Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Ko'proq *click olib keladigan muqovalarning kaliti - nazariya

Muqovani ikkiga ajratish mumkin: Dizayn va Nazariya (teoriya)

Dizayn texnik va dasturlardan foydalanishga, nazariya esa dizaynda aks ettiriladigan g'oya va psixologik hujumlarga qaratilgan.

Lekin, ko'pchilik, asosan, dizayn qismiga e'tibor beradi. Teoriyalar esa chetda qolib ketadi.

Dizayn o'zi ichiga oladi:
Fundamental dizayn ko'nikmasi
Dasturlarda ishlash va texnik ishlar


Nazariya o'z ichiga oladi:
E'itborni jalb qilish
Maqsadli auditoriyaga moslashish
Bir birga mos keluvchi muqova, sarlavha va kontent.


Texnik tomondan kuchli qilingan dizayn sizga ko'plab *click'lar olib kelmasligi mumkin. Ammo nazariy tomondan yaxshi ishlangan muqova aniq ko'proq *click olib keladi.

Rasmda ko'rsatilgan Youtube kanallar:
1. youtube.com/@AltShiftX
2. youtube.com/@A...L...I
3. youtube.com/@betterideas

@khasanovjasurbek
Uchadi Uxladi loyihasi uchun 100K + ko'rishlar soniga erishishida sabab bo'lgan to'rt muqova dizayni ⚡️🎨

Uchadi Uxladi - marketing va biznes sohasi vakillari bilan suhbat (podkast) videolarini joylab boradi.

*Youtube kanalning umumiy ko'rishlar soni 273K +

@khasanovjasurbek
CTR yoki AVD?

- CTR - muqova qanday ishlashini o'lchach (%'da).
- AVD - bu videoning o'rtacha ko'rishlar davomiyligi.


Bu ikkisi videoning MILLIONLARNI URISHIDA juda ham bir biriga bog'liq. Nega?

Ko'p dizaynerlar muqovada ko'plab (yomon) *CLICKBAIT'lardan foydalanadi. Bu esa tomoshabinni chalg'itadi.

Muqovani ko'rib, videoga kirgan tomoshabin kutuvidagi narsani olmasligi, o'rtacha ko'rish davomiyligini tushurib yuboradi. Ayniqsa, ilk bir daqiqa.

Youtube esa videoni ko'proq odamlarga tavsiya qilishda AVD'ga e'tibor beradi.

Bu holatda aytish mumkinki, nafaqat ko'proq bosishlar olib keladigan muqova tayyorlash kerak. Balki, u videoni to'g'ri (ROST) holatda ochib berishi kerak.

Yaxshi muqova yaratishning go'zalligi shundaki, videoda aslida nima sodir bo'lishini ochib berish va tomoshabinlar videoni to'liq ko'rishsa, nima bo'lishiga qiziqtirishdir. 🔥

Yuqori CTR'ga ega bo'lishingiz mumkin, lekin muqova va videoni bir-biriga mos kelmasa, Youtube'dagi o'z maqsadlaringizga erisha olmaysiz.

@khasanovjasurbek
Muqova dizaynining narxini qancha belgilagan bo'lar edingiz?
Anonymous Poll
58%
$20 - 50
23%
$60 - 90
19%
$100 - 200
Muqova dizayni qancha turadi?

Ushbu post orqali Youtuber sifatida muqovaga QANCHA pul sarflashingiz kerakligini va qanday narx belgilashni bilib olasiz.

Muqovaga u berayotgan qadr-qimmatga nisbatan pul to'lashadi. Ba'zilar uchun bu $20, boshqalar uchun $100. Lekin nega bunday?

Keling, taniqli YouTuber MrBeast misolini olaylik. Uning videolari odatda 100-150 million marta ko'riladi va u o'zining muqovalari uchun minglab dollar sarmoya kiritadi. Bu uning kanali uchun ko'rishlar soni va topadigan daromadidan kelib chiqib bu mantiqan to'g'ri qaror.

Biroq, o'rtacha 20-30 ming tomoshaga ega bo'lgan kanal uchun buncha mablag'ni sarflash ortiqcha bo'ladi.

$20 va $100 muqovalarning ham o‘ziga xos afzalliklari bor. Narxlar farqi ko'pincha dizaynerning qobiliyatlari va tajribasini ko'rsatib beradi.

Tajribali dizaynerlar tomoshabinlarning psixologiyasini tushunishadi. Diqqatni jalb qilish uchun qanday ranglar ishlatish kerakligini, qanday o'ziga jalb qiladigan va qiziqishlarni orttiradigan dizayn yaratishni biladi.

MrBeastga o'xshash Youtuberlar bunday katta summani sarflashiga sabab, ular bu pullarini qaytarib olishlarini bilishadi. Va shuning uchun qo'rqishmaydi. Ularning videolari qanchalik ko'p ko'rilsa, shunchalik ko'p daromad keltiradi, xarajatlarini oqlaydi.

Havotir olmang, $20 bu noto'g'ri qaror emas. Siz hali ham yuqori SIFATLI dizaynlarni olishingiz mumkin. Biroq, $100 sarflash ko'proq *CLICKlarga asoslangan, strategik, tomoshabinlarni jalb qiladigan muqovani taqdim etadi.

Dizayner sifatida men yaxshi ishlab chiqilgan muqova qanday qilib video samaradorligini oshirishi mumkinligini ko'rganman.

Sifatga kiritilgan sarmoya, albatta, natija olib keladi. 🔥⚡️

@khasanovjasurbek
Congratulation! 🎉

A/B Test ommaviy ravishda ochildi. Test nafaqat 2ta balki, 3ta variant bilan ham sinab ko'rishingiz mumkin.

Endigi o'yin qoidalari o'zgaradi. Va e'tiborning qadri oshadi.

O'z e'tiboringizni eng yaxshilariga asrab qo'ying )

Batafsil tanishib chiqish uchun: goo.gle/3RnjLSA

@khasanovjasurbek
Podkastga mos eng yaxshi versiyani tanlash uchun dizaynlar ko'rib chiqildi. Natija 14 kunda aniq bo'ladi.

@khasanovjasurbek
Sotilmaydigan mahsulot yo'q, sota olmaydigan sotuvchilar bor

Bugun uyda qolib, anchadan buyon ko'rib kelayotgan seriallarimdan biri "Better Call Saul"ni 4-fasl, 6-qismini ko'rib tugatdim. Serial haqida gapirmoqchi emasman, undagi kichik epizodga sizlarni e'tiboringizni jalb qilmoqchi edim. (spoiler bo'lishi mumkin)

Bosh qahramon Jimmy, boshida advokatlik qilib, ma'lum muddat uni bu ishni qilishdan cheklab qo'yishadi. Shunda u telefon sotadigan do'konga ishga kiradi. Do'konga deyarli, umuman desa ham bo'ladi, odamlar kelmasdi.

Jimmy esa bu telefonlarni qanday sotish mumkin savolini o'rtaga qo'ydi. Javob esa "Sizni hech kim kuzatmaydigan telefon sotib oling" g'oyasi edi. Buni do'konga katta qilib yozib qo'ydi, lekin sotuvlar bo'lmadi.

Keyin esa har bir odamni oldiga borib, o'z taklifini berdi. Qarabsizki, bunga ehtiyojni tug'dira oldi.


Xo'sh, nega bu g'oya ishladi? Sababi Amerikada qo'ng'iroqlarni eshitishlaridan hamma xabardor va Ularga hech kim eshitmaydigan bir marttalik qo'l telefonlari kerak bo'lardi.

Xulosa. Agar sizda o'z xizmatingizni sotishda muammo bo'lsa, gap sizda. Qaysidir jarayonda xatolik/kamchilik bor. Uni topib, bartaraf etish kerak.

*yozilgan matnni yaxshiroq tushinish uchun hech bo'lmasa, filmning shu qismini ko'rishni tavsiya qilaman.

@khasanovjasurbek
Bir dizaynni cheksiz (ish yakunlanguniga qadar) o'zgartirish bo'lishiga qanday qaraysiz?
Anonymous Poll
13%
Cheksiz bo'lishiga qo'shilaman
56%
Ma'lum bir limit bo'lishi kerak
30%
Har bir o'zgartirish pullik bo'lishi tarafdoriman
Aziz Rahimov loyihasida 400K + ko'rishlar sonini yig'gan videolar uchun tayyorlangan muqova dizaynlari. ⚡️🎨

Aziz Rahimov - iqtiboslarni tahlili bo'yicha va podkastlar joylab boradi.

@khasanovjasurbek
CHEKSIZ o'zgartirishlar taklif qiling!

Izohlarni o'qidim va so'rovnoma natijalari tahrirlarni pullik yoki ma'lum bir limitga ega bo'lishini tanlashgan.

Cheklamagan o'zgartirishlarni muqova dizayni misolida tahlil qilishga harakat qilaman.

— "Unlimited edit" avvalo, sizga ko'proq summani talab qilishga bahona bo'la oladi. Siz o'z afzalliklaringiz sifatida buni kiritishingiz mumkin. Va bu cheksizlik mijozlarga yoqadi. Shak-shubhasiz.

— Behad ko'p o'zgartirishlar ko'pincha siz o'ylagandek bepayon va tuganmas emas. Bu ko'pi bilan kichik 5-10 ta o'zgartirishlargacha boradi. Ko'p hollarda bu ranglar, matn, joylashuvda kichik o'zgartirishlar bo'ladi. Bu esa unchalik muammoli narsa emas. Mijoz xursand, siz ham ko'proq haq olganingizdan xursand.

*Bu internetda ko'p tarqagan bonus berish rasmlarini eslatadi. Rasmda bir mahsulot bo'ladi va narxi deylik, $100, yetkazib berish esa $15. Yonida esa xuddi o'sha mahsulot $115, (ba'zi hollarda bu ancha ko'proq ham bo'ladi.), yetkazib berish esa bepul. Mijozlarga esa ikkinchi taklif ancha qulay ko'rinadi.

— Izohlarda o'qiganim, bu cheksiz o'zgartirishlarni suiste'mol qilsa-chi? Ba'zi mijozlar o'z xohishlarini xatto bilmaydi ham. Ha, bu holatlar bor. Lekin bu mijozning jiddiy emasligini anglatadi. Keyingi safar esa, shunchaki u bilan ishlamaslikni tanlash mumkin. Filtr vazifasini ham bajaradi.

Bu Win-Win versiyasi, ikki tomon ham xursand bo'ladi. 🏆

@khasanovjasurbek
A/B Testdan foydalanish uchun yo'riqnoma

Youtube kontent yaratuvchilar uchun maxsus video ishlabdi. Shu bo'yicha sizga eng kerakli qismlari bilan bo'lishmoqchiman.

— Testni bir biriga o'xshamagan dizaynlar bilan qilish orqali siz tezroq ushbu solishtirishni yakunlashingiz mumkin.
— Agar bir biriga yaqin dizaynlar bo'lsa, bu haftalarga cho'ziladi
— Agar test natijalari teng bo'lib qo'lsa, birinchi muqova tanlanadi.
— Xohlasangiz, qayta solishtirishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Va eski natijalar o'chirib yuboriladi.
— Test bolalar, kattalar kontenti va jonli efirlar uchun ishlamaydi.

Tavsiyalar:
— Tomoshabinlarni jalb qilish uchun rasmlaringizni balans holatida ekaniga e'tibor bering.
— Qorong'u va yorug' rejimlarda ham muqova ajralib turishini tekshiring.
— Muqova yuzlar bo'lsa, emotsiyaga boylaridan foydalaning, video orqali qanday hissiyot olishlarini ko'rsatib bering.
— Matnlarni iloji boricha kamroq va mazmunli ravishda foydalaning

Videoni ko'rish uchun: link

@khasanovjasurbek
"Ustoz AI" loyihasi doirasida tayyorlangan muqova dizaylari. ⚡️🎨

Ustoz AI - zamonaviy kasblar va fanlar bo'yicha videolar joylab boradi.

@khasanovjasurbek
Soxta terini o'xshatish uchun TUTORIAL video tayyorladim.

CLICKBAIT videolarda yaxshi ishlaydigan effektlardan biri. 🖌🎨

Video linki: youtu.be/acmMU9WzoTo?si=rYZkLNV9ZQrwEud5

@khasanovjasurbek
"Rostan Podcast" uchun taklif qilgan dizaynlarimni topib oldim.

Ism yozishda "Breaking Bad" uslubini konseptiya qilib olgan edim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Podkastlar.

Podkast mavzusi har doim men uchun qiziq bo'lgan. Shu sababdan, o'zbek youtube'da yo'lga qo'yilgan bir qancha podkastlarning dizaynlarini to'pladim.

Holat anchayin qiziq. Men bunchayin ko'p podkastlar yo'lga qo'yilgan deb o'ylamagan edim. Hali bu yerda yo'q podkastlar ham bir qancha.

@khasanovjasurbek
Shaha Dolimovning oxirgi videolarida muqova tanlash uchun ko'rib chiqqan dizaynlarimiz.

E'tibor bergan bo'lsangiz, dizaynlar boshida yorqin boshlangan. Lekin avvalgi muqova dizaynlariga tayangan holdatda, uslubni takrorlash uchun to'q rangli dizaynlar tayyorlandi.

Ish so'ngida, 3ta oxirgi to'q rangli dizaynlar tanlandi.

A/B test orqali faqatgina fontlarning uslubini ham test qilib ko'rmoqchimiz.

@khasanovjasurbek
So'rovnoma

Qaysi muqovani ustiga bosib kirishingiz mumkin bo'lar edi? Izohlarda yozib qoldiring

*Spoiler
2024/06/30 23:51:39
Back to Top
HTML Embed Code: