Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from Usmon Sharifxodjayev
📣 Diqqat! Malaka oshirish imkoniyati!

📅 2025-yil iyul–avgust oylarida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 100 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etiladi!

🎯 Kursda kimlar qatnashishi mumkin?
• Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar direktorlari va ularning o‘rinbosarlari
• Direktor lavozimiga nomzod rahbarlar

📚 Kurs doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlaringizni oshirasiz:
Zamonaviy boshqaruv va yetakchilik asoslari
Inklyuziv va korreksion taʼlimning yangi yondashuvlari
O‘quvchilarga zamonaviy kasblarni o‘rgatish uslublari
O‘quvchining individual rivojlanish dasturini ishlab chiqish va joriy etish
Ota-onalar bilan samarali muloqot olib borish

📌 Muhim maʼlumotlar:
- Ishtirokchilar soni: 25 nafar (nomzodlar bilan dastlabki suhbat o‘tkazilishi mumkin)
- Kurs davomida ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi
- Kurs yakunida rasmiy sertifikat beriladi


📝 Ishtirok etish uchun arizalar 2025-yil 7-iyulgacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar
#Buxoro

Buxoroda yangi oilaviy bolalar uyi faoliyat boshladi

👫 Yurtimizda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni mehr-muruvvatga to‘la oilaviy muhitda voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi islohotlar samarasida Oilaviy bolalar uylari tizimi shakllantirilib, tobora kengayib bormoqda.

😮 Buxoro shahrida Zafar G‘afforov va uning turmush o‘rtog‘i Munira Rahmatullayeva tashabbusi bilan tashkil etilgan 1-sonli oilaviy bolalar uyi ana shu ezgu maqsad yo‘lida faoliyat yuritmoqda.

🧮 Mazkur uyda hozirda 4 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ularning 3 nafari qiz bolalar bo‘lib, har biri o‘zining iste’dodi va qiziqishlariga ega. Yana bir chaqaloq o‘g‘il bola esa bu oila bag‘rida mehr bilan ulg‘aymoqda.

👥 Yosh oila tomonidan bolalar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Ular e’tibor va mehr-muruvvatga to‘liq o‘ralgan, sog‘lom va baxtli hayot kechirishlari uchun zarur ijtimoiy, psixologik va tarbiyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlangan.

❗️ Oilaviy bolalar uyi – bu faqatgina yashash joyi emas, balki haqiqiy oila muhiti, farzand sog‘lom ulg‘ayadigan maskan.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qaror_sharh

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-85-son, 08.05.2025 y.) qabul qilindi.

🖋 Farmon bilan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:

nogironligi bo‘lgan shaxslarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;

nogironligi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish;

2025-yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini ta’minlash.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_xizmat

FOTOHIKOYA: “Faol hayotga qadam”: Parvarishga muhtoj fuqarolar uchun yangi ijtimoiy xizmatlar yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda ijtimoiy himoya sohasida yana bir muhim qadam tashlandi. Qarorga muvofiq, “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi, zamonaviy yondashuv asosidagi ijtimoiy xizmatlar joriy etildi.


BatafsilSurxondaryo viloyatining Termiz shahridagi Manguzar mahallasi

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiylashuv

Qalblarga umid, hayotga ishonch bag‘ishlayotgan xizmatlar


Sho‘rchi tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar yuzlab oilalarga nur, umid va kuch bag‘ishlamoqda.

😲 Yuldoshev Muhammad – falaj holatga tushgan, oila boquvchisini yo‘qotgan. Unga ham:

Maxsus aravacha, peshob qabul qilgichlar berildi;
Nogironlik nafaqasi tayinlandi;
Psixologik va moddiy yordam ko‘rsatildi;
Homiylar orqali qo‘shimcha yordamlar yo‘naltirildi.

🎬Batafsil videolavhada

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qaror_sharhi

🖋 Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi “Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 294-son qaroriga muvofiq Ijtimoiy yordamlar quyidagi toifadagi bolalarga ko‘rsatiladi:

Muqobil joylashtirish shakllarida (farzandlikka olingan bolalar bundan mustasno) tarbiyaga olingan yetim bolalar;

Ota-onasi chet elga vaqtincha chiqib ketgan va vasiylik/homiylikka olingan, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari.

😮 Ijtimoiy yordamlar quyidagi asosda amalga oshiriladi:

Individual rivojlanish rejasi va individual integratsiya rejasi asosida;

Vasiylik/homiylik ostidagi kambag‘al oilalar farzandlariga — ularning oilasini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha reja mavjud bo‘lsa;

Alohida murojaat talab etmasdan avtomatik tarzda.

Ijtimoiy yordamlar maqsadli yo‘nalishlarga ajratilgan.

↗️ Ijtimoiy yordamlar endilikda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron savdo maydonlarida vaucher asosida amalga oshiriladi. Bu esa mablag‘larning maqsadli ishlatilishini kafolatlaydi.

👫 Yetim bolalarning sog‘lig‘iga oid xarajatlar, jumladan jarrohlik amaliyotlari ham Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

👥 Olingan vositalardan faqat daromad keltiruvchi faoliyatda foydalanilishi, ularni boshqa shaxslarga topshirmaslik yoki sotmaslik qat’iy belgilangan.

☺️ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari:

Bola uchun individual rivojlanish va integratsiya rejasini tuzadi;

Ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan yordam turlarini aniqlaydi;

Tavsiyanoma shakllantirib, Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalariga taqdim etadi;

Boshqarmalar tomonidan tavsiyanomaga muvofiq yordam ko‘rsatish ta’minlanadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 06:12:58
Back to Top
HTML Embed Code: