Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
916 - Telegram Web
Telegram Web
Kuzatishga arziydigan kanal. Tavsiya etaman. Shohsanamning she'rlari o‘zi kabi sof va rost!
Shohsanam e'tirof etgan turkumni ham ulashib qo‘yyapman))
Bugun katta shoir tug‘ilgan kun!

BUYUK KO‘CHISHLAR

Hali al-Misoq ham kelmasdan burun,
Qirq yillik yomg‘irlar yog‘masdan qadiym,
Hali Arsh toqida topmasdan o‘rin,
Loyimga ko‘chirdi ruhimni Rahiym.

So‘ng ma'lum: buzildi muqaddas taqiq,
Bo‘g‘zimdan gunohni tupurdim o‘qchib.
Sendan, ey, xayollar ichra eng aqiq,
Eng oliy hukmga bo‘ysunib ko‘chdim.

Va shundan boshlandi bu eski safar,
Goh otda, gohida piyoda ko‘chdim.
Qadardan qadarga, to qadar qadar
Haddan ortiq ko‘chdim, ziyoda ko‘chdim.

Qazoda bo‘g‘izdan ko‘chgan unman men,
Rahmdan uzilgan chinqiroq sasman.
To‘fonda kemaga ko‘chgan Nuhman men,
Kemadan zaminga ko‘chgan Yofasman.

Men o‘sha Musoning ko‘chmanchi xalqi,
Mal'unlar fitnasi qadar qadimman.
Men o‘sha nabiysin chormixga tang‘ib,
Haqdan botil sari ko‘chgan qavmman.

Butlardan butlarga ko‘chdim "xudo" deb,
Poklandim pok zotning fitratlaridan.
Buroqda ko‘chdim goh Haq sari "Yo..." deb,
Madinaga ko‘chdim hijratlarida.

Bir bo‘lib,
yuz bo‘lib,
ming bo‘lib ko‘chdim,
Hindu bo‘lib ko‘chdim,
Xun bo‘lib ko‘chdim.
Ko‘chmanchi qonimga bo‘yab tuproqni
Tong bo‘lib, kun bo‘lib, tun bo‘lib ko‘chdim.

Tug‘lar-u yalovlar tutdi ko‘chkilar,
Qancha nasllarni yutdi ko‘chkilar.
Ko‘chkilar ko‘chkilar bilan birlashib,
Qonlardan qonlarga o‘tdi ko‘chkilar...

...Ko‘chgulik holim ham qolmadi qolmadi oxir.
Bu daydi ruhimdan tonarman dog‘i.
Imillar, tobora qadami og‘ir
Buyuk sarsonlikning mayda urvog‘i.

Va hanuz yelkamda chorig‘i azal.
Eski ko‘chkilarga g‘arib taqlidan
Mamlakatlar bo‘ylab ko‘charman bu gal
Muhojir shaklida, sayyoh shaklida.

Qishloqdan shaharga ko‘charman to‘p-to‘p,
Tiriklik ko‘chirar har kun ming ko‘yga.
Ishdan ishga ko‘chdim,
yana ko‘chdim ko‘p
Ijara uylardan ijara uyga.

Sovigan qahvoday kunlar farahsiz,
Ularni erinib ho‘plarman man-o.
G‘aflatga ko‘chdim men – nursiz, sharafsiz...
Gunohdan gunohga ko‘chdim, Rabbano!

Dildan dilga ko‘chgan qadr, xayr-xo‘sh,
She'rdan she'rga ko‘chgan hislar, alvido.
Muqim qoladigan nimang bordir, xo‘sh,
Ey, mening ko‘zimdan ko‘chkinchi dunyo?!

Bu mayda safarlar qachon qariydi?
Hech biri arzimas yonib-o‘chishga.
Ruhim, armonlaring u kun ariydi,
Ruhim, tayyormisan Buyuk ko‘chishga?!

S.Z.

2024. Sentyabr.

@suhrob_ziyo1
#yangi

Shaxsiy xona

S....ga

Nihoyat tugatdim “Shaxsiy xona”*ni.
Men topib bahona, so‘radim, kechir.
Biz bitta odamga aylanmadikmi?!
Sendan shaxsiy xona so‘radim, kechir.

Yozishni istagan yolg‘iz men emas.
Xudo so‘z beradi so‘raganlarga.
Tushun, shaxsiy xona juda ham zarur.
Isyonni qog‘ozga o‘raganlarga.

Momolar bag‘riqon qizlarni she’rda
Anor donasiga aylantirganlar.
O‘v, nechasi kelib qadim bu yurtni
Shaxsiy xonasiga aylantirganlar.

Men yozaveraman ortga chekinmay.
O‘zimga qo‘yaman faqat bir shartni.
Shaxsiy xonalarda anglashguncha to
Umumfojiani, umumiy dardni.


*Virjiniya Vulfning shu nomdagi asari

Kumush Abdusalomova

@kumush_abdusalomova
Forwarded from Javlon Jovliyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shoira Kumush Abdusalomovadan qiziga, umuman bolalarga atalgan otashin she’r!

Mutolada she’riyat” spektaklidan

@javlonjovliyev
Atrof

Ayol ketar ekan yo‘lda qiziga
“Haqiqatdan qayga qochamiz?” deydi.
“Hozir bizlar bilan ko‘rishgan kishi
Bizning bo‘lmay qolgan pochchamiz” deydi.

“Yonimizdan ma’yus o‘tgan bu odam.
Bir vaqtlar opamning oshig‘i edi…”
Titkilash shart emas eski daftarni.
Bu gaplardan naf yo‘q, ochig‘i, endi.

Erkak o‘tar ekan tanish ko‘chadan
“Yoshlikdagi sevgi alammi?” deydi.
Kimnidir eslatgan mitti bolani
“Mening bo‘lmay qolgan bolam bu!” deydi.

Mana bu – kapalak bo‘lolmagan qurt.
Atrof to‘la bo‘lgan, bo‘lmaganlarga.
Yerosti to‘ladir o‘lganlar bilan.
Yerusti hozircha o‘lmaganlarga.

Qanisiz? Qayerda? Erk oshiqlari!
Mag‘rur boshingizni qullik yemasin.
Kun kelib, bu millat erkni ko‘rganda
Mening bo‘lmay qolgan erkim, demasin.

Kumush Abdusalomova

@kumush_abdusalomova
Kumush Abdusalomova
https://youtu.be/p5mJQKySWLU?si=PFaVBh1ybCzJfduS
Kechaga kelolmaganlar uchun maxsus))
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#litsey_daftaridan

Tashqarida

Suvlar oqdi. Oy botdi.
Tashqarida tong otdi.
Ko‘k yorishay deganda
Yuragimga g‘am botdi.
Yuragimga g‘am botdi.

Nag‘malardan to‘yganman.
"Tog‘man"lardan to‘yganman.
So‘zga ko‘z tegmasin deb,
She’r o‘qimay qo‘yganman.
She’r o‘qimay qo‘yganman.

Uzum qo‘riyman: Kisht-kisht.
Onamning yuzi sarg‘ish.
Uni sevgan yigitlar
Endi xom tuproqmas, g‘isht.
Endi xom tuproqmas, g‘isht.

Umr - jarning bo‘ylari.
Majnuntolning o‘ylari.
Bir kun o‘ldirsa kerak
Bevafoning ko‘ylari.
Erta-indin to‘ylari.

Termulma, u yotmasmi?
Ko‘rganga uyatmasmi?
Onam der, unut, otang
Seniyam uzatmasmi?
Seniyam uzatmasmi?

Shaklsizlik shaklimdir.
Barini kechir, ona.
Mening yoziqlarim shu.
Istasang, o‘chir, ona.
Istasang, o‘chir, ona.

Meni xushlamaganni
Xush ko‘rishdan qo‘rqaman.
Xatto uxlamay qo‘ydim.
Tush ko‘rishdan qo‘rqaman.
Tush ko‘rishdan qo‘rqaman.

Ko‘zlarimning qorasi
Tunga o‘xshar, onajon.
Kun bilan tun orasi
Unga o‘xshar, onajon.
Unga o‘xshar, onajon.

Sen-chi, yoshingni qo‘shib
Xamir qorasan, ona.
Hajga, Xudo uyiga
Qachon borasan, ona?
Qachon borasan, ona?
O‘zingning yuragingga?

Suvlar oqdi. Oy botdi.
Tashqarida tong otdi.
Ko‘k yorishay deganda
Yuragimga g‘am botdi.
Yuragimga g‘am botdi.

©Kumush Abdusalomova

@kumush_abdusalomova
Bu yerlar

Bu yerlar kolxozniki bo‘lganda ham
Momom uni jondan sevgan.
Bu yerlar fermerlarga bo‘lib berilganda ham
Onam uni yaxshi ko‘ravergan.
Hozir bu yerlar agrofirmalarga, klasterlarga qarashli.
Ammo men uni momom sevganday sevaman.
Onam yaxshi ko‘rganday yaxshi ko‘raman.

K. A.

@kumush_abdusalomova
Nozirim

Kapitan S. Mahmudovga

O‘tmishim,
Ertam-u
Hozirim,
Boshimda hozir-u nozirim.
Yuragim - eng go‘zal mamlakat.
Nazorat aylagin, Nozirim!

Yelkangga tushganda quvonchdan
Jaranglab ketgandek kokilim.
Ohanglar yurtidan sandiqda
Oqib kelgan eding, Tohirim!

O‘ng qo‘rir, so‘l qo‘rir, yo‘l qo‘rir,
Yelkangda vazifang - yovqo‘rir.
Xudodan sen kabi yo‘ldoshni
Yolvorib so‘rgandim, Yovqurim!

Ismingni aytganda yashnadim.
Aytmadim. Lablarim quruqshadi.
Qo‘lingga
Ixtiyorimni,
Iqtidorimni,
Borimni,
Kishansiz topshirdim, mirshabim.

Netayki, tushamiz osmondan.
Shudgorda quyruqlar berilar.
Vajdondan vijdonga xilof va
Nomaqbul buyruqlar berilar.

Haqiqat istaysan, nozirim,
Darg‘azab bo‘lasan, darg‘azab.
Haqsizlik oldida nozirmas,
Mirg‘azab bo‘lasan, mirg‘azab.

Yuragim kuylasa, kuylasin
Xuddi sen hayqirgan dovushda.
Nozirim, tomog‘ing kuymasin,
Senga suv keltirdim hovuchda.
Ovunch-da!

Barini anglaysan ko‘zimdan,
So‘zga so‘z bermaysan, oqilim.
Bu chirkin dunyoda birgina,
Eng toza tuyg‘umga doxilim.

O‘tmishim,
Ertam-u
Hozirim,
Boshimda hozir-u nozirim.
To‘polon boshladi yurak yurt.
Nazorat aylagin, Nozirim!

Kumush Abdusalomova

@kumush_abdusalomova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shoira Kumush Abdusalomovadan qiziga, umuman bolalarga atalgan otashin she’r!

Mutolada she’riyat” spektaklidan

@kumush_abdusalomova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
El qatori

Eldan o‘zdi.
Unga ko‘z tegdi.
Eldan to‘zdi.
Unga so‘z tegdi.
Keyin nima qilaring bilmay
El qatori odam o‘stirding.

El qatori
Bo‘lsin deb bolam
Oliygohga yo‘llading uni.
El qatori,
Eldan qolmay, deb
Har qadamda qo‘llading uni.

Avto olding.
Tomlar solding sen.
El qatori
sen ham chiranding.
El qatori yashamoqlikni
Bolalaring
Sendan o‘rgandi.

Payqadingmi?
Elim deganlar,
Elparvarlar siyrakligini.
Qator-qator turgan elingga
Elboshilar kerakligini?!

Kumush Abdusalomova

@kumush_abdusalomova
O‘rtacha (istehzoli) she'r
(Bir amaldorning degani)

Kerak emas qalampir. Achchiq!
Biron meva... balki po‘rtaxol.
Bizga oltin o‘rtalik kerak.
Bo‘laversin barcha o‘rtahol.
O‘rtahollar kerak!

Umrning ham o‘rtasi yaxshi.
Chorasizlik o‘rtasa, yaxshi!
O‘rtahollar faqat ishlaydi.
Yozda yonib, qishda qishlaydi.
O‘rtaholning balki... baxti yo‘q.
Ortiqcha savolga vaqti yo‘q.

Hotirjam bo‘laylik.
Boy bermaylik sir.
Yo‘qsa, birontasi ho‘ngrab qo‘yadi.
Biz olgan qarzlarni
o‘rtahollarning
avlodlari to‘lab qo‘yadi.

Garchi yurtga
Turfa hol odamlar kerak.
Ammo bizga
O‘rtahol odamlar kerak.

Toki
Kambag‘allarning
dodidan
havoga o‘rlayotgan dud
burnimizga kirib,
achishtirmasin.

Ularni bizlardan
Ajratib turishga
O‘rtahollar kerak!

Kumush Abdusalomova

@kumush_abdusalomova
Pir, ko‘r va g‘ayir to‘g‘risida to‘qilgan ertak

Ibodat ichida, nurda yashardi.
Pir olis tog‘larda, g‘orda yashardi.

Bir kun yo‘qlab keldi uni ko‘r kishi.
Ko‘rmaydi! Shart emas axir qo‘rqishi.

Ko‘r qirq kun chillada, g‘orda o‘tirdi.
Pir ham oyatlarni tinmay o‘qirdi.

Ko‘r uzoq duolar qildi, jo‘nadi.
Pirning yolg‘izligi yana o‘rnadi.

Ko‘pga cho‘zilmadi ammo bu holat.
Yana bir kas keldi qilgani toat.

Qirq kun chilla saqlab o‘tirdi u ham.
Pirga muddaosin bildirdi u ham:

“Sizga mendan oldin yo‘liqqan ko‘rga
(G‘ayirligim bor).
Uni ko‘rolmayman...ko‘raman zo‘rg‘a.

Xullas, u ko‘rmoqqa qodir bo‘lmasin.
O‘zi uchun nima so‘ragan bo‘lsa, sodir bo‘lmasin!”

Pir hayrat ichida ayladi bayon:
“Tajang fe’ling bilan borasan qayon?

Ko‘r odam eliga iymon so‘radi. 
Yurtiga sharaf va shon so‘radi.

Muddaong – nishonga tegmaydigan o‘q.
O‘ziga hech narsa so‘ragani yo‘q”.

Qissadan hissa shu:
Qo‘lingni ochib
Osmonga olovday o‘rlaganingda
Iltimos, so‘rab qo‘y
Yurting uchun ham
O‘zingga nimadir so‘raganingda.

Kumush Abdusalomova

@kumush_abdusalomova
2024/11/14 07:56:35
Back to Top
HTML Embed Code: