Telegram Web
📣 Xorazm yuridik texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi

⚡️Texnikum o'quvchi-yoshlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli va foydali o'tkazish maqsadida texnikum tomonidan tasdiqlangan kunlik reja-grafik asosida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

🖥 Bugun, haftaning seshanba kuni texnikumda o‘quvchilarning kompyuterlar va internet bilan ishlash savodxonligini oshirish maqsadida Axborot-hisoblash tarmog‘i adminstratori tomonidan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida "Kibersport" musobaqalari tashkil etildi.

〰️〰️〰️ 
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#2025_yil_1_iyuldan

🚫 Qonunchilikka ko'ra, 2028-yil 1-yanvargacha kichik va o'rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e'lon qilinadi.

✔️ Shuningdek, tadbirkorlarga yangi tartibga solish vositalarini belgilovchi yoki amaldagilarini kuchaytiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan “yagona sanadan yangi qoidalar” tamoyili qo'llanadi va ushbu normalarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/huquqiyaxborot_lotin
#_Tabrik

✔️ Xorazm yuridik texnikumi buxgalteri - Matnazarova Xolida Rustamovnani tavallud kuni munosabati bilan muborakbod etamiz!

🎉 Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, ishlaringizda zafarlar tilaymiz! Hayotingiz ezgu niyat va yaxshiliklarga to'la bo'lsin. Yaqinlaringiz baxtiga doimo sog'-omon bo'ling!

👏 Tug'ilgan kun muborak!

🏛 Hurmat bilan Xorazm yuridik texnikumi jamoasi!


〰️〰️〰️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube
📣 Xorazm yuridik texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi

⚡️Texnikum o'quvchi-yoshlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli va foydali o'tkazish maqsadida texnikum tomonidan tasdiqlangan kunlik reja-grafik asosida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

🎥 Bugun, haftaning chorshanba kuni texnikumda o‘quvchilardagi Vatanga sadoqat, o‘zaro mehr-oqibat, yuksak mas’uliyat, bag‘rikenglik, sog‘lom dunyoqarash, shukronalik, vatan taraqqiyotiga dahldorlik tuyg‘ularini rivojlantirish maqsadida texnikum faollar zalida “Islom xo‘ja” kinofilmi namoyish etildi.

〰️〰️〰️ 
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube
Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxrigi kuni!

📆 2025-yil 25-iyun — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

📱 Abituriyentlar bugun, soat 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari yoki (to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham) ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritishlari mumkin. 26-iyundan boshlab ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati yopiladi.

🔔 Shu munosabat bilan abituriyentlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

▪️ Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmasdan, imkon qadar erta yakunlash;
▪️ Fanlar majmuasi (ketma-ketligi), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️ Xalqaro sertifikatlarini tizimga imkon qadar ertaroq yuklash;
▪️ Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish (imtiyozga ega bo‘lganlar bundan mustasno);
▪️ Barcha kiritilgan ma’lumotlar va to‘lov holatini shaxsiy kabinet (qayd varaqasi) orqali tekshirib chiqish.


🌐 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: my.uzbmb.uz

ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun rasmiy sahifalar kuzatib borilishi tavsiya etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
⚡️Kollej yoki texnikumlarga kirishni xohlovchi abituriyentlar diqqatiga!

Kollej yoki texnikumlarga kirishni xohlovchi abituriyentlar ham
my.uzbmb.uz sayti orqali bugun soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Prezident farmoniga ko‘ra, o’tgan yildan boshlab OTM va professional ta’lim muassasalariga hujjatlar qabuli bir vaqtda amalga oshiriladigan bo‘lgan.

Oldingidek kollej/texnikum uchun alohida ro‘yxatdan o‘tilmaydi. Kirish imtihonlari ham bir marta o‘tkaziladi va unda to‘plagan bali bilan xohlasa OTMga, xohlasa kollej/texnikumga kirish tanlovida qatnashishi mumkin.

Ya’ni hujjat topshirish ham, imtihon ham bitta bo’ladi.

Test natijalari chiqqach, dastlab OTMga kirmoqchi bo’lganlar beshta yo’nalish tanlaydi. Mandat natijasiga ko’ra, bironta oliygohga kira olmasa, undan keyin xohlaganlar o’sha imtihonda to’plagan bali bilan kollej/texnikumni tanlaydi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Diqqat e'lon!

✔️ Xorazm yuridik texnikumi bitiruvchilariga oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan yakka tartibdagi suhbatda ishtirok etish huquqini beruvchi yo‘llanma olish uchun Maxsus komissiyaning majlisi 2025-yilning, 27-iyun kuni, soat 15:00 da texnikum binosida bo‘lib o‘tadi.

📄 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 705-sonli qarori

〰️〰️〰️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Umumiy qoidaga ko'ra, ishga qabul qilishga necha yoshdan boshlab yo'l qo'yiladi?
Anonymous Quiz
52%
16 yoshdan
44%
18 yoshdan
3%
20 yoshdan
1%
21 yoshdan
📣 Xorazm yuridik texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi

⚡️Texnikum o'quvchi-yoshlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli va foydali o'tkazish maqsadida texnikum tomonidan tasdiqlangan kunlik reja-grafik asosida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

✔️Bugun, haftaning payshanba kuni texnikumda o‘quvchilarning chet tillari bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida xorijiy til va huquqiy fanlar bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.

〰️〰️〰️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube
2025/06/27 04:29:59
Back to Top
HTML Embed Code: