Telegram Web
5 ta davlatga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladr ekan

Transport vazirligi quyidagi xalqaro yo‘nalishlarda qatnovlarni amalga oshirish istagidagi tashuvchi tadbirkorlarni hamkorlikka chaqiradi:

🇰🇿 Qozog‘istonga

• Buxoro – Turkiston
• Urganch – Aqtau
• Farg‘ona – Olmaota (Tojikiston orqali)

🇹🇯 Tojikistonga

• Samarqand – Dushanbe
• Buxoro – Dushanbe

🇰🇬 Qirg‘izistonga

• Andijon – O‘sh
• Andijon – Jalolobod
• Andijon – Arslanbob
• Kosonsoy – Jalolobod
• Buxoro – Bishkek

🇷🇺 Rossiyaga

• Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva
• Urganch – Nukus – Ufa
• Nukus – Krasnodar
• Toshkent – Ufa
• Toshkent – Krasnodar

🇨🇳 Xitoyga

• Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi

@keshnews
Ichki ishlar xodimlari ustidan shikoyat qilish uchun raqamlar va bot e'lon qilindi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlarini noqonuniy deb hisoblasangiz, ular tomonidan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilayotganiga guvoh bo‘lsangiz, u holda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasining +998752244063, +998984754010 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling yoki https://www.tgoop.com/iiv_shxb_bot nomli botiga murojaat qilishingiz mumkin!

@keshnews
Shahrisabz shahar Fusunkor ko'chasidagi yangi ko'p qavatli uylarning oldidagi chiqindixona

@keshnews
Shahrisabz shahri Do'stlik MFY Andijon ko'chasidagi quduq holati

Quduq kimga tegishli ekana? Quduq og'zi qachondan buyon ochiq?

@keshnews
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maʼrifat mahallasidagi quduqda nosozlik bartaraf etilibdi

Shahrisabz shahrida Ma’rifat mahallasi hududidagi ichimlik suv  qudug‘i yaqinda ta’mirdan chiqarilgan edi. Og‘ir yuk mashinalari qatnovi tufayli suv qudug‘iga shikast yetkazilgan. Natijada shahar suv oqava  korxonasi ustalari takroran mazkur quduqni soz holda ta’mirdan chiqarishibdi.

@keshnews
Asfalt qoplamalaridagi chuqurlar taʼmirlanibdi

Shahrisabz shahridagi Tutzor va Bo'ston mahallalarida obodonlashtirish ishlari davom etayotgani maʼlum qilindi.

Yo'llardagi chuqurlarga asfalt qoplamasi yotqizilibdi. Yo'l atroflari bеgona o'tlardan, chiqindilardan tozalanibdi.

@keshnews
Fusunkor ko'chasidagi chiqindixona tozalanibdi

Sohibqiron mahallasi, Fusunkor ko'chasida yig'ilib qolgan kundalik chiqindilar "Bisay" korxonasi ishchilari tomonidan bartaraf etilibdi.

@keshnews
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oilada qo‘llab-quvvatlanish haqida video

Oilada erkak va ayol bir-birini qo’llab-quvvatlasa, bir-biridan kuch olsa, ko’p muvaffaqiyatlarga birgalikda erishadi. Bu ming yillik sinalgan usul.

Videoda Krasnoyarskdagi MMA turnirida jangchi Vladimir Polozov turmush o’rtog’ining daldasidan so’ng, qiyin vaziyatdan chiqib ketib, g’alaba qozona olgan.

@keshnews
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shahrisabz shahriga 20 ta avtobuslar jamoat transporti faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yetib kelgani aytilmoqda.

Batafsil maʼlumot berilishi bilan eʼlon qilamiz.

@keshnews
Biz kutgan kunlar ham keldi. Shahrisabz shahrida ham rivojlangan shaharlardagidek jamoat transporti bo‘ladi. Avtobuslarni go‘zalligini qarang!

Avtobuslarning bunaqa go‘zal bo‘lishini his qilmagan ekanman. Jamiyat, jamoat va xalqimiz uchun qulay bo‘ladi.

@keshnews
Shahrisabzda jamoat transporti uchun 20 ta avtobuslar keltirildi

@keshnews kanali ochilganidan buyon 6 yil muddat o‘tgan bo‘lsa, ushbu davrda yuzlab marta jamoat transportini yo‘lga qo‘yish, Shahrisabz-Kitob yo‘nalishida avtobuslar qatnovini joriy qilish haqida yozdik. Bu tanqidlar o‘z natijasini berdi. Nihoyat endi Shahrisabzda ham zamonaviy talablarga mos jamoat transporti yo‘lga qo‘yiladi.

MaLumot uchun, Prezidentimizning PQ-59 sonli qaroriga asosan O‘zmilliybank imtiyozli krediti hisobidan "Xumoyun" MChJ tomonidan Shahrisabz shahri - Kitob yo‘nalishi uchun Xitoy Xalq Respublikasidan 20 ta "Asia Star" avtobuslari keltirildi.

Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov ham kirib kelgan jamoat transportlarini ko‘zdan kechiribdi.

@keshnews
2025/01/13 09:44:16
Back to Top
HTML Embed Code: