Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
499 - Telegram Web
Telegram Web
Jan-Dominik Bobi "Skafandr va kapalak"

📚 Kitob haqida qisqacha
Muallifning falaj holatida logoped koʻrsatgan harflar orqali butun boshli asar yozishi va bu asari orqali bugungi kun kishisi uchun suv va havodek zarur boʻlgan sabr-toqat, matonat va shukronalik tuygʻularini singdirishga urinishi tanimizni uning oʻrniga qo'yib ko'rishga, dunyo matohiga emas, aksincha, o'tayotgan har onimizga qiymat berib yashashga oʻrgatadi.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 20 000
Buyurtma berish:@Abduraxmonova_15
Telegram kanal : @kitob_bogi
Fazilatli ibodatlar

Qur’on va sunnat xazinasi shunday muborak va fayzli xazinaki, biz uning bor haqiqatini, miqdorini bilishdan ojizmiz. Ammo islom ulamolari bu ganjdan imkon qadar foydalanib, sizu bizga juda qimmatli bo'lgan asarlarni meros qoldirishdi. Biz ham o'sha nodir asarlardan foydalangan holda, Alloh qodir qilganicha, iymon, tavhid, duo, Ismi A’zam, tasbeh va zikr, tavba va istig'for, Qur’onning fazilatlari, dunyodan o'zni saqlash kabi mavzularni tadqiq qilib, erkagu ayol musulmonlarga birday kerak bo'ladigan fazilatli ibodatlarni jamlashga harakat qildik. Xato va nuqsonlari bizga, yutuq va fasohati ulug' olimlarga oiddir.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 38 000
🚚Buyurtma berish: @Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Ulug'bek Hamdam " Muvozanat

📚 Kitob insonga o'z ta'sirini ko'rsatmay qo'ymaydi. Asarda adolatsizlik, hiyonat kabi illatlar qoralanib, chiroyli xulq egalari ijobiy qahramon qilib ko'rsatilgan.

#kitobdan_parcha
Erta-yu kech mol-qo'yning orqasidan tayoq ko'tarib yurgan bolalar uzoqqa bormaydi. Qo'raning atrofida aylanib o'rgilib o'tib ketadi.


Muqova: Qattiq
Narxi: 38 000
🚚 Buyurtma berish: @Abduraxmonova_15

👨‍💻Telegram: @kitob_bogi
Tomas Harris "Qo'zichoqlar sukunati"

📚 Amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning «Qo'zichoqlar sukunati» o'tkir syujetli detektiv asari xalqaro bestseller hisoblanadi. Zamonaviy psixologik triller janriga oid mazkur kitob o'n sakkiz yoshdan oshgan kitobxonlarga mo'ljallangan.
📖 Voqealar rivoji o'quvchiga yovuz jinoyatchilarning ichki olami, qarashlari, o'ziga xos jihatlarini tanitadi. Seriyali qotilliklar sodir etgan noma'lum shaxs ortidan tushgan jasur va qat'iyatli kursant qiz Kleris Starling qo'lga kiritgan dalillar yechimi va mantiqiy xulosalari, umuman olganda igna bilan quduq qazishdek murakkab izlanishlari oxir-oqibatda, o'z samarasini beradimi?
📕 Asarning shiddatli, qo'rqinchli, kutilmagan burilishlarga boy zavqli mutolaasi orqali ana shu savollarga javob topish mumkin.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 48 000
🚚Buyurtma berish: @Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Virjiniya Vulf "Shaxsiy xona"

📚 Ingliz adibasi Virjiniya Vulfning “Shaxsiy xona” esse-qissasi 1929-yilda nashr qilingan. Asarda u ayollar shaxsiy fikrini, o‘zligini erkin ifoda etolmasligi sabablarini ijtimoiy, tarixiy ko‘lamda o‘rganadi. Adibaning fikricha, ayollarda iste’dod bor, ammo sharoit va imkoniyat yetishmaydi. Agar ularda imkoniyat, mablag‘ va erkinlik bo‘lsa, o‘zlarini to‘la namoyon etishlari mumkin. Vulf o‘zidan avvalgi adibalar – Jeyn Ostin, opa-singil Brontelar, Jorj Eliot kabi ijodkorlarning asarlariga to‘xtaladi, ular yashagan davr muhitini tahlil qiladi.

Mazkur esse-qissa nafaqat adabiyotda, balki hayotda o‘rnini topib, muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan insonlar uchun yozilgan, ayol va ijod masalasi chuqur, yuksak badiiyatda qalamga olingan mashhur asar sifatida sizni qiziqtirishiga ishonamiz.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 32 000
🚚Buyurtma berish: @Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
📚 Xadicha Kubro Tongar, «Baqirmaydigan onalar»

Farzandlar bizga bir omonatdir va omonat egasi omonatga munosabatimizni kun kelib, albatta, so‘raydi. Mukammal emasmiz, ammo chumoli misoli olovni so‘ndira olmasak-da, shu olovni o‘chirish uchun chelaklab bo‘lsa ham suv tashishga g‘ayrat qilishimiz, dilbandlarimizni omonatchilik ongi bilan tarbiyalashimiz kerak....

Mazkur kitobni nafaqat farzand o‘stirayotgan onalar, balki turmush ostonasidagi qizlar ham o‘qib ibrat olishlarini tavsiya qilamiz.

ℹ️ Muqova: Yumshoq, 240 bet
🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
💰 Narxi: 35 000 so'm
🚚Buyurtma berish: @Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Adem Gunesh " Jazosiz tarbiya "

📚 Kitob haqida qisqacha

Bolalarni tarbiyalashda jazo ko‘llash hakida har kimda har xil tushuncha bor. Jazolash tarafdorlari ko‘prokdek nazarmizda. Ularning qatʼiy ishonchiga ko‘ra, so‘kish eshitib, kaltak yeb ulg‘aygan bola kelgusida risoladagidek shaxs bo‘lib yetish bo‘lmasa o‘g‘ri, kazzob bo‘lib ketishi mumkin.

Aslida-chi? Bolalarni qanday tarbiyalash kerak: ularni qiyin-qistovga olib, har bir yanglish harakatidan ayb topib dakki berib, bosim o‘tkazibmi yoki mehr-muhabbatga burkab to‘g‘ri tushuntirib, do‘stona muloqot o‘rnatibmi?

Ota-onalarni qiziqtirgan ana shu savollarga Adem Guneshning qo‘lingizdagi mazkur «Jazosiz tarbiya» kitobini o‘qigach, teran va asosli javoblar olasiz. Mutolaaga kadar sizga aytar bir so‘zimiz bor: «Jazo - qadrsizlik asosiga qurilgan tarbiya usulidir».

Narx: 35 000
🚚 Buyurtma berish: @Abduraxmonova_15

👨‍💻Telegram: @kitob_bogi
Jan-Dominik Bobi "Skafandr va kapalak"

📚 Kitob haqida qisqacha
Muallifning falaj holatida logoped koʻrsatgan harflar orqali butun boshli asar yozishi va bu asari orqali bugungi kun kishisi uchun suv va havodek zarur boʻlgan sabr-toqat, matonat va shukronalik tuygʻularini singdirishga urinishi tanimizni uning oʻrniga qo'yib ko'rishga, dunyo matohiga emas, aksincha, o'tayotgan har onimizga qiymat berib yashashga oʻrgatadi.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 20 000
Buyurtma berish:@Abduraxmonova_15
Telegram kanal : @kitob_bogi
#sotuvda

"Qarzga olingan umr"

Hayotni qadrini eslatuvchi asar

Asar avtomobil poygasi ishqibozi bo'lgan Klerfening xasta Lilianga bo'lgan fidoyi muhabbati, ularning birgalikda kechirgan sarguzashtlari va oʻrtalaridagi murakkabliklarga to'la munosabatlar, oshiq-ma'shuqning iztiroblari haqida boradi.

Nashriyot: Yangi asr avlodi
Narxi: 32 000
🚚 Buyurtma berish⤵️:
👨‍💻Telegram: @Abduraxmonova_15

"Kitob bog‘i" online kitob do‘koni @books_2315
Yasmin Mujohid, «Qalbingni isloh qil»

Ushbu asarda qalbni shu ummon tubiga g'arq
bo'lishdan qanday asrash, agarda bunday holat yuz bersa, nimalar qilish lozimligi haqida so'z yuritiladi. Bu gunoh va xatolardan saqlanish,
umid hamda poklanish haqidagi kitobdir. Har bir qalb davo topishi
mumkin, zotan, har bir soniya bizni ana shu muhim shifo tomonga
yetaklash uchun yaralgan. «Qalbingni isloh qil» atrofdagi barcha narsa birdan harakatdan to'xtab, o'zgacha tuyula boshlaydigan onni topish
haqidagi kitobdir. U o'zligingizni uyg'ota olishingiz va yanada yaxshiroq, samimiyroq va erkinroq insonga aylanishingiz xususidadir.

Narxi: 26 000
🚚 Buyurtma berish⤵️:@Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
"Jinoyat va jazo" Fyodor Dostoyevskiy

📚 Asar 1866-yilda yozilgan. Ammo inson kechinmalarining eski va yangisi bo'lmaganidek, roman qadri ham eskirmagan. «Kambag'allik ayb emas, biroq yo'qchilik - illat. Birinchisida inson tug'ma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yo'qchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi», asardagi personajlaridan biri bosh qaxramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq talabasi bo'lgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara olmaydi. Romanda shu mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga go'zal muhabbat tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbushga keltiradi.

Narxi: 60 000
🚚 Buyurtma berish⤵️:@Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Rashod Nuri Guntekinning "Iztirob"

Iztirob — turk yozuvchisi Reshat Nuri Guntekinning 1928-yilda qisqa romani nashr etildi.

Turk yozuvchilaridan biri Rashod Nuri Guntekinning "Iztirob" nomli asarini o'qib tugattim. Ko'rinishidan kichik bu kitobni nomidan kelib chiqib "Choliqushi" singari yana bir sevgi qissasi deb o'ylagandim, lekin adashibman.

Asar bosh qahramoni Zahro maktabda muallimalik qiladi. Uning otasi bilan munosabatlari juda sovuq. Hatto otasi jon taslim qilganida ham achinmagan. Chunki otam shunga arziydi, zolim, berahm deb o'ylaydi... Axir otasi sabab mushtipar onasi va singlisi ming azob-zulmlar ichra dunyodan ro'shnolik ko'rmay, yoshkina o'tib ketishgan. Hiyonatkor va zulmkor otasidan biror shirin so'z eshitmagan Zahro yana nima qilsin. Xatto bir umr erga tegmaslikka ham qaror qilishga ulgurgan Zahro.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 15 000
🚚Buyurtma berish: @Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Abdulla Qodiriy "O'tkan kunlar"

📚 Abdulla Qodiriy oʻz davrining ilgʻor bir ziyolisi sifatida Vatan va millat taqdiri xususida qaygʻurdi. Zamon talotoʻplari adib qalbini iztirobga soldi. “Oʻtkan kunlar” romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi, “tariximizning eng kir, qora kunlari” — yurtni mustamlaka balosiga yoʻliqtirgan keyingi noahil “xon zamonlari”dan soʻz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi.

📖 Romanning maʼno-mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 30 000
🚚 Buyurtma berish⤵️:@Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Mahmudxo'ja Behbudiy "Padarkush"

📚 Mahmudxoʻja Behbudiy ʻʻPadarkush” dramasi orqali oʻzbek teatriga tamal toshini qoʻydi. Bu asar 1911-yilda yozilgan boʻlib, unda ilmsizlikning qanday fojiali oqibat kasb etishi ifoda etilgan. Drama ilm-maʻrifatni targʻib qilishda juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Asarda boyning alifni kaltak deydigan nodon oʻgʻli Toshmurod yomon odamlar bilan doʻst tutinib, oʻz uyiga oʻgʻrilikka tushadi va oqibatda ota qotiliga aylanadi. Buyuk maʼrifatparvar bobomiz shu qisqagina asar orqali xalq koʻzini ochib, ilmning moddiyatdan ustunligini sahnada koʻrsatib beradi.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 20 000
🚚 Buyurtma berish⤵️:@Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
ERIX MARIYA REMARK
"UCH OG'AYNI"

📝 Buyuk nemis yozuvchisi Erix Mariya Remark (1878 - 1970) qalamiga mansub asarlar jahon adabiyotining eng nodir namunalaridan hisoblanadi. Remark asarlarida urush, uning dahshatlari , inson boshiga solgan azob uqubatlari, insonning ruhiy kechinmalari , sevgining dunyoni boshqaruvchi kuch ekani tarannum etilgan.

📚 Remarkning bizga "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q " "Lissabondagi tun" "Uch og'ayni" asarlari ma'lum .

💻 " Uch og'ayni " romani 1938 - yilda yozilgan bo'lib, o'zbek tiliga Nizom Komil tomonidan tarjima qilingan.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 45 000
🚚 Buyurtma berish⤵️:@Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
ERIX MARIYA REMARK
"UCH OG'AYNI"
Asardan iqtiboslar:

-Og'aynilar, hayot bu - kasallik, inson tug'ilishi bilan o'lim boshlanadi. Har nafas olib , nafas chiqarishda, yurakning har zarbida o'lim zarralari bor- bular bizni muqarrar jahannamga yetaklaydi.

-Eng dahshatli narsa - bu VAQT . Biz yashayotgan va o'zimiz hech qachon izmimizga sololmaydigan daqiqalar...

-Muhabbat - go'zal narsa . Lekin u odamni buzadi. Yolg'izlik esa beandisha qilib qo'yadi.
Andisha - birovning xatosini aytmaslik va uni tuzatmaslik xususida yozilmagan norasmiy bitim.

-Baxt dunyodagi eng mavhum va eng qimmatbaho matoh

-Muhabbat - ajoyib narsa. Ammo ikki kishidan biriga hamisha zerikarli bo'ladi. Ikkinchisi esa qup quruq qolaveradi. Nimanidir kutadi...
Telbalarcha kutadi...

-Ahmoq bo'lib tug'ilish uyat emas, ahmoq bo'lib o'lib ketgan yomon.
Roy Andersen " O'qituvchi, ota-ona, farzand "

📚 Angliyalik ta’lim maslahatchisi Roy Andersenning «O’qituvchi, ota-ona, farzand» kitobida maktab ta’limiga oid qator muammolar va ularning yechimiga doir amaliy tavsiyalar berilgan. Muallif ko’p yillar davomida maktab ta’limi mohiyatini chuqur o’rgangan va izlanishlar olib borgan mutaxassis hisoblanadi.

🔸Muallif ushbu kitobda «Ta’limdan ko’zlangan maqsadlarga erishilmasligi sabablari nimalardan iborat?», «O’quvchilar qanday qilib fanlarni yaxshiroq o’zlashtiradilar?», «O’quvchilar o’tilayotgan mavzularni haqiqiy hayot bilan qay taxlit bog’lashlari mumkin, ya’ni olingan bilimlarni keyinchalik qachon, qayerda va qanday qo’llaydilar?», «Sun’iy intellekt hukmronlikka o’tayotgan dunyoda yoshlar o’z o’rinlarini topishlari nechog’lik muhimligini anglaydilarmi?» kabi savollarga javob izlaydi. Ushbu so’roqlar esa har bir millat, xususan, o’zbek ota-onasi, o’qituvchisi uchun dolzarbdir.

Narx: 35 000
Buyurtma berish:@Abduraxmonova_15 Telegram kanal : @kitob_bogi
Jaloliddin Rumiy "Ichindagi ichindadur"

📚 Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali o‘zligini, o‘zligi orqali Haqni — Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Ichindagi ichindadur»ga bir marta oshno bo‘lgan ko‘zi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, o‘sha inson haqida — siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. Bizning o‘zligimizni bilishimiz haqida. Axir olamda bundan qiziqarliroq, bundan muhimroq yana nima bor? Mashoyixlar «O‘zini bilgan avliyo bo‘ladi» deya bejiz aytishmagan.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 35 000
🚚 Buyurtma berish⤵️:@Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Aycha Karaman "Qaror qil, reja tuz, harakat boshla"

📚 Ushbu satrlarni o'qiyotganingizda hayotingiz istagingizga mos emasligidan, orzuyingizga yeta olmayotganingizdan noliyotgan bo'lishingiz mumkin.

📖 Qayg'urmang, hali hammasi oldinda. Qiyinchiliklar, albatta, ortda qoladi va o'zidan saboqlar tashlab ketadi. Mashaqqatlarga duch kelganda o'zingizni yo'qotib qo'ymang, chunki ular hayot haqiqatlari.

⚡️Qiyinchiliklarga taslim bo'lish o'rniga vaziyatni o'zgartirish uchun harakat qiling. Agar shunday qilsangiz - sizni taqdirlash kerak, siz -to'g'ri yo'ldasiz, mana shu ruhda davom eting.

Biz bilan bo'ling😊
💰Narx: 23.000
🚚 Buyurtma berish⤵️:@Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
2025/02/25 03:14:24
Back to Top
HTML Embed Code: