Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
45508 - Telegram Web
Telegram Web
Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻ.Qodirov qish mavsumini betalofat oʻtkazish, vujudga kelgan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan viloyat shtabida boʻldi. Masʼullar bilan muloqotda fuqarolar tomonidan koʻtarilgan masalalarning yechilishi muhokama qilinib, taklif va tavsiyalar bildirildi.
Taʼkidlanishicha, ushbu shtab kunu tun faoliyat koʻrsatadi va aholi murojaatlarini tezkor ravishda bartaraf qilish choralari belgilanib, joylarda ishchi guruh tomonidan hal etiladi. Viloyatning barcha shahar va tumanlarida ham shunday shtablar tashkil qilingan.

👮👉https://www.tgoop.com/jiziib
👍7
👮‍♂️Haftada 7 kun, har kuni 24 soat davomida tinchlik va osoyishtalik yo'lida xizmatingizdamiz, yordamga tayyormiz!
Yangi yil bayrami kunlarida Jizzax viloyati IIO, MG, FVB xodimlari osoyishtalik va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqdalar. Shu maqsadda xizmatga chiqayotgan xodimlarga Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov tomonidan yo’riqnoma berildi. 
Bu jarayonda ko’p qavatli uylarning tom va yerto’lalari, korxona va tashkilotlar, mehmonxona, yotoqxona, ta’lim muassasalari, savdo, ovqatlanish va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, tashlandiq binolarni ko’zdan kechirish, huquqbuzarliklarni aniqlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta‘minlashga oid topshiriqlar berildi. Shuningdek, is gazi hamda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tushuntirish olib borish yuzasidan tavsiyalar berildi. Qisqasi, yurtdoshlarimiz bayramni osuda va ko‘ngildagidek o‘tkazishlari uchun xushyor bo‘lish kerakligi ta‘kidlandi.

👮‍♂️👉https://www.tgoop.com/jiziib
👍7
2025/07/10 01:20:49
Back to Top
HTML Embed Code: