Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Сўнгги кунларда Туркия фуқароси Уммухан Ўзден томонидан ўзбек аёллари шаънига айтилган номақбул сўзлар кенг жамоатчилик орасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Таъкидлаш жоизки, У.Ўзден томонидан билдирилган салбий фикрлар унинг шахсий қарашлари бўлиб, бу қардош турк халқининг миллатимизга нисбатан муносабатини англатмайди.

Шу сабабдан ушбу ҳолат икки биродар халқлар ўртасидаги олий даражадаги дўстлик ҳамда мустаҳкам ҳамкорлик алоқаларига таъсир ўтказмаслигига ишонамиз.

Қолаверса, ҳар бир давлат ўз халқининг шаъни ва қадр-қимматини ҳимоя қилиш ҳуқуқига эга эканлигидан фойдаланиб, Туркия Республикаси ваколатли идоралари билан У.Ўзденнинг ушбу хатти-ҳаракатига ҳуқуқий баҳо бериш юзасидан тегишли ишлар амалга оширилаётганини маълум қиламиз.
#ogohlantirish

So‘nggi vaqtlarda belgilangan miqdorlardan ortiq tamaki mahsulotlarini Turkiyaga olib kirishga uringan yurtdoshlarimizga nisbatan “kontrabanda” (kaçakçılık) aybi qo‘yish holatlari ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Bunday holatlar fuqarolarimiz uchun jiddiy huquqiy oqibatlarga sabab bo‘lmoqda.


Xususan, hozirgi kunda Turkiya jazoni ijro etish muassasalarida 20 dan ortiq fuqarolarimiz belgilangan miqdordan ortiq tamaki mahsulotlarini olib kirganligi sababli qamoqda saqlanmoqda.

Hurmatli vatandoshlar!

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaga safar qilishni rejalashtirayotgan yurtdoshlarimizga quyidagi muhim ma’lumotlarni eslatadi.

Tamaki mahsulotlari uchun cheklovlar:

18 yoshdan katta yo‘lovchilar shaxsiy foydalanish uchun quyidagi miqdorda tamaki mahsulotlarini olib kirishlari mumkin:
• 600 dona sigareta (30 pachka yoki 3 blok);
• 50 dona sigara.

Elektron sigaretalar uchun cheklovlar:

Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, har bir yo‘lovchi shaxsiy foydalanish uchun quyidagi miqdorda elektron sigaretalarni olib kirishi mumkin:
• 10 dona bir martalik elektron sigareta;
• 1 dona ko‘p martalik elektron sigareta qurilmasi;
• 200 dona almashtiriladigan stiker yoki 30 ml suyuqlik.

Tijorat maqsadlarida tamaki mahsulotlarini olib kirish man etiladi.

Muhim ogohlantirish:

Tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirganligi sababli Turkiya sud idoralari tomonidan belgilangan jarimalarni to‘langandan so‘ng sizga nisbatan qo‘llangan jarima yechilganligini qayta tekshiring va ishonch hosil qiling.

Izoh: Jarimani to‘lagan ammo turk idoralari qaydlarida jarima yechilmaganligi yurtdoshlarimizni chegarada qo‘lga olinishi sabab bo‘lmoqda.

Tavsiyalar:

• Safaringizdan oldin Turkiyaning bojxona qoidalari bilan tanishib chiqing.
• Belgilangan me’yorlardan ortiqcha mahsulotlarni olib kirishga urinmang.


Qonunchilikka rioya qilish orqali safaringizni xavfsiz va muvaffaqiyatli o‘tkazing.
Ҳурматли ватандошлар!

❗️Истанбулда кутилаётган кучли бўрон туфайли Turkish Airlines (THY) авиакомпанияси 23 ноябрь куни режалаштирилган 38 та парвозни бекор қилди.

Бекор қилинган рейслар орасида:
- 10 та ички рейслар,
- 28 та халқаро рейслар мавжуд.

Аэропортнинг ўтказувчанлик қобилиятини 10% га чеклаш ҳақида қарор Фавқулодда ҳолатлар бўйича Метеорология қўмитаси (MADKOM) тавсиясига асосан қабул қилинди.

Истанбул халқаро аэропорти масъуллари эртанги рейсларда яна ўзгаришлар бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ўз парвозингиз ҳолатини олдиндан текширишни ва тегишли чоралар кўришни тавсия этамиз.
ЖИНОЯТ ЖАЗОСИЗ ҚОЛМАЙДИ!

Сўнгги йиллар давомида Ўзбекистонда тергов ва суддан яширинган айрим шахсларнинг Туркия ҳудудида яширинишга уриниш билан боғлиқ кўплаб ҳолатлар кузатилмоқда.

Шу билан бирга, Туркия ва Ўзбекистон Ички ишлар вазирликлари ўртасидаги ўзаро ҳуқуқий ёрдам тадбирлари доирасида бу каби шахсларга нисбатан жиноий таъқибни амалга ошириш янада самарали кўринишга эга бўлмоқда.

Жумладан, биргина 2024 йилнинг 10 ойида жавобгарликдан қутулиш мақсадида йиллар давомида қардош давлат ҳудудида яшириниб юрган 37 нафар айбланувчилар қўлга олиниб, одил судлов ҳукмига ҳавола этилди.

Бундан буён қидирувдаги шахсларни қўлга олиш тадбирлари янада кучайтирилади, жиноятчиликка қарши муросасиз кураш жадал давом эттирилади, жиноят учун жавобгарлик принципи қатъий таъминланади.

Қидирувдаги шахслар учун ягона ва энг тўғри йўл - Ўзбекистоннинг
хорижий давлатлардаги дипломатик ваколатхоналарига ёки республика ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идораларига мурожаат қилиш, тергов ва суд процессида қонуний ҳимоя ҳуқуқидан фойдаланиш.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Boshkonsulxonasida
Vaqtinchalik konsullik ro'yxatidan
o'tish haqida


Vaqtinchalik konsullik ro'yxati o'zi nima?
Xorijga xizmat safariga, oqishga, uzoq vaqt davolanishga, ishga va oz oilasi bilan birlashishga olti oydan ortiq muddatga chiqib ketib xorijiy davlatda qonuniy yashab kelayotgan va Ozbekistonda doimiy royxatda turgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bolmagan shaxslar Ozbekistonning xorijdagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonalarida vaqtincha konsullik royxatiga olinadilar.

Kimlar konsullik ro'yxatiga olinadi?
- Xorijiy oliy ta'lim muassasasida o'qiyotgan;
- Oila birligi uchun Turkiyaga kelgan
(Xorijlik fuqaro bilan rasmiy nikohi bo'lsa);
- Xorijda rasmiy ishlab kelayotgan
("Çalışma izni" asosida);

Konsullik ro'yxatiga olingan fuqarolar:
- pasportlarining amal qilish muddati tugaganida;
- pasportlari yaroqsiz holatga kelib qolganda;
- pasportlari yo'qolib qolganda;
diplomatik vakolatxonadan pasport olish huquqiga ega bo'ladilar.

Bundan tashqari, turli xil favqulotda vaziyatlarda konsullik ro'yxatida bo'lgan fuqarolarning yashash va ish/o'qish joyi manzillari hamda aloqa ma'lumotlari diplomatik vakolatxonada bo'lgani sabab ularga amaliy yordam ko'rsatish jarayoni osonlashadi.

Istanbul shahridagi Boshkonsulxona Turkiyada qonuniy yashab kelayotgan fuqarolarimizni konsullik ro'yxatidan o'tishga chaqiradi.

Ro'yxatdan o'tish haqida batafsil:
www.consulate.mfa.uz
Огоҳлантириш: Туркияда сохта 50 ва 100 долларлик купюралар тарқалмоқда!

Ҳурматли ватандошлар!
Сўнгги пайтларда Туркияда сохта 50 долларлик купюралар, баъзан эса 100 долларлик купюралар тарқалиши ҳақида хабарлар келиб тушмоқда. Шу муносабат билан сизларни қуйидаги масалаларда огоҳ бўлишга чақирамиз:

Сотиб олишда ва қабул қилишда диққатли бўлинг

- Долларни фақат расмий банклар ёки лицензияли валюта айирбошлаш нуқталарида қабул қилинг.
- Текширув ускуналаридан фойдаланинг, айниқса, катта миқдордаги долларни қабул қилганингизда.
- Қўлма-қўл пул айирбошлашдан сақланинг.

Қонунчилик ва ҳуқуқий маслаҳатлар

- Сохта купюраларни қабул қилиш ёки тарқатиш қасддан амалга оширилса, Туркия қонунчилигида оғир жазо белгиланган.
- Агар шубҳали купюраларга дуч келсангиз, зудлик билан маҳаллий полиция ёки консулхонага мурожаат қилинг.

Сохта пул тарқалиши билан боғлиқ вазиятларда эҳтиёт бўлинг ва шубҳали вазиятларда доимо текширувга мурожаат қилинг. Сизнинг хавфсизлигингиз биз учун муҳим!
2024 yil 27 noyabr kuni soat 14:00da Istanbul shahrining Kadikoy tumanida joylashgan "Mesleki ve Teknik Anadolu Lisesi Salonu"da O‘zbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va “TÜRKSOY” tashkiloti hamkorligida “Turon” maktab teatri tomonidan "Ruhlar isyoni" spektakli (Erkin Vohidovning jaholat to‘g‘risidagi asari asosida) namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, Istanbul shahrida vaqtincha va doimiy yashab kelayotgan barcha vatandoshlarimizni mazkur spektaklga taklif etib qolamiz.
Kirish bepul.
#TEZKOR_ХABAR

Туркия ва Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирликлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбир давомида қўлга олинган, бир қанча ФИРИБГАРЛИК жиноятларини содир этиб, фуқароларга жуда кўп миқдорда зарар етказганликда айбланиб, Ўзбекистон Республикаси
Ички ишлар вазирлиги томонидан 2021 йилдан буён қидирувда бўлган, 1986 й.т. БАБАЯНЦ РОБЕРТ ВЛАДИМИРОВИЧ Тошкент шаҳрига депортация қилинди. Ушбу шахснинг хатти-ҳаракатларидан жабр кўрган фуқаролардан Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонасига ёки Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ёхуд ички ишлар органларининг қуйи ҳудудий бўлинмаларига мурожаат қилиш сўралади.

Жиноят учун жазонинг муқаррарлигини таъминлаш мақсадида

Туркия ҳудудида ҳамкорликдаги тадбирлар тизимли равишда давом эттирилмоқда.
#Тезкор_хабар

Ўзбекистон Республикаси ва Туркия Ички ишлар вазирлиги ҳамкорлигида ўтказилган навбатдаги тезкор тадбир давомида одам савдоси жиноятини содир этганликда айбланиб, 8 йилдан буён Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги томонидан қидирувда бўлган, 1980 й.т., ТУРСУНТОШ ҚОДИРОВА Тошкент шаҳрига депортация қилинди. Ушбу шахснинг хатти-ҳаракатларидан жабр кўрган фуқаролардан Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонасига ёки Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ёхуд ички ишлар органларининг қуйи ҳудудий бўлинмаларига мурожаат қилиш сўралади.

Жиноят учун жазонинг муқаррарлигини таъминлаш мақсадида

Туркия ҳудудида ҳамкорликдаги тадбирлар тизимли равишда давом эттирилмоқда.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO TANLOV!!!

👍 "Vatandoshlar" jamoat fondi xorijdagi yosh vatandoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston – yosh rassomlar nigohida” xalqaro onlayn ijodiy ishlar tanlovini e'lon qiladi.

👩🏻‍🎨
Tanlov quyidagi uch yosh toifalari bo‘yicha alohida-alohida tartibda o‘tkaziladi:

6 yoshdan 12 yoshgacha;
13 yoshdan 20 yoshgacha;
21 yoshdan 30 yoshgacha.

🎨
Tanlovga quyidagi mavzularda yaratilgan ijodiy ishlar taqdim qilinadi:

🖌 “Yangi O‘zbekiston mening tasavvurimda”;
🖌“O‘zbekiston tarixi, boy madaniy va ma’naviy merosi”;
🖌“Vatan ufqidan chizgilar”;
🖌 “Yurtdan olisda yurakda yaqin”;
🖌 “Bobomning sog‘inchi”;
🖌 “Mening o‘zbekona oilam”;
🖌“Vatanimda fasllar tafti”;
🖌“Bayrog‘imiz - g‘urur va faxrimiz timsoli”.


📨 Ijodiy ishlar 21-noyabrdan 5-dekabrga qadar Fondning quyidagi telegram bot manzilida qabul qilinadi: @vatandosh_tanlov_bot

📃
Tanlov Nizomi bilan tanishish hamda arizani to‘ldirish uchun havolani bosing
Shu kunlarda Turkiya fuqarosi Ummuxan O‘zden tomonidan o‘zbek ayollari shaʼniga aytilgan nomaqbul so‘zlarga javoban ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarimiz tomonidan Istanbul Sudi binosi atrofida yig‘ilish o‘tkazishga chorlovlar keng tarqatilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Turkiya Respublikasining vakolatli idoralari bilan U.O‘zdenning mazkur xatti-harakatiga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuni taʼkidlash joizki, Turkiyada mitinglar, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish tartibi “Yig‘ilishlar va namoyishlar to‘g‘risida” 2911-sonli Qonuni asosida tartibga solinadi. Mazkur qonunga muvofiq, Turkiyada yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish uchun quyidagi talablar belgilangan:

1. Turkiya hokimiyat organlariga xabar berish. Tashkilotchilar tadbir o‘tkazilishi haqida mahalliy hokimiyat organlarini 48 soat oldin xabardor qilishlari shart.

2. Tashkilotchilarning majburiyatlari. Tashkilotchilar tadbirning tinch o‘tishini taʼminlash va jamoat tartibini buzishning oldini olishlari shart.

Belgilangan tartiblarga rioya etilmagan holatda, yaʼni xabar berilmagan yoki belgilangan qoidalarni buzgan holda o‘tkazilgan tadbirlar uchun tashkilotchilar va ishtirokchilarga nisbatan maʼmuriy yoki jinoiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.


Har bir shaxs yoki guruh sudga murojaat qilishlari mumkindir.

Istanbul Sud binosining kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanadigan obyekt ekanligini inobatga olgan holda, fuqarolarimizni turli yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazishdan hamda ularga targ‘ib qilishdan tiyilishga chaqiramiz.
Joriy yilning 4 dekabr kuni Bag’jilar tumani hokimiyati (belediyesi) konsert saroyida Qoraqalpoq filarmonik orkestri hamda O’zbekiston xalq artisti Zulayho Boyhonova ishtirokida galakonsert tashkil etilmoqda.

Kirish bepul.

Boshlanish vaqti: 15:00

Manzil: Güneşli, Mahmutbey Cd. No:97, 34200 Bağcılar/İstanbul
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan birgalikda fuqarolarimizga ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi Bitimni imzoladi.
***
Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov together with the Member of the Political Bureau of the Central Committee of the Communist Party of China, Foreign Minister of China Wang Yi signed an Agreement that allows our citizens to travel to the two countries without a visa for 30 days.

Facebook | YouTube | Instagram | X
Forwarded from Migratsiya agentligi
🇹🇷Хабар берганимиздек, Туркиянинг “Kalyon Insaat Sanayi Ve Ticaret A.Ş.” компанияси Миграция агентлиги билан даслабки босқичда 60 нафар, келгуси йил январь ойидан 1350 нафар ўзбекистонлик қурилиш соҳаси мутахассисларини Туркияда иш билан таъминлаш бўйича келишувга эришган эди.

Бугун, 20 нафар ҳамюртимиз Тошкентдан Истанбулга учиб кетди. 3 декабр куни яна 40 нафари Самарқанддан жўнаб кетади.

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 3 dekabr kuni Turkiyaning “Kalyon Insaat Sanayi Ve Ticaret A.Ş.” bilan tuzilgan shartnoma doirasida navbatdagi O’zbekistonlik quruvchilar guruhi Samarqanddan Istanbulga uchib keldilar va ish yeriga joylashdilar.
Eslatma!

Bugun 4 dekabr soat 15:00 da Bag’jilar hokimiyatida boladigan kontsertda Qoraqalpoq filarmon orkestri, O’zbekiston xalq artisti Zulayho Boyhonova bilan birga O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist Abdurashid Yo’ldoshev ham Turkiyadagi vatandoshlarimiz uchun o’z san’atlarini namoyish etadilar.

Kirish bepul.

Manzil: Güneşli, Mahmutbey Cd. No:97, 34212 Bağcılar/İstanbul
https://g.co/kgs/qAExeXc
2024/12/05 01:19:29
Back to Top
HTML Embed Code: