Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
165 - Telegram Web
Telegram Web
Do you agree?

@kamoloff_log
๐Ÿ˜28๐Ÿคฏ3
Ko'pchiligimiz allaqachon tarmoq protokollari (network protocols) haqida eshitganmiz yok undan foydalanganmiz.

Lekin protokol aslida nima? U nega kerak? Ularning qanday turlari bor? bu savollarga shu postda javob berishga harakat qilaman.


Protokollar - turli xil qurilma va tizimlarning tarmoq orqali samarali muloqot qilishini ta'minlab berish vazifasini bajaradi. Qanday deysizmi?

To'liq o'qish

@kamoloff_log
๐Ÿ‘19๐Ÿ”ฅ10๐Ÿ‘3โค2
Containerization vs Virtualization

Konteynerlashtirish va virtualizatsiya - bitta tizimda bir nechta ilovalar(applications) yoki muhitlar(environments)ni ishga tushirish uchun foydalaniladi, biroq ular tizim resurslari va izolyatsiyani qanday boshqarishi bilan farqlanadi.

Virtualizatsiya virtual mashinalarni (VM) yaratish uchun gipervisordan foydalangan holda bir nechta operatsion tizimlarni (OS) bitta mashinada ishlashiga imkon beradi. Bunda har bir Virtual Mashina o'zining to'liq izolyatsiyalanga operatsion tizimiga ega bo'ladi.
Misollar: VMware, Microsoft Hyper-V, Oracle VirtualBox, KVM, Parallels Desktop,...

Konteynerlashtirish virtualizatsiyaning yengilroq shakli bo'lib, unda ilovalar alohida muhitda ishlaydi, lekin barcha ilovalar asosiy operatsion tizim yadrosi(OS kernel)dan foydalanadi. Konteynerlashtirishda barcha ilovalar bitta OS dan foydalanganligi uchun, izolyatsiya darajasi pastroq va bu process darajasida amalga oshiriladi.
Misollar: Docker, Rancher, Podman, OpenShift, ...

Performance:
Konteynerlashtirish - tezroq va yengilroq ishlaydi, kam resurs talab qiladi va "portable", izolyatsiya darajasi pastroq.

Virtualizatsiya - sekin, ko'p resurs talab qiladi, izolyatsiya darajasi yuqori va "less portable"


Konteynerlashtirish va virtualizatsiya haqida keyingi postlarda to'liqroq gaplashamiz.

#containerization #docker #vm #virtualization

@kamoloff_log
๐Ÿ”ฅ16๐Ÿ‘1
Bugun Uber stocklari 10%ga oshdi va oโ€™z tarixidagi eng yuqori narxga erishdi.

@kamoloff_log
๐Ÿ‘20๐Ÿ”ฅ5๐Ÿ‘1
docker_cheatsheet.pdf
545 KB
๐Ÿ‘7๐Ÿ”ฅ3๐Ÿ‘1
Referral qanday so'rash kerak?

1. Referral berishga mos odamni toping.
2. Professional bo'ling.
3. Hozirgi holatingiz va referral muhimligi haqida yozing.
4. (Oldindan) Minnatdorchilik bildiring.


Agarda referral beruvchi bilan oldin bitta kompaniya/jamoa/proyektda ishlamagan bo'lsangiz:
U sizga referral berishi ya'ni kompaniyaga sizni tavsiya qilishi uchun shu rolega mosligingizni qilgan ishlaringiz (portfolio) orqali ko'rsating.

Ko'p kompaniyalarda aynan qaysidir position uchun referral beriladi, ya'ni siz u position kompaniyaning veb sayti orqali topib, position uchun linkni va "resume" ingizni ham email yoki messageda qo'shishni unutmang.


Uberda ishlashni xohlovchilar uchun referral bera olaman va talablar:
- 3+ yil ish tajribasi
- LeetCode 150+ medium/hard
- Yaxshi yozilgan CV
- O'zingizga mos pozitsiya toping (Uber careers)

Referral uchun @kamoloff_work ga yozing.

#referral

@kamoloff_log
๐Ÿ”ฅ17โค2๐Ÿ‘1๐Ÿซก1
Uberda muhandis(engineer)lar samaradorligi qanday o'lchanadi?

Uber bunda muhandislik ko'rsatkichlari(Engineering metrics) dashboardidan foydalanadi.
Dashboard har bir injener uchun quyidagilarni ko'rsatib turadi:
- Bir oy davomida nechta diff (Pull request, PR) yaratgani
- Bir oy davomida nechta diff (PR) review qilgani
- Har bir diffda o'rtacha necha qator code borligi
- Har bir diff uchun o'rtacha qancha vaqt sarflayotgani
- Nechta design doc yozgani
- Nechta design doc review qilgani
va tepadagi barchasinining o'tgan oyga nisbatab necha foiz o'sgani yoki pasaygani.

Bular asosiy metricslar hisoblib, dashboardda qo'shimcha ma'lumotlar ham ko'rsatiladi masalan:
- Nechta meetingda qatnashganingiz va 1 oy davomida samarali ishlash uchun necha soat focus vaqtingiz bo'lgan
- Nechta (global) configuration o'zgartirganingiz.
- Necha foiz difflaringizda 70qatordan kam code yozilgan (max 70 line of code recommended per diff and it is a soft limit)
- va h.k.lar

Keyin bu ma'lumotlar aggregatlanadi va team uchun dashboard ko'rinishiga olib kelinadi. O'xshash metrikalar ammo endi jamoa uchun masalan: jamoada har bir injener uchun oyiga o'rtacha difflar soni, design doclar soni.

Keyin bu ma'lumotlar yana aggregatlashtirilib organization holatiga olib kelinadi.

To'g'ri bu ko'rsatkichlar engineer (team yoki org) qanchalik yaxshi/yomon ishlayotganini to'gridan to'g'ri ko'rsatmaydi, lekin menejerlar uchun jamoasidagi dasturchilarning 1 oy davomidagi contributionlarini 1ta sahifada ko'rish, kimdir boshqalarga qaraganda judayam past natija ko'rsatgan bo'lsa uning ishiga chuqurroq nazar solish imkonini beradi. Masalan kimdir bug fixlar yoki yangi feature/service implementation ustida ishlaydi va 1 oyda 25ta diff yaratadi, kimdir esa design doc yozadi, yangi serviceni load test qilyapti, yoki boshqa teamlar bilan servislar integratsiya haqida muhokamalar olib boryapti va tabiiyku unda ham difflar soni kam.

Dashboard: taxminan shunday ko'rinishda, afsuski aynan o'zini share qilomayman.

@kamoloff_log
๐Ÿ”ฅ13๐Ÿ‘7๐Ÿ‘1
๐Ÿ˜41๐Ÿ‘3๐Ÿ’ฏ2
ESPP - Employee Stock Purchase Plan

To'g'ridan to'g'ri tarjimasi - Xodimlarning aksiyalarni sotib olish(bozor narxidan arzonroq) plani


Uber o'z ishchilariga shunday imkoniyatni beradi va ESPPdan foydalanish yoki foydalanmaslikni hamma o'zi hal qiladi.

Uber ESPP qanday ishlaydi?

Har yili noyabr va may oylarida siz ESPP ga qo'shilingiz mumkin ish haqingizning maksimum 15%ni ESPPga yo'naltirishingiz mumkin.
Bunda har oylik ish haqingizdan 15% olib qolinib siz uchun yig'ilib boriladi va har 6 oyda sizga o'sha yig'ilgan pullar uchun kompaniya aksiyalari sotiladi (15% chegirma bilan). Aksiya narxi sifatida 6oy oldingi va bugungi narxlardan kichkinasi olinadi va unga 15% chegirma qo'llaniladi. Siz bu 6 oy davomida ish haqingizdan necha % olib qolinishini o'zgartirishingiz mumkin.

Keling misolda ko'ramiz: Deylik siz Uberda ishlaysiz va oyiga $5000 oylik olasiz va siz ESPPga a'zo bo'ldingiz, o'sha paytdagi 1ta Uber aksiyasi narxi $50. Sizda 0dan 15%ga cha ish haqingizni ESPP ga sarflash imkoni bor va siz 10% ni tanladingiz, shunda har oylikdan $500 ESPP uchun olib qolinadi. Siz 6 oy davomida 6 x $500 = $3000 yig'asiz va o'sha kundagi Uber aksiyasi narxi $70 bo'ldi deb tasavvur qilamiz.
Shunda boshlang'ich narx $50 va oxirgi narx $70 ichidan kichkinasi tanlab olinadi yani $50, va unga 15% skidka qilinadi.
$50 * 0.85 = $42.5, siz ESPPda yig'ilgan pullaringizga har bitta aksiyani $42.5 dan sotib olasiz.
Uni darxol sotsangiz: $3000/42.5*70 = ~ $4940 bo'ladi, bu esa taxminan ~65% foyda degani.

Ikkinchi holat (narx pasayishi): Deylik 6 oydan keyin narx pasayib $40 bo'lib qoldi, bunday holatda ham $50 va $40 orasidan kichkinasi tanlab 15% chegirmada hisoblanadi: $40 * 0.85 = $34, va siz har bir aksiyani $34 dan sotib olasiz.
Uni darxol sotsangiz: $3000/34*40 = ~ $3530 bo'ladi, bu esa taxminan ~17% foyda degani.

Agar ESPP ga a'zo bo'lgandan keyin fikringiz o'zgarsa ESPP ni bekor qilishingiz va yig'ilgan pullaringizni qaytarib olishingiz mumkin.

Summary:
- Aksiya narxi sifatida davr boshidagi va oxiridagi narxlar orasidan kichigi olinadi
- Aksiya narxidan 15% chegirma qilinadi.
- Ish haqingizning maksimum 15%ni ESPP ga yo'naltira olasiz.
- ESPPni bekor qilish yoki to'xtatib turish mumkin.


@kamoloff_log
๐Ÿ‘16๐Ÿ”ฅ7โšก2
Agar kompaniya sizga "reject" bergan bo'lsa, siz ular izlayotgandan ko'ra kuchliroq dasturchi ekanligingiz ehtimoli ham bor ๐Ÿ˜

@kamoloff_log
๐Ÿ˜29๐Ÿ‘4๐Ÿ’ฏ2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ofisimiz juma kunlari odatda shunaqa bo'ladi.

@kamoloff_log
๐Ÿ‘13๐Ÿ˜9โค2
Ilk mashqing og'ir bo'ladi,
Ilk podkasting rasvo bo'ladi,
Birinchi nutqing yomon bo'ladi,
Birinchi videoing beo'xshov bo'ladi,
Harqanday birinchi ishing yomon bo'ladi.

Lekin 100-harakatingga birinchisini qila turmay yeta olmaysan.

G'ururingni chetga sur, va boshla!

Happy Monday!!!

@kamoloff_log
โšก25๐Ÿ”ฅ13๐Ÿ‘3๐Ÿ‘1
41million xonali tub son GPU yordamida aniqlandi.

2024-yil 12-oktabrda Nvidia sobiq xodimi Lyuk Dyurant cloud GPU-lardan foydalanib 17 mamlakatni qamrab olgan o'ziga xos "cloud supercomputer" yaratib 41,024,320 xonali tub sonni topishga muvaffaq bo'ldi.

Unga M136279841 deb nom berildi. Nega?

Chunki u 2 ning 136279841 darajasidan 1 ga kam.

M136279841 bundan 6 yil oldin topilgan avvalgi eng katta ma'lum tub son - M82589933 dan taxminan 16millon xonaga ko'p.

@kamoloff_log
๐Ÿคฏ22๐Ÿ‘7๐Ÿ”ฅ2
"Agar u โ€˜ha, albatta!โ€™ bo'lmasa, demak u โ€˜yo'q.โ€™ - Mark Manson

Mark Mansonning bu yondashuvi shuni anglatadiki, agar biror narsa yoki kimdir bizda juda katta ishtiyoq va hayajon uygโ€˜otmasa, u holda u bilan vaqt va energiyamizni sarflashimiz kerak emas. Kichik yoki katta qarorlarda ham 'ha' yoki 'yo'q' o'rtasidagi aniqlik hayot sifatini oshiradi, kuchimizni esa bizni haqiqatan ilhomlantiradigan narsalarga yoโ€˜naltiradi.

Shunday ekan, hayotingizda "ha, albatta!" deb javob beradigan narsalarni tanlang va qolganlariga dadil ravishda "yo'q" deyishni o'rganing."

@kamoloff_log
๐Ÿ‘13๐Ÿ”ฅ4๐Ÿ‘4โšก1
Halloween @ Uber

@kamoloff_log
๐Ÿ‘6๐Ÿ‘Ž6๐Ÿ˜5โšก3
Comments

Inhada o'qib yurgan paytimda OOP darsida adashmasam to'liq dars(80 minut) cooment haqida bo'lgan:
Comment nima? u nimaga kerak? U qanchalik muhim va h.k.
Va albatta uyga vazifada qanaqadir oddiy masala yechimini kodini yozishimiz VA HAR BIR QATOR UCHUN COMMENT yozishimiz kerak bo'lgan. Tabiiyki bu vazifaga qo'yiladigan baho sizning commentlaringiz uchun qo'yiladi, kod uchun emas.

Tasavvur qilishingiz uchun:
// Include the standard input-output stream library
#include<iostream>

// Use the standard namespace to avoid prefixing 'std::' with standard library identifiers
using namespace std;

// The main function, where the program execution begins
int main(){

// Return 0 to indicate successful program termination
return 0;
}


va bu noto'g'ri.

Chunki commentlar: Fikrimizni kodda ifodalay olmaganimizni o'rnini to'ldirish uchun
Comments are used to compensate for our failure to express ourselves in code. (Uncle Bob, Clean Code)

(Albatta bundan istisno holatlar bor)

Kodimizda o'zgaruvchilarga, funksiyalarga va klaslarga ma'noli va foydali nomlar berish orqali tushunarli kod yozsak bizga commentlarning keragi bo'lmaydi.


Let's make our code self-explanatory!


commentlarni ChatGPT yozdi ๐Ÿ˜

@kamoloff_log
๐Ÿ˜17๐Ÿ‘6๐Ÿ”ฅ1๐Ÿคฏ1
2025/07/12 07:41:21
Back to Top
HTML Embed Code: