qatnashish maqsadida hujjatlarni taqdim etish uchun maxsus axborot portali manzili: https://etender.uzex.uz/lot/407289
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kambagallikdan_farovonlik_sari
#Ijobiy_keys
👩👩👧👦 Kogonlik Barchinoy Kenjayeva va uning turmush o'rtog'i Bahouddin Naqshband mahallasida istiqomat qilishadi. Ularning ikki nafar farzandi bo'lib, er-xotin kunlik mehnat ortidan ro'zg'or tebratishadi. Mahalla ijtimoiy xodimi Shaxnoza Mulkamolova oilaning ijtimoiy ahvolini o'rganib, ularga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar rejasini tuzdi va "mahalla yettiligi" tomonidan quyidagi yordamlar ko'rsatildi:
✅ Uyining tom qismi homiylik yo'li bilan suvab berildi;
✅ Barchinoyning o'zi tumandagi qop tikish zavodiga ishga joylashtirildi;
✅ Farzandi Naimov Saloxiddin Sobir o‘g‘liga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kiyim bosh olib berildi;
✅ Farzandlari tibbiy ko'rikdan o'tkazildi;
✅ Kuz-qish mavsumida ko'mir bilan ta'minlandi;
✅ Doimiy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib beriladi.
🖋 Ma'lumot o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, Bahouddin Naqshband mahallasida 1003 nafar aholi istiqomat qilayotgan bo'lib, ularning 103 nafarini ehtiyojmand aholi qatlami, 65 nafarini kambag'al oilalar tashkil etadi.
#Ijobiy_keys
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_karta
Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Prezidentning 18.07.2024-yildagi PQ-267-son qaroriga muvofiq "Ijtimoiy karta" axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy kartasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:
😲 ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish, foydalanish uchun taqdim etish;
😲 ijtimoiy kartalarni almashtirish, to‘xtatib turish va tugatish;
😲 "Ijtimoiy karta" axborot tizimi ma’lumotlar bazasini yuritish.
🖋 "Ijtimoiy karta" AT ma’lumotlar bazasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi.
💵 Ijtimoiy kartani moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari taqdim etadi.
Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yo‘li bilan topshiriladi:
😲 YaIDXP;
😲 "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi;
😲 "Inson" ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari;
😲 moliyaviy agentlar.
🤝 Jismoniy shaxslarga ijtimoiy karta berish bo‘yicha bank xizmatlari uchun to‘lov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.
⚠️ 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish masalalari bo‘yicha "1070" – "Ishonch telefoni" sinov tartibida ishga tushiriladi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Prezidentning 18.07.2024-yildagi PQ-267-son qaroriga muvofiq "Ijtimoiy karta" axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy kartasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:
Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yo‘li bilan topshiriladi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IHRI - Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti
🔎 O‘zbek yoshlarining aksariyati (85.5%) bolalarga nisbatan jismoniy jazo qo‘llash turli salbiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, respondentlarning 61.3 foizi ota-onalar o‘rtasidagi janjallar ham bolaga salbiy ta’sir qilishini ta’kidlagan.
📌 Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oqibatlari haqida ogoh bo'lish muhim va quyidagilarni yodda saqlash zarur:
🔸 Bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishida bolaning aybi yo‘q;
🔸 Bola muhofaza qilinish va yaxshi munosabat huquqiga ega;
🔸 Agar bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilinsa, bu haqda albatta kattalarga (ota-ona, o‘qituvchi, shifokor, ruhshunos va boshqalarga) xabar berish lozim.
Telegram | LinkedIn | X

Forwarded from "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijobiy_keys
🧮 Kogon tumani Taraqqiyot mahallasida 3448 nafar aholi istiqomat qilayotgan bo'lib, ularning 53 nafarini nogironligi bo'lgan shaxslar tashkil etadi.
😮 Mazkur mahallada ijtimoiy xodim bo'lib faoliyat yurituvchi Madinabonu Hoshimova sa'y-harakati bilan mavjud 53 nafar ehtiyojmand aholining 28 nafari qiziqishi bo'yicha kasb-hunarga yo'naltirildi, bandligi ta'minlanib, doimiy daromadga ega bo'lishi natijasida reyestrdan chiqarildi.
🖋 Xuddi shunday oilalardan biri Dildora Ochilova va Shuxrat G'afurovlar oilasi bo'lib, ijtimoiy xodim tomonidan "Keys menejment" asosida ularning ijtimoiy ahvoli o'rganildi va ularga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar rejasi tuzildi.
✅ Birinchi navbatda er-xotin va ularning farzandi Alibek chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi;
✅ Dildora Ochilova va Shuxrat G'afurovlarga nogironlik guruhi belgilandi;
✅ Alibek imtiyozli ravishda bog'chaga joylashtirildi;
✅ Dildora opa tikuv korxonasiga, Shuxrat aka esa "Kogon collection" MCHJga yordamchi ishchi lavozimiga ishga joylashtirildi.
✅ "Saxovat va ko'mak" jamg'armasi mablag'lari hisobidan xonadonga isitish tizimi o'rnatib berildi.
✅ Doimiy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanib kelinmoqda.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inclusive_education
Inklyuziv taʼlim – teng munosabatni taʼminlamoqda
👫 Inklyuziv taʼlim tizimini samarali tashkil etish borasida olib borayotgan izchil islohotlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
🏃 Birgina Sirdaryo viloyatida o‘tgan 2024-yil davomida 6 marotaba psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyasi o‘tkazildi. Unda 800 nafarga yaqin alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan bolalar tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan 37 nafari umumtaʼlim maktablarida inklyuziv sharoitda taʼlim olishga jalb qilindi.
👩👩👧👦 Hozir kunda Inklyuziv taʼlimga qamrab olingan bolalar soni 2023-yilga nisbatan 3 barobarga ko‘payganini o‘zi ham yuqoridagi fikrimizning tasdig‘i bo‘la oladi.
✅ Bundan tashqari inklyuziv sinflar tashkil qilingan 31 ta umumtaʼlim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalarning o‘z tengdoshlari bilan taʼlim olishi uchun zarur barcha sharoitlar, qolaversa to‘siqsiz muhit yaratib berilmoqda.
↗️ 2025-yil davomida yakka tartibda uyda taʼlim olayotgan 623 nafar bolani qayta tekshiruvdan o‘tkazib, ularning 40 foizga yaqinini Inklyuziv taʼlim bilan qamrab olish maqsad qilingan. Mahallardagi ijtimoiy xodimlar bilan bu borada samarali ish olib borilmoqda. Natijada joriy yilning ilk haftasida 45 nafar ota-ona tomonidan farzandlarini inklyuziv sinflarga berish bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Inklyuziv taʼlim – teng munosabatni taʼminlamoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kambagallikdan_farovonlik_sari
🏃 "Kambag‘al oilalar reyestri"ga kiritilgan Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylashgan "Ijtimoiy uy"da yashovchi Mukarram Jo‘rayeva oilasi farovonlikka yuz tutmoqda.
😲 Ijtimoiy xodimning oilani baholash jarayonida Mukarramning gulchilikka bo‘lgan qiziqishi va bu faoliyat bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalari borligi aniqlandi. Shundan kelib chiqib, hokim yordamchisi bilan kelishilgan holda oilaga 7 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi.
💵 Bu mablag‘ evaziga qahramonimiz viloyat hokimi tashabbusi bilan "Ijtimoiy uy" hovlisiga o‘rnatilgan issiqxonada gulchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Yetishtirilgan ilk gullar esa oilaga 40 mln so‘mdan ziyod daromad olib keldi. Kelgusida mavsumiy gullarning turlarini ko‘paytirib, yetishtirish xajmini yana-da oshirishni rejalashtirmoqda.
↗️ Oilaga ko‘rsatilgan ijtimoiy yordam nafaqat moddiy manba, balki uning ijtimoiylashuvida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, Mukarram Jo‘rayeva kabi insonlarga berilayotgan imkoniyatlar ularning hayot sifati va farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_yanvardan
🖋 Qonunchilikka ko'ra 1-yanvardan boshlab:
1️⃣ Tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi;
2️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratiladi;
3️⃣ Fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki ta’minlanadi;
4️⃣ Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
5️⃣ Bog‘chalarda inklyuziv ta’lim guruhlari ochiladi;
6️⃣ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM