Telegram Web
Koson tumani Vatanparvar tashkiloti barcha sharoitlarga ega bo‘ldi

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Koson tumani o‘quv sport texnika klubi qaytadan ta'mirlanib, zamonaviy avtodromga va zamonaviy xonalar, yangi jihozlarga ega bo‘ldi.

Endilikda tashkilot yangi litsenziya asosida faoliyatini yo‘lga qo‘yib, barcha toifada haydovchilik guvohnomasini olish istagidagi bo‘lganlar uchun o‘quv kurslariga qabul boshladi.

Bu yerdagi avtomaktabda o‘qish istagida bo‘lganlar ushbu aloqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:
Tel:+998996643645
+998906713535

👉 @Kosontumani_uz
Косон тумани ҳокими фермерлар ва қишлоқ хўжалиги ходимлари билан учрашув ўтказди

Бугун ҳам Косон тумани ҳокими Асрол Бойкараев ҳудудларга бориб, “Қишлоқ хўжалиги майдонларидаги қўшимча имкониятлардан фойдаланган ҳолда маҳсулот етиштиришни кўпайтиришга доир чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарорининг мазмун-моҳияти юзасидан йиғилиш ўтказди.

Тумандаги "Қўнғиртоқ", "Улуғбек", "Зафаробод", "А. Навоий", "Шарқ юлдузи", "Темирхўжа", "Гулистон", "Ўзбекистон"," "Қорабайир", "Гувалак" ва "Пистали" фермерлар ҳудудларида ўтказилган йиғилишларда 2024-йилдаги натижалар ҳам сарҳисоб қилинди.

Шунингдек, қарорда белгиланганидек, ҳар йили 1 апрелга қадар дала четига экин экмаганлар учун ер солиғи 3 карра ҳисобланиши, кредит бериш тўхтатилиши, ижарачиларга жарима қўлланиши эслатиб ўтилди.

👉 @Kosontumani_uz
PROFILAKTIKA-XAVFSIZLIK GAROVI: Fuqarolar hayoti va sog‘ligini, ularning mol-mulklarini asrash yo‘lida...

⚡️Bugun, 7-yanvar kuni Koson tumanida o’tgan 2024-yil davomida sodir bo'lgan favqulodda vaziyat va yong'inlar soni bo'yicha qizil hududga kiritilgan “Yangiobod” mahallasida mutasaddi tashkilotlar jalb etilgan holda keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir avvalida, boshqarma boshlig'ining profilaktika bo'yicha o'rinbosari mayor H.Qosimxo'jayev tomonidan mahalla va mutasaddi idora vakillariga “Xonadonbay” tamoyili asosida amaliy ishlarni tashkillashtirish lozimligi tushuntirildi.
❗️Jarayonda, xonadonlarda aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo'yicha joyida bartaraf etilib, fuqarolarga yong’in va is gazidan zaharlanish kabi noxushliklarni oldini olishga oid muhim tavsiyalar berildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
2025/01/08 03:15:46
Back to Top
HTML Embed Code: