Siz bir yaxshi ishni xolis Alloh uchun qilasiz, uni odamlar ham ko'radi. Ixlosga yarasha savob olaverasiz, biroq amalingiz uchun odamlardan maqtov-olqishlar bo'lishi qaysidir darajada uning bu dunyoda savobi hisoblanadi va oxiratdagi ajr kamayishi xavfini paydo qiladi. Shuning uchun Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu Mus'ab ibn Umayr roziyallohu anhuni eslab: «Ular bu dunyoda farovonlik ko'rmay o'tib ketishdi va amallarining ajrini to'liq olishdi. Biz esa dunyo ne'matlariga, odamlarning ehtiromiga sazovor bo'ldik. Oxiratdagi ajrimiz qo'ldan ketib qolmayaptimkin deb qo'rqaman», deb yig'lar edi. Imom Buxoriy rahmatullohi alayh duolari to'xtovsiz ijobat bo'layotganini sezib: «Alloh taolo amallarimning hamma savobini dunyoda berib qo'ymayaptimikin deb qo'rqaman», deya duo qilishdan ham tortinib qolgan ekanlar.
Xatarlisi shundaki, xolis qilgan amalingiz oshkor bo'lib, olqishlar olgach ixlosga putur
yetishi, o'zingizga baho berib qo'yishingiz, ujbga ketish xavfi bor. Shu bois, bunda amalni garchi yolg'iz Alloh uchun qilgan taqdiringizda ham uning ajridan ayrilishingiz yoki savobi kamayishi ehtimoli ko'p. Shartli ravishda, buni ixlos bilan qilingan amalning eng quyi darajasi, deb aytish mumkin.
Ixlos-la qilingan amalning ikkinchi bir martabasi - amalingizni hech kim bilmasligidir.
Bunda siz amalni faqat Alloh uchun qilasiz, yashirasiz va uni hech kim bilmaydi. Bu holatda siz modomiki ujbga ketmasangiz, amalning ajrini to'liq olishni umid qilsangiz bo'ladi. Bunda tashqi omillardan sizga xatar yo'q. Ixlosning bu darajasi oldingisidan tashqi xafsizligi bilan ustun turadi. Ixlos bilan qilingan amalning eng oliy darajasi va eng savobi ko'pi shuki, siz yaxshiamal qilasiz, ammo odamlar uni yomon deb bilib sizni ayblashadi.
Siz Alloh taoloning roziligini istab, Uning aytgani bo'lgani uchungina bir amalni qilasiz, ammo odamlar shu ish tufayli sizni malomat qilishadi, maqtash uyoqda tursin, aybsitishadi. Bu holat shariatga zid ishlarda ham, joiz amallarda ham bo'lishi mumkin. Bunday imtihon payg'ambarlardan va ularga ergashgan valiy zotlardan merosdir.
Payg'ambarlar hech qachon yomon ish qilmagan, yomonlikka buyurmagan, biroq qilgan yaxshiliklari uchun qavmlaridan ularga doim aziyat yetib turgan. Ranjitayotganlar faqat kofiru fosiq kishilar emasdi, ba'zan iymon keltirganlar ham ularga ozor berib qo'yishardi.
Muso alahissalom hayo va taqvo qilib odamlardan yashirinib cho'milgani uchun u kishini bemorlikda ayblashdi. Banu Isroilni Fir'avn zulmidan qutqarganlari uchun ham qancha dashnom eshitdilar. U kishini chin payg'ambar deb bilganlarning ozori kofirlarnikidan qolishmas edi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam Hunaynda o'ljalarni taqsimlar ekanlar,tashqaridan qaraganda xuddi adolat qilmagandek ko'rindilar. Madinadan qancha yo'l bosib kelib, Payg'ambar alahissalomning yonlarida xizmatda bo'lib, urushda ham asosiy jonbozlik ko'rsatgan ansorlar qolib makkalik yangi musulmon bo'lgan ayrim shaxslarga o'ljaning asosiy qismini taqsimlab berdilar. Zulxuvayrisa Nabiy sollallohu alayhi va sallamni adolatsizlikda ayblashga turdi. Ayrim yosh askarlar ham xafa bo'lib, biroz o'rinsiz gaplar aytib qolishdi.
Tushunmagandan Nabiy sollallohu alayhi va sallamning aynan adolatni oyoqqa turg'azish yo'lida qilgan ishlarini adolatsizlik deb o'ylashdi va odamlarning emas, yolg'iz Allohning roziligini deb qilgan taqsimlarida u zotni ayblashdi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu holatlar da'vat yo'lining sharoitlaridan bo'lib, payg'ambarlarning ajri ko'payishiga hissa qo'shgan. Shundan kelib chiqib, ulamolar ba'zan ixlos bilan qilingan amal uchun kishi sinovga tutilishini ta'kidlaydilar. Bu bilan mo'minning qalbi Alloh taologa yanada ko'proq yuzlanadi, taslim bo'ladi va amalining ajri ziyoda bo'ladi.
Hayotda shunday kishilar borki, ular Alloh uchun ulkan ishlarni amalga oshirishadi, hech kimga sezdirmay dinga katta xizmatlar qilishadi. Ular ilm ahli bo'lib ko'rinmasligi ham mumkin.
Basiyratsiz kishilar ularni nafaqat tanimaydi, balki aksincha fahmlashadi, taqvosiz, kerak bo'lsa, dinga amal qilmaydigan, shariatga zarar keltiradigan kishilar deb o'ylashadi. Aslida esa ularning botinlari tamom boshqa, iymonlari porloq, turgan joylarida Alloh taolo yo'lida jihod qilayotgan bo'lishadi. Bu juda ham go'zal maqom.
Zotan, nubuvvatdan pastki martaba siddiqlik - botinning zohirdan chiroyli bo'lishidir. Payg'ambarlar merosi, tugal ajrlar muborak bo'lsin! Kezi kelganda aytgim keldi. Bir qancha ahli ilm, ustozlarni bilaman. Ularni odamlar hali taqvosizlikda ayblar, hali saroy mullasi deb malomat qilishardi. Holbuki ularning dinga xizmati katta edi. Ular o'z maqomlarida ularni malomat qilayotgan o'sha shavvozlarni ham himoya qilar, taqdim etgan yaxshiliklari katta-kichik musulmonni qamragan edi.
Ochig'ini aytganda, istibdod hukm surgan sharoitda dinimizga yo'l ochilishida ayrimlar turli gumonlar bilan ayblaydigan bir qator domlalarning hissasi katta bo'lgan. Ular o'z xizmatlari bilan maqtanmas, maqtana olmas ham edi. Bu ham bo'lsa ularning ixloslari barakasi bo'lsa, ajab
emas.
Solih kishilarni, zohiridan botini yaxshi insonlarni johillar malomat qilganda “Yaxshiyam amalning mukofotu jazosini Alloh O'zi beradi, agar odamlarga qolganda-mi...” degan xayol keladi.
Xullas, bir yaxshi amalni Alloh roziligi uchun qilsangiz, ortidan odamlardan sizga ozor yetsa, modomiki, ishingiz shariatga muvofiq bo'lsa, xursand bo'lavering, inshoolloh, ajringiz ziyoda bo'ladi. Zero, ixlos bilan qilingan amallarning eng savobi ko'pi mana shunisidir.
Bu holni ayrim mashoyixlar amalning qabuliyatidan belgi deb ham aytadilar. Shuning uchun ham ixlosni Alloh bilan banda o'rtasidagi sir, deydilar. Bizdan esa yaxshi gumon talab qilingan.
Alloh taolo hamisha botinimizni zohirimizdan afzal aylasin va qalblarimizni iymonu
ixlosda sobit etsin!
😎 Hasanxon Yahyo Abdulmajid
🎯 @ilm_duri

#iqtibos
Eng afzal zikrlar
Zikrlarning eng afzali va butuni bu – Qur’oni karimdir. Uning birgina oyatini tilovat qilish bilan banda qanchadan-qancha savobga ega bo‘ladi. Payg‘ambarimiz o‘z hadislarida ta’lim bergan zikrlar ham ko‘pki, bular haqida alohida kitoblar ta’lif etilgan. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilingan hadisda:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Ikki so‘z tilga yengil, tarozida og‘ir, Rahmonga suyuklidir: “Subhanallohi va bihamdihi, Subhanallohil aziym”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati).
Yana shu zotdan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga:
“La havla va la quvvata illa billahi”ni ko‘proq ayt. Albatta, u jannatning xazinalaridan bir xazinadir”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati).

Imom Ahmad o‘z «Musnad»ida Ammor ibn Yosirdan rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Yetti narsa fitratdandir: og‘izni g‘arg‘ara qilib chayish, burunni chayish, mo‘ylabni qisqartirish, misvok tutish, tirnoqlarni olish, qo‘ltiqlar tagini, kindik ostini pok tutish va xatna qilish», dedilar.
🎯 @ilm_duri
🎯 @ilm_duri
#Maqola
MA'UNAT SO'NGGI NUQTADA BO'LADI
Alloh taoloning dunyodagi qonuninyatlaridan biri shuki, dunyoni sababiyat ustiga qurgani uchun bandalarning avvalo ushbu sabablarni ishga solishlarini talab qiladi. Biroq, sabablardan tashqari ishlar ham bo'lib, bular Allohning ma'unati, ya'ni yordami va karomatidir.
Sababiyat qonunida mo'minu kofir barobar, ammo ma'unat va karomat mo'minga xosdir. Biroq, bu imtiyoz muyassar bo'lishi uchun mo'min avvalo o'z imkoniyatidagi barcha sabablarni bor kuchi bilan ishga solishi kerak. Bunda dunyoda mavjud sabablarning hammasini topish shart emas, muhimi o'z qudratidagi barcha sababni ishlatishidir. Ana shunda mo'min ilohiy ma'unatga haqli bo'ladi va yetishadi. Buni ayrim misollar bilan tushuntirish mumkin.
Masalan, hammamizga kerak bo'lgan vaqtdagi baraka. Kishi vaqtni tejash uchun kerakli harakatni qilmay turib vaqtiga baraka so'rasa, uning duosi ijobat topmaydi. Ammo vaqtni tejashga zarur bo'lgan choralarni ko'rgan mo'min kishining vaqtiga shunday baraka beriladiki, u bir barobar tejagan bo'lsa, Alloh taolo uning ishiga besh-o'n barobar natija ato etadi va hatto karomatga, ya'ni favqulotda muvaffaqiyatga noil etadi.
Bunga tarixdan misollar ham ko'p. Muso alahissalom qavmi bilan oldida dengiz, ortida dushman turgan bir paytda “Alloh men bilandir”, dedilar. Shunda dengizdan yo'l ochilib, Fir'avn va uning to'dasidan najot topishdi. Iyso alahissalomni yahudiylar barcha tarafdan qurshab olib, bostirib kirishganda Alloh taolo u kishini osmonga ko'tardi.
Muhammad alayhissalomning uylarini Makkaning yonlanma qotillari to'liq o'rab oldi. U zot barcha ehtiyot choralarini ko'rib, hatto dushmanlarni chalg'itish uchun yosh yigit Aliy roziyallohu anhuni o'rinlariga yotqazdilar. Biroq, uydan chiqsalar, qo'lga tushadigan vaziyat, tashqarida dushmanlar poylab o'tiribdi. Shunda ishni Allohga topshirib, eshikdan yurib chiqib keldilar. Uyni qurshab olgan bir to'da odamdan birortasi u zotni ko'rmadi. Chorasizlarning chorasozi bo'lgan Zot dushmanlarning ko'zlariga parda tortgan edi.
Ahzob urushida musulmonlar o'zlariga nisabatan o'n barobar kuchli va o'n barobar ko'p dushmanga qarshi himoyada turishdi. Bir oy davom etgan bu urushda kerakli barcha choralar ko'rildi. Kutilmaganda Banu Qurayza yahudiylari ahdni buzib, hujumga shaylandi. Odamlar halokat yoqasiga keldi, yuraklar bo'g'izlarga tiqildi. Oldi tarafdan kelgan dushmanlarga chora topishgan edi, orqadan kelayotgan hujumdan esa himoyalanish imkoni yo'q edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taologa yolvorib duo qildilar. Shu kecha qattiq shamol turib, dushmanni ag'dar-to'ntar qilib tashladi va ular shumshaygancha ortga qaytishdi.
Mazur holatlarning barchasida musulmonlar avvalo barcha choralarni ko'rishgan va qolganiga Allohdan madad so'rashgan. Imkoniyatlari tugab, ish so'ngi nuqtaga yetganda, ularni Alloh taoloning O'zi qo'ridi. Ishning bu darajagacha yetishi esa mo'minu kofir uchun bir imtihon bo'ldi.Ushbu qonuniyat shaxsiy turmushga ham, ijtimoiy hayotga ham barobar tegishlidir.
Binobarin, bugun biz avvalo shaxsiy hayotimizni tuzatishimiz, shu bilan birga, jamiyatni isloh qilishga ham imkon qadar harakatda bo'lishimiz, qudratimiz yetganicha yaxshilik taratishimiz kerak. Har kim o'z vazifasida, o'z ta'siri doirasida qo'lidan kelganini qilib, ixlos bilan yaxshilikka intilgandagina qolgan imkoniyatlar ochiladi va qilingan mehnatga Alloh taolo ko'plab muvaffaqiyatlar ato etadi, kutilmagan natijalarni beradi. Mana shuni baraka deydi. Ammo hech qanday chora ko'rmay, yaxshilikka intilmay, kamiga aksincha ishlar qilib, g'aflatga botib, keyin duo qilish yoki yaxshi natija kutish o'ta katta xato, o'zini aldashdan boshqa narsa emas.

Bu ikki holat va ularning natijalarini ham biz bugungi kunda musulmonlar hayotida yaqqol ko'rib turibmiz.Ishlar oxirgi nuqtasigacha yetishi imtihon dunyosida Alloh taoloning qonuniyatlaridandir. Mana shu bilan zolimga hujjat, mo'minga imtihon tugal bo'ladi. Mana shu bilan munofiq mo'mindan ajraydi, kufr iymondan farqlanadi, qalloblar sodiqlardan ayri bo'ladi. Ana shu nuqtada kofirning kufri, mo'minning iymoni cho'qqiga yetadi va ahli Islomning taslimiyati tugal bo'ladi.
Ishlardagi so'ngi nuqtaning yana bir ahamiyati shundaki, Alloh taolo bandalardan uning yuqorisini so'ramaydi. Banda bor imkoniyatini ishga solib yaxshilikka harakat qilar ekan, qolganiga mas'ul bo'lmaydi. Biroq, buning chegarasi har kimning aqlu mizoji bilan emas, balki Alloh taolo nozil qilgan me'yorlar asosida belgilanadi. Shartlar bajarilgach esa, qolganiga Alloh taolodan ma'unat va karomat yetadi. Ushbu haqiqatni hamisha yodda tutish lozim.
😎 Hasanxon Yahyo Abdulmajid
🎯 @ilm_duri
Ishlardagi so'ngi nuqtaning yana bir ahamiyati shundaki, Alloh taolo bandalardan uning yuqorisini so'ramaydi. Banda bor imkoniyatini ishga solib yaxshilikka harakat qilar ekan, qolganiga mas'ul bo'lmaydi. Biroq, buning chegarasi har kimning aqlu mizoji bilan emas, balki Alloh taolo nozil qilgan me'yorlar asosida belgilanadi. Shartlar bajarilgach esa, qolganiga Alloh taolodan ma'unat va karomat yetadi. Ushbu haqiqatni hamisha yodda tutish lozim.
🎯 @ilm_duri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Islomni cho‘ktirish uchun imomlarni kamsiting! ©
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hadisi
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz(s.a.v) shunday deganlar: “Kimki tilanchilik qilishdan saqlanish, oilasini boqish va qo‘ni-qo‘shnilariga muruvvat qilish maqsadida halol yo‘l orqali rizq topish bilan mashg‘ul bo‘lsa, qiyomat kunida u Alloh taolaga yuzi to‘lin oydek yorug‘ bo‘lgan xolida yo‘liqadi”.

🗣️ HAQIQAT HAQDAN DARAK
Bashariyat hayotiga nazar solsangiz, inson qalbi doimo haqiqatni izlaydi. U doim haqqa intiladi, haqni suyadi, yolg'onni yomon ko'radi. E'tibor bering, qalb shunday bo'ladi. Dunyo tarixiga va buguniga nazar solsangiz, hamisha oxir oqibat haqiqat g'olib bo'lganiga guvoh bo'lasiz. Yolg'on qancha gupirmasin, zulm qanchalar qutirmasin, bir kun yo'qqa chiqib, oqibatda rostgo'ylik va adolat yutib chiqaveradi.
Shuning uchun ham xalqimiz “Haqiqat egiladi, bukiladi, ammo sinmaydi”, deb aytadi. Qanchadan-qancha yolg'onchi tuzumlar o'z qabohatlarini haspo'slash uchun shaytonning xayoliga kelmagan hiylalarni qilishdi. Xudosizlar xalqlarning aqlini egallash uchun ming xil nayrang, zulmu sitamlar etishdi. Ular qilgan qirg'in va qatag'onlarning o'xshashini bashariyat boshqa ko'rmagan. Biroq ko'p o'tmay yolg'onlari fosh bo'lib, o'zlari tarix qa'riga quladi, yana haq g'olib bo'ldi.
Bugun Yaqin Sharqda kechayotgan hodisalar fonida mazkur haqiqat yana bir bor o'z tasdiqini topdi. Dunyoning yirik kuchlari qo'lida o'yinchoq bo'lib qolgan matbuot har qancha qichqirmasin, haqiqat sasi qarshisida yo'qqa chiqib qolmoqda. Yolg'on to'zoni dengiz suvini qancha bulg'amasin, haqiqat bulog'idan sizib chiqqan zilol suv yaltiragancha namoyon bo'lib, loyqa suvni asta surib chiqarmoqda.
Necha yildirki, G'arb va unga tobe matbuotlar odamlar miyasini yuvib, rostni yolg'on, yolg'onni rost qilib ko'rsatib, musulmonlarni yomonotliq qilib, insonlarning tafakkurini bulg'ab kelayotgan edi. Oqil kishilar buni yaxshi fahmlab turgan bo'lsa-da, birorta ham yaroqli xolis manba bo'lmagani uchun omma aldanib qolayotgandi.
Bugun minglagan yollanma matbuotlar qarshisida atiga 3-4 ta muqobil manba paydo bo'lib, voqelikni biroz aniqroq yoritishni boshlagan edi, anavi tumonat xabarchilarning so'ziga birov ishonmay qo'ydi. Haqning qarshisida dunyoning manaman degan davlatlari, matbuotlari, so'zchilari ojiz qolmoqda.
Bu nimani anglatadi? Demak, dunyoda barcha kuchlardan ustun boshqa bir iroda bor. U faqat haq tarafida va hamisha uni g'olib qiladi. Biroq buni yolg'on ko'zini pardalaganlar ko'ra olmaydi. Yolg'on ham, rost ham xabar. Biroq qalb yolg'ondan nafrat qiladi, unga ergashmaydi, doim rostga moyil bo'ladi. Nega? Chunki bu olamni va unda basharni yaratgan Zot haqdir, haqni ustun qilishni iroda etgan. Oqibat taqvodorlarniki, yerga solih bandalar voris bo'lishi ilohiy qonunda bitib qo'yilgan. Alloh O'z ishida g'olibdir, lekin ko'p odamlar bilishmaydi.
Tarix osha dunyoda yolg'on past, hamisha haq g'olib bo'lib kelishi aqlli kishi uchun iymon keltirishga turtki bo'larli mo''jizalardan sanaladi. Bo'lmasa, yolg'onga sarf qilingan buncha harakatu xarajatlardan keyin haqiqat so'zi bashariyatga allaqachon begona bo'lib ketishi kerak edi. Biroq doimo rost g'olib bo'lib, uning sha'ni yanada ortib boraveradi.
Alloh taolo dunyoni imtihon xonasi qilish uchun unda yolg'onga imkon berib qo'ygan, toki kim haq taraf, kim yolg'on taraf, aniq bo'lsin, keyin da'vo qila olmasin. Ana o'sha vaqtincha yolg'on insonlarni saralab beradi, ularning qalblari amalga ko'chishini ta'minlab beradi. Haq kelgach esa yolg'on xuddi to'zon kabi havoga uchib ketadi.

Haqning yana bir xususiyati shuki, u birovlarning ko'magiga muhtoj emas, har dam o'z oyog'ida turaveradi. Botil esa tirgaksiz bir kun ham yashay olmaydi.
Haqiqatni bezash, tanitish, targ'ib qilish, e'lon etish shart emas, uning turishi o'zi quvvat, go'zallik va dovrug'dir. Uni tirik qalb, uyg'oq vijdon darhol taniydi. Yolg'on bulutlari uni ko'zlardan to'sishga har chand urinmasin, haqning quyoshi porlagan zamon botil yo'q bo'lib, yana hamma haq tomon talpinaveradi.
Hozirda dunyoning bir chekkasida kechayotgan hodisalarning butun insoniyat e'tiborini o'ziga tortishi ham aynan haqiqat bo'lganidandir. Bugun dunyo yolg'onga to'lib-toshganidan insonlar haqiqatga shunchalar tashna bo'lib ketibdiki, birov ozgina to'g'ri so'z aytsa, behos hamma unga intilmoqda. Mana shuning o'zi ham bu olamni yaratgan Zot borligini va Uning irodasi barcha xohishlardandan g'olib eknini ko'rsatadi. Baxt esa dunyoda haqni topish va haq tarafida bo'lishdir.
Ulamolar aytadilarki, kim yolg'onni g'olib bo'ladi deb ishonsa, u Alloh taolo haqida yomon gumon qilgan bo'ladi. Bu esa iymonga xatardir. Zotan Alloh O'zi yaratgan bu ko'hna dunyoda hamisha haqni g'olib qilishni bitib qo'ygan va bu Uning biru borligini anglatuvchi belgilardan biri hisoblanadi. Zotan, haq Haqdan darakdir.
Hasanxon Yahyoxon Abdulmajid

Imomi A’zam nasihatlari va o’gitlari
Imomimiz deydilar:
– Ey Yoqub! Sen birinchi navbatda ilm ol, undan keyin halol yo‘l bilan molu davlat orttir. Ana undan keyingina uylan. Agar ilm olish davringda mol topishga qo‘shish qilsang, ilm hosil qilishdan mahrum bo‘lib qolasan.
Odamlarga bepisand bo‘lma. O‘zingni ham, boshqalarni ham hurmat qil.
Ilmdan yuz o‘girma, shogirdlaringga ahamiyat qil. Ularning ilm olishga qiziqishlarini kuchaytirish uchun birini ota, boshqasini o‘g‘il qilib ol.
Ko‘p kulma. Zero, bu qalbni o‘ldiradi. Doimo ohista yur. Yumushlarda shoshma-shosharlik qila ko‘rma. Ortingdan chaqirganga javob berma. Chunki mollarnigina orqasidan chaqiradilar. So‘zlagan vaqtingda qichqirib gapirma va ovozingni baland qilma, og‘ir-bosiq bo‘l. Shunday qilsang, sening sobitqadamliging hammaga ayon bo‘ladi.
«A’lom al-Axyor» kitobidan

14-dars. 9-hikmat. Amal holga bog'liqdir (Himmatlarni uyg'otish)
www.tgoop.com/ilm_duri
#Himmatlarni_uygʻotish
📣 «Himmatlarni uygʻotish» kitobining sharhi
😀 Husayn Buxoriy
⏸ 14-dars. 9-hikmat. Amal holga bog'liqdir
🎯 @ilm_duri
🎯 @ilm_duri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imomi A’zam nasihatlari va o’gitlari
🗣️ O‘zing uchun gunoh yig‘ma va merosxo‘ring uchun mol to‘plama.
🗣️ Ehtiyojing tushadigan ilmni o‘rganishdan o‘zingni olib qochma!
🗣️ Musulmonga ham, zimmiyga ham dushmanlik qilma!
🗣️ Alloh bergan rizqingga qanoat qil!
🗣️ Ahli sunna val jamoa yo‘lini mahkam tut, zalolat va jaholat ahlidan o‘zingni chetga ol!
🗣️ Boshqalarga muhtoj bo‘lmaslik uchun qo‘lingdagi bisotingdan tadbirkorlik bilan foydalan!
🗣️ Odamlar bilan uchrashganingda gapni salom berishdan boshla, mayin va muloyim so‘zla, yaxshilarga yoqimli bo‘l, kishilar bilan murosayu madora qil.
🗣️ Yaxshi qo‘shni bo‘l va qo‘shningdan keladigan aziyatlarga sabru bardoshli bo‘l!
🗣️ Barcha ishlarda xolis niyatli bo‘l, har qanday holatda faqat halol narsalarni iste’mol qilishga jiddu jahd qil!
🎯 @ilm_duri
🎯 @ilm_duri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hadisi
Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi.
“Yo Allohning rasuli, qanday odamlar qiyinchiliklarga ko‘p duchor bo‘ladi?” dedik. U zot: “Payg‘ambarlar, so‘ngra ularga yaqinlar, so‘ngra ularga yaqinlar. Kishi diniga qarab musibatlanadi. Agar dinida mustahkam bo‘lsa, musibati og‘ir bo‘ladi. Agar dinida bo‘sh bo‘lsa, Alloh uni diniga yarasha musibatlaydi”, dedilar.