Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli malumot.
Video "dervish_not" instagram sahifasidan olingan

Kvazar kanaliga a'zo bo'lmaganlar uchun havola:👉https://www.tgoop.com/kvazar_quasar
Kvazar
Photo
Mirzo Bobur qurdirgan masjidlar

Taniqli tadqiqotchi olim Ketrin Esherning fikriga ko‘ra, Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistondagi qisqa muddatli hukmronligi davrida Temuriylar davri qurilish uslubini Hindiston me'morchiligiga olib kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Olim yana shunday ma'lumot beradi: «Bizning kungacha uchta masjid saqlanib qolgan. Panipatdagi «Qobuliy bog‘» va yana boshqa ikki masjid: ulardan biri Sambhalda, ikkinchisi Ayodhiyada qad ko‘targan. Ularning barpo bo‘lishida Boburning o‘zi va aqoriblari bevosita rahnamolik qilishgan».

Toshkent Arxitektura-qurilish instituti dotsenti Nafisa Gilmanova o‘z ilmiy tadqiqotlari natijasi bo‘lgan ayrim ma'lumotlarni taqdim etdi.

Uning aytishicha, Panipatdagi «Qobuliy bog‘» masjidi Hariyana shtatida joylashgan bo‘lib, ushbu masjid qurilishi 1528 yilda tugallangan. Masjidning markaziy qismida qiblaga qaratib qurilgan peshtoq qad ko‘tarib turibdi. Masjid mehrobi toshdan terilgan, inshootning qolgan devorlari g‘ishtdan tiklangan bo‘lib, sirti suvoqlangan.

Oq-qora marmarga bitilgan Qur'on oyatlari yozuvi 1527-1528 yillarga mansub. Qurilish chog‘ida hind ustalari ayrim mahalliy me'moriy uslublarni ishlatganlariga qaramay, «Qobuliy bog‘» masjidining umumiy me'morchiligi Samarqanddagi «Bibixonim» me'moriy majmuasiga yaqin.«Sambhal» masjidi esa shu nomli vohada Dehlidan 140 km uzoqliqda joylashgan. O‘sha davrga oid hind miniatyuralaridan birida Bobur ot mingan holda «Sambhal» masjidini eslatuvchi minora qarshisida tasvirlangan.Ram Nathning guvohlik berishicha, inshootdagi uch yozuvdan bittasida quyidagi jumlaga duch kelish mumkin: «Bobur farmoni bilan bu masjid qurilishi uning aqoribi Mir Hindubek tomonidan 933 (1526) yilda boshlandi».

Bizgacha saqlanib qolgan Mirzo Bobur masjidlaridan uchinchisi 1527-1529 yillarda Fayzobod nohiyasida Ayodhiya qishlog‘ida, Ghagahra daryosi sohilida Boburning a'yonlaridan biri Mir Boqiy Toshkandiy tomonidan tiklangan. Markaziy qubbadagi yozuv tarjimasiga tayangan holda (tarjimon Mavlyaviy Ashraf Husayn) Ram Nath ta'kidlaydiki, «...mamlakat hukmdori Bobur ushbu masjid tiklanishida shaxsan rahbarlik qildi».

Bugungi kunda ham faoliyat yuritayotgan ushbu masjidlar shoh va shoir bobomizdan meros noyob yodgorliklardir.

Manba kun.uz

Kanalga obuna bo'ling https://www.tgoop.com/kvazar_quasar
Youtobe https://www.youtube.com/@kvazar6683
Muhammad Rahimxon I Xiva xonligida ichish va chekishni taqiqlagani haqida
Xiva xonligiga 1819 yil Rossiyadan elchi sifatida kelgan Nikita Muravyev (1796-1843) Xiva xoni Muhammad Rahimxon (1775 yil tug‘ilgan, 1806–1825 yillarda Xiva xoni)ning maishiy sohani ham qattiq nazorat etganligiga ishora qiladi. Jumladan, N. Muravyev xonga taqdim etgan sovg‘alar orasida shishadan yasalgan bejirim chilim (qalyon) bo‘lib, xon bu g‘ayritabiiy narsa nima ekanligini so‘raganda, xon amaldori sovg‘aning nomini aytishga jur’at eta olmagan. Chunki, bu davrda xonlikda chilim chekish taqiqlangan bo‘lib, xon amaldori uni sirka solishga mo‘ljallangan idish, deb tushuntirgan. Muravyevning ma’lumot berishicha, xon sharob ichishni tashlagandan so‘ng (1807 yil), saroy ayonlariga nafaqat ichkilikni, balki chilim chekishni ham ta’qiqlab, maxsus farmon chiqargan ekan.
Kvazar kanaliga a'zo bo'lish uchun havola:👉https://www.tgoop.com/kvazar_quasar
"Jinoyat va jazo" haqidagi videorolikimiz YouTube'da 10 ming martadan ortiq tomosha qilindi!

Bu sizning qiziqishingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz natijasidir. Fikrlaringiz biz uchun juda muhim! Video haqida o‘z fikringizni izohlarda qoldiring – sizning qarashlaringiz muhokamani yanada qiziqarli qiladi. Sizning fikringiz boshqalarni ham o‘ylashga undashi mumkin!

https://youtu.be/aiJkksKIT9Y?si=yOzXTyZoHXezOdXz
#turkum #Buxoro_amirlari
#Abdulahadxon
Buxoro amiri Abdulahadxon – Peterburgda masjid qurdira olgan O‘rta Osiyolik hukmdor.
Peterburgdagi musulmonlarning masjid qurish haqidagi orzu-umidlarining ro‘yobga chiqishida Buxoro amiri Sayyid Abudlahadxonning xizmati va tashabbusi katta bo‘ldi. U Peterburgda o‘qib yurgan yoshlik paytlaridayoq, valiahd Nikolay II bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan ekan. Mana shu sababdan bo‘lsa kerakki, ularning har ikkisi o‘rtasidagi munosabat, ular taxtga o‘tirganlaridan keyin ham yaxshi bo‘lsa-bo‘ldiki, yomon bo‘lmadi. Amir Sayyid Abdulahadxon 1904 yilda Sankt-Peterburgda bo‘lgan paytda, uni rus podshosi Nikolay II o‘z saroyida bo‘ladigan oilaviy nonushtaga taklif etadi. Mana shu oliy maqomdagi ziyofat paytida amir undan masjid uchun yer ajratishi va uni sotib olishga ruxsat berishini so‘raydi. Amir Abdulahadxon ziyofat paytida rus podshosiga rasman quyidagicha murojaat qilgan ekan: «bugun, 5 dekabr kuni, Parvadigor bizni Siz imperator janobi oliylarining oilaviy yig‘inida qatnashish sharafiga muyassar etdi. Sizdek adolatli va muruvvatli podshohi oliy e’tiborlariga ushbu iltimosimizni yetkazishga jur’atlanaman: Ma’lumingizkim, bundan 23 yil muqaddam marhum padari buzrukvorimiz elchisi sifatida kamina imperator Aleksandr III ning taxtga o‘tirishi munosabati bilan Peterburg va Moskvaga kelgan edim. Bu paytda peterburglik musulmonlar o‘zlariga masjid qurish tashvishida edilar. Hozirga qadar… ular o‘z maqsadlarini amalga oshirishga ojizlik qiladilar… Sizdan janobi oliylari, bizga bir parcha yerni sotib olish… va uni bu yerlik musulmonlarga in’om etish uchun izn so‘rayman…» Mana shunday so‘ng 1905 yil 5 noyabrda 20 kishidan iborat masjid qurish va unga xayriya yig‘ish Qo‘mitasi saylandi. Uning tarkibiga yirik musulmon boylar, davlat, harbiy va jamoat arboblari kiradi. Nikolay II Sankt-Peterburgning Kronverk o‘tar ko‘chasi (hozirgi Kronverk prospekti, 7) va Konniy ko‘chalari tutashgan joydan 250 sarjin (1 sarjin – 2,1 metr) yer ajratadi. Buni Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxon 312000 so‘mga sotib olib masjid qurish uchun nazr etadi. Dastlab amir Abdulahadxon tasarrufi ostida Jome’ masjidi binosi loyihasi uchun me’moriy tanlov e’lon qilinadi. Tanlovga yirik mutaxassis, rassom va me’morlardan 45 ta loyiha tushadi. Loyihalar tanlovi 1908 yil martida yakunlanadi. Birinchi o‘rinni peterburglik me’morlardan N.V.Vasilyev, M.S.Lyalevich, M.M.Peretyakovichlar egallaydi. Ular taqdim etgan loyihalar Samarqanddagi musulmon me’morchiligining o‘rta asrlardagi yodgorliklaridan «Go‘ri Amir», «Shohi Zinda»lardagi o‘ziga xoslik usullarini aks ettirilganligi uchun ham e’tirof qozonadi. Loyiha 1909 yil 27 iyunda Nikolay II tomonidan ma’qullangach, masjid uchun yer qazish ishlari boshlanadi. Masjid poydevoriga birinchi tosh qo‘yish marosimi amir Abdulahadxon taxtga o‘tirganining 25 yilligiga bag‘ishlab, 1910 yil fevralida o‘tkaziladi. Masjid poydevoriga birinchi toshni amir Sayyid Abdulahadxon qo‘yadi. Shundan so‘ng shu kuni bu yerda musulmonlar birinchi bor namoz o‘qiydilar. Moskva, Kronshtadt, Kavkaz va boshqa musulmonlar markazlaridan kelgan vakillarni qabul qilish marosimi bo‘ladi. Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan masjid qurilishi ancha sustlashadi. Umuman, uning qurilishi 1920 yilga kelib to‘la yakunlanadi va shu yil 30 apreldan boshlab doimiy ravishda ommaviy namoz o‘qila boshlanadi.
Kvazar kanaliga a'zo bo'lmaganlar uchun havola:👉https://www.tgoop.com/kvazar_quasar
👍NEWS

🎁Ramazon sovg'asini kutib oling🎁

🔋 Zakovatga doir YANGİ 45 ta kanal🤔

✈️Darajangiz qanday bo'lishidan qattiy nazar o'zingizga mos kanal topishingiz aniq💯

Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Ular qancha vaqt uxlashgan?
Ko'pchilik insonlar tasavvurida 8 soatlik uyqu-sog'lom turmush tazri uchun ayni muddao,degan no'tog'ri tasavvur shakllanib qolgan.Aslida,kimning qancha vaqt uxlashi u insonning ko'proq o'ziga,ya'ni faoliyatiga,immun tizimiga bog'liq.
Ular qancha vaqt uxlashgan?mavzusi ostida sizlar uchun mashxurlarning uyqu rejimlari haqida faktlar tayyorladik.
Buyuk fizik Albert Eynshteyn uyqu jadvalida 10 soatlik uyquni tanlagan,ba'zi paytlarda bu holat 10 soatdan ham oshib ketgan.
Rus imperatori Pyotr I uchun esa 5 soatlik uyqu yetarli edi.
Ixtirochi Tomas Edisonga uyqu uchun 2 soat kifoya qilgan.
Napaleon Bonapartning uxlash tartibi ham g'ayritabiiy,biror daraxtga suyanib,sal mudrab olish yetarli bo'lgan.
Mashxurlikda tengi yo'q Leanardo Da Vinchining kun tartibi ham o'zi kabi innovatsion edi,tartibga ko'ra Da Vinchi kunda 5 soat uxlagan,faqat bu jarayon uzviy bo'lmasadan,qachon uxlagisi kelsa,20 daqiqadan uxlab
olgan.
Kvazar kanaliga a'zo bo'lmaganlar uchun havola:👉https://www.tgoop.com/kvazar_quasar
Assalomu-alaykum qadrli yaqinim, sizga foydali tavsiya bilan keldim. Tayyormisiz☺️
🌍 Germaniya hayoti, foydali challangelar, shaxsiy rivojlanish yo'llari, bepul vebinar, efirlar va bepul nemis tili kursi – hammasi bitta blogda! 🇩🇪

Germaniyada yashash qanday? Bu yerda hayot, imkoniyatlar va yashash tarzi haqida real ma’lumot kerakmi? Shunchaki tomoshabin emas, ishtirokchi bo‘lishni xohlaysizmi?

🔹 Hayotingizni tartibga soladigan, ilhom beradigan va o‘zini rivojlantirishga yordam beradigan qiziqarli challengelar ishtirokchisi bo'lishni xohlaysizmi?
🔹 Germaniyada hayot – Ish, ta’lim, kundalik hayot va yashash sirlari haqidachi!
🔹 Bepul nemis tili kursiga qo'shilish imkoniyatinichi?

Bilimlar, imkoniyatlar, tajribalar ko'p, rivojlangan davramizga qo'shilishni xohlasangiz bu xabar siz uchun! Blog hamda blogdagi bepul nemis tili kursi faqat ayol-qizlar uchun😊


https://www.tgoop.com/+Mls5QJlNBGY5NzRi

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Sizga ham yoqishi aniq 😉
#turkum #Buxoro_amirlari
#Abdulahadxon
Turkiston general-gubernatorlaridan o‘zgan amir kim edi?
Garchi u Chor Rossiyasiga qarashli vassal davlatning hukmdori bo‘lsada, vaqt o‘tib, nafaqat uni nazorat qilish vazifasi topshirilgan Turkiston general-gubernatorini, balki imperator ayonlarini ham pisand qilmaydigan darajaga yetdi. Sababi, bu inson shaxsan imperator a’lo hazratlari bilan muloqot qilib, hamma ishning uddasidan chiqadigan Buxoroi Sharif amiri Abdulahadxon edi…
1868 yilda tuzilgan Rossiya-Buxoro shartnomasiga ko‘ra, garchi imperiya vassal davlatning ichki boshqaruvi va diniy ishlariga aralashmasada, amirlikda yetishtirilgan xom ashyo asosan Rossiyaga tashib ketilardi.
Abdulahadxonning o‘g‘li va vorisi Said Olimxon esa “Buxoro xalqining hasrati tarixi” nomli xotira asarida padari buzrukvorini ijobiy ta’riflaydi. Vaholanki, padari buzrukvori amirlik ahlining peshona teri evaziga kelayotgan paxta, qorako‘l va boshqa xom ashyosini rusiyaliklarga sotishdan, qozi, rais, hamda hokimlardan oladigan porani, Buxoroning behisob tillalarini jamg‘arishdan bunyod bo‘layotgan boyliklarini faqat maishatga sarflardi.
Amir Abdulahadxon Peterburgda o‘qib yurgan yoshlik paytlaridayoq, Rossiya imperiyasi taxti vorisi Nikolay II bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan ekan. Mana shu sababdan bo‘lsa kerakki, ularning har ikkisi o‘rtasidagi munosabat, ular taxtga o‘tirganlaridan keyin ham yaxshi bo‘lsa-bo‘ldiki, yomon bo‘lmadi. Keyinchalik, Abdulahadxon Peterburg, Moskva, Kavkaz shaharlariga borib, imperator Nikolay 2 va uning xotiniga behisob sovg‘a-salomlar berib, ularning ishtahasini yanada karnay qilib yubordi. Buning evaziga amir Peterburgdan hashamatli hovli joylar, dabdabali bog‘-rog‘lar, koshonalar sotib olgan. U Qrim, Jeleznovodsk va Kislovodsk kabi xushmanzara shaharlarda bog‘, saroylar qurdirib, u yerlarda dam olib qaytardi. Nikolay II ning mulozamati va harmatiga ega bo‘lgan Abdulahad xalq “ yarim podsho” deydigan Turkiston general-gubernatorlarini ham pisand qilmay, barcha muhim masalalarni “oq podsho”ning o‘zi bilan hal qilardi. Olgan unvonlari bo‘yicha u hatto, general-gubernatorlardan ham o‘zib ketdi.
Negaki, Abdulahad Rozenbax, Vrevskiy, Duxovskiy, Ivanov, Tevyanov, Subbotich, Mishenko, Samsonov kabi Turkistonning “yarim podsho” lariga ham nasib qilmagan harbiy unvonlarni olgandi. Abdulahadning sovg‘a- salomlarini qabul qilib o‘rgangan Nikolay Romanov amirni general-ad’yutant, kavaleriya generali, Peterburgning kiborlari va rus knyazlariga ham kamdan-kam nasib etadigan “zoti oliylari” zodagonlik martabasi, imperatorning eng oliy “Andrey Pervozvanniy” ordeni, Terek kazak qo‘shini faxriy atamani va 5-Orenburg kazak polkining otalig‘i singari lavozim hamda unvonlar bilan siylagan.
Kvazar kanaliga a'zo bo'lmaganlar uchun havola:👉https://www.tgoop.com/kvazar_quasar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/18 12:13:18
Back to Top
HTML Embed Code: