Ҳилола Умарова ҳам аслида яхши бизнесменка.
Бизни таълимга раҳбар бўлиб келадиганлар, вазир ёки агентлик раҳбари бўладими, фарқи йўқ, бирдан тадбиркорликка асос солиб фирмалар очиб юборади.
Бу ҳақида кўп мисоллар бор, Шерматов - кундалик ком.
Агриппина Шин - ҳеч қандай тендерларсиз Риал Софт деган иловани тизимга киритиб кетди. 20-30 минг та ДХШлар ҳар ойига олтмиш мингдан доля тўлайди.
Алламжонов-авто тест ва дарсликларга кака қилиб қўйган ва қўйишда давом этаётган Навда компаниясини.
Вазир Ҳилолахон- ўзга тегишли "DIGITAL GENERATION UZBEKISTAN" деган илмий ва техник ишлар билан шуғулланадиган хусусий ННТ билан ҳамкорликни ва тадбиркорликни таълим тизимига киритади. Ҳозирда у ташкилотга Жалолов Азамат директорлик қилади. Ҳилола ўзига тегишли ташакилотни таълим тизимига киритиб, оташин нутқлар билан тадбирларда табриклаб туради. Корхона умуман солиқ тўламайди. Қонуний тўламайди.😊
Кеча қўй билан қучоқлашиб турган бўрини расмига ва бугун қўйилган постларимга ҳам баъзи раҳбарпарварлар "Вазиримиз ишни кўзини биладиган инсон, сиз бировларни ғийбат гапига кирманг Қобил Дусов"-деб, баъзилар бу тадбиркор вазирга пахта қўйган эди. Тўғри, вазир соққа қилишни кўзини билади, таълимни кўзини билмасаям, тўғри.
Марҳамат томоша қилинг. Мана буни миллий контент десаям бўлаверади. Давлат Раҳбаримизга катта раҳмат шу мавзуни кўтаргани учун!
Тунингиз хайрли бўлсин ММТ Вазирлиги ходимлари. Дам олиш кунлари сизлар учун бир - биридан қизиқарли мақолалар ёзиб, сизларни зериктирмайман. Вазиримизга эса, мустаҳкам соғлик тилайман!
👇👇👇👇👇
https://orginfo.uz/trademark/8d6643953021/
👇👇👇👇👇👇
https://piima.uz/index.php/kr/news/prezident-talim-muassasalari-agentligi-va-digital-generation-uzbekistan-nnm-tomonidan-raqamli-avlod-oquv-tadqiqot-inklyuziv-laboratoriyasi-joriy-etildi
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://piima.uz/ru/news/raqamli-avlod-it-oromgohi-tadbirining-yopilish-marosimi-bolib-otdi

orginfo.uz
About the trademark - DIGITAL GENERATION UZBEKISTAN learn, share, inspire - Orginfo.uz
About the trademark - DIGITAL GENERATION UZBEKISTAN learn, share, inspire, Address-Умарова Х.У., 12/5, ул. Чуст, Мирзо Улугбекский р-н, г. Ташкент, 100007, тел. (97) 708-52-25, - Orginfo.uz
#Murojaat_Taxrirsiz
Qadriga achinib yig'layotgan hodimlari yohud Ishdan bo'shatishga hissa qo'shayotgan 'Mehnat huquqi inspektorlari"
habaringiz bor ijtimoiy tarmoqlarda Pedagogik markazlardagi qonun buzilishlar kundan kunga yangi rekordlarni qayt etmoqda (Huddi dollor kabi).
Butun respublika bo'ylab Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 336-sonli buyrug'i ijrosi yuzasidan Pedagogik mahorat markazlari xodimlaridan noqonuniy atestatsiya olinmoqda, hususan 9-10-yanvar kunlari Jizzax viloyat pedagogik markazida ham shu holat bo'lib o'tibdi. men 14-dekabir kuni ushbu markazdan ishdan bo'shatildim va hozirga kelib juda ko'pchilik hodimlar huquqiy yordam so'rab murojat qilyabdi. hususan meni bu maqolani yozishga undagan jarayon odamni juda hafa qildi.
Vazir tasdiqlagan Nizomning 3-bob 6. bandida homilador, bola parvarishlash ta'tilida bo'lgan hodimlar, ishga kirganiga 1 yil to'lmagan hodimlarni bu jarayonga jalb qilish mumkin emasligi ko'rsatib o'tilgan, ammo bu jarayonda Bandlik vakili bo'lishiga qaramasdan bu toifadagi hodimlar ham majburiy bu jarayonga jalb etilib ular ataydan yiqitilgan. Nahotki mehnat munosabatlarida Mehnat qonunchiligini himoya qilishi kerak bo'lgan organ bo'la turib lom mum demay bu hodimlar jalb etildi va suhbatdan yiqitildi.
Bugun menga kechgi soat 20:15 da tel qilgan o'qituvchi homilador ishlab yurgan vaqtim bilar edim bir necha yil deganda yana ona bo'laman deb xursand yurardi, homiladorlik jarayoni juda og'ir o'tardi ko'rinishidan bilinib turardi. ushbu noqonuniy atestatsiyadan yiqitishganidan keyin shu darajada siqildim ikki kun uyda kasal bo'lib yotib qoldim deya hasrat qildi. Nahotki odam shu darajaga borarsa qani ko'rsatsin ushbu vazirning buyrug'iga asos bo'layotgan PQ-231 da shunday jarayon haqida gap ketganmikan. Salla desa kallani oladigan bunday Mahort markazlarining rahbarlariga shu savolnomani yechdirib ko'rsin yoki kelib (kelishilgan suhbatni o'tkazib) ketayotgan komisiyaga yechdirib ko'rsin. Ushbu ustozni homilasiga shu siqilishida biror korxol bo'lganda yoki bo'lib qolsa kim javob beradi Ijod Narziqulovichmi yoki Prezident qarorini suyistemol qilayotgan Vazir Umarova javob beradimi.
Bu jarayon hamma joyda shunday ketayabdi go'yoki shunday qilinsa Pedagogik markazlari sifati osharmish kechirasizlaru oldingi derektor A.Xolmurodov davrida ilmiy darajali hodimlar soni foyizda 40% dan o'tgandik yangi raxbariyat kelib endi 2025-yil 40% ga yetkazish maqsad qilinyabdi ko'rayabsizmi adolat yo'q joydan hatto professorlar ham o'z ixtiyori bilan qochadi. Jizzaxda Pedagogik markaz hodimlarining 24 nafarini yiqitibdi (noqonuniy tarzda) bu atestatsiyaga qo'l qo'yib bergan baraka topgur bandlikdan kelgan mutaxasis (nomiga) qanday qilib omoviy ishdan bo'shatish bo'lib qoladigan bu jarayon suxbat xulosasiga qo'l qo'yib rozilik bildiradi, axir mehnat kodeksida homilador va yosh bolali ayollarga qancha kafolatlar berilgan. hullas so'zim oxiri yuqori vazirliklar Maktabgacha va maktab talimi, Bandlik vazirligi insofni sizlarga bersin.
Adliya yuristi M.Musurmonov
Obuna boʻling
https://www.tgoop.com/Yurtning_buyukligi_ilm_bilan

Telegram
Oʻzbekiston taʼlimi /Расмий канал
Telegram kanal "Oʻrganish 24 uz"
internet nashri qoshida ochilgan boʻlib, bevosita tahririyatga boʻysunadi.
GUVOHNOMA
N: 064227
Adminga murojaat
👇
@Xaloskor7777
Yuristga murojaat 👇
@Musurmonov_Mansur12
Yuristga murojaat 👇
@Bexzod_Tojimamatov

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi maktab oshxonalarini tadbirkorlarga ijara berishni va bog'cha bolalarining ovqatlanishini bir markazga yig'ishni o'ylayotgan bir paytda ota-onalar "darsliklar qani?" deyishmoqda. Joriy hafta O'zbekiston maktablarida o'quv yilining 3-choragi boshlandi.
Shunchaki ma'lumot o'rnida. Darsliklar sohasi "bir qo'lli" qilinganidan beri har yili davlat byudjetidan "darsliklarni yangilash"ga trillionlar ajratish an'ana tusiga kirgan ko'rinadi. 2024-yil byudjetida buning uchun 1,31 trln so'm ajratilgan edi. 2025-yil byudjetida esa bu maqsadga 1,3 trln so'm yo'naltirish ko'zda tutilgan.

10 ЙИЛЛИК ДАРДИМ!
Ассалому алайкум, аслзода ўқирманлар. Анчадан бери бир муаммо ҳақида ёзмоқчи эдим. Бугун бир ватандошимизнинг ёзган хабари ёзишга ундади. "Салом", "Ока", "тузумисз", "иш", "бор экан", "ёрдам қилолсми", "🙋♂️"
Мана шу сўзларни битталаб жўнатди. Тиринг-тиринг қилиб 9 та хабар келди. Охирида одамчаси ҳам бор) Буниси копейка. Бундан дахшатлари ҳам бор. Шунчаки, "Ҳай" деб смайлик жўнатадиганлари ҳам бор. Анчадан бери ўйлайман. Инглизларда "Хат ёзиш" деган дарслар бор. "Your sincerely" "Your bir narsa" ( Сенинг қадрдониннг. Самимият ила) деб ёзиладиган хатларни ўрганганмиз!
Японларда ҳам "Хат ёзиш одоби" га ўхшаган дарслар бор. Японларнинг жўнатаётган хатларига мазза қиласиз. Ишдан ҳайдалишингиз ҳақидаги хатни ҳам тўйхатдек ёзиб беришади)
Нега бизнинг ёшлар "Хат ёзиш, бировга мурожаат қилишда нўноқ" десам, айб ўзимизда экан. Биз на мактабда, на коллежда, на университетда ўргатамиз! Уйда бўлса, болаларимизга: "Эрталабдан кечгача телефон ўйнайди, бу ҳўкиз"дан уёғига ўтмаймиз. Ҳа, энди замон ривожланиб ҳамма телефон ишлатаябдими, унинг одобларини ҳам ўргатайликда, жигарлар)
Хуллас:
1- Кимгадир пақиллатиб телефон қилиб юбориш мумкин эмас! Вақтга қаралади. Танишлик даражасига қаралади.
2- Кимгадир шақиллатиб, аудиохабар жўнатиш мумкин эмас! Ёзма бўлиши керак!
3- Кимгадир тақиллатиб видеоқўнғироқ қилиб юбориш мумин эмас! Уятли ҳолатдадир балки. Билмай кўтариб қўйса тамом.
4- Бир мартада кўтармадими, 850 марта қайта қилиш мумкин эмас!
Энди, телеграмданми, бошқа жойданми хат юбораётганда:
0-Имловий хатоларга эътиборли бўласиз. Жа филологлардек бўлмаса ҳам, ҳаракат қилганингиз сезилиши керак!
1-Салом алик қилинади.
( Саломни ўзини жўнатиб қўйиб, аликни кутиб туриш мумкин эмас!)
2- Ўзингизни таништирасиз.
( "Ўлганакан мени танимаса" деб на расми бор, на исми бор аккаунтдан ёзиш таъқиқланади. Таъқиқланиш енгил экан. Қамоқ жазоси берилади)
3- Мақсадни ёзасиз.
( Қисқа, лўнда ёзасиз. Хабарни олаётган одам севгилингиз эмаски, ичингиздагини суғуриб олишга ҳаракат қилса)
4- Якун.
( Жавобингизни кутаман мазмунида ёзасиз! Нариги тарафнинг жавоб бериш, бермаслик ихтиёрини ўзида қолдирасиз ва ичингизда "Агар дарҳол жавоб бермаса, орқасидан пақиллатиб 50 та хабар жўнатсам бепарасат про макс бўлиб қолай" деб сўз берасиз) Айтганча, хабарингизга узоқ вақт жавоб келмаса, "Бизнинг хабар нима бўлди, қози почча?" мазмунида яна бир марта хабар жўнатиш ҳуқуқингиз бор)
Масалан, "Ассалому алайкум. Фалончи Фустончиев, яхшимисиз? Мен Баҳодир Искандаровман. Озгина шахсий муаммоларим чиқиб қолган эди. Беш-бегонадан қарз сўраш яхшимасу, аммо бермасангиз бўлмайди. Онониб кетай сиздан 500$ бериб туринг.
Безовта қилганим учун узр! Малол келмаса, бўш вақтингизда жавоб берсангиз хурсанд бўлар эдим. Олдиндан раҳмат!
Хулоса қиладиган бўлсак, мактаб дарсликларимизга "Телефон одоблари" "Хат ёзиш" деган дарсларни киритиш керак. Ҳеч бўлмаганда, бир-биридан аразламайдиган жамият бўлиб, "Сени ҳам даволашади. Мени ҳам даволашади" дегандек, бир-биримизни даволашимиз керак!
Хурмат билан, ўзидан ақлли ясаб олган, Баҳодир Ниппоний)

𝘽𝙖𝙝𝙤𝙙𝙞𝙧 𝙄𝙨𝙠𝙖𝙣𝙙𝙖𝙧𝙤𝙫 ✍🏻
MAVZU : SHE’RLAR, MAQOLALAR VA SHAXSIY KUZATUVLAR!!!
Nuqtalar: O‘zbekistonda muxolif huquqlariga oid qonun: bu nima degani?
2025-yilda O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, parlamentda muxolifatning kafolatlangan huquqlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bunda muxolifatning kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish hamda muxolifat vakillari 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi belgilangan.
Bundan tashqari, har chorakda «hukumat soati» va parlament so‘rovi doirasida muxolifat tomonidan kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni nazarda tutilgan.
Nuqtalar dasturining navbatdagi soni davlat dasturi loyihasidagi ana shu band va uning mohiyati tahliliga bag‘ishlandi.
Dastur mehmonlari Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov va siyosatshunos Hamid Sodiq bo‘ldi.
📹👉https://youtu.be/nsdjVDxY6_w
@haqiqatdaIlyos

YouTube
"Muxolifatni probirkada yetishtirib bo'lmaydi" – tahlil
2025-yilda O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, parlamentda muxolifatning…

Ўзбекистон ЯИМ 6,5 фоизга ўсиб, 115 млрд долларга етгани маълум қилинди
Ўтган йили 100 млн доллардан кўп инвестиция жалб қилган туманлар сони 50 тани ташкил этган. 2023 йилда бундай туманлар 11 та эди. Шу билан бирга, Франция, Италия, Испания, Венгрия, Япония, Малайзия каби юқори салоҳиятли мамлакатлардан 2024 йилда 100 миллион доллар ҳам инвестиция келмагани қайд этилди.
Markaziy Osiyo | Library | Science

Markaziy Osiyo
‼️Марказий Осиё тарихи ва бугуни билан боғлиқ бўлган манбалар.
1. Марказий Осиё электрон кутубхонаси;
2. Марказий Осиёда давлат бошқаруви тарихи;
3. Арабларнинг Марказий Осиё ҳудудига ўрнашиши ва унинг тарихий босқичлари;
4. Марказий Осиёнинг араб истилосидан…

ЯПОНИЯДАГИ БОШҚА МИЛЛАТЛАР!
Ассалому алайкум, палаги тоза ўқирманлар. Бугун сизларга Япониядаги этник Японмас-Японлар ҳақида ҳикоя қиламан.
"Японлар бир миллатли- давлат", "Уларнинг қони аралашиб кетмаган" деган гапларни кўп эшитганмиз а? Аслида Японларда ҳам қонлар аралашиб кетган. Японияда "Хитой-Японлар", Корейс-Японлар", "Бразил-Японлар" аҳолини анчагина қисмини ташкил этади. Охирги бир асрда эса, "Европа-Япон", "Бангладеш-Япон", "Ветнам- Япон" каби аралаш миллатлар сезиларли даражада кўпайган.
"Ўзбек-Япон"ларчи? Ана, яқинда интернетда кўрдим Мардонбой деган Ўзбек бола билан Сузуки деган Япон қиз турмуш қуришибди. Нега Ўзбекларни қўшмаябсан? дегичлар бўлмасин. Битта-иккита Ўзбекни Япон билан турмуш қургани, катта дошқозондаги сумалакнинг ичига бир томчи сув қўшиб юборгандек даражада сезилмайди) Келинг, сиз айтганча ҳам бўлсин. Айни пайтда норасмий маълумотларга кўра, Японияда 10 минга яқин Ўзбекистонлик истиқомат қилади. Шуларнинг ҳаммаси Япон билан турмуш қурган тақдирда ҳам, аҳолини фоизларга бўлиб юборсангиз, пашша чаққандек ҳам таъсир қилмайди) Лекин, тушкунликка тушиш йўқ азизлар. Барчаларингизнинг номингиздан ўзим бирорта Япон қизга уйланиб, демографияга хисса қўшаман)
Тарихдан биласиз Япония ороллардан ташкил топган. Энг машхур Окинава оролидаги Японлар ҳам аслида Япон эмас. Улар алоҳида қироллик, алоҳида миллат бўлишган. Кейинчалик Японларга аралаштириб юборилган. Яна бир Япониядаги сезиларли миллат- "Чосенжин"лар. ( Корейслар).
Тарихда Японлар Корея томонларга жуда кўп ҳужум қилишган ва асирларни олиб келишган. Айниқса, иккинчи жахон уруши пайтида 670 минга яқин аҳоли қул қилиб олиб келинган экан.
Айтишларича, ўтмишда олиб келинган "Чосенжин"ларга Японлар билан бир хил ишлаш ва ўқиш учун шароит берилмаган. Натижада, жуда кўплари жиноятга қўл уриб кетишган. Ҳаттоки, ўша машхур Япон мафиялари "Якуза"ларнинг келиб чиқиши ҳам "Чосенжинлар" билан боғлиқ дейишади. Ҳозир ҳам мафияларнинг энг катталари- "Чосенжинлар"! Улар Японлар билан шу даражада аралашиб кетишганки, бир қарашда аниқлаш қийин. Битта яхши усулини ўргатиб қўяман. Исм-шарифида "金" (Пул, тилла) мана шу иероглиф бўлса билингки, бу одам аниқ Корейс. Ўша даврда келган хорижликларни ажратиб олиш шу усулдан фойдаланишган экан.
Шундайчикина гаплар, азизлар. Япония ҳақида ҳеч ким айтмайдиган маълумотларни топиб келаётган- Баҳодир Ниппоний, яхши кунларда сиз билан бирга! Маҳсулот сертификатланган, хизматлар литсензияга эга. Дорихоналардан сўранг)

❗️БУГУНДАН БОШЛАБ 100 ГРАММЛИ ОЛТИН ҚУЙМАЛАР СОТУВГА ЧИҚАРИЛАДИ
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки аҳолининг инвестиция ва жамғариш имкониятларини янада ошириш ҳамда қимматбаҳо металлар муомаласини кенгайтириш мақсадида 2025 йилнинг 17 январидан бошлаб 5, 10, 20, 50 граммли ўлчовли олтин қуймаларга қўшимча равишда оғирлиги 100 грамм бўлган олтиндан тайёрланган ўлчовли қуймаларни тижорат банклари орқали сотувга чиқарилаётганини маълум қилди.
Қадоғи бут ҳолатдаги олтин қуймаларни Ўзбекистон Республикаси ҳудудидан ташқарига олиб чиқишга рухсат берилади.
👉 @r_kusherbayev

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Мактабларда сотилиши тақиқланган маҳсулотлар
Умумтаълим муассасаларида рухсат этилмайдиган 38 турдаги озиқ-овқат маҳсулотлари ва таомлари рўйхати билан танишинг.
Ушбу рўйхатдаги маҳсулотларни сотувига йўл қўйиш қонунчилик доирасида жавобгарликка сабаб бўлади
Санепидқўмита Ахборот хизмати.

Она тили ўқитувчиларига берилаётган 50 фоизлик устама ўзбек тили фани ўқитувчиларига ҳам берилиши керак
Охирги вақтлар шу масала муҳокама марказида. Аслида ушбу лойиҳадан мақсад — мамлакатда ўзбек тилининг обрўсини ошириш ҳисобланади. Тилимизнинг нуфузи бошқа тилда таълим олган, олаётганлар олдида пастроқ, уларда тилимизга қизиқиш камроқ. Тан олайлик.
Шу вақтгача она тили ўқитувчиларига ҳам, бошқа тилда таълим олаётганларга дарс ўтадиган ўзбек тили ўқитувчиларига ҳам 20 фоиз устама белгиланган. Ажратилмаган.
Устама олиш учун талаб қилинадиган малака сертификати имтиҳони ҳам алоҳида ўтказилмаган. Саволлар даражаси ҳам иккаласига бир хил тузилган. Нима учун янги тартибда икки хил устама бўлиши керак? Мантиқан олиб қарасак, бошқа тиллиларга дарс ўтадиган ўзбек тили ўқитувчисига аслида кўпроқ рағбат бўлиши керак эди. Ҳеч бўлмаса тенг бўлсинда.
Яна бир жойи бор. Ўзини ўзбек тили фидойиси қилиб кўрсатадиган, омма олдида ўзбекча нутқ ирод этадиган, бироқ фарзандлари рус тилли мактабларга борадиган айрим миллатпарвар депутатларимизам бу таклифимизга қарши бўлмаса керак. Уларам фарзанди ўзбекчани яхшироқ ўрганиши тарафдори бўлса керак, а?)
Шу сабаб жамоатчилик порталига ўз таклифимизни жойладик. Сизлардан ушбу таклифимиз юзасидан фаол бўлишингизни сўраймиз.
Шу ерда👉 https://petition.gov.uz/petitions/request/8429
Манба

Zafarbek Solijonov
Она тили ўқитувчиларига берилаётган 50 фоизлик устама ўзбек тили фани ўқитувчиларига ҳам берилиши керак
Охирги вақтлар шу масала муҳокама марказида. Аслида ушбу лойиҳадан мақсад — мамлакатда ўзбек тилининг обрўсини ошириш ҳисобланади. Тилимизнинг нуфузи…

Darvoqe.
Yana darsliklar masalasida: Respublika ta'lim markazi ayrim fanlar uchun darsliklar yaratishga tanlov e'lon qilgan ekan - qiziqqanlar topshirib ko'rishi mumkin.
Shu o'rinda, adashmasam, 2023-yilda bo'lgan bir voqea esga tushdi. Respublika ta'lim markazi vakillari vazirlik adabiyot fanidan 5 va 8 sinflar darsliklari mualliflariga qandaydir tanlov o'tkazayotganini aytishdi va bizdan (milliy o'quv dasturi asosidagi darsliklarni yaratishda qatnashgan mualliflardan) imkon qadar tezlik bilan mazkur tanlov uchun bo'lajak darsliklardan bir nechta mavzularni yozib berishni iltimos qilishdi. Bu tanlovga u qadar ishonmasam-da (bu paytga kelib darsliklarni kim chop qilishi hal bo'lgan edi shekilli), so'ralgan materiallarni tayyorlab topshirdik. Shundan keyin bu "tanlov"ning taqdiri nima bo'ldi, kimlar qanashgan edi-yu, kimlar o'tdi, biz topshirgan materiallar qaysi mezonlar asosida baholangan edi - bu haqida hech qanday ma'lumot berilmadi. Va oradan bir qancha vaqt o'tib 5-sinf "Adabiyot" darsligi (1-qism, 2-qism) o'sha hal bo'lganligi taxmin qilingan nashriyot grifi ostida, negadir Milliy o'quv dasturi asosida emas, butunlay boshqa asosida chiqib keldi. Bu safargi e'lon qilingan tanlov o'sha "tanlov" andozasi asosida o'tmasligiga ishonsangiz - o'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin.
Qizig'i, Respublika ta'lim markazi darsliklar uchun tanlov e'lon qilmoqda-yu, lekin bu darsliklar o'zi qaysi dastur asosida yaratiladi? Axir haligacha amalda ishlayotgan ta'lim standartlari ham, uzviy bir o'quv dasturlari ham yo'q - turli sinflar turli davrlarda yaratilgan va bir-biri bilan bog'lanmagan dasturlar-u darsliklar asosida tahsil olishmoqda. Standartlar va dasturlar masalasini hal qilmasdan turib yangi darsliklar yaratish shundoq ham "kasha" vaziyatni battar chigalashtiradi, xolos.
Yuqorida aytilgan va aftidan, biz "fon" bo'lib bergan "tanlov" masalasiga qaytsak - o'sha "tanlov" uchun taqdim qilingan bir materialni (bir oz qayta ishlagan holda) e'tiboringizga havola qilmoqchiman. Bu - amerikalik hikoyanavis O.Henrining "Yigirma yildan so'ng" hikoyasi asosida 8-sinf uchun didaktik material (Milliy o'quv dasturida mazkur adib hikoyalaridan birini o'rganish 8-sinf uchun tavsiya qilingan edi). Marhamat, darslaringizda sinab ko'ring. Umid qilamizki, mazkur material adabiyot darslaringizni qiziqarli tashkil qilishga, o'quvchilarda badiiy matnni tushunish va tahlil qilish kompetensiyalari hamda tanqidiy fikrlash, ijodiy fikrlash singari hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Jalilov. Qaydlar
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi maktab oshxonalarini tadbirkorlarga ijara berishni va bog'cha bolalarining ovqatlanishini bir markazga yig'ishni o'ylayotgan bir paytda ota-onalar "darsliklar qani?" deyishmoqda. Joriy hafta O'zbekiston maktablarida…
Ona tili va oʻzbek tili - har xil fanlarmi?
Axborot saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga qaraganda, oʻzbek tili fani oʻqituvchilariga ona tili va adabiyot fanidan olgan milliy sertifikati uchun ustama toʻlash toʻxtatib qoʻyilgan. Bu haqida, masalan, kun.uz va uzdiplomat nashrlari maqolalar eʼlon qilishdi, bugun esa mazkur masalada adolat soʻrab petitsiya joylangani haqida xabar chiqdi. Ona tili va adabiyotdan milliy sertifikat uchun 50%lik ustama toʻlanishi oldinroq Prezident tomonidan eʼlon qilingan edi.
Qizigʻi, vazirlik ona tili va adabiyot fanidan olingan milliy sertifikat uchun 50%lik ustama nima uchun oʻzbek tili oʻqituvchilariga (yaʼni taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan maktablarda dars beradigan oʻqituvchilarga) berilmasligi boʻyicha joʻyali izoh keltirmagan. Kun.uz eʼlon qilgan materialda buning sababi - ona tili va oʻzbek tili har xil fanlar sifatida qaralishida boʻlishi mumkinligiga ishora qilingan.
Keling, mantiqan fikrlab koʻraylik. Deylik, chet tili oʻqituvchisiga chet tilidan, matematika oʻqituvchisiga matematikadan sertifikatga ustama nima uchun toʻlanadi? Oʻzi dars beradigan fanni bilishini isbotlagani uchun. Bu yerda gap mazkur fanni oʻqitish metodikasini yaxshi bilishi, fanni samarali oʻqita olishi haqida ketmayapti - chunki milliy sertifikat testida metodikadan savollar boʻlmaydi. Oʻzbek tilini siz "ona tili" sifatida oʻzbek bolasiga oʻqitasizmi yoki "oʻzbek tili" sifatida boshqa millat vakiligami - u mohiyatini oʻzgartirmaydi: oʻsha-oʻsha leksika, oʻsha-oʻsha grammatika va hokazo. Shunday ekan, milliy sertifikat asosida ustama toʻlash mantigʻidan kelib chiqsak, sertifikati bor oʻzbek tili oʻqituvchilariga ham ona tili va adabiyot oʻqituvchilari bilan teng ustama toʻlash adolatdan boʻladi.
Endi masalaning tub mohiyatiga qarab koʻraylik. Oʻqituvchiga oʻzi dars beradigan fanni abituriyent darajasida bilishi uchun (milliy sertifikat aslida abituriyentlar uchun tuzilgan) ustama toʻlash - mantiqsizlik. Tasavvur qiling, shifokorga tibbiyotni bilgani uchun, injenerga muhandislikni bilgani uchun yoki advokatga huquqni bilgani uchun ustama toʻlayapsiz. Kulgili emasmi? Axir, mutaxassis oliy taʼlimda kamida 3-4 yil oʻqib diplom olgan sohasini shundoq ham bilishi kerak emasmi? Axir sohasini bilmasa, u qanday dars beradi, ishlaydi?
Toʻgʻri, oʻqituvchiga oʻz fanini abituriyent darajasida bilgani uchun ustama berish xorijdan jalb qilinayotgan va samarasi ilmiy isbotlanmagan oʻqituvchilarga oʻzimizning "qorakoʻzlar" tushiga kirmaydigan oylik va imtiyozlar berilayotgan bir sharoitda PR uchun yaxshi aksiya va oʻrtachadan past maoshga qanoat qilishga majbur oʻqituvchilar uchun harna. Lekin taʼlimdagi keraksiz xarajatlarni (masalan, hech qanday tayinli dasturlarsiz darsliklarni har yili yangilash, xorijdan mutaxassislar jalb qilish singari) qayta koʻrib chiqib, oʻqituvchilar hech qanday ustamasiz oladigan oyliklarini hech boʻlmasa boshqa sohalarning oʻrtacha oyliklariga tenglashtirish, ustamalarni esa boshqa mezonlar - pedagogik mahorat, dars berish samaradorli, pedagogikadagi yuruqlari singari koʻrsatkichlar uchun berish kerak.

Kun.uz
50 foizlik ustama o‘zbek tili o‘qituvchilariga berilmaydi – ustozlar buni “adolatsizlik” deb atayapti
2025 yil 1 yanvardan umumta’lim maktablaridagi milliy sertifikat olgan ona tili o‘qituvchilari 50 foizlik ustama oladi. Bu tartib rus sinflarida dars beruvchi o‘zbek tili o‘qituvchilari uchun amal qilmaydi. Bunga sabab qilib o‘zbek tili va ona tili alohida…