Telegram Web
Allohning go'zal ismlari va tavhid tushunchasi
www.tgoop.com/kitob_nuri
#ilm_suhbati

📣 Allohning go'zal ismlari va tavhid tushunchasi

🎤 Ustoz Mubashshir Ahmad bilan

💖Suhbat mavzulari:

1:29 Allohning go‘zal ismlari va tavhid tushunchasini bilishimizning ahamiyati qanday?
5:46 Tavhid masalasida ham g‘uluvga ketish mumkinmi?
10:13 Aqidaviy mazhablar o‘rtasida tavhid bo‘yicha ixtilof bormi?
13:19 Tavhid Allohning yagonaligi bo‘yicha tushuncha bo‘lsa, bunda qanday ixtilof bo‘lishi mumkin?
15:22 Olimlar tavhid haqida nima uchun kam gapirishadi?
23:14 Oli Imron surasi 7-oyatida muhkam va mutashobih oyatlar haqida
28:39 Mutashobih xabarlarni qanday tushunishimiz kerak?
49:20 Ixtilofli masalalarni odamlar orasiga olib chiqayotganlar…
50:17 Tavhid va tasavvuf boshqa-boshqa narsalarmi?
54:40 Allohning nechta ismi bor va ularning barchasini qanday bilishimiz mumkin?
56:23 Allohning zotiy va subutiy sifatari orasidagi farq nima?
59:55 Sababiyat qonuniga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak?

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Latoif

Savol:
- Domla, o‘zga sayyoraliklar bilan nikohlansak bo‘ladimi?!

Javob:
- Topib keling, o‘zim nikohlab qo‘yaman!

©️Mahbubiy

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aqidada odamlar nega adashadi?
www.tgoop.com/kitob_nuri
#ilm_suhbati

📣 Aqidada odamlar nega adashadi?

🎤 Ustoz Mubashshir Ahmad bilan

💖Suhbat mavzulari:

0:57 Bugungi mavzu haqida qisqacha tushuncha
2:26 Odamlar nega to‘g‘ri yo‘lni izlashlari kerak?
8:07 Aqida nima? Odamlarning aqidada adashib ketishlariga sabab nima?
11:46 Dahriylar: “Axloq normalari yetarli-ku, nima uchun inson nimadandir qo‘rqishi kerak?”
18:03 Aqida to‘g‘ri bo‘lmasligining oqibatlari
19:34 Soglom aqida qanday topiladi?
22:06 Aql bilan haqiqatni topishning imkoni bormi?
27:29 Dahriylarning aqidaviy qarashlari
35:37 Aqidada adashishning sabablari
48:18 Axloqsizlik tufayli aqidada adashish
1:11:14 Qiyomatda aqidaning qancha qismidan so‘ralamiz?
1:13:13 Aqida masalalarida miyamizga har xil xayollar kelaversa, nima qilishimiz kerak?
1:18:08 Allohdan qo‘rqish yetarli bolsa, unda nega shar’iy jazo va qonunlar kerak?
1:26:52 Vijdon nima?
1:28:47 Aqida, shariat va tasavvuf
1:44:13 Din monopoliyami, uni faqat ahli ilmlar tushuntirishi kerakmi?
1:49:34 Xulosa

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TARAQQIYOT

   "Ba’zi kishilar mening da’vatlarimni eshitib, meni taraqqiyotga qarshi, rivojlanishdan uzoq inson, deyishibdi. Taajjub...
   Men mashinaning o‘rniga eshak mining, samolyotni qo‘yib tuya mining, elektr tokini o‘chirib qo‘yib sham yoqing, shifoxonalarni qo‘yib sahrodagi o‘t-o‘lanlar bilan davolaning, agar sizga qarshi dushmaningiz raketa, samolyot va tanklar bilan urushsa siz ularga qarshi nayza, qilich va kamon bilan kurashing, deydigan jinniga o‘xshaymanmi?!
   Yo‘q azizlar! Bu gapni faqatgina jinni aytishi mumkin. Dunyo sivilizatsiyasini uch davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrga avvalgi asrlarda Fir’avnlar, Finikiyaliklar, Xusiylar, Bobilliklar, Yunonlar va Rimliklar kabi yaqin sharq davlatlari asos solishgan.
   Ikkinchi davrga esa o‘rta asrlarda musulmonlar asos solishgan. O‘rta asrlarda Yevropa zulmat, qorong‘ulik, qoloq va vahshiylik ichida edi. Ammo islom sharqida taraqqiyot va madaniyat asri boshlangan edi.
   Uchinchi davrga esa hammaga ma’lum Yevropaliklar asos solishdi. Ammo biz musulmonlar bu taraqqiyotga begona emasmiz. Bu taraqqiyotning manbasi aslida bizmiz. Bunda biz sherikmiz. Ammo biz bir zamon uyquda qoldik. Karvon o‘tib ketdi. Biz makonimizni yo‘qotib qo‘ydik. Uyg‘ongach yo‘qotganimizni topish uchun yugurdik. Uyg‘onishimiz bilan biz oldin ko‘rmagan, bizga begona bo‘lgan narsalarni ko‘rdik. Darrov ikkiga bo‘lindik. Birinchi guruh u narsalarni fahmlamasdan, tushunmasdan, ajratmasdan olaverdi. Bu xato edi. Aslida dinimizdagi sobit asoslarga xilof kelmaydigan, odatlarimizga zid bo‘lmagan, bizga manfaatli bo‘lgan narsalarni olishimiz to‘g‘ri bo‘lar edi. Nega endi madaniyat ne’matlarini tark qilishimiz kerak?!
   Bugun bizdagi eng faqir kishi ham xalifa Abdulmalik ibn Marvondan yaxshi yashaydi. Abdulmalik ibn Marvonning tishi yemirilib kovak bo‘ldi. Undan sassiq hid chiqa boshladi. Uni davolash, plomba qo‘yish uchun shifokor topa olmadi o‘shanda. Bugun eng faqir inson ham tishi og‘risa shifokorga borib tishini davolab plomba qo‘ydirishi mumkin.
   Xalifa Horun ar-Rashid Bag‘doddan Makkaga borishi uchun tuyada yoki biror hayvonda ikki oy yo‘l bosishi lozim edi. Biz esa bu masofani samolyotda ikki soatda bosib o‘tayapmiz.
  Xalifa Abu Ja’far Mansur ichaklari og‘rishidan qattiq dard chekar, oddiy tabletkalarni topa olmas edi. Bizdan oddiy odam uni topib, ichaklarini virus va mikroblardan tozalashi, og‘rig‘ini qoldirishi mumkin.
  Madaniyatning bu ne’matlarini tark qilishimiz kerak deb kim aytdi?! Axir Alloh taolo Qur’oni Karimda:
  "Alloh o‘z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!", deb ayt", deydi-ku!
   Yo‘q! Ammo biz aytamizki, garchi barcha insonlar uni taraqqiyot deb bilsada, usiz yashab bo‘lmaydi deb hisoblasada, Yevropadan bizning aqidamizni buzadigan, bizni haromga tushiradigan narsalarni olmaymiz!
  
©️Shayx Ali Tantoviy rohimahulloh

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ayol

Ayol muhabbati biz uchun buyuk, uning oʻrnini hech narsa bosa olmaydi. U xuddi goʻshtga sepiladigan tuzdek: yurakka singib, uni aynishdan saqlaydi.

©️ Viktor Gyugo

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MUNOSABAT

Menga o‘zingni bebaho ko‘rsatib muomala qilma, shunda men ham sening bir tiyinga qimmat ekaningni aytmayman!

©️ Aliy Vardiy

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farishtalarga iymon masalasi
www.tgoop.com/kitob_nuri
#ilm_suhbati

📣 Farishtalarga iymon masalasi

🎤 Ustoz Mubashshir Ahmad bilan

💖Suhbat mavzulari:

0:38 Bugungi mavzu haqida qisqacha
1:45 Farishtalar qanday maxluqotlar?
2:52 Mushohada va g‘ayb olami. Kavniyot bobida farishtalar
5:27 Farishtalarga ishonish yo ishonmaslikning iymonimizga qanday ta’siri bor?
9:31 Farishtalarning qanday vazifalari bor?
10:43 Farishtalarning sifatlari
16:10 Qiyomatda farishtalar insonlarning ko‘ziga ko‘rinadimi?
17:01 Farishtalar afzalmi yoki insonlar?
18:31 Farishtalarning aqli bormi?
20:50 Do‘zax farishtalari jannatga kiradimi?
25:08 Film va multfilmlarda farishtalarning obrazini yaratsa bo`ladimi?
27:16 “Farishtalar ozorlanadi”, deganda nima nazarda tutiladi?
30:32 Qur’onda zikr qilingan odamlarga sehr o‘rgatgan farishtalar insonlarga qanday ko‘rinishda ko‘ringan?
35:27 Yaxshi, nurli insonni farishtaga qiyoslaymiz, shu ish joizmi?
36:01 Farishtalarning vazifalari haqida batafsil
42:09 Xulosa

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobdan

- Ayrimlar tirikligida o‘lik bo‘lur, ba’zilar esa o‘lganida ham tirikdir. Ko‘ngli o‘lik kishining jismi tirik bo‘lsa-da, u o‘lik hisoblanur. Ko‘ngil siridan voqif kishi esa garchi o‘lsa ham, tirikdir. Shu bois o‘lmoq deganlari har doim ham bir xil emas.
Maqsad bu dunyodan voz kechmoq emas, balki uni bilmoq, unga munosib bahoni bermoqdir. Agar bir zargar chaqmoqtoshni oltin qiymatida sotib olsa, uni ahmoq deydilar. Insonning ham holati mana shu zargarning holatiga o‘xshaydi, dunyo chaqmoqtosh bo‘lgani holda uni oltin deb o‘ylaydi va umrini shu tosh ko‘yida fido qilib, tugatadi. Aslida har bir matohga munosib bahoni berish darkor. Qo‘lingdan kelsa, butun boshli dunyoni qo‘lga kirit, hech zarari yo‘q. Lekin dunyo sening birgina hujayrangni qo‘lga kiritsa, mana shu katta zarar bo‘ladi.
- Bunga qanday erishish mumkin, ustoz?
- O‘lmasdan avval o‘lish bilan.
- Bu qanday bo‘ladi?
- Dunyo — karvonsaroy, har bir o‘tkinchi bu yerda biroz qoladi, vaqt o‘tkazadi. Sening siring ham, butun odamzodning siri ham shu karvonsaroyda yo‘lovchi bo‘lmoqdir. Karvonsaroyga egalik qilish insonning ishi emas, ammo o‘zini karvonsaroychi deb hisoblaydi. Eng ko‘p mana shu masalada adashadi.
Qachonki, har narsani Allohdan deb bilsang va buni yodda tutib yashasang, o‘lmasdan oldin o‘lgan bo‘lasan. Avvalo ichingdagi dushmanni o‘ldir. Nafsing senga ochiq-oshkora dushman, uni albatta o‘ldirmog‘ing zarur. So‘ngra kibrni o‘ldir. Ana shunda sen ham, dunyo ham aslida Uning uchunligini ko‘rasan. Hamma narsa U xohlagani uchungina bor. U dunyoni sen uchun yaratgan, seni dunyo uchun emas.

©️ Fotih Duman, "Sir. Oshiqlar o'lmas!"

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tafakkur

Kumayl ibn Ziyod rivoyat qiladilar: “Hazrati Ali raziyallohu anhu bilan birga Jabbon qabristoni yonidan o‘tib qolganimizda, u kishi qabristonga qarab: “Ey qabrlarda yotganlar, ey qorong‘uliklarda yolg‘iz qolganlar, sizlarda nima gap? Bizdan so‘rasangiz, mollaringiz taqsimlandi, bolalaringiz yetim qoldi, xotinlaringiz boshqa turmush qurishdi. Bizda ana shunday xabarlar. Sizlarda qanday xabarlar bor?” – deb so‘radilar.

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobdan

Kelin-kuyov qanday bo‘lishi kerak?

Haqiqiy yigit diyonatli qizga uylanishni maqsad qiladi. Agar qiz diyonatli bo‘lib, ustiga mol-dunyo, obro‘-e’tibor, go‘zallik sohibasi ham bo‘lsa, nur ustiga nur. Ammo boyligi, mansab-martabasi, chiroyi bo‘lsa-yu, diyonatsiz bo‘lsa, fazilat sanalmaydi. Moldor diyonatsiz ayol bo‘ysunmas, diyonatsiz go‘zal ayol mag‘rur, obro‘li diyonatsiz ayol takabbur bo‘ladi. Diyonatli ayol go‘zal, badavlat, obro‘li bo‘lsayam, kamtar, xushxulq bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Ayolni to‘rt narsa – mol-mulki, nasl-nasabi, go‘zalligi, din-diyonati uchun nikohlab oladilar. Sen diyonatlisini tanla, baraka topkur!” deganlar.
Shunga ko‘ra, ulamolar uylanish borasida yetti o‘lchab bir kesishni, bo‘lajak kelinni adolatli, insof-tavfiqli qo‘ni-qo‘shnilardan so‘rab-surishtirishni maslahat berishgan.
Mazkur sifatlar erkaklarga ham xos. Zero, qiz ham yigitning kelishganligi, boyligi, obro‘si, nasabiga aldanib qolmay, diyonatli yigitni tanlashi kerak. Diyonatli, solih yigit juft bo‘lish uchun eng muhim sifatlarga ega sanaladi. Qolgan sifatlar diyonatdan keyingi o‘rinda turadi.
Diyonatli yigit xotinini har tomonlama himoya qiladi, u bilan totuv yashaydi, uncha-muncha injiqliklarini ko‘taradi. Eng muhimi, uni yaxshi ko‘rsa, e’zozlaydi. Bordi-yu yomon ko‘rsa, zulm qilmaydi. Agar ayol birga yashashni istamasa, uni qiynab ushlab turmaydi, yo‘lini ochib qo‘yadi.
Hozirda ko‘p odamlar kuyov tanlashda oxiratni o‘ylamay ish qilishmoqda. Ular kuyovning imon-e’tiqodi, odob-axloqidan ko‘ra otasining mansabiga, boyligiga uchib qizlari baxtiga zomin bo‘lishmoqda. Sir emas, axloqsiz, ishratparast, nashavand, piyonista, buzuq yigitlarning ko‘pi harom daromad hisobiga boy bo‘lgan oilalar farzandidir.
Oilaviy hayot qiyinchilik, mas’uliyatlarga to‘la bo‘ladi. U – holatlar o‘zgarishining ulkan maydoni. Oila boylik asosiga qurilgan bo‘lsa, mol-dunyo ketgach, nima bo‘ladi? Chiroyga, obro‘ga asoslangan oilalarda bu holatlar o‘zgarsa-chi? Shubhasiz, oilada “inqilob” yuz beradi, kelishmovchilik bosh ko‘taradi. Zero, oila mustahkam asosga emas, beqaror narsaga, shaxsiy istaklarga asoslangan edi.
Ammo diyonatga e’tibor berib oila qurilsa-chi? Din-diyonat musulmon qalbidagi mustahkam aqidadir. Musulmonning so‘ziyu ishi imonga asoslanadi. Shundan kelib chiqib boshqalar bilan muomala qiladi.
Diyonatli er yoki ayol kenglikda Alloh taologa shukrli, qiyinchilikda sabrli bo‘ladi, voqelikka imon bilan yondoshadi, jufti haloliga vafo qiladi. Baxtning asosi din-diyonatda, odob-axloqda. Er-xotinning bir-biriga mehr-muhabbati, hurmati ham ularning naqadar diyonatli ekanlariga bog‘liq.
Kuyov tanlash borasida qizning otasiga, amakisi yoki tog‘alariga katta mas’uliyat yuklanadi. Iloji bo‘lsa, bo‘lg‘usi kuyov haqida yaxshilab so‘rab-surishtirilsa, turli usullar orqali sinab ko‘rilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi .

✍️ Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tafakkur

Shayx Sa’diy aytadilar:

— Men kechalari doim zikrda, ibodatda bo‘lar edim. Ko‘p Qur’onga mashg‘ul edim. Kechalari ibodat qilmay uxlab yotgan odamlarni ko‘rib, otamga: "Ey otajon, bular uxlab yotavermay ibodatga mashg‘ul bo‘lsalar yaxshi bo‘lar edi", dedim.

Shunda otam: "Ey "otasining joni" bolam sen ham bularni g‘iybat qilganingdan ko‘ra uxlaganing yaxshi edi”, dedilar.

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Dam olish onlari ham aqlni charxlash, ham hordiq olish uchun munosib taklif:

🎬 Cho‘qintirgan ota (1-2-3)
🎬 Muhabbat oyatlari (1-2)
🎬 "Uyda yolg‘iz" (1-2-3-4-5-6)
🎬 "Garri Potter" (1-2-3-4-5-6-7-8)
🎬 Hayot mamot
🎬 "Qashqirlar makoni: Gladio"
🎬 Virus
🎬 Uoll Strit Bo‘risi
🎬 Samo farzandlari
🎬 Quyosh bolalari (2020)
🎬 "Garovdagi qiz"
🎬 Xo‘p janob
🎬 Xatiko: Eng sodiq do‘st
🎬 "Risolat"
🎬 "Titanik"
🎬 "Kichkina tabib"
🎬 "Samarqandu Buxoroning qonli kechmishi"
🎬 "Joker"
🎬 "Shamolni jilovlagan bola"
🎬 "Murtadlar"
🎬 "Muhammad Allohning elchisi"
🎬 "Yangi Dunyo"
🎬 "Romeo va Julietta"
🎬 "Yangi politsiyachilar tarixi"
🎬 "Ertadan keyin"
🎬 "1917"
🎬 "Ford Ferrariga qarshi"
🎬 "Kitob o‘g‘risi"
🎬 "O‘nta negr bolasi"
🎬 "Dunyo bo‘ylab 80 kun"
🎬 "Minari"
🎬 "Stiv Jobs"
🎬 "Javohir politsiyachi"
🎬 "Olimpning qulashi"
🎬 "Kakku Uyasi Uzra Parvoz"
🎬 "Uvays al Qaroniy hazratlari"
🎬 "Kichkintoy sayrga chiqdi"
🎬 "Platforma"
🎬 "Twilight | Сумерки" (1—5)
🎬 "Sen bilan uchrashguncha"
🎬 "Buyuk Getsbi"
🎬 "Interstellar"
🎬 "Umar Muxtor" (Sahro Arsloni)
🎬 "Vijdon amri"
🎬 "Otamdan qolgan dalalar"
🎬 "Gladiator"
🎬 "Wednesday" (serial)
🎬 "Dunyoning tugashi"
🎬 "Mo‘jiza" (1-2)
🎬 "Bishriy Hofiy"
🎬 "Logan"
🎬 "Oddiy askar Rayanning qaytishi"
🎬 "G‘urur va andisha"
🎬 "Hasan Basriy"
🎬 "Qochish rejasi"
🎬 "Sherlok" (serial)
🎬 "Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza"
🎬 "Robiya"
🎬 "Eltuvchi" (1-4)
🎬 "Pahlavonlarni bo‘ysundirgan Jek"
🎬 "Yashil kitob"
🎬 "Daniyalik kelin"
🎬 "Indiana Jons" (1-4)
🎬 "Sen mening uyimsan"
🎬 "Avatar"
🎬 "Dastlabki kod"
🎬 "Podolsk kursantlari"
🎬 "Shindler ro‘yxati"
🎬 "Yaxshi, Yomon va yovuz"
🎬 "Ayla: Urush qizi"
🎬 Ilohiy ishq
🎬 "Qo'lingdan kelsa tutib ol"
🎬 "Qochqin"
🎬 "Niqob"
🎬 "Chernobil" (serial)
🎬 "Shamollarda qolgan hislarim"
🎬 "Otam va o‘g‘lim"
🎬 "Farengeyt bo'yicha 451"
🎬 "Maymunlar sayyorasi" (1-3)
🎬 "Botmagan quyosh"
🎬 "Qirol nutqi"
🎬 "Qora quti"
🎬 "Mavritaniyalik"
🎬 "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy"
🎬 "Zakovatli Uill Xanting"
🎬 "Bir paytlar Gollivudda"
🎬 "Katta askar"
🎬 "Sevastopol mudofaasi"
🎬 "Aviator"
🎬 "Jek va loviya poyasi"
🎬 "Imom Al-Buxoriy"
🎬 "Karta, Pul va ikki miltiq"
🎬 "So'nggi legion"
🎬 "Novda"
🎬 "La'natlanganlar oroli"
🎬 "Muxojir"
🎬 "Aloqa"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Zanjir" (serial)
🎬 "Maxsus topshiriq"
🎬 "Kutubxonachi" (1-2)
🎬 "Zamin Farzandi"
🎬 "Marslik"
🎬 "Hasad"
🎬 "Baxt ortidan quvib"
🎬 "Forrest Gamp"
🎬 "Karib dengizi qaroqchilari" (1-5)
🎬 "12 yil qullikda"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Baxt kimyogari"
🎬 "Kar va ko‘r"
🎬 "Hayot go‘zal"
🎬 "Hidoyat yo‘li"
🎬 "Osmondagi bolalar" (1-3)
🎬 "Muqaddima"
🎬 "Shoushenkdan qochish"
🎬 "Jangchilar klubi"
🎬 "Taqdir o‘yini" (serial)
🎬 "Eng yaxshi taklif"
🎬 "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
🎬 "Ko‘rinmas mehmon"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tafakkur

"Ochiq-sochiq go‘zallik qaroqchilarni shaydo qilsa, yashirin go‘zallik orifu zohidlarning xayolini o‘g‘irlaydi".

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/02 22:53:36
Back to Top
HTML Embed Code: