Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
55 - Telegram Web
Telegram Web
Uberdagi jamoamiz 8 kishidan tashkil topgan va ular 8 ta har xil davlatdan:
- Braziliya, Rossiya, Belarus, Misr, Xitoy, Hindiston, Shveysariya va O'zbekiston.

Hamma uchun umumiy til ingliz tili shuning uchun barcha suhbat(meeting, standup, 1:1 va yozishma)lar ingliz tilida va suhbatlar davomida juda ko'p qisqartmalar(abbreviations)ga duch kelasiz ayniqsa yozishmalarda.

Bularga misollar:

AFK - Away From Keyboard
IIRC - If I Recall Correctly
IMO/IMHO - In My Opinion/In My Humble Opinion
FYI - For Your Information
BTW - By The Way
AFAIK - As Far As I Know
FWIW - For What It's Worth
TIL - Today I Learned
TL;DR - Too Long; Didn't Read
ICYMI - In Case You Missed It
WIP - Work In Progress
ETA - Estimated Time of Arrival
OOTB - Out Of The Box
POC - Proof Of Concept
BRB - Be Right Back
TTYL - Talk To You Later
LOL - Laughing Out Loud
ROFL - Rolling On the Floor Laughing
OMG - Oh My God
IDK - I Don't Know
WTF - What The F***
JK - Just Kidding
THX - Thanks
NP - No Problem
ASAP - As Soon As Possible
DM - Direct Message
NVM - Never Mind
WFH - Work from home
EOD - End of day
TBD - To be decided
LGTM - Looks good to me
SGTM - Sounds good to me
IIUC - If I understand correctly
CMIIW - Correct me if I am wrong
LMK - Let me know
TBA/TBC - To be announced/To be confirmed
TGIF – Thank God it’s Friday
aka – Also known as
DIY – Do it yourself
OOO - Out of office
PTO - Paid time off



Eslab qoling va yozishmalarda foydalaning 🙂

Siz yana qaysilarini bilasiz, 💬 izohlarda yozib qoldiring.

@kamoloff_log
👍17
BigTech-dagi ish haqi va u nimalardan iborat

Google, Apple, Amazon va Meta kabi kompaniyalar xodimlari (bo'lajak xodimlari) uchun juda "saxiy" shartnoma taklif qilishlari bilan mashhur.
Gap aniq raqamlar haqida ketganda bu juda ko'plab faktorlarga bog'liq, ish tajribangiz, intervyulardagi ko'rsatkichlaringiz va h.k.lar.
Bundan tashqari siz taklif olganingizdan keyin muzokaralar orqali bu raqamlarni yanayam yaxshilab olishingiz mumkin.

1. Base Salary
Bu asosiy ish haqi, odatda shartnomada soliq to'lashdan oldingi yillik summa ko'rsatiladi.
Aynan shu summani 12 ga bo'lish orqali sizga har oy qancha to'lanishini bilib olishingiz mumkin.

Masalan: levels.fyi ga ko'ra Uber, Amsterdam L4 pozitsiya uchun yiliga 96000 yevro to'laydi.

2. Equity
Bu siz ishga kirayotgan kompaniya aksiyalaridan ulushingiz.
Bu, nazariy jihatdan, odamlarni o'z ishi va kompaniya kelajagi haqida biroz ko'proq qayg'urishga undaydi:
yaxshiroq ish qiling → kompaniyaning qiymati oshadi → sizning daromadingiz oshadi

Masalan: levels.fyi ga ko'ra Google, Berlin L4 pozitsiya uchun yiliga - 38000 yevro

3. Annual Bonus
Bu o'tgan yil davomida qanchalik yaxshi ishlaganingizga qarab beriladigan summa. Odatda mart - aprel oylarida beriladi.

Masalan, L4 uchun Spotify, Stokgolm yillik bonusi 18000 yevroni tashkil qiladi.

4. Sign-on bonus
Bu siz kompaniya bergan shartnomani qabul qilishingiz uchun beriladigan bir martalik qo'shimcha pul mukofoti hisoblanadi, va u har doim ham taklif qilinmaydi.
Agar siz bir vaqtda 2 va undan ortiq kompaniyadan takliflar bo'lsa, bunday mukofot taklif qilinadi.
Ba'zi hollarda sizda boshqa taklif bo'lmasa ham sizga sign-on bonus taklif qilinishi mumkin (masalan o'zimda shunday holat bo'lgan)

5. Relocation bonus
Bu bonus odatda sizga ish berayotgan kompaniya siz hozirda yashayotgan davlatdan kompaniya ofisi joylashgan davlatga ko'chib o'tishingizga yordam sifatida beriladigan bonus.
Bonus miqdori davlatlar orasidagi masofa, necha kishi ko'chishi kerakligi va kompaniyaga bog'liq.
Bu summani siz viza xarajatlari, samalyot biletlari, uy topish va ungacha mehmonxonada turish, keyinchalik esa uyga mebellar olish va h.k.lar uchun sarflashingiz mumkin.

Masalan: Uber, Amsterdam - man oilam bilan O'zbekistondan Niderlandiyaga ko'chishim uchun $13000 relocation bonus bergan. Bu summa agar 1 kishi ko'chadigan bo'lsa taxminan $10000 ni tashkil qiladi.


P.S. Keyingi postlarda BigTech kompaniyalarining yuqorida sanalgandan tashqari yana qanday imtiyoz va imkoniyatlar berishi haqida gaplashamiz.

@kamoloff_log
👍11🔥31👏1
BigTech-da qo'shimcha bonus va imtiyozlar

Oldingi postda BigTech kompaniyalaridagi oylik va bonuslar haqida gaplashgan edik,
bu post esa ularga qo'shimcha tarzida beriladigan imtiyozlar haqida.

Diskleymer: Boshqa kompaniyalardagi benefitlar haqida yaxshi bilmaganim uchun bu post faqat Uber haqida bo'ladi.


- Eng oxirgi MacBook Pro Max va har yili uni yangisiga almashtirish
Faqat 14" yoki 16" ekanligini tanlashingiz kerak va albatta qo'shimcha qurilmalar: nta monitor, klaviatura, ...
- Har qanday ish(рабочий) telefon va har yili uni yangisiga almashtirish. Eng oxirgi model Iphone yoki Samsung ishlatishni xoxlaydiganlar uchun zo'r imkoniyat.
Agarda kompaniya telefonidan foydalanishni xohlamasangiz unda sizga oyiga $60 qo'shimcha to'lashadi va pulga bemalol bo'lib to'lash orqali o'zingizga yangi telefon sotib olishingiz mumkin.
- Mobil aloqa, sport/fitnes va ishga qatnash(jamoat transporti va shaxsiy avtomobilda) xarajatlaringiz qoplab beriladi.
Sport va fitnesga qatnashmaydiganlar uchun har oy ~$70 Uber akkauntingizda yig'ilib boradi va uni uy ofisingiz uchun texnika, uyda shug'ullanish uchun trenajor va hatto kommunal to'lovlar uchun sarflasangiz bo'ladi.
- Ofisda tekin va mazali nonushta, tushlik va h.k.
- Sietl (Seattle, US) ga xizmat safari (odatda yiliga 1 marta)
- 1.5 yildan so'ng Amerikadagi ofisga ko'chish imkoniyati
- Siz va oila a'zolaringiz uchun tibbiy sug'urta
- Sayohat va hayot sug'urtasi
- 30 kunlik ta'til
- Sabatik
- Moslashuvchan ish vaqti va 50% uydan ishlash mumkinligi. Hech kim sizdan 9dan 6gacha ofisda bo'lishingizni talab qilmaydi, sizdan ishni bajarishni so'raladi va siz qaysi vaqtda ishlashni o'zingiz tanlaysiz.
- Kasallik ta'tillari
- Uberdan har oy taksi va ovqat buyurtma berish uchun €350 bonus
- Uber servislari uchun 17% chegirma
- Yiliga 4 hafta dunyoning xohlagan joyidan turib ishlash (work from anywhere)
- 18 hafta ota/onalik ta'tili

Va albatta o'shish va o'rganish uchun super talantli jamoa, qiziqarli va nostandart proyektlar, va boshqa ko'plab internal/external resurslar.

@kamoloff_log
🔥13👍4
FAANG intervyu jarayoni odatda bir necha bosqichdan iborat, va ular haqida qisqacha ma'lumot beraman.

1. Application
Siz kompaniya vebsaytidan o'zingizga to'g'ri keladigan pozitsiya(lar)ni tanlaysiz va onlayn tarzda rezyume topshirasiz.
Hamma nomzodlar rezyumelari ko'rib chiqiladi va qisqartirilgan ro'yxat (shortlist) tuziladi.
Shu kompaniyada ishlaydigan odamdan referral olish(ya'ni u sizni kompaniyaga tavsiya qiladi), bu bosqichdan o'tish ehtimolini oshiradi deyiladi, lekin aslidayam shunaqami, buni bilmadim.

2. Initial screening
Sizdan onlayn platformada ma'lum bir savollarga javob berish, algoritmik masalani yechish so'ralishi mumkin.

3. Phone/Video interview
Qaysi kompaniya bilan intervyular qilayotganingizga qarab bu bosqich sizda bo'lishi yoki bo'lmasligi mumkin.
Bu intervyuda asosan sizning tajribangiz va oldingi ishlagan joylaringizda qilgan ishlar haqida so'raladi, shuningdek kompaniya madaniyati(culture)ga qanchalik mosligingiz tekshiriladi.

4. Technical interview(s)
Tanlangan positiondan kelib chiqib sizda 1-2 texnik intervyular bo'lishi mumkin. Bu intervyularda sizga algoritmik(algorithm) va/yoki tizim dizayni (system design) savol berilishi mumkin.
Intervyu qiluvchi bundan tashqari oldin qilgan proyeklaringiz haqida, ma'lumotlar tuzilmasi (data structures) va dasturlash tiliga oid qo'shimcha savollar berishi ham mumkin.

5. (Virtual) Onsite interviews
Texnik intervyu(lar)dan muvaffaqiyatli o'tgandan so'ng, siz virtual onsite intervyuga taklif qilinasiz ya'ni texnik intervyuda bo'lgani kabi intervyular.
Faqat bu safar ketma-ket 3tadan 6tagacha interyular va sizda bu intervyularni bir necha kunga bo'lish imkoniyati bor.
COVIDdan oldin onsite intervyular uchun nomzod kompaniya ofislariga taklif qilingan va barcha xarajatlar qoplab berilgan, lekin COVID hammasini o'zgartirdi.
Bu intervyularda yana coding savollar, system design va behavioral savollar so'raladi.

6. Offer
Uzoq va mashaqqatli intervyulardan keyin va nihoyat kompaniya sizga ish taklif qiladi va odatda HR siz bilan oylik va bonuslar haqida taxminiy raqamlarni bo'lishadi.


Qaysi bosqich haqida to'liqroq bilishni xohlaysiz?

@kamoloff_log
👍11
Technical interview [1/2]

Barcha FAANG intervyulari kabi bu texnik intervyu ham language-agnostic hisoblanadi,
ya'ni sizdan aynan qaysidir dasturlash tilida kod yozish talab qilinmaydi, o'zingiz uchun eng qulayini tanglang.

Intervyu texnik (coding & system design) va xatti-harakatga oid(behavioral) savollarni o'z ichiga oladi.


Suhbat ikkala tarafning o'zini tanishtirishi bilan boshlanadi, odatda intervyu oluvchi birinchi o'zini tanishtiradi va keyin TMAY (tell me about yourself) shaklida savol beradi.

Man foydalanadigan shablon:
Thank you for taking the time to talk to me!
My name is X, I am from Y and I have Z years of experience as a software developer.
For most of my career, I worked for companies that built products for the X industry.
I began my professional journey as a software developer at X company, where I gained valuable experience in Y.
After that, I joined a X company that builds services for Y.
In my current position, I'm working on X.
When I'm not at work, I like to do X, Y and Z.
Happy to be here!



Tanishib olgandan so'ng sizga ishlagan loyihalaringiz, jamoada necha kishi bo'lgani va sizning loyihadagi vazifalaringiz, ish jarayonida qanday chellejlarga duch kelganingiz yoki hamkasblaringiz bilan qandaydir (faraziy yoki real)konflikt holatlar va uni qanday hal qilishingiz haqida savollar berishi mumkin.

Masalan:
Tell me about your current project
Could you describe the most challenging/interesting task you've ever completed?
What's good and bad about your current company?
Tell me about a time you had a difficult manager. Why was it difficult? How did you handle that situation?
What are you most proud of?


Oldindan bunday savollarga javoblaringizni tayyorlab qo'yganingiz maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki bu savollardan tejab qolingan soniyalar sizga masala yechish paytida kerak bo'ladi.
Behavioral savollarga STAR metodi orqali javob berish tavsiya qilinadi.

@kamoloff_log
🔥6👍5
Technical interview [2/2]

Bir nechta savollardan so'ng, intervyu oluvchi sizga codesignal yoki shunga o'xshash platformaga havola jo'natadi va LeetCode stilidagi masala beradi.
Yoki sizdan google docda kod yozish ham so'ralishi mumkin, aniqroq ma'lumotni intervyudan oldingi bosqichlarda HRdan so'rab olishingiz mumkin.

1. Masalani yaxshilab o'qib, tushunib oling va keyin uni o'z so'zlaringiz bilan ifodalab bering bu bilan masalani to'g'ri tushunganingizni tekshirib olasiz.
2. Masalaga og'zaki 1-2ta input berib hisoblagan X natijangiz to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini intervyu oluvchidan so'rang. Va keyin bu input/outputlarni koment sifatida yozib qo'ying. Bu orqali sizda masalani, qonuniyat(pattern) yanayam yaxshiroq tushunish imkoniyati bo'ladi.
3. Bir vaqtni o'zida ham masala yechimi haqida o'ylab, ham nimani o'ylayotganingizni gapirib turing, garchi yechimingiz to'g'riligiga shubhangiz bo'lsa ham.
4. Masalani yechishda qiynalgan paytingizda suhbatdoshingiz sizga hint berishi mumkin, buni ilib olishga harakat qiling.
5. Yechimni topgandan so'ng intervyu oluvchiga yechimingizni tushuntirib bering, iloji bo'lsa topgan yechimingiz uchun kerak bo'ladigan time va space complexityni hisoblab bering.
6. Intervyu oluvchidan bu yechim maqulmi yoki yanayam optimalroq yechim topishingizni xohlaydimi so'rang va javobga qarab yoki optimalroq yechim haqida o'ylashni yoki kod yozishni boshlang.
7. Kod yozish jarayonida ham iloji boricha nima qilayotganingizni tushuntirib boring va murakkabroq qatorlarni koment orqali izohlang.
8. Kod yozishni tugatib, 1-2ta inputni olib uni xayolan yozgan funksiyangizda "dry-run" qiling. Bu orqali siz kodingizdagi ehtimoliy "bug"larni topishingiz va "fix" qilishingiz mumkin.
9. Kodda foydalangan "loop", "recursion call" va "data structure"larni hisobga olib time va space complexityni qayta hisoblab uni ham koment sifatida yozib qoying. Chunki kod yozish paytida siz yechimingizni biroz yoki butunlay o'zgartirgan bo'lishingiz mumkin.
10. Kodni "run" qilish imkoniyati bo'lsa, oddiy testlar yozishga harakat qiling va kodni "run" qilib tekshirib ko'ring

Masalan:

assert fibonacci(x1) == y1
assert fibonacci(x2) == y2


Komentlar nimaga kerak?
Texnik intervyudagi komentlarning asosiy vazifasi intervyu oluvchi siz yozgan kodni bir necha soat yoki bir necha kundan keyin ochganda sizning "performance"ingizni to'g'ri baholashi uchun (IMHO)
Intervyu oluvchi siz bilan suhbatdan so'ng tushlikka ketishi, ish vaqti tugashi, yoki boshqa bir intervyu yoki meetinga kirishi mumkin.
Qachondir sizni baholash uchun platformani ochganda koddan tashqari qilingan hisob kitoblar, fikrlaringiz ketma-ketligini yozib borganingiz, testlar bo'lishi sizning natijangizni oshiradi.

Va odatda intervyu oxirida reverse interview, ya'ni siz o'zingiz uchun qiziq bo'lgan savollarni so'rashingiz uchun ~5 daqiqa vaqtingiz bo'ladi.
Kompaniya, siz qo'shilayotgan jamoa h.k. lar haqida savollar bering, bu kompaniyada ishlashga bo'lgan qiziqishingizni ko'rsatadi.

P.S. Juda uzun post bo'lib ketdi, ko'proq info berishga harakat qildim.

@kamoloff_log
🔥21👍52
Onsite interviews at FAANG

Onsayt intervyular odatda texnik intervyular seriyasidan iborat bo’lib, 4 tadan 6 tagacha intervyularni o’z ichiga olishi mumkin. Bu xuddi oldingi bosqich(technical interview)dagi kabi jarayon bo’lib oldingidan ko’ra biroz murakkabroq masalalar tanlanadi.


Bu intervyularga tayyorlanish uchun roadmap:

Onsite interviews at FAANG

P.S.: Xato va kamchiliklari bo'lsa kommentda yozing...

@kamoloff_log
🔥9👍7
Mock interview qilamizmi?
Anonymous Poll
94%
Ha
6%
Yo'q
🔥9
Reserve your seats:

Calendar

Boshlanishiga 4ta joy, iyun oyida. Sinab ko'raylik agar formati va vaqti to'g'ri kelsa davom ettiramiz.

Requirement: LeetCode 100+ medium masala.

@kamoloff_log
🔥16
💻🚕Xorijdagi o‘zimiznikilar: “Uber” kompaniyasi dasturchisi Ozodbek Kamolov hikoyasi

Bolaligidan tog‘asi sababli dasturlashga bo‘lgan qiziqishi Ozodbekni “Uber”gacha olib keldi.

Bu sohani ko‘proq o‘rganib, bir qancha kompaniyalar va startaplarda ishladi.

U faoliyatidagi xatolaridan olgan xulosalari, “Uber”ga qanday kelgani va shahar hayoti, kompaniyadagi ish haqi va bonuslar haqida “Spot”ga so‘zlab berdi:

https://www.spot.uz/oz/2024/05/24/uber-ozodbek/

Telegram | Instagram | YouTube
🔥26👍7👏1
Forwarded from Digital.edu
📢Buxorolik IT’ga qiziquvchi yoshlar uchun ajoyib imkoniyat

6-iyun soat 11:00 da Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “UzGeeks” hamjamiyati bilan hamkorlikda buxorolik IT’ga qiziquvchi yoshlar uchun “UzGeeks Buxoro meetup”ni o‘tkazadi.


🚀“Uber” kompaniyasida “software engineer” pozitsiyasida ishlovchi Ozodbek Kamolov spiker sifatida ishtirok etadi.

“Meetup”da ishtirok etish uchun “UzGeeks” sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting.

➡️Buxorolik dasturchilar uchun tashkil etilgan guruhga qo‘shiling.

📍Manzil: Buxoro shahri, Sahid Zarafshon mehmonxonasi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20👍3👏1
IC9 Distinguished Engineer ish stoli

TC: $3 000 000

Source

@kamoloff_log
🔥115👍1
2025/07/13 18:15:01
Back to Top
HTML Embed Code: