#Kun_hadisi
Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi.
“Yo Allohning rasuli, qanday odamlar qiyinchiliklarga ko‘p duchor bo‘ladi?” dedik. U zot: “Payg‘ambarlar, so‘ngra ularga yaqinlar, so‘ngra ularga yaqinlar. Kishi diniga qarab musibatlanadi. Agar dinida mustahkam bo‘lsa, musibati og‘ir bo‘ladi. Agar dinida bo‘sh bo‘lsa, Alloh uni diniga yarasha musibatlaydi”, dedilar.
🎯 @ilm_duri

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalifa Abdulmalik ibn Marvon rahmahulloh balog‘atli bir xutba qildi. So‘ng uni to‘xtatib bunday dedi:
"Parvadigor! Gunohlarim ko‘p katta. Lekin Sening ozgina afving undan kattadir. Ozgina afving bilan ko‘p gunohlarimni kechirgil!".
Bu Hasan Basriy rahimahullohga yetib keldi va bundan yig‘ladilar. So‘ng: "Agar gapni tillo bilan yozish kerak bo‘lsa, shuni yozardim", dedilar.
"Tahzibut-tahzib", 1/322.

📚 Bolalar adabiyoti bo'lgan, aslida kattalar uchun mo'ljallangan kitoblar Top-5 taligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hadisi
Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday marhamat qilganlar: “Gunohlar ichida shundaylari borki, unga faqat halol rizq topish maqsadida qilingan harakatgina kafforat bo‘ladi”.

Bugun nikoh qiyin qilib yuborilgan
Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:
Hazrati Jobir roziyallohu anhu bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga tashrif buyurdilar va: Ey, Allohning Rasuli! Men bir ayolga nikohlandim dedilar. (Imom Buxoriy rivoyati)
Bu sahobiy Nabiy sollallohu alayhi vasallamga juda yaqin sahobalardan edilar va har doim Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashib turar edilar. Lekin nikohda ishtirok etishga taklif qilmadilar. Chunki, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning muborak davrlarida shunday umumiy odat bor ediki, nikoh uchun biror xos e’tibor qilinmas edi. Nikoh bo‘lyapti degani, bu bir to‘fon ko‘tarilyapti degani emas edi. Bir necha oylardan beri unga tayyorgarlik bo‘lyapti….. va butun oilada uning to‘s-to‘poloni, u siz nikoh bo‘lishi mumkin emas.
Shari’at nikohni qanchalik oson qilgan edi. Biz uni keraksiz va noto‘g‘ri rasm-rusumlar orqali shunchalik qiyin qilib oldik. Buning oqibatiga nazar soling, qizlar turmushga chiqa olmay uyda o‘tirib qolganlar. Bunga sabab sep tayyorlashlik uchun pul yo‘qligidir. Bu dabdabali to‘y tantanasini qilishlik uchun pul yo‘qligidir. Endi, bu ishlarga pul to‘plashlik uchun halol-xarom bir bo‘lib ketyapti. Bu barcha rasm-rusumlarni biz o‘zga din vakillaridan olib olganmiz. (Love story to‘ydan oldingi sevgi tarixi va uni xammaga to‘yxonada namoyish etishlik, kelinning dugonalariga gul otishi, kuyovning axmoqona banan otishi, ota qizini yetaklab kelib, to‘yxonada kuyovga topshirishi, kelinning kuyov va qaynotasi bilan vals tushishi, yarim yalang‘och kelinlik liboslari........va hokazo).
Nabiy sollallohu alayhi vasallam bayon qilgan sunnat yo‘lini tark qildik. Buning oqibati shuki, halol (nikoh orqali oila qurish) yo‘llari yopilib qolgan. Halol yo‘l orqali xohishlarini qondirishlik uchun juda ko‘p mol davlatga ega bo‘lishlik zarurdir. Milionlab puli bo‘lsa, o‘shanda to‘y qila oladi, bo‘lmasa, yo‘q. Ikkinchi tarafdan atrofdagi behayolik sababli nafsoniy va shahvoniy xislar junbushga kelgan. Uni halol yo‘l ila qondirishlik imkoni bo‘lmagach, harom yo‘lga qadam tashlanmoqda.... shuning uchun bu keraksiz rasm-rusumlar jamiyatimizni halokat qirg‘og‘iga yetkazib qo‘ygan.
(Islahiy xutbaat kitobidan.2-jild, 102-bet. Abdulqayyum Komil tarjimasi)

#iqtibos
Xohlagan ilm-faningizni o'rganing. Niyatingiz o'sha ishdan oxiratning ajrini olish bo'lsin.
😎 Husayn Buxoriy

Imom Tabariy: Qirq yil davomida kuniga qirq varaqdan asar yozgan olim
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Yer yuzida ulamolar xuddi yeru suvning qorong‘uligida yo‘l topishga yordam beruvchi yo‘lchi yulduzga o‘xshaydi. Yulduzlar g‘oyib bo‘lganda yo‘lovchilar adasha boshlaydilar», deya marhamat qilganlar.
Hadisi sharifda ta'rifi kelgan ana shunday yo‘lchi yulduzlardan biri bilan qisqacha tanishsak.
Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir Tabariyning tafsir kitoblari ichida eng mo‘tabarlaridan sanaluvchi «Tafsiri Tabariy» asari va «Musulmon tarixchiligining otasi» unvoniga sazovor etgan «Tarixi Tabariy» nomi bilan mashhur asarlari orqali tanimagan ilm toliblari kam topiladi.
839-yilda hozirgi Eronning tarixiy viloyati Tabariston tavallud topgan Abu Ja'far rahimahulloh o‘zining yoshligi haqida so‘zlab: «Yetti yoshimda Qur'oni Karimni yod oldim. Sakkiz yoshga to‘lganimda, taroveh namozlarida insonlarga namoz o‘qib berar edim. To‘qqiz yoshga to‘lganimda esa, hadis yoza boshladim» degan ekanlar.
Bo‘lajak olim 12 yoshida ilm yo‘lida safar qilgan. Ko‘plab ilm markazlarida bo‘lib, taniqli ulamolardan dars olgan.
Bir necha yillik ilmiy safarlardan so‘ng 870-yili Misrdan Bag‘dodga kelgan olim keyingi 50 yillik hayoti davomida o‘ta barakali va sermazmun ilmiy faoliyat olib borgan.
O‘zini butunlay ta'lim va ilmga bag‘ishlagani sababidan zamondoshlari va keyingi avlodlarning yuksak e'tirofi va tahsiniga sazovor bo‘lgan.
Imom Abu Bakr Xatib o‘zining «Tarixi Bag‘dod» kitobida shunday yozadi: «Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir Tabariy... shunday olim ediki, so‘zlari hukm o‘rnida qabul qilinardi, uning ra'yiga murojaat qilishardi. U o‘z asrida hech kim muvaffaq bo‘lmagan darajada ilm oldi va ularni yozdi. U Qur'oni karimni to‘la yod olgan, qiroat turlarining barchasini chuqur o‘zlashtirgan, ularning ma'nolarini teran o‘rgangan olim edi. U hadis ilmida ham benazir bo‘lib, sahobalar, tobeinlarning hayotlari, haqida ham hammadan yaxshiroq bilar edi».
Imom Tabariy yuksak e'tiroflarga sabab bo‘lgan «Tafsir»ini yetti yil davomida shogirdlariga aytib turib yozdirgan. Xatib Bag‘dodiy shunday deydi: «Ali ibn Ubaydulloh Simsimiydan eshitdimki, ibn Jarir Tabariy qirq yil davomida har kuni qirq varaqdan asar yozgan».
Tabariy tarix, fiqh va tafsir va qiroat ilmlaridan tashqari arab she'riyati, nahv, matematika va tibbiyot ilmlarini ham yaxshi o‘zlashtirgan. U zot vaqtini juda ham tartibli ravishda ilm olish va ta'lim berishga taqsimlab, shunga qat'iy amal qilgan.
Xatib Bag‘dodiy rivoyat qiladi: «Abu Ja'far Tabariy bir kuni o‘z shogirdlariga aytdi: «Tafsir o‘qishni xohlaysizlarmi, yozib beraymi?»-dedi. Ular: «Qancha varaq bo‘ladi?» –deb so‘rashdi. U kishi: «O‘ttiz ming sahifa bo‘lsa kerak…» - deb, javob berdi. Shunda shogirdlari: «Kitobni oxiriga yetmasdan umrimiz tugab qoladi-ku!» -deb, javob berdilar. So‘ng Abu Ja'far Tabariy kitobni uch ming sahifaga qisqartirib, ta'lif qildi.
So‘ngra shogirdlaridan: «Odam alayhissalomdan bizning vaqtimizgacha bo‘lgan olam tarixini yozib beraymi»-deb, so‘radi. Ular: «Necha sahifa bo‘ladi?»-deb, so‘rashdi. Abu Ja'far tafsir kitobining adadicha miqdorni aytgan edi, shogirdlari ham xuddi o‘shanday javob qaytarishdi. Shunda Abu Ja'far: «Inna lillahi! Odamlarda himmat kamayib ketibdi.» –deb, tafsirni qisqartirgan miqdorda qisqartirib yozdi».
Mufassir, faqih, muhaddis va tarixchi olim ibn Jarir Tabariy 86 yoshida Bag‘dodda vafot etgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimga ilm talab qilib turgan holida ajali kelsa, u bilan payg‘ambarlarning o‘rtasida faqat payg‘ambarlik bo‘ladi, xolos», (Imom Termiziy rivoyati) degan muborak so‘zlari hayotining so‘ngigacha o‘zini ilmga bag‘ishlagan olimlar haqida aytilgan bo‘lsa kerak, Vallohu a'lam.
Manba: muslim.uz

BOT BAZASI: 1 MILLION KITOB
— Har xil kanallardan kitob izlab charchadingizmi?!
— Unda quyidagi botni ishlatib koʻring.
☑️ Quyidagi bot orqali:
🔴 Testlar;
🟠 PDF kitoblar;
🟢 Maktab darsliklari;
🟡 IELTS, CEFR materiallari va boshqalarni oson topishingiz mumkin.
Bizda hammasi bepul!
TEZDA ULANIB OLING: 👇👇👇
— Har xil kanallardan kitob izlab charchadingizmi?!
— Unda quyidagi botni ishlatib koʻring.
☑️ Quyidagi bot orqali:
🔴 Testlar;
🟠 PDF kitoblar;
🟢 Maktab darsliklari;
🟡 IELTS, CEFR materiallari va boshqalarni oson topishingiz mumkin.
Bizda hammasi bepul!
TEZDA ULANIB OLING: 👇👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos
Ayrimlarga:
- Allohdan qo‘rq, - deyilsa,
- O‘zing qo‘rq, - deyishadi.
Xuddi bu gap bir haqoratdek undan o‘zlarini himoya qilishga urinadilar. Holbuki, Alloh taolo O‘zining ulug‘ payg‘ambariga: "Ey payg‘ambar, Allohdan qo‘rqing", degan.
Payg‘ambar alayhissalom dedilar: "Alloh uchun eng yoqimsiz gap "Allohdan qo‘rq", degan odamga, "O‘zingni bil", deya javob qaytarishdir".
Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi
😎 @ilm_duri