Telegram Web
Dunyoga mashhur arxitektor Zaha Hadid saytida berilishicha Yangi O‘zbekiston hududida barpo etiladigan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi shunaqa ko’rinishda bo’lar ekan.

Ushbu markaz Navoiy Davlat Adabiyot Muzeyi, Xalqaro Tadqiqot Markazi va 200 nafar talabaga mo‘ljallangan maktabni o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan.

Saytda yozilishicha, markazning tashqi va ichki dizayni O‘zbekistonning an’anaviy me’moriy uslublaridan ilhomlangan bo‘lib, mahalliy geometrik naqshlar bilan bezatiladi.

Shunday narsalarni rejalashtirib yurgan ekansilar, aytmaysilar ham)

@lazizhamidov
Shu kunlarda elektr ta’minotidagi uzilishlar yana kuzatilmoqda. E’tiborga molik jihati bu safar, "Hududiy Elektr Tarmoqlari" kuchlanishning oshishi tufayli yetkazilgan zarar uchun O‘zbekiston bo‘ylab bir qancha fuqarolarga moddiy kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘libdi.

Agar sizda ham shunga o‘xshash muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa, bemalol Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkin. Huquqiy jamiyatda, agar iste’molchi xizmat uchun o‘z to‘lovlarini amalga oshirayotgan bo‘lsa, xizmat ko‘rsatuvchi ham o‘z majburiyatlarini belgilangan me’yorlarga muvofiq bajarishi kerak. Huquqlaringiz uchun kurashing.

@lazizhamidov
Qozog'iston BRICSga a'zo bo'lish bo'yicha takliflar va ayrim bosimlarga qaramay, yaqin kelajakda bu tashkilotga a'zo bo'lish uchun ariza topshirishdan tiyiladi ekan.

O'zbekiston ham BRICS yoki Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi kabi qutblashtiruvchi tashkilotlardan uzoqda turib, o'z manfaatlarimizga mosroq bo'lgan Jahon Savdo Tashkiloti, OECD kabi tashkilotlarga a'zo bo'lishni yoki Xalqaro Jinoyat Sudi Rim Nizomini ratifikatsiya qilishni maqsad qilishimiz kerak.

@lazizhamidov
Avstraliyaning Iqtisodiyot va Tinchlik Instituti (Institute for Economics and Peace, IEP) tomonidan taqdim etilgan yangi hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi 2008-2023-yillarda harbiy mablag‘ ajratilishi va son jihatidan sezilarli qisqarishlarni boshdan kechiribdi. Bu holat nafaqat O‘zbekistonda, balki Turkmanistondan boshqa barcha qo‘shnilarimizda kuzatilyapti ekan.

Qiziq, hisobotga ko‘ra, so‘nggi yillarda Turkmaniston qurolli kuchlariga sezilarli mablag‘ ajratib, harbiy salohiyatini kuchaytirayotganini kuzatish mumkin.

@lazizhamidov
Omonatni so‘mda saqlashmi yoki dollarda? Bu borada mutaxassis bo‘lgan yaqin tanishlarimdan o‘rganib, qaysi variant ko‘proq foyda keltirishini o‘zim uchun bilib oldim. Masalan, 2023-yil sentabrida 50 million so‘mni omonatga qo‘yganingizni tasavvur qiling.

O‘sha paytda banklar so‘mdagi omonatlarga o'rtacha yillik 25 foiz taklif qilgan. 50 million so‘mni 13 oyga qo‘yganingizda, sarmoyangiz 63 541 667 so‘mga yetadi va daromadingiz 13 541 667 so‘mni tashkil qiladi.

2023-yil sentabrida dollardagi omonatlar uchun o'rtacha 8 foiz stavkasi mavjud edi. O‘sha paytdagi kurs bilan 50 million so‘m taxminan 4 096 dollarga teng bo‘lardi. 13 oyda foizlar bilan bu miqdor 4 449 dollarga chiqadi. 2024-yil oktyabrida dollar kursi 12 750 so‘m bo‘lganda, ushbu summani so‘mga aylantirsangiz, 56 759 525 so‘m olasiz. Daromad — 6 759 525 so‘m.

Keling endi taqqoslab ko‘ramiz, so‘mdagi omonat 13 oy davomida 13 541 667 so‘m daromad keltirgan bo‘lsa, dollardagi omonat 6 759 525 so‘m foyda bergan. So‘mdagi omonatning daromadi dollardagidan deyarli ikki barobar yuqori. Buning sababi so‘mdagi omonatlar uchun foiz stavkalarining balandligi.

Qiziqarli jihati shundaki, dollardagi omonat so‘mdagi omonat kabi foyda keltirishi uchun dollar kursi taxminan 14 273 so‘mga yetishi kerak ekan. Hozirgi sharoitda, so‘mda omonat qilish ko‘proq daromad beradi.

** Eslatma: Yuqoridagi hisob-kitobda so‘mning rasmiy inflyatsiya darajasi inobatga olinmagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistondagi inflyatsiya darajasi 8,8 foizni tashkil etgan. Bu yil esa inflyatsiya 9-11 foiz bo'lishi kutilmoqda.

@lazizhamidov
Kecha “Lolazor”ni navbatdagi sonini suratga oldik, mehmon sifatida Dj.Piligrim keldi, undan avtomashinasida qoidabuzarliklar qiladimi yo’qmi, bunda kim aybdor, san’atdagi senzura, “Abo aka” guruhini klip uchun 15 sutkaga qamalgani va boshqa ijtimoiy mavzular haqida so’radik.

Qiziq son bo’ldi, vaqtingiz bo’lsa albatta ko’ring) YouTubeda yakshanba kuni chiqadi.

@lazizhamidov
Internetda yozishyapti:

Bu safar 9 minut lekin 9-minutda kelgan poyezd odam olmay o'tib ketdi. +3 minut kutdik. Ikkinchi kelganiga esa sig'madik. Nega bularni yozyapman? Rasmiy xabarda bu yo'nalishda chaspikda har 1.5 minutda harakatlanadi deyilgan. Hay)

@lazizhamidov
Telegram O‘zbekistonda ofis ochish arafasida shekili, LinkedIn’da ofis bosh menejeri pozitsiyasiga nomzod qidirayotganiga ko‘zim tushib qoldi. Tushunishim bo‘yicha Wallet mahsulotini olib kirmoqchi, talablarda shu mahsulot ko‘rsatilgan.

Telegram avvalroq Qozog‘istonda ofis ochishini rasman e'lon qilgandi, ammo O‘zbekistonda hozircha bunday rasmiy bayonot bermadi.

@lazizhamidov
Mana shu kanal O’zbekistondagi eng chiroyli, tabiati go’zal joylarni manzilini berib boradi, obuna bo’lib qo’ying. Suratda Arashan ko’llari tizimi, Toshkentdan 200km uzoqlikda joylashgan, men borgan O’zbekistondagi eng chiroyli joylardan biri.

Obuna bo’ling:
https://www.tgoop.com/locasuz

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Qozog'iston BRICSga a'zo bo'lish bo'yicha takliflar va ayrim bosimlarga qaramay, yaqin kelajakda bu tashkilotga a'zo bo'lish uchun ariza topshirishdan tiyiladi ekan. O'zbekiston ham BRICS yoki Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi kabi qutblashtiruvchi tashkilotlardan…
Rossiya Qozog‘istondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishni taqiqlab qo‘yibdi. Rasman bu chora "xavfsizlikni ta’minlash" maqsadida joriy qilingan, deb da’vo qilinmoqda. Ammo qiziq tomoni shundaki, bu ikki davlat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) a’zosi hisoblanadi. Rossiya yetakchiligida tuzilgan bu ittifoqning asosiy maqsadi – tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanishini ta’minlash, makroiqtisodiyot, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, tashqi savdo, investitsiyalar hamda bojxona xizmatlari sohalarida davlatlar o‘rtasida erkin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. Biroq amalda buning aksini ko‘rmoqdamiz.

O‘zbekiston bu tashkilotga a’zo emas va biz bu masalani kun tartibiga ham keltirmasligimiz kerak deb o'ylayman.

Avval yozganimdek, Qozog‘iston yaqinda BRICSga kirishdan voz kechganini e’lon qilgan edi. Balki Rossiya tomonidan joriy etilgan ushbu cheklovlar bunga javob chorasi sifatida ko‘rilayotgandir.

@lazizhamidov
Statistika agentligining bergan ma’lumotga ko‘ra O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 69 ta shaxsiy kompyuter to‘g‘ri keladi ekan.

Boshqa davlatlarda qanday ekan deb tekshirib ko‘rdim. Qiyoslash uchun, rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkichlar yuqoriroq: AQShda 100 ta uy xo‘jaligida 90-95 ta, Germaniyada 85-90 ta, va Yaponiyada 80-85 ta kompyuter mavjud. Mintaqaviy davlatlar orasida esa Turkiyada 54 ta, Qozog‘istonda 43 ta, Ozarbayjonda 34 ta, Qirg‘izistonda esa atigi 13 ta kompyuter to‘g‘ri keladi deb yozilmoqda. Rossiyada bu ko‘rsatkich 70 tani tashkil etadi​ ekan.

A bizda 69 ta, yomon emas a, ishongin kelmaydi xatto)

@lazizhamidov
Uylar narxi qulayotgani haqida illyuziya

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda uylarning narxi keskin tushishi haqida gapirayotgan, arzon uylar haqida videolar e’lon qiladigan rieltorlar, makler-blogerlar ko‘payib qoldi. Ularning aksari prosmotr uchun bu mavzuni qayta-qayta olib chiqishga harakat qilishmoqda. Aslida ham shundaymi? Shu maqsadda real bozorni o‘rganib ko‘rishga qaror qildim.

Ha, O‘zbekistondagi tadqiqotchilar keltirgan raqamlarga ishonadigan bo‘lsak, bozordagi oldi-sotdi qisqargan bo‘lishi mumkin. Ya’ni hamma oldingidek, yoppasiga uy sotib olayotgani yo‘q. Ammo bu narx-navoga ta’sir qilgan deb bo‘lmaydi. Qaytanga uylar, ayniqsa yangi qurilgan uylarda narxlar oshishi kuzatilmoqda. Yuqoridagi suratlarda bitta hududda, deyarli bitta joyda joylashgan, bir xil sharoitdagi, bir xil yoki bir-biriga yaqin kvadratdagi, bir xil ta’mirdagi birlamchi va ikkilamchi uylar yil boshidagi va hozirgi kundagi narxlari bilan solishtirilgan. Ulardan ko‘rish mumkinki narxlar tushish o‘rniga aksincha ko‘tarilgan.

Nega qimmat segmentdagi uylarni misol qilib keltiryapman? Chunki agar uylar narxi tushadigan bo‘lsa, bu birinchi navbatda katta kvadratli va qimmat uylarda sezilishi kerak. Chunki kichik kvadratli bir yoki ikki xonali uylarga talab doim yuqori bo‘lib kelgan va uy narxlari qulagan taqdirda ham bu kabi uylarga ta’siri kech seziladi (yoki deyarli sezilmaydi). Ammo siz ko‘rayotgan misollarda ham narxlar nisbatan talab kam bo‘lgan segmentda ham o‘sganini ko‘rish mumkin.

Xo‘sh, unda narxlar pasayib ketgani haqida illyuziyalar qayerdan paydo bo‘lmoqda? Birinchidan, yuqorida aytganimiz kabi bugun tarmoqlarda hayp, prosmotr uchun yangi gap aytish urfga kirdi. Ikkinchidan, uy bozorida oldi-sotdi kamayishi natijasida zarur bo‘lgan odamlar arzonroqqa bo‘lsada uyini sotishga rozi bo‘lishmoqda. Agar bunday sotuvchilar soni 50-60ta bo‘lsa ham hayp qilish istagida bo‘lganlar uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, arzon, shoshilinch sotiladigan uylar har doim bo‘lgan, lekin ko‘pincha ularni ommaga olib chiqishmagan, shunchaki rieltorlar orasida hozir urfga kirgan usulda sotilgan. Ya’ni rieltor o‘zi yoki investori orqali uyni arzonligi uchun sotib oladi va ta’mirlab qimmatroqqa sotib yuboradi. Bugun narx tushdi deb berilayotgan ayrim uylarni shu toifaga kiritsa bo‘ladi.

Yana bir tomoni, o‘sha narx tushgani aytilayotgan uylar qayerda va qanday sharoitdagi ekaniga e’tibor berdingizmi? Aksariyati eski, shahar chetlarida qurilgan, oxirgi qavatlarda joylashgan, yozda issiq, qishda sovuq bo‘ladigan panel (monolit) uylar. Hali birorta e’lonlarda shahar markazida joylashgan 100lab arzonlab ketgan uylarni ko‘rganim yo‘q. Yangi qurilayotgan uylarning narxiku to‘xtovsiz ravishda oshishda davom etmoqda.

Shaharda aholi ko‘paymoqda, tabiiyki bunday jarayonda uyga bo‘lgan talab ko‘payib boraveradi. Talab kamaymayotgan, ipoteka kreditlash davom etayotgan bir paytda uylarning narxi keskin pasayib ketishini kutish noto‘g‘ri, menimcha. Agar uy olishni rejalashtirib yurgan bo‘lsangiz, narxlar qulashini kutmang.

@lazizhamidov
🏠 Uylar narxi tushgani yolg‘onmi? 

Aslida narxlar rostan ham tushganmi yoki bu shunchaki haypmi? 

Uy bozoridagi real vaziyat haqida ma’lumot topildi
2025/07/14 17:49:26
Back to Top
HTML Embed Code: