Telegram Web
Kun.uz | Rasmiy kanal
Tramp urush boshlanishida Zelenskiyni aybladi Tramp AQSH va RF delegatsiyalari uchrashuvidan keyin jurnalistlarning savollariga javob qaytarib, qator shov-shuvli bayonotlar berdi: — Ukraina urush boshlamasligi, balki darhol Rossiya Federatsiyasi bilan shartnoma…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zelenskiy Trampga javob qaytardi: «Agar kimdir meni hoziroq almashtirmoqchi bo‘lsa, buning iloji yo‘q»

Ukraina prezidenti bu so‘zlari bilan Trampning Zelenskiyga ishonch reytingi 4 foiz darajasida ekani haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi. Ukraina rahbarining aytishicha, 4 foiz degan raqam Rossiyadan olingan ma’lumotlarga asoslangan. «Biz buni tushunamiz, bu raqamlar Amerika va Rossiya o‘rtasida muhokama qilinayotgani haqida dalillarimiz bor», degan u.

Shuningdek, u Tramp ma’muriyatini urushni «hududiy yaxlitlikning buzilishi» va «mojaro» deb atab, Rossiyaga nisbatan «siyosatni yumshatish»da aybladi.

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar

1 martdan boshlab, O‘zbekistonda yoshga doir pensiyani fuqaroning murojaatisiz, avtomatik ravishda tayinlashga o‘tiladi. Pensiya jamg‘armasi mas’uli Mansur Qo‘chqorov Kun.uz bilan suhbatda bu yangilik bilan nima o‘zgarishi, pensiya miqdoridan norozi bo‘lganlar qanday yo‘l tutishi va avtomatik tayinlov yana qaysi pensiyalarga nisbatan tatbiq etilishi haqida ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/32271347

Kun.uz rasmiy kanali
«Qotil asteroid»ning Yer bilan to‘qnashish xavfi ortgani ma’lum qilindi

Biroq mutaxassislar odamlarni xotirjamlikka chaqirmoqda.

👉 https://kun.uz/37343637

Kun.uz rasmiy kanali
«Trest-12»dagi davlat ulushini Doniyor Komilovga tegishli kompaniya sotib oldi

«Trest-12» AJ ustav kapitalidagi 51,1 foiz davlat ulushi xususiylashtirildi. Bitim qiymati – 111 mlrd so‘m. Xaridor – Delta Global Dynamics MChJning 100 foiz ulushi sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Doniyor Komilovga tegishli. Unga qarashli kompaniyalar avvalroq MXXning Toshkent markazidagi sobiq binosi, O‘zbekistondagi eng yirik spirt zavodi, «UNG Petro» zapravkalar tarmog‘i hamda «Chinoz neftni qayta ishlash zavodi»ni sotib olgani bilan jamoatchilik e’tiboriga tushgandi.

👉 https://kun.uz/38240816

Kun.uz rasmiy kanali
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

Ta’lim muassasasida Milliy gvardiya va inspektorlar tomonidan nazorat kuchaytirilgan. Tarmoqlarda tarqalgan anonim xabar o‘z isbotini topmagan.

👉 https://kun.uz/15336980

Kun.uz rasmiy kanali
Saudiya Arabistoni vaziri Shavkat Mirziyoyevga muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirdi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra ishlari vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Vazir Tavfiq bin Favzon ar-Rabia O‘zbekiston prezidentiga Saudiya Arabistoni podshohining hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirdi.

👉 https://kun.uz/03674137

Kun.uz rasmiy kanali
«Siz kelishuv tuzishingiz mumkin edi»: Tramp Rossiya bilan muzokaralardan keyin Ukrainani aybladi

U Zelenskiyning reytingi atigi 4 foiz ekanini va Ukrainada saylovlar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/26613864

Kun.uz rasmiy kanali
2028 yilga borib Markaziy Osiyo suv tanqisligining surunkali bosqichiga o‘tadi

Uzoq muddatda muzliklar hajmining qisqarishi, shuningdek, aholi sonining oshishi vaziyatga ta’sir qiladi.

👉 https://kun.uz/42185712

Kun.uz rasmiy kanali
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan mukofot puli beriladi

Prezident Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, urush qatnashchilariga 10 ming dollardan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 mln so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi.

👉 https://kun.uz/30490665

Kun.uz rasmiy kanali
«Davlatni sotolmayman» - Zelenskiy katta matbuot anjumani o‘tkazdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 19 fevral kungi brifingda, AQSh va Rossiya vakillarining Saudiya Arabistonidagi muzokaralariga munosabat bildirdi, nima uchun AQShning foydali qazilmalar bo‘yicha taklifini rad etganini aytdi. Shuningdek, Ukrainada saylov o‘tkazishga chaqirgan Trampga javob qaytardi.

👉 https://kun.uz/94749351

Kun.uz rasmiy kanali
Ilon Mask: “Baxtlilar sirli yashaydi”

Ijtimoiy tarmoqlarda eng baxtli ko‘rinadigan insonlar, aslida eng baxtsiz odamlardir. Ilon Mask va Jo Roganning dunyoga mashhur podkastini endi o‘zbek tilida ko‘rishingiz mumkin.

📹👉VIDЕONI KO‘RISH
«Xuddi paraddagidek borishgan». Kursk oblastida Rossiya tank kolonnasi yakson etilishi z-blogerlarni g‘azablantirmoqda

Rossiyaning qizil bayroqlar ostidagi tanklarining Kursk oblastidagi muvaffaqiyatsiz hujumi harbiy sohaga ixtisoslashgan pabliklarda keskin norozilik uyg‘otdi.

👉 https://kun.uz/61258623

Kun.uz rasmiy kanali
Tomorqasiga ekin ekmagan kambag‘allarga bola puli va boshqa moddiy yordamlar to‘xtatiladi

Aholini o‘z tomorqasidan foydalanishga undashning yangi choralari e’lon qilindi. Tomorqasiga ekin ekmagan fuqarolardan yer solig‘ini 3 barobar miqdorda undirish davom ettiriladi, qo‘shimcha ravishda bunday shaxslarga imtiyozli kredit berilmaydi; agar oila kambag‘allar reyestrida tursa, bola puli kabi moddiy yordamlarni to‘lash to‘xtatiladi.

👉 https://kun.uz/44804233

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
19 fevral yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

Bugungi dasturimizda MIBdan qarzdorlik uchun metan quymaslik rad etilgani, Buxoroda til biriktirgan metanchilar, mualliflik huquqini buzganlik uchun kuchaytirilgan jazo va banklardagi kafolatli omonat miqdori - o‘tgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/59509519

Kun.uz rasmiy kanali
Taniqli ulamo Mubashshir Ahmad O‘zbekistonda qidiruvga berildi

Azon TV va Azon Global axborot tahliliy portali asoschisi, taniqli diniy ulamo, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan qidiruvga berilgan. U taqiqlangan tashkilotlar tuzishda ayblanmoqda.

👉 https://kun.uz/53796114

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp Zelenskiyni «saylovsiz diktator» deb atadi

AQSh prezidenti Ukraina rahbarini keraksiz urushga tortgani, juda katta mablag‘ sarflashga ishontirganlikda aybladi. O‘zi va jamoasi Rossiya bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi. Zelenskiy Trampni «dezinformatsiya makonida» yashayapti, degan xulosaga keldi.

👉 https://kun.uz/99772272

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 2 nafar mahkum vafot etdi

14 fevral kuni Olmaliqdagi jazoni ijro etish muassasasida 21 yoshli yigit «miokard infarkti»dan vafot etgani ma’lum qilindi. Marhumning onasi va huquq faollari uning tanasida qiynoq izlari borligini aytib, rasmiy versiyaga ishonmayapti. 16 fevral kuni esa Tovoqsoydagi qamoqxonada boshqa bir mahkum devor bosib qolgani ortidan shifoxonada vafot etdi. Ombudsman va Toshkent maxsus prokuraturasi holatlarni o‘rganmoqda.

👉 https://kun.uz/21687163

Kun.uz rasmiy kanali
«Natija bor» - Putin Rossiya-AQSh muzokaralari haqida

Rossiya prezidenti Saudiya Arabistonida o‘tgan Rossiya-AQSh muzokaralarini yuqori baholashini aytdi.

👉 https://kun.uz/79630665

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Trampdan Putinga navbatdagi «sovg‘a»: AQSH prezidenti Zelenskiy saylovda yengilishiga ishora qildi

Trampning harakatlariga har xil baho berish mumkin, lekin anig‘i shuki, u ko‘z o‘ngimizda tarix yozmoqda. AQSH prezidenti borgan sari Putinga hush yoqadigan ritorikada gapirishga o‘tyapti.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
YeChL. «Real» Mbappening het-trigi evaziga «Siti»ni mag‘lub etib 1/8 finalga yo‘l oldi, «PSJ»da 7:0

Abduqodir Husanov Manchester klubi safida Chempionlar Ligasidagi ilk o‘yinini «Bernabeu»da o‘tkazdi va to‘liq harakat qildi.

👉 https://kun.uz/92661861

Kun.uz rasmiy kanali
2025/02/19 22:58:51
Back to Top
HTML Embed Code: