Telegram Web
Toshkentda qalbaki 1,4 ming dollarni bankomatdan almashtirgan shaxslar ushlanibdi. Qalbaki pullar 50 dollarlik banknotlar ekan.

Kecha Qozog‘istonda ham qalbaki dollarlar tarqalgani haqida xabar o‘qigan edim. Bugun Turkiyadaki tanishimning aytishicha u yerdagi ayriboshlash punktlari ham eski 50 va 100 dollarlik kupyuralarini qabul qilmayotganini aytdi, sababi esa qalbaki dollarlar tarqalgani va ularni aniqlash qiyinligi sababli shunday qaror qabul qilishibdi.

Menimcha, dollarni qalbakilashtirishning yangi turi kashf qilinganga o'xshaydi. Chunki mazkur qalbaki kupyuralar nafaqat bankomatlar, balki kassa apparatlaridan ham muvaffaqiyatli o‘tayapti. Ehtiyot bo'ling.

@lazizhamidov
Uy-joyni yaxshilash uchun 120 million so‘mgacha ipoteka krediti ajratish bo‘yicha arizalar 1-dekabrdan boshlanadi ekan. Ushbu kredit, yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlariga mo‘ljallangan bo‘lib, 20 yilgacha muddatga ajratiladi.

Dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun kreditning 15 foizi miqdorida, shuningdek, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash maqsadida kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi.

Hisob-kitoblarimga ko‘ra, agar 120 million so‘mgacha 20 yil muddatga ajratiladigan bu kredit o‘rtacha 10 foizlik inflyatsiya ta'sirida bo‘lsa, kreditning bugungi qiymati 20 yil oxiriga kelib 37.3 million so‘mga teng bo‘ladi. Dastlabki badal esa 15 foizni yoki 18 million so‘mni tashkil etadi.

Kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan yuqori foiz qismini hukumat qoplaydi. Misol uchun, hozirgi foiz stavkasi 13.5 foiz, davlat 1.5 foizni qoplaydi, bu esa har yillik foiz to‘lovlarida 1.8 million so‘mgacha yengillik yaratadi.

Agar kreditni 12 foiz stavkasida hisoblasak, 20 yil davomida foizlar bilan birga to‘lanadigan umumiy miqdor 313 million so‘mni tashkil etadi. Agar shartlarga to'g'ri kelsangiz va uyingizni ta'mirlash yoki uy qurish uchun sizga pul kerak bo'lsa inflyatsiyaning  hisobiga uzoq muddatda bunday kredit iqtisodiy jihatdan foydali. Ariza topshirish uchun LINK

@lazizhamidov
Uy-joy narxlari qanday o‘zgarmoqda?

Joriy yilda O‘zbekistondagi uy-joy narxlari keskin o‘sishdan to‘xtab, barqaror o‘sish sur’atiga qaytdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentyabr oylarida yangi uylarning narxi 7,9%, eski uylarning narxi esa 5% ga ko‘tarildi. Dollarda esa bu raqamlar 1,9% va 4,7% ni tashkil etdi. 2023-yilda esa narxlar 21,5% va 22,8% ga o‘sib, sezilarli farq qilgan edi. 

Shuningdek, umumiy bozor faolligi pasaydi: o'tgan yilga nisbatan tuzilgan shartnomalar soni 20 mingga qisqardi. 

Bunga nima sabab bo‘ldi?

So‘nggi yillarda uy-joy bozori bir necha omillar tufayli keskin o‘sish davrini boshdan kechirdi: 

- Kechiktirilgan talab; 
- Yangi kelgan migratsion oqim va ijara ehtiyoji; 
- Ukrainadagi urushdan keyin kelgan imgrantlar; 
- Ipoteka dasturlarining kengayishi. 

Bu jarayon bozorni "qizdirib", narxlarning haddan tashqari oshishiga olib keldi. Biroq, bu yil talab qondirila boshladi va bozor asta-sekin o‘z holiga qaytmoqda. 

Ipoteka kreditlash hajmi ham kamaydi: kredit summasi 4%, oluvchilar soni esa 20% ga qisqardi. Shu sababli, narxlar tabiiy ravishda pasaymoqda va bozor o‘zini tuzatmoqda. 

Uy-joyga sarmoya kiritish foydalimi?

Hozirda uy-joy narxlarining o‘sishi inflyatsiyadan ortda qolmoqda. Boshqa moliyaviy sarmoyalar hozir ko‘proq daromad keltirishi mumkin. 

Ammo uzoq muddatli istiqbolda uy-joy O‘zbekistonda hali ham muhim sarmoya turi bo‘lib qoladi. Mamlakatda turar-joy yetishmovchiligi sababli narxlar yuqori darajada saqlanib qolishi mumkin, lekin 2022-2023-yillardagi kabi o‘ta keskin o‘sish ehtimoli past.

@lazizhamidov
O‘zbekistonning hozirgi mehnat bozorida qaysi sohalarda qanday ishchilar yetishmayotganligi aniqlanibdi.

Unga ko'ra savdo sohasi mutaxassislariga talab eng yuqori bo‘lib, savdo korxonalarida ishchi yetishmovchiligi 32,5 foizni tashkil etmoqda ekan.

Texnik sohalarda qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalari mexanigi, qurilish texnikasi mutaxassislari, traktor, buldozer va kombayn haydovchilari kabi kasblarga talab yuqori.

Ta’lim muassasalarida ingliz, nemis, koreys tillari, matematika va IT fanlari o‘qituvchilariga talab katta. Shuningdek, davlat idoralarida marketologlar, IT dasturchilar, buxgalterlar va HR bo‘yicha mutaxassislar ham yetishmayapti.

Farrosh, haydovchi va bog‘bonlar kabi malaka talab etmaydigan lavozimlarga ham ehtiyoj yuqori ekan.

@lazizhamidov
Ko‘p qavatli binolarda yashovchi insonlar mahallani "obod qilish" maqsadida ba’zi daraxtlarni kesib, plastik yoki tunuka materiallardan mashinalari uchun parkovka qurishayotganini ko‘p joylarda ko‘rdim. Aholining "obod qilish" istagi, albatta, maqtovga loyiq, lekin u daraxtlarni kesish, kelajakdagi turar joylar (va boshqa barcha ko‘rinishdagi binolar) uchun yomon oqibatlarga olib keladi. Menimcha, daraxtsiz yerni qanchalik beton bilan obod qilinmasin, u yerning cho‘ldan farqi yo'q.

Yuqoridagi videoda ko‘p qavatli turar-joy parkovkasidagi maxsus o‘simliklardan hosil qilingan yashil soyabonni ko‘rishingiz mumkin. Agar bunday soyabonlarni oddiy plastik yoki tunuka soyabonlar bilan taqqoslasak, tabiiy o‘simliklar soyasidan yaratilgan soyabon ancha afzalroq variant hisoblanadi: mikroklimat uchun foydali, derazadan go‘zal manzara ko‘rinadi, atrofdagi changni tozalaydi va yozda mashinalar namlanmaydi. Biroq, kamchiligi bunday soyabonlar ishlab chiqarilishi, o‘rnatilishi va xizmat ko‘rsatilishi katta xarajatlarni talab qiladi. Qorni ko‘tara olmaydi, ma’lum bir vaqt o‘tgach, bunday soyabonlarni almashtirish zarurati bor.

O‘simlik soyabonlarning analogi esa daraxtlar orqali tabiiy soyabon tashkil qilinishi. Har 3-4 mashina sig‘adigan joyda daraxtlar ekib chiqilishi kerak. Vaqt o‘tishi bilan daraxtlar o‘sib, parkovkani va atrofni yashil soya bilan yopib qo‘yadi, yuqoridan ham, yerdan ham chiroyli ko‘rinadi. Daraxtlar 40-100 yil davomida almashtirilmaydi. Biroq, bitta kamchilik mavjud: tayyor, katta daraxtlarni topish qiyin, o'sishi uchun biroz vaqt kerak. Yaxshi narsaga erishish oson emas. Yaxshi narsalar vaqt talab qiladi. Shuning uchun sababi nima bo‘lishidan qat’iy nazar daraxtlarni kesmaslik kerak.

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Uy-joy narxlari qanday o‘zgarmoqda? Joriy yilda O‘zbekistondagi uy-joy narxlari keskin o‘sishdan to‘xtab, barqaror o‘sish sur’atiga qaytdi.  Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentyabr oylarida yangi uylarning narxi 7,9%, eski uylarning narxi esa…
O'tgan yili O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka qilingan qisqa muddatli investitsiyalar o'zini oqlamagani borasida qiziqarli ma’lumot berilibdi.

Yozilishicha, 2021-yilda bir kishiga oid bo‘lgan Toshkentdagi ikki xonali kvartira narxi $55 000 bo'lgan ekan. 2022-yilda uning narxi $65 000 ga ko‘tarildi, 2023-yilda esa $80 000 ga yetgan. Yil oxirida esa qo‘shnilardan biri bu kvartirani $77 000 ga savdolashib xarid qilgan. Bu kvartirani olishdan maqsadi faqat qisqa muddatli investitsiya. Rejasi - "bir yil ichida kamida $90 000 ga sotish" bo'lgan ekan.

Uning fikricha, 2022 va 2023-yillardagi tezkor narx o‘sishi 2024-yilda ham davom etishi kerak edi. Lekin unday bo‘lmadi. Bu yil narxlarning o‘sishi sezilarli darajada sustlashdi.

Natijada, yil oxiriga kelib, kvartirani nafaqat $90 000, balki $85 000 ga ham sota olmadi.

Investitsiya sohibi kamida $10 000 daromad qilishni rejalashtirgan edi, ammo hozirda rieltor komissiyasini hisobga olganda, eng yaxshi holatda $1 500 foyda qila oladi.

O‘zbekistondagi hozirgi iqtisodiy vaziayatga qaralsa ushbu mablag‘ni so‘m yoki valyuta depozitiga qo‘yganida yaxshiroq natija olishi mumkin edi. Hatto inflyatsiya (10,2%), dollar kursi o‘sishi (4,5%) va konversiya uchun komissiyalarni hisobga olganda ham, kamida ikki barobar ko‘proq foyda ko‘rardi.

Ko‘chmas mulk investitsiyasi yomon degani emas. Ammo bu juda bashorat qilish qiyin bo‘lgan soha. U katta daromad olib kelishi mumkin, lekin ba'zan kichik foyda bilan ham cheklanish ba'zan esa zarar ham qildirishi mumkin.

Shuning uchun Instagram yoki boshqa reklamalarda kimdir ko‘chmas mulkdan aniq daromad va’da qilsa, ularni e’tiborsiz qoldirishingiz sizning foydangizga ishlaydi.

To‘g‘ri, kelajakda baribir kvartira narxlari oshadi, chunki talab taklifdan yuqori, bu haqiqat. Ammo bu baribir bozor. Sharoitga va vaziyatga qarab o‘zgaradi va aniq daromadni oldindan bilishning imkoni yo‘q.

@lazizhamidov
Eshitgan bo'lsangiz kerak, 2025-yil mart oyidan boshlab Toshkentda pullik avtoturargohlar ishga tushiriladi. Unga ko‘ra, Toshkentda pulli avtoturargohlar beshta tarif hududlariga bo‘lingan:

- 1-hudud: 12 000 so‘m/soat
- 2-hudud: 10 000 so‘m/soat
- 3-hudud: 8 000 so‘m/soat
- 4-hudud: 6 000 so‘m/soat
- 5-hudud: 5 000 so‘m/soat

Narxlarini boshqa MDH mamlakatlari bilan solishtirilsa bizda biroz qimmat ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan:

Rossiya: Parkovka uchin belgilangan oddiy tarifda narx 40 rubl/soatdan boshlanadi, ba’zi hududlarda differensiyalangan tarif esa 0–800 rubl/soatgacha yetishi mumkin.

Qozog‘iston: Ostona va Olmaota shaharlarida parkovka narxi 100–150 tenge/soat.

Ozarbayjon: Boku shahrida esa 0,30–1 manat/soat, tungi vaqt va yakshanba kuni esa bepul.

Narxlarni dollarda taqqoslasak:

- Ozarbayjon: 0,18–0,59 dollar;
- Qozog‘iston: 0,23–0,34 dollar;
- O‘zbekiston: 0,39–0,94 dollar;
- Rossiya: 0,44– 8,39 dollar.

@lazizhamidov
Bundan roppa-rosa besh yil avval, Xitoyning Uxan shahrida insoniyat tarixida yangi bir sahifa ochgan COVID-19 pandemiyasining ilk holatlari rasman qayd etila boshlagan edi.

@lazizhamidov
Toshkentda 289 million dollardan oshiq pul sarflanib qurib turilgan Olimpiya shahrining qurilishi o‘z vaqtida yakunlanmasligi sababli, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarining O‘zbekistonda o‘tkazilishi bekor qilinibdi.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turkiy davlatlarning pul birliklari. Bu valyutalarning dollarga nisbatan qiymati quyidagi shaklda.

1. Ozarbayjon Manati (AZN) - 1 USD = 1.7 AZN
2. Turkman Manati (TMT) - 1 USD = 3.5 TMT
3. Turk Lirasi (TRY) - 1 USD - 33-34 TRY
4. Qirg‘iz Somi (KGS) 1 USD - 86-87 KGS
5. Qozog‘iston Tengesi (KZT) - 1 USD = 490-495 KZT
6. O‘zbekiston So‘mi (UZS) - 1 USD = 12810-12850 UZS

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lgan Janubiy Koreyada prezident tomonidan harbiy holat e’lon qilinibdi.

Mamlakatda parlament va siyosiy partiyalarning faoliyati taqiqlab qo'yilgani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, bu Janubiy Koreya tarixida harbiy holat e’lon qilingan to‘rtinchi holatdir. So‘nggi marta harbiy holat 44 yil oldin, 1980-yilda e’lon qilingan.

@lazizhamidov
Koreya parlamentining qarori bilan harbiy holat bekor qilindi. Harbiylar esa parlament binosidan chiqib ketishmoqda.

Prezident Yun Sok Yol bugun kechqurun davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib hibsga olinishi kutilmoqda. Parlament qarorini bajarishdan bosh tortgan barcha harbiy xizmatchilar va xavfsizlik xodimlari davlatga xiyonatda ayblanib sudlanishi e'lon qilindi.

Shu o‘rinda Janubiy Koreyaning o'tmishdagi prezidentlarining taqdiri haqida qisqacha eslatib o‘tmoqchiman:

1. Li Sinman – to‘ntarilgan va Gavayi orollariga qochib ketgan.

2. Yun Boson  – to‘ntarilib, surgin qilingan.

3. Pak Chonxi – o‘z do‘sti Korea razvedka boshlig‘i Kim tomonidan otib o‘ldirilgan.

4. Chxve Gyu Xa  – harbiylar tomonidan to‘ntarilgan.

5. Chon Du Xvan  – prezidentlikdan ketganidan so‘ng korrupsiya va Gvanju qirg‘ini uchun o‘limga hukm qilingan lekin keyinchalik o‘lim jazosi bir umrlik qamoq jazosi bilan almashtirilgan.

6. Ro Deu  – prezidentlikdan ketganidan so‘ng 22 yilga qamalgan.

9. Kim Dechjun  – prezidentlik muddati bitmasidan avval surgun qilingan.

10. No Muxyon  –  Prezidentlikdan ketgandan so‘ng korrupsiyada ayblangan. Tergov jarayonida qoyadan sakrab joniga qasd qiligan.

11. Li Myonbak – prezidentlikdan ketgandan so‘ng hibsga olingan va 15 yilga qamalgan.

12. Pak Gyon Xe - 25-yilga qamalgan.

@lazizhamidov
2025-yilga kelib Dubayda talab yuqoriligi sababli uy-joy narxlari 8 foizga oshishi kutilmoqda ekan.

O‘zi Dubaydagi uy narxlari uzoq yillardan beri sezilarli ravishda oshib bormoqda. Narxlarning o‘sishi natijasida uy-joylarga investitsiya kiritganlar orasida yangi millionerlar paydo bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2002-yildan buyon Dubayda sotilgan boshlang'ich narxi 70-90 ming dollar bo'lgan 530 000 ta uyning kamida 95 000 tasi hozirda 1 million dollardan ortiq bo‘lgan qiymatga ega.

@lazizhamidov
Avval ham aytganimdek, jamoat transporti tirbandliklardan mustaqil bo‘lishi kerak — bu zamonaviy shahar uchun asosiy qoidadir. Buning yagona chorasi esa ko‘chalarda jamoat transportiga ustuvorlik berish hisoblanadi.

Ammo Toshkentda bu masala noto‘g‘ri hal qilinmoqda: ba’zi joylarda avtobus uchun ajratilgan yo‘laklar yo umuman yo‘q, yoki ular svetofor oldida tugab qoladi. Ba’zan ajratilgan yo‘lak yoniga parkovka qilingan, bu esa avtobus yo'lagining samaradorligini tushurmoqda. Dunyodagi ayrim shaharlardagidek svetoforlar oldida avtobuslarimiz uchun yashil chiroqni avtomatik yoqish haqida gapirish foydasiz, chunki avtobuslar tiqilinchda mashinalar orasidan svetoforgacha yetib bora olmaydi. Yetib borgan taqdirda ham bu ustuvorlikdan oddiy moshinalar "bezbetlarcha" foydalanadi.

Eng yaxshi yechim — avtobuslar uchun to‘silgan alohida yo‘laklarni tashkil qilib ajratish. Masalan, Istanbul, Guanchjou, Belgorod yoki Jakarta shahridagi tajribalaridan o'rnak olishimiz mumkin.

@lazizhamidov
Bitcoin narxi tarixda birinchi marta 100 ming dollardan oshdi. Binance birjasida Bitcoin narxi 104 ming dollargacha chiqdi.

Bitcoin narxi o'zi so'nggi bir oydan buyon uzluksiz o‘sishda davom etmoqda. Bu o‘sish Donald Trampning AQSh prezidentligi saylovida g‘alaba qozonganidan so‘ng boshlandi. O‘sha paytda kriptovalyuta narxi 68 ming dollar atrofida edi.

Mazkur yangi rekord Trampning AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasi rahbari etib Pol Atkinsni tayinlash niyatini e'lon qilganidan bir necha soat o‘tib qayd etildi. Pol Atkins, avvalgi rahbar Gari Genslerga qaraganda, kriptovalyuta bozorini tartibga solishga nisbatan yumshoqroq yondashishi bilan tanilgan. Gari Gensler esa Jo Bayden siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi shaxs sifatida tanilgan edi.

Shunchaki ma'lumot uchun, 2009-yilda atigi 100 dollar evaziga Bitcoin olganingizda, bugungi kunda siz 10 milliard dollardan oshiq boylikka ega bo‘lar edingiz.

@lazizhamidov
Hozir ko‘rib qoldim, 2010-yilda Bitcoin Faucet nomli sayt robot emasligini bildirgan (captcha) har bir foydalanuvchiga 5 dona BTC mukofot bergan ekan.

Umumiy hisobda ular 19 700 dona BTC (bugungi kun hisobi bo‘yicha 1,97 milliard dollar) tarqatgan.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda Starbuck kompaniyasining qahvaxonasi ochiladi ekan. 18-noyabr kuni kompaniya O‘zbekiston Adliya vazirligiga “Starbucks” savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirgan.

O'zi, O'zbekistonda Starbucks kompaniyasi o'z tovar belgisini 1997-yilda ham ro'yxatdan o'tkazgan ekan. Biroq, mana 27 yildirki O'zbekistonda qahvaxonaning birorta filiali ish boshlamadi. 2022-yilda ham mamlakatda Starbucks'ning birinchi filiali ochilishi haqida xabarlar tarqalgan, lekin ochilmagan.

@lazizhamidov
2025/07/12 00:46:34
Back to Top
HTML Embed Code: