Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
45195 - Telegram Web
Telegram Web
Zomin tumani “Guliston” MFY aholisi tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Isroil Nurmatov oʻtkazgan sayyor qabulda ichki koʻchalarni shagʻallashtirish boʻyicha murojaat qilgan edi. 3- sektor rahbari ushbu masalani joyiga chiqib oʻrganib, uni hal etish chora-tadbirlarini belgiladi. Shu asosida dastavval koʻchalar maxsus texnikalar yordamida shagʻal yotqizishga tayyorlab olindi. Hozirda 4 kilometrlik ichki koʻchalar reja asosida shagʻallashtirilayapti.

👮👉https://www.tgoop.com/jiziib
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Жараён

Пиёдалар ҳамда ўқувчи ёшларнинг хавфсизлигини таъминлаш мақсадида серқатнов йўл ёқалариди жойлашган таълим муассасалари олдига янгича кўринишдаги пиёдалар ўтиш қисмлари ташкил этилмоқда.

👮🏼‍♂️👉🏼 https://www.tgoop.com/jiziib
👍1
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov Paxtakor tumanidagi 9- sonli o`rta umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan kapital ta’mirlash jarayoni bilan tanishdi. Qurilish korxonasi vakillari bilan kechgan muloqot davomida o`quv muassasasining isitish tizimlari yangilanib, pardozlash ishlari yakunlanish arafasida ekanligi, pollarni almashtirish hamda devorlarni bo`yash davom etayotgani bildirildi.
Sektor rahbari qulay ta’lim sharoitini yaratish hamda binoning isitilishi masalalariga alohida e’tibor qaratdi va ta’mirlashni qisqa muddatlarda sifatli amalga oshirish yuzasidan o`z tavsiyalarini bildirdi. Ma’lumot o`rnida aytish kerak, mazkur bilim dargohi o`quvchilari ayni vaqtda hududdagi boshqa ta’lim muassasasiga jalb qilingan.

Website | Telegram | Facebook | Youtube
👍4
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Forish tumanida avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi xodimlari tomonidan tabiiy gaz o`g`irlanishiga oid jinoyat muhokamasi o`tkazildi. Tuman markazida sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kommunal sohalar vakillari hamda aholi ishtirokida o`tkazilgan tadbir avvalida sodir qilingan qonunbuzarlik tafsilotlari bayon qilindi.
Ma’lum bo`lishicha, “Oybek” nomli mahallada joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi mansabdor shaxslari 2020 yildan joriy yilning birinchi yarmiga qadar qariyb 8 yarim milliard so`mlik tabiiy gazni o`g`irlik yo`li bilan talon-toroj qilishgan. Muhokamada sodir etilgan jinoyatning sabab va omillari atroflicha tahlil qilindi.
Muhokamada Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov so`zga chiqdi.

Website | Telegram | Facebook | Youtube
👍3
2025/07/14 15:21:55
Back to Top
HTML Embed Code: