Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kaliforniyadagi yong‘in Hollivud tepaligiga yetib keldi

👉 @kunonline
Kaliforniya shtati janubi-g‘arbida bir necha kun oldin boshlangan yong‘inlar natijasida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Kamida beshta yong‘in o‘chog‘i aniqlangan, 2 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan. Ular orasida Peris Hilton, Entoni Hopkins, Tom Henks, Jon Gudmen, Bill Kristal, Mayls Teller, Mendi Mur, Adam Brodi va Spenser Bratt kabi taniqli aktyorlarning uylari ham bor.

👉 @kunonline
Kun fotosi: Kaliforniyaning Pasifik-Paliseyds shahri hududida yashovchi Ben Afflek yong‘inga qarab turibdi

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Tramp Meksika qo‘ltig‘ini Amerika qo‘ltig‘i deb qayta nomlash rejasini ma’lum qildi «Qanday ajoyib nom! Va bu nom mos keladi», — dedi AQShning saylangan prezidenti o‘zining Mar-o-Lago qarorgohida chiqish qilarkan. 👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keling, Amerikani yana Meksikaga aylantiraylik - Meksika prezidenti

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Donald Trampning Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfazi qilib o‘zgartirish niyati haqidagi bayonotiga javob qaytardi.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Kaliforniyadagi yong‘in Hollivud tepaligiga yetib keldi 👉 @kunonline
Maxar Technologies Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari qamrab olgan hududlarning sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini e’lon qildi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Tezkor tadbirda Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimi qoʻlga olindi. U tergov ish yurituvida boʼlgan jinoyat ishini 30 yoshli ayblanuvchiga tegishli qismini JPKning 83-moddasiga asosan tugatish hamda 21 yoshli fuqaroga nisbatan esa “uy qamogʻi”ni qoʻllab, uni ozodlikda qoldirish evaziga 10 ming dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘zining 5 nafar oila-a’zolariga mazkur tuman hokimining 2021-yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

👉 @kunonline
Agar Tramp Kanadani AQSHga qo‘shib olsa, bu respublikachilardan ko‘ra demokratlarga ko‘proq ovoz olib keladi — Politico.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp hozirda Putin bilan uchrashuvi tayyorlanayotganini aytdi

«U uchrashishni istamoqda. Va biz tayyorlanyapmiz. Biz bu urushni yakunlashimiz kerak. Bu qonli bo‘tqa», degan u.

👉 @kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi ko‘tarildi

Markaziy bank 13-yanvardan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 957,00 soʻm (+16,56)
🇷🇺 RUB 127,77 soʻm (+0,92)
🇪🇺 EUR 13 345,71 soʻm (+9,29)

👉 @kunonline
Olmazorda prokuratura tergovchisi 20 ming dollar, Chortoqda prokuror katta yordamchisi 2400 dollar pora bilan ushlandi

👉 @kunonline
Pokiston bosh vaziri Oʻzbekistonga keladi

Joriy yil fevral oyining uchinchi haftasida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Ozarbayjon va Oʻzbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Mahalliy nashrlarga koʻra, Shahboz Sharif ikki kunlik tashrifi davomida Oʻzbekistonga tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qiladi, shuningdek, muhim savdo shartnomalarini imzolaydi.

👉 @kunonline
Samarqandda oltin kovlashga chiqqan 2 fuqaro vafot etdi

9-yanvar kuni Paxtachi tumanidagi “Qoraqoʻton” togʻ konidagi shaxtadan toshlarni kovlab olayotgan 5 kishi generatordan chiqqan gazdan zaharlangan. Ularning 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 kishi tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uzʼga maʼlum qilishicha, marhumlarning oʻlimi yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan, tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

👉 @kunonline
2025/01/12 03:18:44
Back to Top
HTML Embed Code: