Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarning birida Buxoroda eski mahallalardagi yo‘l qayta qurilayotgani, ammo ushbu jarayonda ma’lum bir qoidalarga amal qilinmayotgani ya’ni uylar orasida yomg‘ir (qor) suvlarini qochirish tarmoqlari yo‘qligi tanqid qilingan. Holat shu tarzda davom etsa Buxoroga katta zarar yetishi haqida ham so‘z borgan.

Madaniy meros agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi vaziyatni joyiga chiqqan holda sinchkovlik bilan o‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi:

Mazkur loyiha bo‘yicha ishlar vakolatli organ - Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert kengashining ijobiy xulosasi va tavsiyalari asosida olib borilmoqda.

⏭️ Batafsil

🌎Rus tilida

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muzeyga_sayohat

🔖Ko‘hna Qo‘qon shahri markazidagi ulkan saroy

☄️Xudoyorxon saroyi, xalq orasida “Qo‘qon o‘rda” nomi bilan mashxur majmua. Ma’lumki, bir yarim asrdan ko‘proq vaqt mobaynida Qo‘qon xonligini 29 dan ortiq xon boshqargan, ammo ular ichida eng qudratli va esda qolgani Xudoyorxon bo‘lgan.

Sababi, u 1845-yilda 12 yoshida taxtga o‘tirgan. 1871-yilda xon katta saroy qurdiradi. Mazkur yodgorlik yettinchi xon saroyi bo‘lgan va uning g‘oyasiga ko‘ra, Qo‘qon hukmdorining qudratini eslatish uchun avvalgi saroylardan kattaligi va muhtasham bezaklari bilan ustun bo‘lishi lozim bo‘lgan.

➡️Muzey qo‘riqxonasida hozirda Qo‘qon tarixining turli davrlariga oid eksponatlar, ibtidoiy jamoa davridagi topilmalardan tortib to xonlarga uzoq yurtlardan keltirilgan sovg‘alargacha saqlanib qolgan. Ayni vaqtda muzeyda jami 30 mingdan ortiq eksponat bor.

🌎 Batafsil 🌎 Rus tilida

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Veb-sayt
Londondagi Britaniya muzeyida milodiy 500–1000-yillar mobaynidagi asosiy savdo yoʻli boʻylab kishilar va sanʼat ashyolari hijratini yaqqol namoyish etuvchi Oʻzbekiston sara to‘plamlariga mansub 14 ta eksponat taqdim etilgan “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

XII-XV asrlarda Yevropa va Yaqin Sharqda istiqomat qilgan aslzoda zodagonlar xonadonlarida Markaziy Osiyoga oid o‘zgacha nozik did va nafosat bilan to‘qilgan gazlamalar yuksak qadrlana boshlaydi. Ayrim matolar shahar saroylariga mansub ixtisoslashtirilgan xos ustaxonalarda zarda qavilgan ipak tolalari yordamida tayyorlangan. To‘qimachilik mahsulotlaridan pirovardida kundalik va bayram marosimlari uchun yoxud alohida vaziyat taqozosi bilan bejirim liboslar yuqori martabali mehmonlarga hadya sifatida tikilgan. Gazlamalar handasaviy shakllar, gulli naqshlar hamda jonivor, qush va hatto afsonaviy mavjudotlar tasvirlaridan foydalangan holda turfa xil bezaklar tusida bo‘lgan.

“Silk Roads” ko‘rgazmasi 23-fevralga qadar Britaniya muzeyining “Sainsbery” galereyasida sanʼat ixlosmandlari uchun muntazir.
В Британском музее в Лондоне продолжает работу выставка Silk Roads («Шелковые пути»), в рамках которой выставлены 14 экспонатов из собраний Узбекистана, которые наглядно демонстрируют миграцию людей и предметов искусства по главной торговой магистрали в период с 500 по 1000 гг. н.э.

В XII-XV веках в домах знатных особ Европы и Ближнего Востока стал цениться текстиль из Центральной Азии, сотканный с особыми утончённостью и изяществом. Некоторые такни изготавливались в специализированных мастерских при городских дворцах с применением шелковых нитей с золотым шитьем. Из текстильной продукции впоследствии шилась изысканная одежда для повседневных и праздничным выходов или в подарок высокому гостю по особым случаям. Ткани имели разнообразный декор с использованием геометрических фигур, цветочных орнаментов, а также образами животных, птиц и даже мифических существ.

Выставка Silk Roads будет открыта до 23 февраля 2025 года в галерее выставок Сэйнсбери в Британском музее.
📣 Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

2025-yil 10-fevral soat 14:30 da Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan Jamoatchilik kengashi raisini saylash va a’zolarini tayinlash hamda Agentlikning 2024-yilgi faoliyati va joriy yilda amalga oshirish moʻljallangan rejalarni muhokama qilish masalalari oʻrin olgan.

Ishtirok etishni istagan barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini ushbu tadbirga taklif etamiz.

🏢Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy

⏱️ Boshlanish vaqti: 10-fevral soat 14:30

📞 Telefon: 99-025-93-97

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Veb-sayt
📣 Уважаемые представители средств массовой информации!

10 февраля 2025 года в 14:30 состоится очередное заседание Общественного совета при Агентстве. В повестке дня - избрание председателя и назначение членов Общественного совета, а также обсуждение деятельности Агентства в 2024 году и планов на текущий год.

Мы приглашаем всех представителей средств массовой информации, желающих принять участие в этом мероприятии.

🏢 Адрес: город Ташкент, Мирабадский район, улица Тараса Шевченко, дом 1

⏱️ Время начала: 10 февраля в 14:30

📞 Телефон: 99-025-93-97


Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Veb-sayt
⚡️Ilmiy-ekspert kengashining navbatdagi yig‘ilishi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi

➡️Joriy yil 7-fevral kuni Agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining 2025-yildagi navbatdagi yig‘ilishi Toshkentdagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida o‘tkazildi. Ushbu majlisda Kengash a’zolari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlgan dolzarb loyihalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish kun tartibidan Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan 4 qavatli turar joy binolarini Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha taklif bo‘yicha tayyorlangan loyihalar o‘rin olgan.

Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan muhokama qilinadigan loyihalar haqidagi ma’lumotlar bilan Madaniy meros agentligining rasmiy sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.


🌐 Batafsil

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nyu-Dehli | ACDFUz | Buxoro biennalesi

Qay tarzda san’at Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lamoqda? Bu haqda Buxoro biennalesi boshqaruvchisi va Jamg‘arma raisi Gayane Umerova hamda mintaqa rassomlari ishtirokidagi “Xilma-xilliklararo birdamlikni shakllantirish” bahs-munozarasida so‘z bordi. Suhbatga biennale muhofizi Diana Kempbell moderatorlik qildi.

Buxoro biennalesi 2025-yil 5-sentabrdan 20-noyabrgacha Buxoroda bo‘lib o‘tadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Нью-Дели | ACDFUz | Бухарская биеннале

Как искусство соединяет Центральную и Южную Азию? Именно этому была посвящена панельная дискуссия «Создавая единство в многообразии» на India Art Fair. В ней приняли участие комиссар Бухарской биеннале Гаянэ Умерова, модератор и куратор Бухарского Биеннале Диана Кэмпбелл, а также художники: Субодха Гупта, Муниса Холхужаева и Ойжон Хайруллаева. Спикеры обсудили культурные связи между Центральной Азией и Индией, подчеркнув, как искусство становится мостом между регионами.

Бухарская биеннале пройдёт с 5 сентября по 20 ноября 2025 года в Бухаре.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/11 06:45:15
Back to Top
HTML Embed Code: