Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Suyunchi pulini xazna ilovasi orqali bir zumda kartangizga o'tkazib oling.

❗️Eslatma:

Birinchi farzand uchun suyunchi puli barcha onalarga to‘lanadi;
Ikkinchi farzand uchun esa bola tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarga rasmiylashtiriladi.

👨‍💻Qo‘llanma yuqoridagi videoda.

☝️Ilovamizni Google Play, App Store yoki AppGallery orqali yuklab oling 📲

👉 📲 Play Market
👉 🏬 App Store
👉 😊 AppGallery

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_ilmiy_amaliy_anjuman

25.04.2025 yil soat 10:00 da barchangizni “Raqamlashgan jamiyatda inson kapitalini rivojlantirish: imkonyat va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.

📍Manzil: Chirchiq davlat pedagogika universiteti 3 binosi…

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️5 yil staji bor xotin-qizlar bugundan boshlab tavsiyanoma olish uchun ariza berishlari mumkin!

Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga muvofiq 1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi bo‘yicha besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgor xotin-qizlarning arizalarini https://xotin-qizlar.uz platformasi orqali qabul qilish boshlanadi.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️15-maydan boshlab "Work and travel" dasturida qatnashish uchun ssuda (qarz) ajratiladi.

Bu bo‘yicha ayrim savollarga javoblar:

Ssuda kimlarga beriladi?

16 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan;
O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotining kunduzgi, kechki (smenali) yoki sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan (bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) O‘zbekiston fuqarolari;
O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar.

Necha kishiga va qancha miqdorda ssuda ajratiladi?

Har yili 2 ming nafargacha talaba yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari (15 mln so‘m) miqdorida ssuda ajratiladi.

Mablag‘lar talabalar tomonidan dasturda ishtirok etish uchun borish va kelish aviachiptasi sotib olishga ishlatiladi.

Ssuda olish uchun ariza qanday yuboriladi?

Ssuda ajratish haqidagi arizalar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

Ssuda qancha muddatda qaytariladi?

Talaba yoshlar ajratilgan ssudani ishlash va sayohat qilish huquqini tasdiqlovchi vizada qayd etilgan xorijiy davlatda bo‘lishning so‘nggi sanasidan boshlab 1 oy muddatda Yoshlar ishlari agentligiga to‘liq qaytarish majburiyatini oladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Jarima ballari 1-iyundan kuchga kiradi

Yo‘l harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, MJtKdagi 12 ta moddagi 19 xil qoidabuzarlik bo‘yicha jarima ballari miqdori tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, jarima ballari faqat YHXX inspektori tomonidan bevosita rasmiylashtirilgan qarorlar asosida belgilanadi. Bu degani foto va videokameralar hamda radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanmaydi.

Bir yil davomida 12 balldan oshiq jarima bali yig‘gan haydovchiga ma’muriy jazo qo‘llash uchun ishi sudga oshiriladi. Bunda qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmasligi kerak.

12 oy davomida qoida buzmagan haydovchilarga esa rag‘batlantirish sifatida keyingi yilda sodir etgan birinchi qoidabuzarligi uchun jarima yozilmaydi.

6 oy davomida qoida buzmagan haydovchidan rag‘batlantirish tarzida 2 jarima bali chegirib tashlanadi.

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi

⚡️Teatr-studiyalar, ko'rik-festivali g'oliblari bo’lgan talabalar rag'batlantiriladi

🔖Qonunchilikka ko'ra, 2025-yildan doimiy tarzda oliy ta'lim muassasalarida teatr-studiyalari o'rtasida teatr-studiyalar respublika ko'rik-festivali o'tkazib boriladi.

✔️Tadbirning yuqori bosqichlari teletanlov va tele-shou shaklida tashkil etiladi.

💸Respublika bosqichida 1, 2 va 3-o'rinni egallagan jamoalar tegishli ravishda BHMning 100, 70 va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Asos: https://lex.uz/docs/-7247327#-7250386

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz | #talaba_qizlariga

⚡️Ayrim toifadagi oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to'lanadi

🔰 Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a'lo” baholarga o'qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to'lanadi.

✔️ 2025-yil 1-sentabrdan umumiy o'rta ta'lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag'al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to'lovidan ozod etiladi.

📝 2026-yil 1-yanvardan kambag'al oilalarning “a'lo” baholarga o'qiydigan farzandlarining O'zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog'lomlashtirilishi xarajatlari to'liq qoplab beriladi.

🏛 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag'al oilalar reestri va Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko'rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham tan olinadi.

Ularning qog'oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal va boshqa joylarda talab etilmaydi. 

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Bog'cha va maktablar oldiga 30 tezlikka radar qo'yiladi.

Ichki ishlar vazirligi 2025 yil 1 sentabrga qadar joylardagi o'rganishlar asosida yo'llar bo'yida joylashgan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari atrofida soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish mumkinligini ko'rsatuvchi yo'l belgilari va bunga qat'iy rioya etishni ta'minlovchi maxsus texnika vositalarini o'rnatish bo'yicha barcha zarur choralarni ko'radi.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Prezident farmoni bilan nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g'olib va sovrindor bo'lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirildi.

🎓 @imtiyozuz
⚡️Ayrim tibbiyot xodimlarining ish haqlari oshirildi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida shifokorlarning oylik lavozim maoshlari – 20 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari – 10 foiz miqdorida oshiriladi.

☑️ Tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) asosida oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi.

Shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi:

sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlariga oylik lavozim maoshi yoki bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida;

tibbiyot brigadasiga belgilangan me’yorlardan 10 foiz ortiqcha qo‘shimcha biriktirilgan aholining har biri uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,3 foizi miqdorida – shaharlarda, 0,5 foizi miqdorida – tumanlarda;

oila salomatligi bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi asosida tashkil etiladigan kurslarning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari uchun sertifikatga muvofiq bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida.

🎓 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️1-iyuldan pensiya va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi

Unga ko‘ra:

fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda, pensiyalar alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi;

ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensatsiyalar elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlanadi;

nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdori har 2 yilda proaktiv shaklda qayta hisoblanadi.

💵 2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya ta’minotiga oid hamda AT “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash bilan bog‘liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️2025 yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun – juma kuniga to'g'ri keladi.

Aholining Qurbon hayiti bayramini munosib o'tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2025 yil 7 iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo'yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

🇺🇿 @imtiyozuz
#imtiyoz | #Xotin_qizlarga

⚡️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni OTMga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish jarayoni boshlandi.

Talabgorlar, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining axborot tizimi — https://tavsiyanoma.ijro.uz orqali 30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari mumkin.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

🎓 @imtiyozuz
⚡️Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga muvofiq:


2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari;

2025 yil 1 avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirilishi belgilandi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz | #ustozlarga

O‘qituvchilarning mehnat ta’tili puli qanday hisoblanadi?

Javob: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2290

⚡️Qonunchilikda o’qituvchilarga beriladigan ayrim imtiyoz turlari.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2370

⚡️O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2377

⚡️Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga bolalar soniga qarab 10 foizdan 50 foizgacha ustama beriladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2395

⚡️O‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga har oy 150 foiz ustama to‘lanadi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2374

🇺🇿 @imtiyozuz
2025/06/28 07:16:32
Back to Top
HTML Embed Code: