Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
267 - Telegram Web
Telegram Web
Amsterdam - velosipedlar shahri.

1-, 2- va 3-rasmlarda gollandlarning oddiy velosipedini ko'rishingiz mumkin. Ishga va magazinga borib kelish yoki shunchaki transport sifatida ishlatiladi.

Keyingi 2ta rasmda 1 farzandli oilaning velosipedi, bolangizni maktab yoki bog'chaga olib borish uchun juda qulay.

6- va 7- rasmlarda 2 farzandli oilaning velosiped.

Oxirgi 3ta rasmda ko'p farzandli oilaniki.

Lekin tan olish kerak, Amsterdamda yo'llar velosipedda harakatlanish uchun mo'ljallangan, chorraxalardayam prioritet velosiped uchun.

P.S.: Ko'chani boshidagi novvoyxonagayam mashinada chiqavermasdan biz ham velosipedda yoki piyoda yursak, havoning ifloslanishi pasayib o'zimiz toza havodan nafas olardik.

@kamoloff_log
👍26🔥62💯2
#offtopic

Happy Friday everyone.

@kamoloff_log
😁42🤣26💩1
Sizlardayam manager ko'proq meeting qilsak projectni tezroq tugatamiz deb o'ylaydimi?

@kamoloff_log
😁46🤣36💯3😭1
Work, work, work...

Testing our new service on different devices 😤

@kamoloff_log
👍30🔥9😎5👀1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣33👍4😁3💯1
Dushman
Konsta
Meni dushmanim o'zimman, o'zimni aldiydigan
Nima qilasan shoshma, dam olib qol deydigan
Ertaga vaqtli turasan, ertaga ulgurasan
Ertaga hammasi zo'r, deb meni aldiydigan


@kamoloff_log
🔥27👍13👎2💯2🤣2
Ijtimoiy tarmoqlardan voz kechish

Oldinroq Dopamine Detox kitobi haqida post yozgan edim. Ushbu kitob asosan dofamin ta’sirini tushunish, kunlik odatlar va miyada sodir bo‘ladigan jarayonlar haqida juda foydali ma’lumot beradi. Bu postda men o‘zim qanday qilib ijtimoiy tarmoqlardan voz kechganimni tushuntirib bermoqchiman.

Sabab va maqsadni aniqlash
Ijtimoiy tarmoqlardan voz kechishimda 2ta asosiy sababi bor: vaqtni tejash va fokusni tiklash. Shu sabablar meni ijtimoiy tarmoqlarni butunlay (yoki kamida keskin) cheklashga undadi.

Bosqichma-bosqich yondashuv - I
1. Bildirishnoma(Notification) larni o‘chirish - Birinchi qadam sifatida ijtimoiy tarmoqlar ilovalarining barcha “push-notification”larini o‘chirdim, LinkedIndan ham*. Shu orqali dastlabki “bexosdan” kirishlar kamaydi.
2. Ilovalarni telefonimdan o‘chirish - Instagram, Facebook, Twitter kabi asosiy ilovalarni telefonimdan butunlay o‘chirib tashladim. To'g'ri haliyam brauzerdan kirsa bo'ladi, lekin endi bu telefondan kirishdan ko'ra noqulay va ozgina ko'proq energiya talab qiladi, miyamiz esa dangasa va bu energiyani tejashni xohlaydi. Qo'shimchasiga endi siz telefoningizda boshqa ilovani qidirayotganingizda tasodifan instagramga ko'zingiz tushib uni ochmaysiz.
3. Telegram va YouTubeda foydasiz kanallar va guruhlardan chiqib ketish - Telegram va YouTubeda man uchun keraksiz bo'lgan kontentlarni tarqatadigan kanallardan chiqib ketdim.

Bo‘sh vaqt o‘rnini foydali mashg‘ulotlar bilan to‘ldirish
Endi ko'proq vaqtingiz bor va uni siz boshqa bir mashg'ulot bilan to'ldirmasangiz, sizda zerikish hissi paydo bo'lad va o'zingiz bilmagan holatda yana oldingi vaziyatga qaytib qolasiz. Telefoningizni olasiz va ozgina instagramda video ko'rsam hech narsa qimaydi deb, Instagram TikTok va h.k.larni install qilasiz. Shuning uchun bu vaqtni o'zingizga foydali bo'lgan narsa bilan to'ldiring, masalan kitob o'qing, zalga chiqing, til o'rganing yoki shunchaki toza havoda sayr qiling.

Bosqichma-bosqich yondashuv - II
1. Akkountlarni o'chirish - Tabriklayman endi siz ijtimoiy tarmoqlardan juda kam foydalanyapsiz va bo'sh vaqtingizda karyerangiz yoki sog'ligingiz uchun foydali mashg'ulotlar bilan bandsiz. Endi o'zingizga savol berib ko'ring - TikTok/Facebook/Twitter/Instagram akkount sizga qanchalik kerak? Balki telegram kontaktingizda yo'q do'stlaringiz bordir, balki biznesingizga aloqador reklamalar uchun foydalanarsiz yoki boshqa sabab. Agar judayam muhim sababingiz bo'lmasa, akkountingizni to'liq o'chirishni maslahat beraman.
2. YouTube tavsiyalarini o'chirish - Boshqalarni bilmadimu, qachon Instagramda reelslarni ko'rishni kamaytirsam, o'rniga YouTube shorts yoki "recommendation page"dagi videolarni ko'rardim. Lekin buning ham yechimi bor - siz shunchaki Google akkountingiz sozlamalaridan YouTube historyni o'chirib qo'yishingiz yetarli (video), ya'ni history yo'q va YouTube sizga hech qanday video tavsiya qila olmaydi. O'zingizga kerakli videoni xohlagan payt qidirib topib ko'raverasiz!


Enjoy!

*LinkedIn bildirishnomalari - Birinchidan, LinkedInda qaysidir tanishingiz yangi kompaniyada ish boshlaganini, qandaydir sertifikat olganini yoki qandaydir postni darxol ko'rishingiz shart emas, bir necha soat yoki kundan keyin ko'rish bilan hayotdan orqada qolmaysiz. Ikkinchidan siz tez javob berishingiz kerak bo'lgan xabar LinkedIn orqali jo'natilmaydi manimcha.

@kamoloff_log
2🔥31👍111👏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Happy Monday my friends!!!


Streets of Amsterdam.

@kamoloff_log
👍24🔥113🤩1
Every Programmer Should Know

A collection of (mostly) technical things every software developer should know.

These are resources I can recommend to every programmer regardless of their skill level or tech stack


P.S. You don't need to know all of that by heart to be a programmer. But knowing the stuff will help you become better! 💪

GitHub Repo: https://github.com/mtdvio/every-programmer-should-know

@kamoloff_log
🔥15👍3👨‍💻3
As always 😁

@kamoloff_log
😁56👍8🤪2
2025/07/13 09:28:40
Back to Top
HTML Embed Code: