Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
292 - Telegram Web
Telegram Web
Day 1 at Siemens 🎉

Siemens’ning Analitika va AI bo’limida Data Scientist bo’lib ish boshladim
O’qishga kirganingda ehtiyojing o’zgaradi

Ishga kirganingda ehtiyojing o’zgaradi

Ishdan haydalib, ishsiz qolganingda ehtiyojing o’zgaradi

Bo’ydoqligingda ehtiyojing o’zgaradi

Oila qurganingda ehtiyojing o’zgaradi

Puling yo’qligida ehtiyojing o’zgaradi

Boyligingda ehtiyojing o’zgaradi

Yoshligingda ehtiyojing o’zgaradi

Qariganingda ehtiyojing o’zgaradi

Lekin…

Tirik ekansan, har qanaqa holatingda ham, podshohmisan, gadomisan bir ehtiyoj o’zgarmaydi - sog’lik

Sog’lik har doim muhim bo’lib qolaveradi
Bloomberg Data Job Description.pdf
230.7 KB
Referral for 2025 Bloomberg Data positions

Bloomberg'ga internship yoki new grad full time pozitsiyalari uchun ishga topshirmoqchi bo'lganlarga.

Talablar :
- juda yaxshi resume
- relevant experience in Data Science/Engineering/Analytics or ML
- 200+ Leetcode problems solved on LeetCode
- 30+ pandas, SQL problems problems solved in StrataScratch.com
- strong English
- strong Python, SQL and Data Modeling skills
- Statistics knowledge is plus: eg. Hypothesis testing, Sampling, Error calculations...

Iltimos topshirishdan oldin resumeingiz ustida ishlang, mana bu postlarni ko'rib chiqsangiz bo'ladi : Resume writing, Template

Resume, Leetcode, stratascratch profilingiz linki va xabaringizni @javokhir_contact_bot ga 1 ta xabarda jo'nating, iltimos 1 ta xabarda

Shoshilmang, profilingizni iloji boricha yaxshi holatda topshiring, maqul kandidatlarga aloqaga chiqaman

Rahmat

Edit : Bu pozitsiya London yoki New York ofislari uchun, visa va boshqa xarajatlarni sponsor qiladi
Boshlang'ich sinflarimda rosa injiq va sho'h bo'lganman, ko'p urushganman. Hozir o'sha xarakterimni qaysidir yosh bola menga ko'rsatsa ko'tarishim qiyin. Lekin o'sha payt 4 yil bir og'iz ham yomon gapirmasdan ilm o'rgatgan ustozimga rahmat.

Germaniyaga kelishimdan 3-4 oy oldin o'sha ustozimni oldilariga borib yo'qlab suhbatini va duolarini olib kelgandim. Juda yengil tortgandim.

Hayotimda har xil joylarda o'qiganim uchun ustozlarim ko'p. O'zi umuman o'qituvchi bo'lib ishlagan ko'p odamlar bilan ko'rishganman va muomala qilganman. O'ylab qarasam bu kategoriyadagi odamlarni deyarli hammasi juda yaxshi inson bo'lishgan ekan, nimadir o'rganganman.

Sharafli kasb egalari ustozlarimizga rahmat, martabalari ulug' bo'lsin 🙏🏻
Forwarded from Javokhir | Choygram 🫖
Bizi komanda Senior Data Scientist yoki ML Engineer ishga olyabdi.

Qiziqqanlar bo'sa resume tashab qo'yilar, refer qivoraman.

Germaniya, Portugaliya, Ispaniyadan va Austrialardan ishlasa bo'ladi

Hybrid

https://jobs.siemens.com/careers/job/563156121208190?microsite=siemens.com
Ko'pchilik roadmap so'rab yozishadi

Bu uchun roadmap.sh sayti bor, ko'pchilik tasdiqlagan best practice yo'llar yig'ilgan
Javohir Fikrlar
Bloomberg Data Job Description.pdf
Referral bo'yicha topshirganlarni ko'rib chiqdim. Ma'qul kandidatlarga keyingi qadamlar bo'yicha email yuborildi. Hammaga rahmat
O’tgan hafta Italiyaning Rim, Florensiya, Pisa shaharlari va eng kichik davlat Vatikanga sayohat qildim.

Orada Leanordo Da Vinchi muzeyiga ham kirgandim. Uyat bo’lsa ham aytaman bu odamni deyarli faqat Mona Lisa rasmini chizgan rassom xolos deb bilardim 🥲.

Uning 15-asrda qilgan ishlarini ko’rib to’g’risi tan berdim. U haqiqiy polymath-serqirrali ekspert bo’lgan ekan. Shunaqa ko’p narsaga qo’l urgan ekanki bekorga Monalisani 17 yilda chizmagan ekan devordim 😅

Uni odatlaridan biri doim yon daftar bilan yurganakan idea kelsa yoki yozib qo’ygan yoki chizib qo’ygan ekan.

Qilgan eksperimentlarini ko’rib eng ko’p fail bo’lgan odamlardan biri bo’lgan shekili deb o’yladim.

Ko’p ishlarini perfectionist bo’lgani uchun oxirigacha tugatmagan ekan, xususan Mona Lisani ham.

Shunaqa odamlarni hayotini, qilgan ishlarini ko’rganingda, o’qiganingda o’zing hayotingga bir qarab xo’rsinib qo’yasan kishi
2025/02/21 00:55:56
Back to Top
HTML Embed Code: