Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 AnimCamp qanday o‘tdi?

Lola Animation boshqa animatsion studiyalar bilan bir qatorda AnimCamp’da ishtirok etdi.

🎤 Art direktorimiz, layout va animatsiya bo‘yicha mutaxassislarimiz oromgohga tashrif buyuruvchilarga ushbu soha, uning bosqichlari haqida ma’lumot berib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Siz ham AnimCamp’da qatnashgan bo‘lsangiz, taassurotlaringizni izohlarda yozib qoldiring 👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤔 Farzandingizga nima ko'rsatishni bilmayapasizmi?

🔆 Unda ushbu videoni ohirigacha tomosha qiling, va farzandingizning aqliy rivojlanishi uchun foydali bo'lgan top-3 ta multfilm haqida bilib oling.

Sizga bu multfilmlardan qaysi biri tanish? Izohlarda yozib qoldiring 👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Animatsiyani o‘rganmoqchi bo‘lganlarga maslahat

"Animatsiya sohasini aniq nima maqsadda o‘rganishni bilsa bu sohaga qo‘rqmasdan kirsa bo‘ladi" deb javob berdilar Ibrohim aka

📌 Siz ham 3D animatsiya sohasini o‘rganishni xohlasangiz izohda "+" belgisini qoldiring.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤔 Ikkilanyapsizmi?

Anchadan beri 3D animatsiya kursida o‘qisammikan yoki yo‘q deb o‘ylanib yuribsizmi? O'ylashni to'xtating, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

Ro'yxatdan o'tish uchun izohlarda "+" belgisini qoldiring.
🎈 Bayramingiz muborak boʻlsin mutfilmchilar

🌟 Bugun – bolalar bayrami!
Bu kun dunyodagi barcha bolalarni asrash, ularga mehr berish va e’tibor qaratish kunidir

Har bir bola – baxtli bo‘lishga, orzu qilishga va erkin o‘sishga haqli.

Keling, bugun ularni yanada ko‘proq quvontiraylik, mehr ko‘rsataylik va vaqt ajrataylik.

😊 Farzandlaringizga mehr bering, ularning kulgusi – eng katta baxt!
Jahongir Ahmedov "Turksoy" xalqaro tashkiloti tomonidan mukofotlandi

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor, kinodramaturg, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori Jahongir Ahmedov “Turksoy” xalqaro tashkiloti tomonidan “Turk dunyosi madaniyati va san’atiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” mukofoti bilan taqdirlandi.

Lola Animation ijodiy jamoasi Jahongir Ahmedovni turk dunyosining nufuzli mukofoti bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!

Telegram | Instagram | YouTube
#vakansiya

Junior 3D Render & Lighting Artist (Blender) kerak!


Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Joylashuv: Toshkent, ofisda
Format: Full-time
Afzalliklar:
— Doimiy rivojlanish va o‘rganish imkoniyati
— Yaxshi muhitdagi ijodiy jamoa
— Portfoliongiz asosida o‘sish va real loyihalarda ishtirok etish imkoniyati

Kompaniya: Lola Animation
Talablar:
• Blender (Cycles/Eevee) bilan ishlash tajribasi
• Yorug‘lik, rang va kompozitsiyani tushunish
• Yuqori sifatli render tayyorlash va sahnani optimallashtirish
• Render qatlamlari, passlar, post-processing haqida tushuncha
• Portfolio bo‘lishi shart!

Afzal ko‘nikmalar:
• Stylized yoki cinematic yoritish tajribasi
• Blender compositor yoki boshqa compositing dasturlari bo‘yicha asosiy bilim
• AOV, render optimizatsiyasi bo‘yicha tushuncha

Shaxsiy sifatlar:
• Feedback qabul qila oladigan
• Jamoaviy ishlashni biladigan
• Mas’uliyatli va o‘sishga tayyor

Maosh: Tajriba va portfolio asosida kelishiladi
— Ish holati: #aktiv
— Murojaat uchun: @sherzoddigitalartist
#vakansiya

VFX Artist (Houdini) kerak!

Ish vaqti
: 09:00 – 18:00
Joylashuv: Toshkent / Masofaviy
Format: Full-time

Afzalliklar:

— Qiziqarli va kreativ loyihalarda ishtirok etish
— Doimiy o‘sish va tajriba almashish muhiti
— O‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi
— Ijodiy va jamoaviy muhit

Kompaniya:
Lola Animation

Talablar:
• Houdini’da zarralar, tutun, suyuqlik, portlash kabi VFX yaratish tajribasi
• Procedural texnikalar va simulyatsiya sozlamalarini tushunish
• Simulyatsiyalarni optimallashtirish va renderingga tayyorlash
• Mantra, Karma yoki boshqa rendering dvijoklari bilan ishlay olish
• Nuke va After Effects bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar
• Portfolio yoki showreel bo‘lishi shart!

Afzal ko‘nikmalar:
• Maya yoki Blender bilan integratsiya tajribasi
• Python yoki VEX tilida asosiy skript yozish ko‘nikmasi
• Versiya nazorati va masofaviy ish vositalarini bilish

Shaxsiy sifatlar:
• Mustaqil va jamoaviy ishlay oladigan
• Feedback’ni ochiq qabul qiladigan
• O‘z vaqtini boshqara oladigan va rivojlanishga ochiq

Maosh: Tajriba va malakaga qarab
— Ish holati: #aktiv
— Murojaat uchun: @sherzoddigitalartist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlash sohasi siz uchun emasmi?

⚡️ Unda 3D animatsiya kurslarni sizga taqdim etamiz. Oflayn kurslarimiz ochilgandan so‘ng ko‘plar onlayn kurs ham so‘rashdi. Endi Lola Animation'da onlayn kurslarga ham qabul boshlandi!

Joyingizni band qilish uchun izohlarda "+" belgisini qoldiring
Kim qoldi osh olmagan?
Anonymous Poll
44%
Biz oldik 😁
56%
Qanday osh? 🧐
Siz ham yoshligingizda hamma bolalar qatori Arafa kuni osh tarqatganmisiz? 😁

Izohlarda yozib qoldiring-chi :)
🕌 Qurbon hayitingiz bilan tabriklaymiz, mutfilmchilar!

🌙 Ulug’ ayyom kuni Qurbon Hayiti bilan butun musulmon ummatlarini jamoamiz nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Bu ulug' kun fazilatidan siz va yaqinlaringizga ezgu niyatlaringiz ro'yobini, oilaviy baxt-saodat va davomli muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

😇 Bayram shukuhi yil davomida hamrohingiz bo'lsin.
🎁 Sizga “haytlik” tayyorlab qoʻydik

🔆 Kutib oling, Pipeline community ilk offlayn uchrashuvini Lola Animation studiyasiga mehmon bo'lishdan boshlaydi! Ushbu uchrashuvda hamjamiyatdagi animatsiya sohasini o'rganmoqchi bo'lgan, yoki bu sohaga qiziquvchi yoshlar qatnashishlari mumkin.

☕️ Uchrashuv davomida sizni qiziqarli multfilm tahlili, soha mutaxassislari bilan networking, coffee break va ajoyib jamoaviy o'yinlar kutmoqda. Aytgancha faol qatnashgan uchta ishtirokchimiz uchun hayitligimiz ham bor!

📍Qayerda: Najot Ta'lim binosi, Chilonzor filiali
Qachon: 8-iyun, soat 17:00 da

🖇 Agar siz ham ushbu ajoyib uchrashuvdan qolib ketishni istamasangiz, hoziroq quyidagi formani to'ldirib, o'z joyingizni band qilib qo'ying.

Pipeline community'da ko'rishguncha!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Lola Animation
Video message
Pipeline community bilan “Shiroq” multfilmini tomosha qilyapmiz.

Ko’rganlar bormi? 🤔
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📽️ Mayami yoki blender?

Animatsiya sohasiga qiziquvchilar eng ko‘p beradigan savollarga, ushbu videoni tomosha qilib javoblarni bilib olishingiz mumkin!

Agar siz ham animatsiya sohasiga qiziqsangiz izohda "+" belgisini qoldiring, o‘zimiz sizga aloqaga chiqamiz 😉
2025/06/12 12:57:19
Back to Top
HTML Embed Code: