Telegram Web
Bitcoin narxi 1 411 406 473 (Bir milliard to‘rt yuz o‘n bir million) so‘mga yoki 109 000 dollarga chiqib, o‘zining yangi rekordini o‘rnatdi.

@lazizhamidov
Oq uy rasmiy sayti bosh sahifasini shunaqa qilib qo'yishibdi))

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nihoyat Abduqodir Husanov rasman “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi.

@lazizhamidov
2024-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 6,6 million so‘mni tashkil qilibdi. Yuqoridagi rasmda esa sohalarga ko‘ra o‘rtacha ish haqi qancha ekanligini ko‘rishingiz mumkin.

@lazizhamidov
Donald Tramp kecha rasman AQSH prezidentligiga kirishdi. Prezident sifatida jurnalistlarga bergan ilk bayonotlarini o‘qib chiqdim. Bayonotlarda qiziqarli ma'lumotlar aytib o'tilgan, masalan:

1. Putin bilan tez orada suhbat bo‘lishi mumkin.

2. Zelenskiy Ukrainadagi konfliktni hal qilish bo‘yicha kelishuvga tayyor.

3. Rossiyaga qarshi sanktsiyalar Ukrainadagi konflikt tugagunga qadar davom etadi.

4. BRICS davlatlariga nisbatan kamida 100 foizlik savdo bojlari kiritilishi mumkin.

5. Kanadadan va Meksikadan keladigan barcha tovarlarga 1-fevraldan boshlab 25 foizlik soliq solinishi rejalashtirilgan.

6. Yevropa Ittifoqi davlatlari AQSHdan ko‘proq neft va gaz sotib olishlari kerak, aks holda yangi qimmatlashtirilgan tariflar e’lon qilinadi.

7. Tashqi siyosatdagi ustuvor vazifa AQSHning xavfsizligini ta’minlash bo‘ladi.

8. NATO davlatlari harbiy xarajatlar uchun o‘zlarining Yalpi ichki mahsulotlarining 5 foizini sarflashlari kerak.

@lazizhamidov
O‘zbekistonning 2024-yildagi top-5 tashqi savdo hamkorlari.

@lazizhamidov
Latviyada o'zbekistonliklar soni ko'payib bormoqda ekan.

Latviya tomonidan berilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda Latviya hududiga jami 28 000 nafar o‘zbekistonlik borgan. Bu raqam mamlakatning umumiy aholisi soniga nisbatan taxminan 1,5 foizni tashkil etadi. Borganlarning katta qismi ishlash uchun, boshqa bir kichik qismi esa biznes va o'qish uchun borgan.

Avvalroq, Latviya va O‘zbekiston hukumatlari o'rtasida viza tartibni soddalashtirish va mehnat migrantlarini rasmiy tartibda jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qilinayotgani xabar qilingandi. Yaqin orada yangilik bo'lib qolsa kerak.

@lazizhamidov
2025-yil 1-apreldan boshlab kommunal xarajatlar oshadi ekan:

Bir kVt/soat uchun elektr energiyasi uchun 600 so‘m;

Bir kub metr tabiiy gaz uchun 1000 so‘m etib belgilandi.

@lazizhamidov
Bugun Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolganini e’lon qildi. Bu oddiy aholi uchun nimani anglatishi borasida qisqacha tushuntirish berib o‘tmoqchiman.

1. Markaziy bank asosiy stavkasi oshirilsa: Narxlar barqaror bo‘ladi, lekin oddiy xalqning kredit olishi qimmatlashadi va moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

2. Markaziy bank asosiy stavkasi tushirilsa: Kreditlar arzonlashadi, lekin narxlar tezroq o‘sishi (inflatsiya) xavfi paydo bo‘ladi.

3. Agar Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirmasa, iqtisodiy sharoit sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Shu bilan birga:

- Kredit va omonat foizlari barqaror qoladi, ya’ni aholining qarz olish yoki jamg‘arma qilish imkoniyatlari avvalgidek davom etadi.
- Narxlar va inflyatsiya darajasi ham joriy sharoitga muvofiq qoladi, ya’ni narxlar keskin o‘sishi yoki pasayishi kutilmaydi.
- Tadbirkorlar va aholida iqtisodiy muhitni barqaror deb qabul qilish hissi paydo bo‘ladi.

@lazizhamidov
Rankings TOP-1000_2025.pdf
1.3 MB
O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan dunyodagi TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati tasdiqlanibdi.

Mazkur ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanadi.

@lazizhamidov
Alisher Qodirov shunaqa deb aytibdi.

@lazizhamidov
Shahar aylanib ko’zim tushib qoldi, bu belgi noyob, Toshkentda bitta qolgan bo’lsa kerak. Buni ham olib tashlash kerak, demoqchi emasman, aslo, shunchaki qiziq ko’rindi. Buyam bir o’tmish-da.

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Photo
Kanal o‘quvchilaridan birining yozishiga ko'ra, Malika bozori yaqinida joylashgan mahalladagi hovli uylardan birida ham bor ekan.

@lazizhamidov
UzPost va Temu o‘rtasidagi hamkorlik haqida imzolangan yangi kelishuv kichik biznes egalarining ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘layotganini ijtimoiy tarmoqlarda ko'rib qoldim. O'z-o'zidan savol tug‘iladi: mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar ushbu o‘zgarishlarga aslida qanday munosabatda bo‘lishlari kerak?

Avvalambor bu hamkorlikning oqibatlarini inobatga olish zarur. Xitoy platformalaridagi narxlar, Xitoy hukumatining subsidiya tizimi va O‘zbekistonda soliq to‘lamasligi tufayli past bo‘lsa, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga jiddiy zarba bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, sog‘lom iqtisodiyot nafaqat iste’molchilar uchun qulay narxlar, balki mahalliy ishlab chiqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi.

Bozor sharoitlarini tenglashtirish uchun chora tadbirlar ishlab chiqish va barchaga teng bo'lgan yangi imkoniyatlar yaratish haqida o‘ylash kerak. Aks holda, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar kasodga uchrab, mamlakatdagi ish o‘rinlari va iqtisodiy barqarorlik xavf ostida qoladi.

@lazizhamidov
5 trln. 154 mlrd. so‘m (o'rtacha kursda: 409 million dollar).

Bosh prokuraturaning ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 2-yilda mansabdor shaxslar davlatga mana shuncha zarar keltirgan.

@lazizhamidov
Bugun, 26-yanvar 2025-yilda, Belarusda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko yettinchi muddatga qayta saylanishi kutilmoqda. Saylov oldidan Lukashenko mamlakatda adolat, xavfsizlik va imkoniyatlar va’da qildi. U, shuningdek, 2020-yildagi norozilik namoyishlari takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirdi.

Lukashenko 1994-yildan buyon Belarus prezidenti lavozimida turibdi. 30 yil.

@lazizhamidov
Internetda yozishyapti, “Uzairways kompaniyaning 33 yilligi munosabati bilan 30%lik chegirma e’lon qildi lekin narxlarda o’zgarish bo’lmadi, ba’zi joylarda xatto chegirmada qimmatlashdi ham”, deb.

Men ham Istanbulga bilet narxini chegirma boshlanmasidan avval qarab qo’ygan edim, chegirmadan so’ng ham o’zgarish sezmadim. 2 oy oldin Tbilisiga olgan biletim bilan ham solishtirdim, unda ham o’zgarish yo’q.

Balki kompaniya saytini bir-oz optimizatsiya qilib, qidiruv natijasida tushuntirishlarni ham qo’shib qo’yish kerakdir, chegirmalar asli tarifdan olinishi yoki chegirma vaqti talabni keskin oshib ketishi natijasida narxlar ham paralell oshishi va natija 30%lik chegirma bilan ham qimmatroq ko’rinishga ega bo’lishini.

Xullas, nima bo’lsa ham shunday yo’l tutish kerakki, chegirma vaqtida ommaviy chipta qidirayotganlarda ortiqcha tushunarsiz savollar tug’ilmasligi kerak. O’ylayman, buni albatta yo’lini qilsa bo’ladi.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mavzudan tashqarida. Men ko’rgan, reytingi baland, lekin qabul qilishim qiyin bo’lgan 3ta film. Faqat shu videoda aytganimdek, ko’rib qo’yib keyin mani so’kib yurmang.

@lazizhamidov
Kecha-bugun xalqaro internet nashrlarida eng ko'p muhokama qilingan mavzu quyidagi bo'ldi:

Xitoyning DeepSeek kompaniyasi yangi sun'iy intellekt chatboti — DeepSeek R1'ni taqdim etgach, Amerika fond bozori sezilarli o'zgarishlarga duch keldi. Ushbu yangilik AQSh texnologiya kompaniyalari aksiyalarining keskin pasayishiga olib keldi, natijada Nasdaq texnologiya indeksi qariyb 1 trillion dollar yo'qotdi. Masalan, Nvidia kompaniyasi aksiyalari 17% ga tushib, bozor qiymatidan qariyb 600 milliard dollar yo'qotdi. Shuningdek, Google va Microsoft kabi kompaniyalar ham sezilarli zarar ko'rdi.

DeepSeek R1'ning muvaffaqiyati AQSh texnologiya kompaniyalarining sun'iy intellekt sohasidagi ustunligiga shubha tug'dirdi. Ushbu voqea AQSh texnologiya sektoridagi baholashlarni qayta ko'rib chiqishga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, DeepSeek R1'ning muvaffaqiyati AQShning Xitoyga nisbatan texnologik eksport cheklovlarining samaradorligi haqida savollar tug'dirdi. Bu esa AQSh siyosatchilarini Xitoyning sun'iy intellekt sohasidagi yutuqlariga nisbatan yangi choralar ko'rishga undashi mumkin.

@lazizhamidov
2025/07/13 20:36:54
Back to Top
HTML Embed Code: