Telegram Web
📣 Diqqat e’lon!

⚡️ Yurtimizda ijod qilayotgan xonanda, kompozitor va bastakorlar diqqatiga!
 
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi
hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi barchamiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram – yurtimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan qo‘shiqlar tanlovini e’lon qiladi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/58160

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zlab, yoshlarni bugungi bayram bilan tabrikladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ozodbek Nazarbekov
Aziz yoshlar – kelajak bunyodkorlari!

Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni mamlakatimizda nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azm-u shijoatli yoshlarimizning o‘rni va ta’siri tobora ortib borayotgani hammamizni quvontiradi. 

Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida, Vatan himoyasidek sharafli vazifani ado etishda millionlab yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Jumladan, madaniyat va san’at sohasida ham 8 mingga yaqin yoshlar faoliyat yuritmoqda.

Jonajon Vatanimizning yangi qiyofasini yaratishda o‘z mehnati, tashabbuskorligi va ma’naviy fazilatlari bilan boshqalarga o‘rnak va namuna bo‘layotgan azm-u shijoatli yoshlarimizning borligi barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Ijodkor yoshlarimizning milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida, har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun madaniyat va san’at sohasida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Siz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizdan faqat bitta iltimosimiz, bitta tilagimiz bor: ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz, xalqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy ishlar bilan ro‘yobga chiqarish yo‘lida hormang, charchamang!

O‘qish-o‘rganish, doimiy izlanish, ilm-fanga, taraqqiyot cho‘qqilarini egallashga intilib yashash doimo hamrohingiz bo‘lsin!

Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman!

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

⚡️ Madaniyat vazirligi jamoasi mamlakatimizning umidi va kelajagi bo‘lgan Siz yoshlarni yurtimizda keng nishonlanayotgan bayram – Yoshlar kuni bilan muborakbod etadi.

Yoshlik inson umrining eng go‘zal va jo‘shqin pallasi hisoblanadi. Bu paytda katta-katta orzular, maqsadlar qilinadi. Аslida mana shuning o‘zi juda muhim. Chunki orzu bo‘lmasa, maqsad bo‘lmasa inson hayoti bir joyda to‘xtab qoladi.

Tariximizga nazar solsak, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy yoki Bobur Mirzoni olasizmi, Аvloniy yoki Qodiriyni olasizmi, barchalari buyuk kashfiyotlarni, bebaho asarlarni aynan siz kabi yoshlik chog‘larida yaratishgan.

Farzandlari bilimli, iste’dodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli albatta yorug‘ bo‘ladi. Biz Yangi O‘zbekiston yoshlarini ana shunday ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini g‘animat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashasangiz albatta kam bo‘lmaysiz.

Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishda barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va zafarlar tilaymiz.

🇺🇿 Madaniyat vazirligi jamoasi

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Prezident Shavkat Mirziyoyev: Farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/64981

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Forwarded from ICRICH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 06:22:38
Back to Top
HTML Embed Code: