Telegram Web
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova boshchiligidagi delegatsiya Abu-Dabidagi “Al Burda Award 2024” taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Bitimda madaniy muloqotni mustahkamlash, anʼanaviy hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash hamda malaka oshirishlar, badiiy qarorgoh va taʼlim dasturlarini amalga oshirish nazarda tutilgan.

Alohida e’tibor islom merosini asrab-avaylash va hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan “Al-Burda” grant dasturiga qaratilgan. Hamkorlik doirasida ijodiy almashinuvni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qoʻshma koʻrgazmalarni oʻtkazish, xalqaro madaniy tashabbuslar, jumladan, Buxoro biennalesida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Делегация Фонда развития культуры и искусства Узбекистана во главе с председателем Фонда Гаянэ Умеровой посетила церемонию награждения Al Burda Award 2024 в Абу-Даби.

Во время мероприятия был подписан Меморандум о сотрудничестве между Министерством культуры ОАЭ и Фондом развития культуры и искусства Узбекистана. Соглашение направлено на укрепление культурного диалога, поддержку традиционных ремёсел, а также реализацию стажировок, арт-резиденций и образовательных программ.

Особое внимание уделено грантовой программе Al-Burda, нацеленной на сохранение исламского наследия и развитие ремёсел. В рамках сотрудничества планируется проведение совместных выставок и участие в международных культурных инициативах, включая Бухарскую биеннале, для укрепления творческого обмена.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Londondagi Britaniya muzeyida “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi davom etmoqda, uning doirasida Oʻzbekiston sara to‘plamlariga mansub 14 ta ashyo namoyishga qoʻyilgan boʻlib, ular bosh savdo yoʻli boʻylab milodiy 500–1000-yillar davomida kishilar va sanʼat buyumlarining koʻchib oʻtganini namoyish etadi.

Islom dini bilan birga arab tili Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qilgan. Ushbu lagancha tayyorlangan Somoniylar davlati (875–999) hududida ko‘pchilik fors tilida so‘zlashgan, ammo arab tili muayyan payt oliy ma’muriyat va musulmon fikhi arboblari orasida qo‘llanila boshlaydi. Yorqin kufiy yozuvida bitilgan sopol idishdagi arabcha matndan maqollar, oq fotihalar hamda tanovul va iste’molga oid xitoblar o‘rin olgan. Idish atrofi bo‘ylab Qur’on oyatidan ilhomlangan quyidagi jumlani o‘qish mumkin: “Odamlar orasida rizq maishat Robbingiz rahmati ila taqsimlangan”.

“Silk Roads” ko‘rgazmasi 2025-yilning 23-fevraliga qadar Britaniya muzeyining “Sainsbery” galereyasida tashrif buyuruvchilar uchun muntazir.
В Британском музее в Лондоне продолжает работу выставка Silk Roads («Шелковые пути»), в рамках которой выставлены 14 экспонатов из собраний Узбекистана, которые наглядно демонстрируют миграцию людей и предметов искусства по главной торговой магистрали в период с 500 по 1000 гг. н.э.

Вместе с исламом арабский язык путешествовал по Шелковому пути. На территории Саманидского государства (875 — 999 гг.), где было изготовлено это блюдо, большинство людей говорили на персидском языке, но арабский в какой-то момент стал использоваться в высшей администрации и мусульманском богословии. Арабский текст на керамическом блюде, выполненный ярким куфическим шрифтом, включает в себя пословицы, благословения и призывы к вкушению пищи и напитков. На ободке блюда можно прочитать перефразированный аят из Корана: «Пропитание было распределено между людьми милостью Господа».

Выставка Silk Roads будет открыта до 23 февраля 2025 года в галерее выставок Сэйнсбери в Британском музее.
I.V. Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyida yarim yil mobaynida Italiyadagi galereya va koʻrgazma zallarida namoyish etilgan “Oʻzbekiston: sahrodagi avangard” nomli keng koʻlamli koʻrgazma loyihasi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Vasiliy Lisenkoning mashhur “Buqa” asari I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyining ramziy timsolidir. Gap shundaki, agar bir tasodif bo‘lmaganda, ushbu asar muzey ekspozitsiyasidan o‘rin olmagan bo‘lar edi. Musavvir tarjimai holini o‘rganuvchilarning hikoyalariga ko‘ra, “Buqa” mato surati rassomning uyi tomi teshigiga yamoq sifatida tutilib, Savitskiy tomonidan Lisenkoning saqlanib qolgan 5 dona asari qatorida qo‘qqisdan topilgan. Asar bir vaqtning o‘zida ko‘plab rangtasvir yo‘nalishlari: primitivizm, modern, post-ekspressionizmni o‘zida mujassam etadi. “Buqa”ga nazar tashlar ekansiz, beixtiyor miloddan avvalgi XV asrdagi Knossos saroyining mashhur devoriy suratlarini eslamaslikning iloji yo‘q. Va, albatta, bu jonivor shoxlarining turlichaliligiga ham e’tibor qilmaslik mumkin emas, ulardan biri handasaviy mavhumlikka oid rasmlar bilan hashamdor bezatilgan.

“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida 2025-yil 15-yanvarga qadar davom etadi.

🖼 Vasiliy Lisenko. “Buqa” 1920
📣Assalomu alaykum hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

2024-yilning 26-dekabr kuni Madaniy meros agentligida “O‘zbekistonga oid Al-Azhar universiteti kutubxonasidagi qo‘lyozma asarlar reyestri” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Agentlik xodimlari, o‘zbekistonlik va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari natijasida jamlangan mazkur noyob risolada qariyb 2,5 mingta qo‘lyozmaning batafsil bibliografik tavsifi keltirilgan. Barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini ushbu tadbirga taklif etamiz.

🏢Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy

Boshlanish vaqti: 26-dekabr soat 11:00

📞 Telefon: 99-025-93-97
________________________

Здравствуйте, уважаемые представители средств массовой информации!

26 декабря 2024 года в Агентстве культурного наследия состоится презентация книги «Реестр рукописных произведений, относящихся Узбекистану в библиотеке университета Аль-Азхар». Подробное библиографическое описание почти 2500 рукописей представлено в этой уникальной брошюре, составленной в результате научных исследований сотрудников Агентства, узбекских и зарубежных ученых.

Приглашаем всех представителей средств массовой информации принять участие в этом мероприятии.

Адрес: г. Ташкент, Мирабадский район, ул. Тараса Шевченко, д. 1

Время начала: 26 декабря в 11: 00

Телефон: 99-025-93-97

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/11 12:54:58
Back to Top
HTML Embed Code: