Telegram Web
Birinchi prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova yangi yil arafasida Zangiota tumanidagi 42-manzil koloniyaga o‘tkazilibdi. U 2020-yilda 13-yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.

* Manzil-koloniya — bu jazo muddatini yengilroq sharoitlarda o‘tash imkonini beruvchi maxsus rejimdagi muassasa. Bunday koloniyalarda mahkumlar:

- Odatda erkin harakat qilish imkoniga ega bo‘ladilar (ma’lum hudud ichida).

- Mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.

- Oilaviy muloqot qilish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

@lazizhamidov
Endi Toshkentda avtobusda naqd pul bilan yo‘l haqi to‘lamoqchi bo‘lganlar jarimaga tortiladi ekan.

Xabaringiz bor, 2025-yil 1-yanvardan boshlab poytaxt avtobuslarida naqd pul orqali yo‘l haqini to‘lash taqiqlangan edi. Lekin shunga qaramay yo‘lovchilar naqd pul bilan to‘lov qilinishga urinish holatlari kuzatilayotgani uchun yangi choralar ishlab chiqarilibdi. Shu sababli:

- Yo'lovchi naqd pul berishga urinib birinchi marta qoida buzganda ogohlantirish beriladi.

- Agar qoida ikkinchi marta buzilsa, yo‘lovchiga 37 500 so‘m miqdorida jarima solinadi.

@lazizhamidov
O’zbekiston jamoat transportida naqd to‘lovlardan voz kechishga tayyor deb o‘ylayman. Bunday tizim nafaqat qulaylik yaratadi, balki xizmat sifatini oshirishga, korrupsiyani oldini olishga ham xizmat qiladi.

Bugun transport kartasini yoki bank kartasini olish juda oson. Men kamdan-kam hollarda jamoat transportidan foydalansam ham, plastik karta orqali to‘lov qilishlikni qulay deb bilaman. Bu tizim Istanbuldagi tizimga o‘xshab ketadi. Masalan, Istanbuldagi avtobuslarda yo‘lovchilar avtobusning old eshigidan chiqishadi. Chiqish asnosida esa haydovchining yonidagi qurilmaga kartani o‘qitish uchun qurilmalar mavjud va haydovchi to‘lov amalga oshirilganini tekshiradi.

Masalan, Yevropada metro va boshqa jamoat transportlarida odatda bir oylik chiptalar yoki maxsus kartalar mavjud. Bunday tizimda, istalgan vaqtda va istalgan bekatda maxsus tekshiruvchilar jamoat transportiga chiqib, barcha yo‘lovchilarning chiptalarini tekshirishi mumkin. Agar biror yo‘lovchi chiptasiz bo‘lsa yoki karta orqali to'lamagan bo'lsa, u holda maxsus tekshiruvchilar darhol joyida jarima yozadilar. Misol uchun, agar chiptaning narxi 9 yevro bo‘lsa, jarima miqdori 30 yevro bo‘lishi mumkin.

@lazizhamidov
Dunyodagi eng katta jamg‘armalaridan biri bo'lgan Norvegiya davlat pensiya jamg‘armasining (Government Pension Fund Global) barcha mablag‘larini online ravishda quyidagi sayt orqali barcha jonli ravishda ko‘rib turishi mumkinligini bilasizmi?

Jamg‘arma qiymati qariyb 1,4 trillion AQSh dollariga yetibdi (yuqoridagi rasmda Norvegiya milliy pul birligi hisoblangan kronada ko‘rsatilgan). Bu ko‘rsatkich Norvegiya aholisi boshiga taxminan 250 000 AQSh dollari to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga bu jamg'armaning katta qismi mamlakatdagi kelajak avlod uchun saqlanadi.

@lazizhamidov
Toshkent shahri byudjet prognoziga ko‘ra, 2025-yil dovomida poytaxt aholisi va mehmonlari tomonidan jami 821 milliard so‘mlik jarimalar to‘lanishi taxmin qilinayotgan ekan.

@lazizhamidov
O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin xaridorlaridan biriga aylandi, deyilganda, xalqaro bozor yoki boshqa davlatlardan emas, aynan o‘zimizning Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NGMK)dan xarid qilgan bo‘ladi. Chunki NGMK oltinni mustaqil ravishda sotish huquqiga ega emas. Keyin oltinni O‘zbekiston emas, Markaziy bank sotib oladi.

O‘zbekistonda har yili 80-100 tonna oltin qazib olinadi, biroq atigi 5-6 foizi qayta ishlanadi. Agar bu ko‘rsatkich oshirilsa, daromad ancha ko‘p bo‘ladi, chunki qo‘shimcha qiymat yuzaga keladi. Sodda qilib aytganda, sof oltinni emas, zargarlik buyumlarini sotganimizda yana ham ko'proq daromad olamiz. Oltinni arzon va xomashyo shaklida sotishimizning asosiy sababi esa – mamlakatimizda oltinga ishlov berish va uni tayyor zargarlik buyumlariga aylantiruvchi sanoatning hali dunyo darajasida rivojlanmaganligidir.

@lazizhamidov
Sport olamida mashhur animator va karikaturachi Hamid Safari «Lans» (Fransiya) klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning qishki transferi bilan bog‘liq shov-shuvlar borasida o‘zining chizimini e’lon qilibdi.

O‘zbekistonlik himoyachining o‘yinini «Real», «Manchester Siti», «Bayer», «Napoli», «Yuventus», «Borussiya Dortmund» va «Nyukasl» jiddiy shaklda kuzatmoqda. Yaqin kunlarda shu jamoalardan biriga transfer bo'lishi haqiqatga yaqin.

@lazizhamidov
O‘zbekiston eng kam ish haqiga ega 154 ta mamlakat orasida 111-o‘rinni egallabdi.

Ro‘yxatda  davlatlarning  yillik hamda soatlik eng kam ish haqi miqdori dollar ko‘rinishida hisoblab chiqilgan. Unda Avstraliya yiliga 35515 dollar, soatiga esa 17.47 dollar miqdoridagi ish haqi bilan eng yuqori o‘rinni egallagan.

O‘zbekistonda esa eng kam ish haqi yiliga 1041 dollar, soatiga esa 0.50 dollarni tashkil etgan.

@lazizhamidov
Fabritsio Romanoning biroz avval yozishicha, Abduqodir Husanov bilan “Manchester City” kelishuvga yaqinlashibdi. Shu bilan birga, dunyodagi eng katta futbol forumi bo‘lgan Transfermarketda Abduqodir Husanovning "Manchester City"ga o‘tish ehtimoli 71 foiz deb taxmin qilinmoqda.

@lazizhamidov
Nukus - Urganch - Buxoro - Urumchi yo‘nalishida avtobus marshruti ochilyapti ekan.

@lazizhamidov
Bir vaqtlar Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmasi tasarrufiga o‘tkazilibdi.

5,38 gektarlik bu dam olish maskani 2017-yilning 10-fevrali kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan Gulnora Karimovadan musodara qilingan edi.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda 2025-yil 1-iyundan boshlab “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida maxsus platforma ishga tushiriladi ekan. Ushbu platforma orqali fuqarolar kuniga 10 mingdan ortiq qadam yurgan taqdirda quyidagi imtiyozlarga ega bo‘lishlari mumkin.

- Davlat xizmatlaridan foydalanishda 10% chegirma;

- Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari sezilarli darajada kamaytiriladi;

- Har yili muntazam faol bo‘lgan va har kuni yuradigan aholining eng faol vakillariga 14 ta elektromobil sovg‘a qilinadi.

@lazizhamidov
2025/01/09 15:19:06
Back to Top
HTML Embed Code: