Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
97 - Telegram Web
Telegram Web
Mening Uberdagi jamoam uchun ofisning 8-qavatida joylar ajratilgan, 8ta kishiga 6ta desk(stol), shuning uchun ham "first come first serve" ya'ni kim birinchi kelsa shu joyda o'tirib ishlaydi, kimga joy yetmasa boshqa jamoaga tegishli bo'lsa ham bo'sh turgan joyga borib o'tirardi.
Yaqinda ofisimizning 10-11- qavatlari ta'mirdan chiqdi va bugundan foydalanishga topshirildi. Hozircha mening jamoam (Platform Security) va ML jamoalari 10-qavatga ko'chdik.

Endi hammaga joy yetarli!

Balandroq qavatni + va - lari:
+ Shahar yaxshiroq ko'rinadi
+ 2ta Kofe mashina
+ Tinchroq (hozircha)
- 1ta Monitor (hozircha)
- Yong'in signali bo'lganda zinadan pastga tushish qiyinroq

P.S. Video/rasmga yaxshi olomasligimni bilaman :)

@kamoloff_log
🔥26👍54
Mikroservis vs Monolit arxitektura

Hammaga salom, bu postda dasturiy ta'minot ishlab chiqishdagi asosiy 2 ta yo'nalishlari - monolit va mikroservislar haqida gaplashamiz.
Keling buni bir hikoya misolida ko'rib chiqamiz.

Postni to’liq o’qish

@kamoloff_log
👏14👍7🔥61
Zaanse Schans

Bu turistik shaharcha(yoki qishloq) Amsterdamdan 15km shimolda joylashgan bo'lib, o'zining shamol tegirmonlari bilan mashxur va u yerga har yili 2 milliondan ko'proq odam tashrif buyuradi.
Shaharchada yog'och uylar, shamol tegirmonlari, qayiqlar va suviner sotadigan do'konlarni aylanib ko'rish mumkin va albatta bu tekin. Agar sizga muzeylarga kirish yoki tegirmonni tepasiga chiqish qiziq bo'lsa bu sizga taxminan €15 tushadi va bunga arziydi.

Shaharcha judayam chiroyli, buni quyidagi videodan to'liq ko'rishingiz mumkin.
Zaanse Schans 8K

@kamoloff_log
👍9🔥52👏2
2025/07/13 09:22:21
Back to Top
HTML Embed Code: