Telegram Web
Istanbulga borganlar yaxshi biladi, ko'chalardagi ko'chma simit va jo'xori peshtaxtalari standart ko'rinishga ega bo'lib, shaharga o'zgacha aura berib turadi. Ammo, dizayni biroz eskirib qolgan edi. Istanbul hokimiyati bu muammoni hal etib, Istanbul shahriga mos yangi dizayn bilan yangilab, ko'rinishini zamonaviylashtiribdi. Menga yoqdi.

@lazizhamidov
Bir-ikki mulohazalar

Bolalikdan ota-onangiz sizga "yaxshi o‘qisang, hayotda qiynalmaysan" deb uqtirib kelishadi. Siz darslarni puxta o‘rganasiz, repetitorlarga qatnaysiz, kechalari o‘qishdan bosh ko‘tarmaysiz, oxir-oqibat IELTS’dan 7 ball olib, o‘qishga kirasiz. Qiyinchiliklar bilan sessiyalarni yopasiz, nihoyat diplomni qo‘lga kiritasiz. Ishga joylashasiz ham. Ammo... hayot siz kutgandek yaxshi tus olmasligini sezasiz. Maoshingiz farovon hayotingiz uchun yetmaydi, ikki joyda ishlab ko‘rasiz. Bu ham yetmaydi, chet elga ketasiz. U yerda esa haftada yetti kun, kuniga 10 soatdan ishlayverasiz...

"Ko'p ishlasang kam bo‘lmaysan, yaxshi o‘qisang yaxshi yashaysan," degan gap qulog‘ingizda jaranglab turadi. Ammo sizga noto‘g‘ri maslahat berilganini kech anglaysiz yoki ba’zan anglamaymiz ham.

"Yaxshi hayot"ga yetishish uchun faqat o‘qish va mehnat kifoya emasdek go’yo. Bu yo‘lda o‘zimizdan nimani istashimizni chuqurroq tushunish, maqsadlarimizni aniq belgilash zarur. Aks holda, biz vaqtimizni, kuchimizni noto‘g‘ri yo‘nalishlarga sarflab qo‘yishimiz mumkin.

Hayotda muvaffaqiyat va qoniqishga erishish uchun faqat ko‘p ishlash emas, balki shaxsiy o‘sish, o‘z qadriyatlarimizni anglash va ularni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega nazarimda…

@lazizhamidov
Qiziqarli infografiya ko'rib qoldim. Dunyoda fuqarolik olish ikki asosiy tamoyilga bo'linadi: yer tamoyili (ko'k) va qon tamoyili (qizil).

Yer tamoyiliga ega mamlakatlarda, bola tug'ilgan joyiga qarab avtomatik ravishda fuqarolik oladi, ota-onasining millatidan qat'i nazar (masalan, AQSh, Argentina).

Qon tamoyiliga ega mamlakatlarda esa faqat ota-onasi fuqarosi bo'lgandagina bola fuqarolik oladi (ko'plab Yevropa va Osiyo mamlakatlari shu bilan birga O'zbekistonda ham).

Yani, ko'k davlatlarda tug'ilgan joy, qizil davlatlarda esa ota-onaning fuqaroligi hal qiladi.

@lazizhamidov
1982-yilda qurilgan, 2000-yilga qadar faoliyat yuritgan va 2008-yilda rasman yopilgan Chorsu mehmonxonasi keyingi yil butunlay buzilib o'rniga boshqatdan yangi mehmonxona quriladi ekan.

Avvalroq bu mehmonxona uch bor sotilgan edi: 2010-yilda koreyslarga, 2017-yilda turklarga, 2020-yilda esa arablarga. Lekin hech qaysinisi mehmonxonani "odam qila olmagan edi".
Oʻzbekistondagi moliyaviy texnologiyalar olamida haqiqiy jang ketyapti, Payme, Click va Paynet – bu yerda haqiqiy "katta uchlik" rolini oʻynayotgan kompaniyalar.  Yilning dastlabki toʻqqiz oyida Payme Clickni toza foyda boʻyicha ortda qoldirib, 186,9 mlrd soʻm daromad koʻribdi. Click esa, 179,2 mlrd soʻm foyda qilibdi.

Shu bilan birga, sohaning yetakchisi hali ham Paynet: u 208,4 mlrd soʻmlik daromad bilan birinchilikda. Ajoyib tomoni shundaki, Paynet foydasini deyarli 96 foizga oshirishga muvaffaq boʻlibdi. Katta raqobat iste’molchilar uchun haqiqiy yutuq — xizmatlar yaxshilanadi, narxlar pasayadi va tanlov kengayadi.

Daromad olish va bozorni egallash bo'yicha boshqa fintechlar ortda qolmoqda: masalan, Plum bor-yoʻgʻi 78,1 mlrd, UPay esa atigi 1,4 mlrd soʻm ishlab topdi. Baʼzi kompaniyalar yilni zarar bilan yopdi, ayniqsa Payze, Real Pay va boshqa kichik oʻyinchilar ogʻir zamonlarni boshidan oʻtkazmoqda.

Bank ilovalari (Xazna, Zoomrad, Uzum Bank va boshqalar) bozorda oʻz ulushini tobora oshirib borayotgani tufayli fintech kompaniyalari rivojlanish uchun yangi yoʻnalishlarni topishi zarur, aks holda bozordagi ulushini va foydasini osonlik bilan yuqotishlari mumkin.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekistonlik Mahmudjon Mabubzoda harbiy xizmatga ro‘yxatdan o‘tmaganligi sababli Rossiya harbiy qo‘mitasi tomonidan fuqarolikdan mahrum qilinib, deportatsiya qilinibdi.

Mazkur voqea videoda aks etgan bo‘lib, u Rossiya inspektori bilan bahslashish, hujjatlarini yerga uloqtirish bilan boshlanadi. Inspektor unga muammoni hal qilish uchun Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishni taklif qiladi, ammo Mabubzoda buni qat’iyan rad etadi. Videoda u: “Qaytarib oling fuqarolikni, kerak emas,” deya e’tiroz bildiradi.

Inspektor unga 5 yil davomida Rossiyaga kirishi taqiqlanishini aytib ogohlantirganda, Mabubzoda norozilik bilan: “Shunaqa bo‘la qolsin, tupurdim hammasiga,” deb javob bergan.

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekistonlik Mahmudjon Mabubzoda harbiy xizmatga ro‘yxatdan o‘tmaganligi sababli Rossiya harbiy qo‘mitasi tomonidan fuqarolikdan mahrum qilinib, deportatsiya qilinibdi. Mazkur voqea videoda aks etgan bo‘lib, u Rossiya inspektori…
Ya’ni, tushunishingiz uchun, Rossiya ushbu insondan fuqarolikni tortib olyapti, lekin aytyaptiki, agar Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzsang (va keyin katta ehtimoli bilan Ukrainaga urushga yuboriladi) fuqarolikni beramiz, sen xohlaysan-ku Rossiya fuqarosi bo‘lishni, deyapti. Dahshat a …, avval O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, keyin Rossiya fuqaroligini olgan qancha insonlar shu holatga solinayotgan ekan…
O‘ylab qarasam 2025-yilda ta’til uchun eng yaxshi oy iyul bo‘lib ko‘rinmoqda. Bu oyda 23 ish kuni bo‘lgani sababli ta’til to‘lovi yuqoriroq bo‘ladi. Buning ortidan yanvar, aprel, oktyabr va dekabr oylarini ham qo‘shish mumkin – har birida 22 ish kuni mavjud.

Ish kunlari qancha ko‘p bo‘lsa, ta‘til to‘lovi ham shuncha ortadi, chunki to‘lov o‘rtacha kunlik ish haqi asosida hisoblanadi. Albatta bular rasmiy ishda ishlaydiganlar uchun:)

Yana bir masala, 2025-yilda O‘zbekistonda jami 254 ish kuni bo‘ladi ekan, bu Qozog‘istondagi 246 va Qirg‘izistondagi 247 kunlik ish yili bilan taqqoslaganda sezilarli ko'p.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"ULAR"ning yangi sonida Zumer avlod vakillari bilan qiziqarli suhbat uyushtirdik.

Bu safar yoshlarning o'ziga xos qadriyatlari, yangicha fikrlash tarzi va "Millenial"lardan qanday jihatlari bilan farq qilishlarini muhokama qildik. Zumerlarning zamonaviy qarashlari bilan tanishishni istasangiz, videoni tomosha qiling, o'z fikringizni bildiring va uni do'stlaringiz bilan ham ulashing.

https://youtu.be/Oy9xzBb-Jdo?si=Ia5suOTkKTNjCChx

@lazizhamidov
Bu yilning yanvar-sentabr o'ylari oralig'ida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 34,8 foizga oshib, 11,3 mlrd dollarni tashkil etibdi. Bu juda ham yaxshi xabar.

Markaziy Bank ma'lumotlariga ko‘ra, quyidagi mamlakatlardan O'zbekistonga eng ko'p pul o'tkazilgan:

1. Rossiyadan — 8,75 milliard dollar (+35%);
2. Qozog‘istondan — 625 million dollar;
3. Janubiy Koreyadan — 420 million dollar (+76%);
4. AQShdan — 415 million dollar;
5. Turkiyadan — 291 million dollar;
6. Buyuk Britaniyadan — 93 million dollar (+67%);
7. Polshadan — 48 million dollar (deyarli 2 barobar oshdi).

@lazizhamidov
Bitcoin – bu nafaqat kripto olamining asosiy ustuni, balki ikki trillion dollarlik gigant bir bozor. Butun dunyoda yirik investitsiya kompaniyalari Bitcoin bilan faol savdo qiladi. Hatto bir davlatda u rasmiy valyuta sifatida qabul qilingan. Ammo eng qiziq tomoni – Bitcoinni yaratgan Satoshi Nakamoto degan odamning kim ekanini hech kim bilmaydi.

Yillar davomida ko‘plab odamlar “Satoshi kim?” degan savolga javob topishga harakat qilishdi, ammo biror aniq natijaga erishilmadi. Oktyabr oyida HBO hujjatli filmi Piter Todd ismli kanadalikni Bitcoin yaratuvchisi deb e’lon qildi, Todd esa buni rad etdi. Kripto olami bu xabafrni e’tiborsiz qoldirdi. Men ham bu hujjatli filimni ko‘rdim, haqiqatdan ham HBO o‘z hujjatli filmida o‘ta jiddiy faktlar taqdim qila olmagan.

Aslida, bu sirli shaxsning ismini aniqlash uchun ilgari ham bir necha urinishlar bo‘lgan. Misol uchun, 2014-yilda Kaliforniyada yashovchi Dorian Nakamoto degan kishi Satoshi deb e’lon qilindi, ammo u ham bu da’voni rad etgan. Shundan so‘ng, 2016-yilda Avstraliyalik Craig Wright o'zini Satoshi ekanini aytgan bo‘lsa-da, bunga isbot qila olmadi va uning hikoyasi soxta deb topildi.

Qisqasi, Bitcoin yaratgan shaxs yoki shaxslarning kim ekanini aniqlash hozircha imkonsiz. Satoshi o‘z kimligini yashirib, dunyoga o‘zgacha bir moliyaviy inqilob sovg‘a qilgan.

@lazizhamidov
Green Card lotereyasiga ariza topshirish muddati aslida bugun, 2024-yil 5-noyabrda tugashi kerak edi. Ammo so‘nggi e’lonlarga ko‘ra, bu muddat yana ikki kun uzaytirilib, 7-noyabrga qadar davom etadigan bo‘libdi. Ariza topshirishga ulgurmaganlar uchun yana bir imkoniyat.

O‘zbekistonlik bir ishtirokchining Green Card lotereyasida yutish ehtimoli qanday ekanligini bilasizmi? (O‘tgan yilgi natijalarga ko‘ra hisoblab chiqdim)

- O'zbekistonlik ishtirokchilar soni: 832 938 kishi;
- O'zbekistonga ajratilgan DV vizalar soni: 2 399;
- Yutish ehtimoli: 0,29% yoki taxminan har ming kishidan uch nafar inson yutgan.

Green Card lotereyasida g‘olib chiqish ehtimoli juda past. Ammo omad kelishi ehtimoli hamisha mavjud.

@lazizhamidov
💡 Bokudagi COP-29: iqlim bo‘yicha asosiy qarorlar va xalqaro hamkorlik 🌍

11-22-noyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Bokuda COP-29 bo‘yicha dunyodagi eng yirik iqlim konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu yil BMTning tomonlar konferensiyasi 190 dan ortiq mamlakat delegatsiyalarini jamlaydi va global iqlim muammolarini muhokama qiladi va barqaror yechimlarni ishlab chiqishga yoshlarni jalb qiladi.

COP-29 ning asosiy mavzulari:

- Mamlakatlar uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha yangilangan rejalarni taqdim etadilar.

- Iqlim o‘zgarishiga moslashish: ekotizimlar va infratuzilmani global isish ta’siridan himoya qilish masalalarini muhokama qilish.

-“yashil” loyihalarni moliyalashtirish: past uglerodli iqtisodiyotga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash manbalarini aniqlash.

-Barqaror energiyani rivojlantirish: qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish.

COP29 mamlakatlar uchun iqlim o‘zgarishi ta’sirini kamaytirish va yanada barqaror kelajak sari harakat qilish bo‘yicha samarali harakatlar to‘g‘risida kelishib olish uchun noyob imkoniyatdir.

@lazizhamidov
Bozorlarda savdo yo‘q, odamlardan pul qochmoqda, degan gaplar barchasi bor gap. Lekin vaziyatga yuqoriroqdan qarasak, Aslida O‘zbekistonda ko‘p ishlar amalga oshirilmagan – rivojlanish uchun yo‘nalishlar, mavzular juda ko‘p. Bu xoh ishlab chiqarish/biznes bo‘lsin, xoh dehqonchilik va yoki san’at bo‘lsin – yangilik qilinishi kerak bo‘lgan sohalar serob. Oldin qilinmagan biznes g‘oyalarini amalga oshirish orqali yaxshi daromad olish mumkin. Albatta, mahalliy ehtiyojni hisobga olgan holda.

Har gal yangi g‘oyalar bilan bozorda kirgan odam yutadi. Lekin bizda bunday muvaffaqiyat uzoq davom etmasligi mumkin. Boshqalar Sizning g‘oyangizni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib, o‘zlari ham buni muvaffaqiyatli bajara olmaydilar, bu esa bozorda tartibsizlik keltirib chiqaradi ba'zida, masalan, pandemiya paytida Intex basseynlari yoki “Umra tur biznesi”, elektromobil savdosi kabi misollar.

Shuning uchun har gal biznes g‘oyalarini o‘zgartirib turish va yangilarini o‘ylab yurish zarur. Ular ulkan proyektlar yoki katta mablag‘ talab qiladigan g‘oyalar bo‘lishi shart emas. Ko‘pincha, bizning oldimizda turgan yangi va tayyor biznes g‘oyalarini payqamay qolamiz.

@lazizhamidov
Donald Tramp AQSh prezidentlik saylovlarida oldinda bormoqda va g‘alaba qozonishi uchun yana 24 delegat ovozi kerak. Trampning yetakchilik qilayotgani dollar indeksining kuchayishiga olib kelib, kriptovalyutalar va oltin narxini ham jiddiy shaklda oshirmoqda. Bunga sabab esa siyosiy noaniqlik.

Yana shuni qo'shimcha qilishim kerak, AQShda dollar endeksi kuchayishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga bir qancha yo‘nalishlarda ta’sir qiladi. Birinchidan, import mahsulotlarining narxi oshishi ehtimoli mavjud, chunki O‘zbekistonga kirib kelayotgan tovarlarning aksariyati xalqaro bozorda dollar asosida baholanadi. Bu esa ichki bozorda inflatsiyani kuchaytirishi mumkin. Ikkinchidan, O‘zbekistondan xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarining jo‘natmalari qiymati oshishi kutiladi, chunki ular AQSh dollarida yuborayotgan pul mablag‘lari mahalliy valyutada yanada ko‘proq qiymatga ega bo‘ladi.

@lazizhamidov
Saylovda g'alaba qozongan Donald Trumpning ilk nutqi:

Bugun tarixni boshqatdan yozdik.

AQShni yana ham yaxshi holatga keltiraman.

Chegaralarni kuchaytiraman.

Tashqi dushmanlarga qarshi kurashaman.

Urushlarni to'xtataman.

Ushbu davr Amerika Qo'shma Shtatlarining oltin asri bo'ladi.

@lazizhamidov
Donald Trumpning saylov va'dalari:

Ukrainadagi urush bo‘yicha:

Trump qayta saylansa, urushni "24 soat ichida tugatish"ga va’da bergan (ammo buni qanday amalga oshirishini aytmagan). Mart oyida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Trump bilan uchrashganidan keyin, agar Trump saylansa, Ukrainaga "bir tiyin ham yordam bermas ekan" deb aytgan. Trump esa Time jurnaliga bergan intervyusida yuqoridagi jumlani tasdiqlagan va "Yevropa o'zi ham harakat qilishni boshlamaguncha, ularga hech narsa bermayman," deya qo'shimcha qilgan.

NATOdan chiqish:

Trump prezidentlik davrida ko‘p marta AQShni NATOdan chiqishini aytgan. U bunga sabab qilib boshqa a'zo davlatlarning yalpi ichki mahsulotlarining 2 foizini mudofaaga ajratish shartini bajarmasligini ko‘rsatgan. Hatto u “to‘lov qilmayotgan” davlatlarni himoya qilmasligi borasida qo'rqitgan.

Migratsiya masalasi:

Trump, Oq uydagi ikkinchi muddatida "Amerika tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasini boshlash"ga va'da bergan. U yuridik hujjatlari bo‘lmagan migrantlarning farzandlari uchun tug‘ilish orqali fuqarolik huquqini bekor qilish va Meksika narkokartellariga qarshi urush ochishni va'da qilgan. Shuningdek, u musulmon davlatlardan kelayotganlarga avvalgi bahsli sayohat taqiqlarini kengaytirishini ham bildirgan.

Xitoy masalasi:

Qayta saylansa, Trump Xitoyga 60 foizlik boj solig‘i qo‘yishni, energetika va telekommunikatsiya kabi muhim sohalarda barcha Xitoy xaridlarini to‘xtatishni aytgan. Tayvan bo‘yicha esa u, Amerika manfaatlari uchun Xitoy Rossiyaga qaraganda ko‘proq tahdid solishini va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash birinchi o‘rinda bo‘lmasligi kerakligini ta'kidlagan.

Boshqa masalalar:

Trump atrof-muhit faollari tomonidan qo‘zg‘atilgan "ma'nosiz sud ishlarini" to‘xtatishni, shamol energiyasiga subsidiyalarni bekor qilishni, neft, gaz va ko‘mir ishlab chiqaruvchilariga soliq yukini kamaytirishni hamda Biden joriy etgan avtomobil chiqindi qoidalarini yo'q qilishni rejalashtirmoqda.

@lazizhamidov
Qozog‘iston hukumati Skandinav davlatlarining tajribasidan kelib chiqib ayollarning ish vaqtini qisqartirishni va maoshni saqlab qolgan holda ikki yillik “Dekret ta’tili” joriy qilishni o‘ylayotgan ekan.

@lazizhamidov
2025/07/13 21:13:23
Back to Top
HTML Embed Code: