Telegram Web
#Tafakkur

Shom diyorida bir Damashq olimi bor edi. 96 yoshni qarshilagan bo‘lsalar-da, tik qomatli, ko‘rishlari ham, eshitishlari ham o‘tkir, tishlari ham sog‘lom, but-butun edi. Bir gap bilan aytganda, barvasta yigitday edilar.
Ko‘pincha u kishining holatini ko‘rganlar: "Ey Sayyidim, yoshingiz ulug‘ bo‘lishiga qaramay, qanday qilib yosh yigitdaysiz", deb savolga tutishardi. Shayx:" Biz bu a’zolarni yoshligimizda saqladik, ko‘rib turganingizday Alloh taolo qariligimizda biz uchun saqlab qo‘ydi", deb javob berar ekanlar.

| Shayx Muhammad Rotib Nobulsiy
hafizahulloh


📚 @kitob_nuri
03. Muslima ayol Yevropada
www.tgoop.com/kitob_nuri
🔘 "Muslima ayol Yevropada"
Amina Shenliko‘g‘li
3-qism

📚 @kitob_nuri
#Tafakkur

Ulamolar aytadi:
«Qabr amallar sandig‘idir. Kim xohlasa axlat olib ketsin, xohlasa dur olib ketsin».

📚 @kitob_nuri
#TAVSIYA

Gʻiybat va chaqimchilikdan qutulsang qabr azobining uchdan ikkisidan qutulgan bo‘lasan.

©️ Gʻolib Safo

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tafakkur

Vositiy shunday debdilar:

«Mo‘minning alomati to‘rttadir:
✔️1. Musibatlardan shikoyat qilmaydi.
✔️2. Amalini xo‘jako‘rsinga bajarmaydi.
✔️3. Odamlarning ozorini ko‘taradi, ammo javob qaytarmaydi.
✔️4. Axloq tafovutiga qaramay, hamma bilan murosada yashaydi».

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turk tilini mustaqil o‘rganmoqchilar uchun maxsus darslar boshlandi.
Qo‘shilib olish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tafakkur

⚡️Shayx Ali Tantoviy rohimahulloh yozgan ajoyibotlardan:

– Biz bizni tanimaydiganlar nazdida oddiy insonlarmiz.
– Bizga hasad ko‘zi bilan qaraydiganlar nazdida mag‘rur, o‘ziga bino qo‘ygan kimsalarmiz.
–  Bizga e’tibor ko‘zi bilan qaraydiganlar nazdida ajoyib kimsalarmiz.
– Bizni sevadigan kimsalar nazdida noyob xususiyatga ega, o‘zgacha xislatli kishilarmiz.
– Bizga nisbatan adovati bor kimsalar nazdida biz yomon odamlarmiz.

– Har bir shaxsning o‘ziga xos nuqtai nazari bor. Boshqalar oldida suratingini yaxshilashga urinib, o‘zingni urintirma. Allohning sendan rozi bo‘lishi kifoya qiladi. “Odamlarning roziligi yetib bo‘lmas maqsaddir. Allohning roziligi esa tark etib bo‘lmas maqsaddir”.
Tark etib bo‘lmas narsani qo‘lga kiritay desang, yetishish mumkin bo‘lmagan narsani tashla!

✈️ @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobdan

Uzun va ushalmas orzu

Tuban, beaql kimsalar Xoliqu Roziq bo‘lgan buyuk Zotni, hech sherigi bo‘lmagan yolg‘iz Allohni haqorat qiladilar-u, men, sen, biz xatokor bandalar ulardan nimani kutishimiz mumkin?! Modomiki, sen xayru saxovat, bunyodkorlik, fidokorlik sifatlari bilan ko‘zga ko‘rinar, gullab-yashnar ekansan, shubhasiz, achchiq bo‘htonlarga, hech tinchimaydigan tish-tirnoqli to‘qnashuvlarga duch kelaverasan. Toki yerga kirib ketadigan biron teshik yoki osmonga chiqib ketadigan bir narvon topib, qochib ketmaguningcha, ular senga tinchlik berishmaydi. Bas, sen o‘shalar orasida yashar ekansan, senga yomonlik qilishlariga, ko‘zingdan qonli yoshlar oqizishlariga, yotog‘ingda ham tinch qo‘ymasliklariga ko‘z tutavergin.
     Yerda o‘tirgan odam yiqilmaydi, o‘lik itga tegmaydilar. Lekin sen ularning g‘azabini qo‘zg‘aysan. Chunki sen yo ilmda, yoki odobda, yoxud mol-dunyoda ulardan yuqorisan. Shunday ekan, sen ularning nazdida toki bu xislatlaringdan, Allohning senga bergan ne’matlaridan, maqtovga loyiq sifatlaringdan ajrab, ular kabi ahmoq, nodon, ichidan yemirilgan noshud, tugagan “mirquruq”lar qatoriga tushib qolmaguningcha kechirilmas gunohkorsan go‘yo. Ular aniq shuni xohlaydilar. Bas, sen ularning har xil so‘z va tanqidlariga, bo‘hton va haqoratlariga misoli Uhud tog‘idek sabotli bo‘lgin. O‘zining mavjudligini, boqiy qudratini isbotlash uchun har qanday do‘l-dovul ostida mardona turadigan haybatli xarsang tosh kabi bo‘l.
      Agar sen ularning gapiga quloq tutsang, undan ta’sirlanadigan bo‘lsang, ularning hayotingni loyqalatish, umringni g‘amga botirishdek buzuq orzularini ro‘yobga chiqargan bo‘lasan. Balki sen ularni chiroyli tarzda kechir, ulardan yuz o‘gir, makr-hiylalariga siqilma. Chunki ularning tuban tanqidlari sening tarjimai holingda hurmatga loyiq sahifa bo‘lib qolajak.
      Sen ularning og‘zini yopishga, tilini tiyib qo‘yishga qodir emassan. Biroq ularning tanqidini yo‘qlik bag‘riga ko‘mishga, uzoqlashish bilan ularni jazolashga, ahmoqona ishlariga beparvo bo‘lishga, so‘zlarini tinglamaslikka qodirsan.
       “Shu adovatlaring bilan o‘lib ketinglar!” deb ayting! (Oli Imron surasi, 119-oyat).
     Sen o‘z fazilatlaringni yana oshirish, yanada o‘zingni to‘g‘ri tutish bilan ularning og‘izlariga qalampir urug‘ini solib qo‘ya olasan. Demak, sen barchaga birdek maqbul va mahbub bo‘lishni, aybsiz ko‘rinishni xohlasang, uzun va ushalmas narsani umid qilibsan.

✍️ Doktor Oiz Qarniyning “Mahzun bo‘lma” kitobidan

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farzand_tarbiyasi

Nega bolalarimiz kitobga emas, telefonga bog‘lanib qolgan? 

Bir yig‘inda do‘stim Germaniyada yashayotgan endigina o‘qishni o‘rgangan jiyani haqida so‘zlab berdi. Jiyani bir oyda 27 ta kitob o‘qibdi. Kitoblarga bu qadar qiziqib ketganidan ota-onasi hatto xavotirga ham tusha boshlabdi...

Bilasizmi, Germaniyadan farqimiz nimada? Ularda kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantiruvchi tizimli dasturlar mavjud. 0+,  3+, 6+ kabi yosh kategoriyalari bo‘yicha minglab kitoblar mavjud. Ota-onalar bolalarni kitobga qiziqtirish uchun, shunchaki, ularning yoshiga, qiziqishiga mos kitobni beradi, xolos. Bola illyustratsiyalarga boy, qiziqarli asarni o‘qirkan, o‘z-o‘zidan kitobga muhabbat qo‘ya boshlaydi?

Xo‘sh, ayting-chi, kichik yoshdagi bolalar (3 – 6 yosh) uchun o‘zbek tilida ana shunday kitoblar bormi? Barmoq bilan sanarli. Shaxsan men bolalarimga nima o‘qib berishni bilmay qolyapman. Muammoning yechimi qayerda? Ularni qanday qilib kitobxon qilib o‘stirish mumkin? To‘g‘risi, bilmayman, boshim qotgan...

🔴Sa’dullo Quronov

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tafakkur

Shahvatdan g‘olib kelish lazzati, uni qondirishda bo‘lganidan ko‘ra yoqimliroqdir.

🔴Mubashshir Ahmad

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 21:33:18
Back to Top
HTML Embed Code: