Telegram Web
Kogon tuman hokimligi |Rasmiy kanal
Photo
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI KOGON TUMANIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORMOQDA

Respublika ishchi guruhi vakillar boshchiligidagi mas'ullar qish mavsumini betalofat oʻtkazishni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tumanda joylashgan bir qator ijtimoiy soha obyektlarining tayyorgarlik holatlari koʻzdan kechirildi. Jumladan asosan o'rganishlar davomida joriy qishgi mavsumda ta'lim maskanlarining issiqlik tizimi, ta'lim-tarbiya jarayonlari, tibbiyot tizimi faoliyati, bemorlarga ko'rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko'lami, qozonxonalar ishchi holati, energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatish boʻyicha olib borilgan ishlar birma-bir muhokama qilindi.

Shuningdek o'rganishlar davomida taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonlari bilan ham tanishildi. Oʻquvchilar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlari, bitiruvchilarning tanlagan yo'nalishlari to'g'risida suhbatlar olib borildi. Maktablar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, buni tuman boʻyicha kompleks yondashuv asosida tashkil etish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Shu bilan birga ishchi guruh tomonidan Niyoz-hoji mahallasi hududida qayta rekonstruksiya qilinayotgan, 450 o'ringa mo'ljallangan "Madaniyat saroyi" qurilish-montaj ishlari bilan ham yaqindan tanishildi.

|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali

Telegram | facebook | Youtube
Kogon tuman hokimligi |Rasmiy kanal
Photo
⚡️NAVBATDAGI O'RGANISH ISHLARI SUXOR HAMDA NIYOZ-HOJI MAHALLALARIDA BO'LIB O'TDI

Xabaringiz bor, tuman hokimi Otabek Qazoqov boshchiligidagi ishchi guruh tuman mahallalarida bo'lib, unda aholi murojaatlari bilan ishlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga biznes loyihalarni tayyorlashda konsultativ ko‘mak berish, aholi bandligini ta’minlash, mahallaning “o‘sish nuqta”larini aniqlash va xonadonma-xonadon yurish va odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali mahallani iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‘rish, oilalarning daromad manbalari, daromadli mehnat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqish yo‘nalishlarini xonadonbay o‘rganish, jinoyatchilikni oldini olish, hududlar obodligini ta'minlash kabi dolzarb masalalar mahalla faollari hamda mutasaddilar ishtirokida tahlil qilinmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bugun, 11-fevral kuni tumanning Suxor hamda Niyoz-hoji mahalla fuqarolar yig'ini faollari bilan tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimi  Otabek Qazoqov boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari, "mahalla yettiligi" hamda faollar ishtirok etdi. Dastlab ishchi guruh tomonidan  olib borilgan o'rganishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Tuman hokimi tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan "mahalla yettiligi" bilan belgilangan vazifalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek mahalla nuroniylari hamda faollari bilan birma-bir muloqot qilinib, taklif va mulohazalar tinglandi.

Muhokama so'ngida tuman hokimi mas'ullarga hamda mahalla yettiligiga mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaat va takliflarini o'z vaqtida hal etish bo'yicha topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali

Telegram | facebook | Youtube
2025/02/11 16:44:47
Back to Top
HTML Embed Code: