Telegram Web
Bakiroodan kichik so’rovnoma va ularni javoblari.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda qidiruvdagi shaxs qaynotasining yerto‘lasidan topilibdi. U yerda yashirinib yashab yurgan ekan. To‘g‘risi, bu voqeani "La "Trinchera Infinita" (Cheksiz xandaq) filmidagi syujetga juda o‘xshatdim.

Agar yaxshi film qidirayotgan bo‘lsangiz, ushbu kinoni tavsiya qilaman. Bu filmda, Ispaniyada fuqarolar urushi yakunida bir respublikachi jangchining, Franko diktaturasi davrida qo‘lga tushib qolishdan qo‘rqib, uyining yerto‘lasida 30 yildan ortiq yashirinib yashaganini hikoya qilinadi. Film, qo‘rquv va umidsizlik bilan yuzma-yuz qolgan insonning ichki dunyosini chuqur ochib bergan.

@lazizhamidov
AQShda kutubxonadan olingan bir kitob 101 yildan keyin qaytarilibdi. Nyu-Jersidagi ayol marhum buvisining buyumlari orasidan Uilyam Shekspirning "Genrix V" kitobini topib, kutubxonaga topshirgan. Buvisi kitobni 1923-yilda olgan, lekin qaytarishni unutgan ekan.

Odatda kutubxonalar kechiktirilgan kitoblar uchun jarima soladi, biroq bu holatda kutubxona noyob nusxaga aylangan bu kitobning qaytarilishidan xursand bo‘lishni afzal ko'ribdi.

@lazizhamidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Click Marafon boshlandi!

Click 5 Kia K5 avtomobillari va ko'plab qimmatli sovrinlar o'ynamoqda!

👉Aksiyada ishtirok etish👈

❗️Aksiya shartlari

Reklama
20 yil muddatga yiliga 17,5 foizdan (Bu foizdan hisoblashimga sabab Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan bu foizdan kreditlar berilmoqda) 400 mln so‘m ipoteka krediti olsangiz, ushbu muddatning oxirida qancha to‘lov qilishingizni bilasizmi?

Keling shunchaki hisoblab chiqamiz:

Agar siz 20 yil muddatga yillik 17,5% stavkadan 400 million so‘m ipoteka krediti olsangiz, umumiy 20 yil davomida bankka jami 1 milliard 444 million so‘m to‘lov qilasiz. Buning ichida:

– Asosiy qarz: 400 million so‘m;
– Foiz to‘lovlari: 1 milliard 44 million so‘m.

Inflyatsiya ta’siri

Inflyatsiya bozor narxlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda yillik inflyatsiya taxminan 10% deb olsak (aslida undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin, taxminan o‘rtasi deb shu inflatsiyani oldim), 20 yil davomida to‘lovlarning real qiymati sezilarli darajada kamayadi.

Oylik to‘lovlar

17,5% stavkadan 400 million so‘m ipoteka kreditiga oylik to‘lovlar (annuitet usulida) o‘rtacha 5,3 million so‘m bo‘ladi. Bu har oy bir xil miqdorda to‘lov qilishingizni anglatadi.

Yigirma yildan keyingi real to‘lovlar


Inflyatsiya ta’sirida, 20 yildan so‘ng bugungi pulning xarid qobiliyati sezilarli darajada kamayadi.

Yuqorida aytganimdek taxminan o‘rtacha yillik 10% inflyatsiya saqlanib tursa, bugungi hisobda ko‘rsatilgan 1 milliard 444 million so‘mning real qiymati ancha pastroq bo‘ladi.

Buni quyidagi taxminiy hisob-kitoblar orqali tushuntirishga harakat qilaman:

– Birinchi yillarda to‘lagan 5,3 million so‘mlik oylik to‘lovlar, 10 yillik inflyatsiyadan keyin taxminan 2,65 million so‘mlik real xarid qobiliyatiga ega bo‘ladi.

– 20 yil oxiriga kelib, to‘lovlar real qiymatda yanada kamayadi va oylik to‘lovlar taxminan 800 ming so‘m atrofida bo‘lishi mumkin.

Xulosa qilib shuni aytishim mumkin, agar inflyatsiya yillik 10% darajada saqlanib qolsa, 20 yil davomida real qiymatda ko‘rilgan to‘lovlar sezilarli darajada kamayadi.

To‘lagan 1 milliard 444 million so‘mingiz real qiymatda bugungi kun pulida yarim milliard so‘m yoki undan ham kam bo‘lishi mumkin.

Uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish asosida uy olsangiz inflyatsiya ta’siri sababli hech qachon yutqazmaysiz :)

@lazizhamidov
2024-yildagi nikohlar soni to’ylar kechiktirilgan pandemiya davridagidan ham kamroq ko'rsatkichga tushibdi.

@lazizhamidov
Muhrim yozyabdi:

“O‘zbekiston boyimasidan turib tug‘ilish darajasi pasayib ketayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Tarixda bunaqasi kam bo‘lgan. Deyarli bo‘lmagan”, - deb yozyapti Behzod Hoshimov. 

Bunaqa gaplarni o‘qiganingdan keyin, “Dunyoda davlatlar ko‘p, ammo O‘zbekiston – yagona!”, degan mashhur shior esga tushadi. Lekin tug‘ilishning kamayishi – hazil gap emas, hazillashadigan ham gap emas. 

2024-yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonda 693 897 chaqaloq tug‘ilgan (pdf). Bu o‘tgan yilning davridagi ko‘rsatkich (716 885)dan 3,2 foizga kam. Aholi sonining o‘sishining sekinlashishi – jiddiy muammo. Iqtisodchilarimiz bu haqda tinimsiz yozadi, gapiradi

Qayerdaki iqtisodiy taraqqiyot sur’ati sekinlashayotgan ekan, u yerda tug‘ilish kamaygan. Aholi - har qanday mamlakatning eng asosiy boyligi. O‘zbekistonda ham shunday.

@lazizhamidov
Kecha Toshkent viloyatini Kumushkon degan joyiga bordim, Parkent tomonlarga. O’zbekiston bog’idan chiqib ketishda, Yangi bozor hududida yo’l bo’yida qurilayotgan ko’p qavatli binolar quruvchi shirkat tashkilotlariga qo’ng’iroq qilib, narxlari bilan qiziqdim.

Shu Yangi O’zbekiston bog’idan 8-15 km uzoqlikda qurilayotgan ko’p qavatli uylar kv/m uchun 6-8 mln oralig’ida so’rashyapti ekan. Uylar asosan 2025-26 yillarda qurib bitkaziladi, 100% to’lov qilsangiz 10-12% chegirmasi ham bor ekan.

Aytishlaricha, suv, gaz, hamma narsa bor. Endi tushunishingiz uchun gap Toshkent viloyati haqida ketyaptida.

Keyin Kumushkonni o’zidagi quruq yer maydonlari bilan qiziqib ko’rdim. Tog’ga qaragan, manzarali yer-joylarni 1 sotixiga joyiga qarab 4 500$dan 7 000$gacha so’rashyapti.

O’sha mahalladagi yer oldi-sottisi bilan shug’illanivchi opani aytishicha, hozir 4 500$ (1 sotix) dan olsangiz, bahorda 6-7 000$dan sotasiz, deydi. Unchalik ham ishonmadimkuya, lekin odamlar yer olishyapti, bog’ joylar o’zlashtirilib, qurilishlar ketyapti.

Shunaqa gaplar. Kecha o’zim bilganlarimni kanalimga ham yozib qo’yay dedim. O’yladim, bunaqa ma’lumotni bilib qo’yish foydadan holi bo’lmaydi, deb)

@lazizhamidov
Islandiya to‘rt kunlik ish haftasiga rasmiy ravishda o‘tibdi.

Yaqinda o‘zi Germaniyada ham shunday tajriba o‘tkazilib, ijobiy natijalar olingan edi. Ushbu tajribada 45 ta kompaniya olti oy davomida xodimlariga haftasiga faqat to‘rt kun ishlash imkoniyatini yaratib, maoshni avvalgi to‘liq miqdorda saqlab qolgan.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bunday jadval xodimlarning jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilagan, ularning ishlash samaradorligi oshgan eng asosiysi esa kompaniyalar daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Tajriba natijalariga ko‘ra, ushbu jarayonga qatnashgan kompaniyalarning 73 foizi to‘rt kunlik ish haftasini davom ettirishga qaror qilgan.

Qo‘shni Qozog‘iston ham bosqichma-bosqich to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tishni boshlagan edi.

@lazizhamidov
Kecha tanishimdan eshitib qoldim. Bir yurtdoshimiz Turkiyada uzoq muddatli yashash ruxsatnomasini olish uchun Istanbuldagi Turkiy millatlar maxsus ofisiga (Türk Soylular Özel Ofisi) hujjat topshiribdi. O‘zini uyg‘ur deb ko‘rsatib ruxsatnoma olmoqchi bo‘libdi (uyg‘ur va qrimtatarlarga ruxsatnoma berilar ekan).  

Uni tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini ekspertizaga yuborishibdi. Ekspertiza esa “Bu hujjat g‘irt qalbaki” deb xulosa chiqarib beribdi. Shundan keyin yurtdoshimizni hujjatni qalbakilashtirishda ayblab, ustidan jinoyat ishi ochilib qamab qo‘yishibdi. 

Yana boshqa bir tanishim esa Istanbulda yashash ruxsatnomasi rasmiylashtirishga yordam beradigan firmaga taxminan 900 dollar to‘labdi. Yashash ruxsatnomasini olganida ham mayli edi, rad javobi kelibdi. 

Ochiq ma’lumotlar va o‘rganishlarim natijasida ko‘rdimki, aslida yashash ruxsatnomasi olish uchun internetda ariza to‘ldirishga nari borsa 15 daqiqa vaqt ketar ekan.

Migratsiya boshqarmasi saytiga kiring, hamma ma’lumotlar turk tilidan tashqari ingliz, rus va  boshqa tillarda ham berilgan.

Turkiya O‘zbekistonliklar uchun 90 kunlik vizasiz rejim o‘rnatganligi sabab, aksariyat vatandoshlarimiz vaqtinchalik mehnat vizasi yoki yashash ruxsatnomasisiz ishlayapti ekan. Ba’zilar ruxsatnoma olishni bilmaydi, boshqalari esa shunchaki noqonuniy ishlashni afzal ko‘rishadi.

Yana bir ma’lumot – agar siz Turkiyada 5 yil uzluksiz bir joyda qonuniy ishlasangiz, umr bo‘yi yashash ruxsatnomasi olish uchun ariza berish huquqiga ega bo‘lasiz. 

E’tiborga olish kerakki, noqonuniy yashash yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Agar siz oilangiz bilan bo‘lsangiz, ularning hayoti ham xavf ostida bo‘ladi.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda oxirgi yillarda ko‘plab xususiy universitetlar tashkil qilindi va qilinib kelinayotgan edi. Biroq, oxirgi paytlarda yangi universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilgan. "Lolazor" podkastida Behzod Hoshimov aytganidek, ikkita xonada universitet ochib ishlatilsa ham ruxsat beraverish kerak. Bozorning o‘zi hammasini joy-joyiga qo‘yib qo‘yadi.

Masalan biz doimiy ravishda solishtiradigan rivojlangan davlatlarda, xususan AQShda universitetlar ikki xil bo'ladi:

1) Public Non-Profit – bu nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi (qaysidir ma'noda xususiy). O'qish pulli, ammo biznes emas; pul yana o'ziga sarflanadi va hissadorlarga dividend berilmaydi. Bu universitetlar ko'pincha davlat moliyalashtirishidan foydalanadi va talabalarni malakali kadrlar sifatida tayyorlashga intiladi. Talabalar, odatda, davlat universitetlarida ancha arzon o'qish xarajatlari bilan ta'minlanadi. Masalan, davlat universitetlarida o'qish narxi yillik 10 000 dollardan boshlanadi.

2) For-Profit – biznes sifatida ochilgan, daromad ko'zlangan tijorat universitetlari. Ushbu universitetlar o'zlarining ko'plab reklamalarini yaratib, o'z mijozlarini (talabalarini) jalb etishga intiladi.

Misol daromad uchun ochilgan tijorat universitetlari (for-profit) AQShda katta biznes hisoblanadi. Afsuski, aslida universitetda o'qishga yaroqsiz bo'lgan, puli va pullik imkoniyatlari bor har qanday odamga diplom va'da qilib, agressiv reklama orqali ko'pchilikni o'qishga jalb etadi. Ular qarz olib o'qiydi, ammo o'qishni bitirgach, o'z sohasida ish topolmaydi. Hozirgi kunda tijorat universitetlarining bitiruvchilari o'z sohasida ish topish imkoniyatlari ancha past, ba'zi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 40 foiz bitiruvchilar ishga joylashishdan oldin bir yildan ko'proq vaqt sarflashadi.  To'g'ri, barcha xususiy universitetlar faqatgina foydani o'ylaydi, degani emas. AQShda ba'zi xususiy universitetlar, masalan, University of Southern California (USC) va New York University (NYU), o'qish sifatida ko'plab davlat universitetlaridan ustun.

Aksariyat xususiy universitetlar esa ehtiyot bo'lish zarur bo'lgan holatga kelgan. U yerda o'qish mutlaqo o'zini oqlamaydi, va talabalar ko'pincha 100 ming dollar va undan ko'proq qarzga giriftor bo'lib qoladi. Shunday universitetlardan eng mashhuri Phoenix University. Bu universitet talabalari soni 2019-yilda 54000 kishigacha chiqqan ekan, lekin u yerda bitirganlarning ko'pchiligi o'z sohasida ishlashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda deb aytishmoqda.

Mana bu hujjatli filmni ko'rib, biz biror yangi xato qilishimiz shart emas, boshqalarning xatosidan osonlik bilan xulosa chiqarishimiz mumkin, deb o'yladim.

AQShda talabalar qarzi iste'molchilar olgan qarzlar ichida eng kattasi bo'lib, 760 milliard dollarni tashkil etadi.

@lazizhamidov
Toshkent shahrida bu yilgi isitish mavsumi biroz kechikmoqda. Qachon boshlanishi esa hozircha ma'lum emas. So'nggi yillarda Toshkentda isitish mavsumi quyidagi sanalarda boshlangan edi:

- 2018-yil 16-oktyabr;
- 2019-yil 25-oktyabr;
- 2020-yil 15-oktyabr;
- 2021-yil 12-oktyabr;
- 2022-yil 22-oktyabr;
- 2023-yil 6-noyabr.

Bu yilgi kechikish o'rtacha harorat va energetik resurslarni rejalashtirish bilan bog'liq bo'lishi mumkin, ammo shahar aholisiga aniq muddatni oldindan e'lon qilishsa yaxshi bo'lar edi.

@lazizhamidov
Tasavvur qiling, telefoningiz jiringladi va javob bersangiz operator sizni farzand ko‘rishga unday boshladi! Bu hazil emas, Xitoyda bunday qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilmoqda ekan))

Xitoy demografik inqiroz xavfi ostida turibdi: mamlakatda aholi soni ketma-ket ikki yildan buyon kamaymoqda.

Aholi soni o‘sishdan to‘xtagan Rossiyada ham farzand ko‘rmaganlar uchun soliq joriy qilish taklifi o‘ylab ko‘rilayotgan edi.

O‘zbekiston uchun hozircha bunday xavf yo‘q, lekin tug‘ilish sonining pasayishi kuzatilmoqda. Aholi sonini oshishi jamiyat rivoji uchun muhimdir.

@lazizhamidov
Rivojlangan davlatlarda, AQSh yoki Xitoyda ko‘p kompaniyalar asosiy biznesidan tashqari o‘z aksiyalarini sotish orqali boyib boradi. Ba’zi “oyoqqa turvolgan” shirkatlarning asosiy foydalari esa (masalan) ishlab chiqarishdan emas, aksiyalari oldi-sotdisidan bo‘ladi. Bu ishlar bizdan boshqa ko‘p joylarda allaqachon yo‘lga qo‘yilgan.

Aksiyalar bozori O‘zbekistonda rivojlanmagan. Bunga mo‘tadil iqtisodiy muhit yo‘qligi bir sabab bo‘lsa, odamlarning bu yo‘nalishdagi savodxonligi kamligi boshqa bir sababdir.

Lekin bizdagi kompaniyalar ham asta-sekin shunga yetib keladi deb o'ylayman. Muvaffaqiyatga erishgan ko‘p xususiy kompaniyalar bu yo‘nalishda ham ishlashni yo‘lga qo‘yadilar — bu zamonaviy iqtisodiyot talabi. Shirkatga sherik sifatida odamlar ham undan aksiya ko‘rinishida ulush sotib olishni boshlaydilar. Bu ko‘p tomondan odamlar uchun ham foydali; “sheriklik”dan pul keladi va qolaversa, shirkat ham aksiya narxi tushib ketmasligi, investorlarni cho‘chitmaslik uchun o‘z faoliyatini qattiq nazorat qiladi. Masalan, obro‘si tushmasligi uchun xodimlarini urmaydi, so‘kmaydi, maoshini vaqtida beradi va eng asosiysi odamga o‘xshab muomala qiladi :)

@lazizhamidov
Statistika agentligi 2023/2024 o‘quv yilida O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar sonini e’lon qilibdi. Bu talabalar biz uchun iqtisodiy daromad manbai, shu bilan birga “yumshoq kuchi” ham hisoblanadi.

Bu model Turkiya va Qozog‘istonda allaqachon muvaffaqiyatli tatbiq etilgan. Masalan, Turkiyada 2023-yil holatiga ko‘ra, qariyb 300 000 xorijiy talaba ta’lim olmoqda ekan. Qozog‘istonda esa 35 000 ga yaqin xorijiy talaba bor. Aslida, O‘zbekistonning ham bu borada potensiyali kuchliroq. Bu potensiyalidan to‘g‘ri foydalanishimiz kerak.

@lazizhamidov
2025/07/14 15:15:40
Back to Top
HTML Embed Code: