Telegram Web
⚡️2025-yildan boshlab, madaniyat va sanʼat, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlari oshiriladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining ish haqlari oshirilib, munosib moddiy  ragʻbatlantiriladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Nodavlat bog’cha va maktablar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat bog’cha va maktablar barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi, ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar esa daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

⬇️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan xorijiy pedagog mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;

davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

🖥 Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlarining Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):

zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️1-dekabrdan uy-joyni yaxshilash uchun 120 mln soʻmgacha, 20 yilgacha muddatda ipoteka krediti ajratish uchun arizalar qabuli boshlanadi.

Ipoteka kreditlari nima maqsadda ajratiladi?

Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun 120 mln soʻmgacha, 20 yilgacha muddatda ajratiladi.

U kimlarga, qay tartibda beriladi?

Bu jarayonda dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanadi.

☝️Batafsil yuqoridagi video lavhada.

Asos: https://www.lex.uz/uz/pdfs/7170688

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Olimpiada ishtrok etib noutbuk, iPad va smartfon yutib oling

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida bugun, 25-noyabrdan boshlab @poytaxtuzbot Telegram botida onlayn olimpiadaga start berildi.

Olimpiada 3 ta turdan iborat boʻlib, unda poytaxtning tarixi, boy madaniy-merosi hamda bir-biridan qiziqarli mantiqiy testlar asosida oʻtkaziladi. Bu orqali yoshlarning Toshkent shahriga oid bilimlarini oshirish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

@poytaxtuzbot telegram botida har haftada yangi savollar taqdim etiladi. Foydalanuvchilar hafta davomida istalgan vaqtda savollarni ishlashlari mumkin. Ammo har haftada taqdim etiladigan savollarda bir ishtirokchi faqat bir marta ishtirok eta oladi. Bunda testlarni quyidagi muddatlar orasida ishlash mumkin:

1-tur — 25-noyabrdan 1-dekabrgacha;
2-tur — 2-dekabrdan 8-dekabrgacha;
3-tur — 9-dekabrdan 15-dekabrgacha.

15-dekabrga qadar @poytaxtuzbot taqdim etgan 3 ta tur bo‘yicha savollardan eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Ballar teng kelib qolgan taqdirda ularning test ishlashga sarflagan vaqtlari inobatga olinib, g‘olib aniqlanadi. Ya'ni tezkorlik ham muhim ahamiyat kasb etadi.

1-o‘rin — noutbuk
2-o‘rin — iPad
3-o‘rin — smartfon

❗️Muhim! Bir ishtirokchi har bir turda faqat bir marotaba test ishlash huquqiga ega. Bunda bir nechta telegram akkauntdan foydalangan ishtirokchilarning natijalari haqiqiy emas deb topiladi va olimpiadada ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadilar.

Olimpiada shartlari haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin. @poytaxtuzbot’ga kiring, ro‘yxatdan o‘ting va “Onlayn olimpiada” tugmasini bosing.

OMAD!

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Konstitutsiya kuni munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olinadi.

7-dekabr, shanba — besh kunlik haftada ishlaydiganlar (o‘qiydiganlar) uchun dam olish kuni,
8-dekabr, yakshanba — Konstitutsiya kuni,
9-dekabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi) bo‘ladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Talabalarga uyni ijaraga bergan shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi.

🔔 Soliq kodeksining 378-moddasi 19.1 bandiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

📝 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali
(ijara.soliq.uz) hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Suyunchi pulini xazna ilovasi orqali bir zumda kartangizga o'tkazib oling.

❗️Eslatma:

Birinchi farzand uchun suyunchi puli barcha onalarga to‘lanadi;
Ikkinchi farzand uchun esa bola tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarga rasmiylashtiriladi.

👨‍💻Qo‘llanma yuqoridagi videoda.

☝️Ilovamizni Google Play, App Store yoki AppGallery orqali yuklab oling 📲

👉 📲 Play Market
👉 🏬 App Store
👉 😊 AppGallery

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Work and Travel kabi dasturlar doirasida talabalarning yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.

Prezident topshirigʻiga koʻra, Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Slovakiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda oʻqish va malaka oshirish, zamonaviy korxonalarda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarga yengillik boʻlishi uchun viza tartibini soddalashtirish boʻyicha zarur choralar koʻradi.

☝️Kelgusi yildan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Work and Travel” kabi dasturlar doirasida talabalarning yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratish yoʻlga qoʻyiladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar daftariga kimlar kiritiladi?

«Ayollar daftari»ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yo‘qotgan, biroq ishlash ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlar);

boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi bo‘lmagan, qo‘shimcha moddiy yordamga muhtojlar);

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnatga qobiliyatsiz, o‘zgalar parvarishiga muhtojlar);

uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnat qilish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan, yolg‘iz yashaydigan, uy-joyini ta’mirlash imkoniyati bo‘lmaganlar);

noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan xotin-qizlar (ma’muriy binolar, erto‘lalar va istiqomat qilish maqsadlariga mo‘ljallanmagan boshqa binolarda yolg‘iz yoki oila a’zolari bilan birgalikda yashayotgan, shuningdek, doimiy yashash uchun turar joyi bo‘lmagan holda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar);

qaramog‘ida bir va undan ortiq I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollar;

tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (o‘zi va birgalikda yashovchi oila a’zolari og‘ir ijtimoiy vaziyatda bo‘lgan, surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, etarli daromad manbaiga ega bo‘lmaganlar);

huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida bo‘lgan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaat qilganlar);

psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent metrosi Yangi yil kechasi tungi soat 02:00 gacha ishlaydi

Poytaxt metropoliteni ilk marotaba 31-dekabr tonggi 05:00 dan 1-yanvar soat tungi soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Ertadan OTM talabalari, texnikum, kollej va akademik litsey o‘quvchilari uchun qishki ta’til boshlanadi tatil 2025-yilning 7-yanvarigacha davom etadi.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Germaniyada ishlash istagi borlar uchun 4 000 ta bo'sh ish o'rni (oylik 3 ming AQSH dollari)!

🇩🇪 Davlat - Germaniya.
🔖 Korxona nomi - Duvenbeck Kraftverkehr GmbH & Co.KG.
💼 Bo'sh ish o'rni - 4 000 ta.
🏭 Soha yo'nalishi - yuk mashinasi xaydovchisi ish, mexatronika, omborchi, yukmashinasiga texnik xizmat ko'rsatish soxalarida ausbildung.
❗️Talablari - Nemis tili B1 daraja, 18-40 yosh, sudlanmaganlik, yuqumli kasalliklar bilan og'rimagan.
💰Oylik maoshi - 3 000 AQSH doll.

☎️ Murojaat uchun:
1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️O'z mablag'lari hisobidan nodavlat maktab quradiganlarga soliq imtiyozlari berilmoqda

🇺🇿 Qonun (O'RQ-1013-son, 24.12.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritildi.

🏢 Unga ko'ra, o'z mablag'lari hisobidan nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining binolarini qurish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarga nisbatan foyda solig'i bo'yicha vaqtinchalik (2025 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha) soliq imtiyozlari berilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Prezidentning 2024 yil 24 noyabrdagi 403-sonli bilan Nodavlat bog'cha va maktablar 2030 yilgacha barcha turdagi soliq va yig'imlardan ozod qilingan edi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Ko'p yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga oylik ustama to'lanadi.

Vrachlarga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to'lanishi kerak:

uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;

uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;

uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;

uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma'lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.

Asos: https://lex.uz/docs/-941878

🇺🇿 @imtiyozuz
2025/01/10 01:21:02
Back to Top
HTML Embed Code: