#nimadir
#ai
Sovuq Kofe, Sevgi va Kitoblar: Bir Lahzaning Sehrli Uyg‘unligi
Shamolni his qilganingizda, yozgi kunning iliqligiga sovuq kofe chayqalgan stakandek salqinlik baxsh etadi. Kitobning varaqlari ohista ovoz chiqaradi, go‘yo sizni boshqa bir dunyoga, boshqa bir hikoyaga olib kirishga shay. Shu payt sevgi – nozik bir his-tuyg‘u – qalbingizni yengilgina titratadi, qahramonlarning ko‘zlaridagi mehrni va satrlardagi hislarni o‘z yuragingizda sezgandek bo‘lasiz.
Bu uchlik – sovuq kofe, sevgi va kitob – oddiy bir xonani sehrli bir makonga aylantiradi. Kofening xushbo‘y hidida sevgi hikoyalarini yashash osonroq bo‘lib qoladi, kitob esa o‘sha sevgi qissasining boshlanishi yoki davomidir. Har bir qahramonning so‘zida o‘zingizni ko‘rib, kofedan bir qultum ichib, fikrlaringizni jamlaysiz.
Sovuq kofening tiniq muz donalaridek, sevgi ham ba'zan shaffof va sodda, ba'zan esa o‘ziga sirli. Kitob varaqlarida bu hislarning qanchalar samimiy yoki murakkab ekanligini o‘qiysiz. Har bir jumlada, har bir satrda bu uchlikning quvonchi, og‘rig‘i va xotirasi aralashib ketadi.
Shunday lahzalar bo‘ladiki, sizning dunyongiz kitobning oxirgi satrlarida tugamasligini xohlaysiz. Kofe allaqachon tugagan, ammo yurak hali ham muhabbatni, yangi kashfiyotlarni orzu qiladi. Axir, kitoblar bizni sevgi qanday boshlanishi va ba'zida qanday yo'qolishi mumkinligini o'rgatadi, sovuq kofe esa bu his-tuyg'ularni tinchlantiradi.
Sevgi, kitob va sovuq kofe – uch xil dunyo, lekin bir paytga kelganda, ular hayotni o‘zgacha, unutilmas qiladi. Har bir lahza o‘zingizniki, va har bir satr – sevgi haqida yangi hikoya.
@mahinsworld

#book_review
Kuni kecha Han Kangning "Human acts" kitobini o'qib tugatdim. Kuzda "Vegetarian"ni o'qigandim. Ikkisi mutlaq ikki xil dunyo. Stil, muallifning o'zini namoyon etishlari batamom farq qiladi. Shaxsiy fikrimga ko'ra "Human acts" o'ta kuchli, qonli xotiralarni sokin ovozini kuylovchi asar.
"Human Acts" 1980-yil Janubiy Koreyaning Gwangju shahrida yuz bergan qirg‘in va undan keyingi voqealarga asoslangan. Bu qirg‘in Janubiy Koreyaning diktatura boshqaruvidan demokratik tizimga o‘tish jarayonida ro‘y bergan eng qonli voqealardan biri edi. Chun Doo-hwan rejimi hukumatga qarshi norozilik namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirdi, natijada minglab tinch aholi o‘ldirildi yoki bedarak yo‘qoldi. Asar qahramonlari orqali muallif xalqning qarshilik ruhini tasvirlaydi: ular qo‘rquvni yengib, haqiqat va adolat uchun kurashishga intiladi. Har bir qahramon koreys xalqining kurashchan ruhini ifoda etadi, ularning harakatlari tarixiy mazmun kasb etadi.
Asar tarixiy voqealarni xotirada saqlab qolishni maqsad qilishi sifatida ahamiyatlidir. Han Kang o‘tmishdagi shafqatsizlikni tasvirlab, bu kabi qaqshatqich voqea doimo barchano xotirasida abadiy qolishini istaydi. Gwangju qirg‘ini uzoq vaqt davomida senzura ostida bo‘lib, qurbonlarning hikoyalari yillar davomida e’tibordan chetda qolgan edi. Kitob bu sukutni parchalaydi va voqealarni yoritish orqali tarixiy haqiqatni baralla aytishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Asar qahramonlari nafaqat adabiy obrazlar, balki bizning o‘zimizdir: ular bizni aks ettiradi, bizni savolga tutadi. Kitobni o'qir ekansiz, undagi ovoz tinimsiz "sen" deya murojaat qiladi. Yengil titroq tutadi, seskanasiz, o'liklarni tasvirlari, ulardan oqqan qon va sasiy boshlashi, pashshalarning kela boshlashi, ruh tanadan ajralib o'z tanasiga rahm ila qarashi sizni befarq qoldirmasligi aniq. Qahramonlarni qisman tahlil qilsak esa:
Omon qolganlar
Roman davomida shafqatsizlikdan omon qolganlar bir necha qahramonlar orqali tasvirlanadi. Ularning har biri post-travmatik stress (PTSD) sindromining turli ko‘rinishlarini namoyon etadi. Ba’zilari o‘tmishning azobli xotiralarida yashaydi, ba’zilari esa bu voqealarni unutishga intiladi, lekin hech biri undan qochib qutula olmaydi. Ruhiy o‘zgarishlari chuqur: ular g‘azab, aybdorlik hissi va yolg‘izlikni boshdan kechiradi. Bularning barchasi inson ruhiyatining mo‘rtligi va bir vaqtning o‘zida chidamliligini ko‘rsatadi.
Onalar - motam qiluvchilar
Motam qiluvchi onalar roman davomida insoniyatning eng og‘riqli hissiyotlarini aks ettiradi. Ularning ruhiy holati yo‘qotish va umidsizlik hissi bilan to‘lib-toshgan. Farzandlarining jasadlari bilan vidolashayotgan onalarning ichki dunyosida chuqur jarohatlar mavjud: ular nafaqat sevgan insonlarini yo‘qotgan, balki adolatning yo‘qligini his qilgan. Bu og‘riq ular uchun yo yangi kuch manbai, yo ruhiy buzilish sababchisiga aylanadi.
Kitobning eng ta’sirli jihati shundaki, u o‘quvchini tarixiy voqealar ichiga tortib, qahramonlarning ichki dunyosini chuqur his qilishga undaydi. Har bir hikoya — bu insonning his-tuyg‘ulari, iztiroblari va orzulari haqidagi bir bo‘lak. Asar o‘z o‘quvchisidan nafaqat e’tibor, balki empatiya talab qiladi, zero uning har bir satri insoniylik haqidagi abadiy savollarga javob izlaydi.
o'qing.

Aaaa YouTube blogim 5.000 bo’ldi. A’zo bo’lmagan bo’lsangiz, tezda bo’ling
https://youtube.com/@MahinReads
https://youtube.com/@MahinReads
Mahin's World
Aaaa YouTube blogim 5.000 bo’ldi. A’zo bo’lmagan bo’lsangiz, tezda bo’ling https://youtube.com/@MahinReads
Juma kuni kunduzi YouTube uchun syomka bo'ladi. Podcastdan boshlayman. Studiya $100ga tushyapti. Montaj esa umuman alohida narx (ana shunaqa gaplar). Shu sabab donatga link qo'yib ketyapman
https://tirikchilik.uz/Mahinreads
https://tirikchilik.uz/Mahinreads
Mahin's World
Juma kuni kunduzi YouTube uchun syomka bo'ladi. Podcastdan boshlayman. Studiya $100ga tushyapti. Montaj esa umuman alohida narx (ana shunaqa gaplar). Shu sabab donatga link qo'yib ketyapman https://tirikchilik.uz/Mahinreads
487,870 sum tushdi jami. Hammaga rahmat. Qolganini o’zimdan qo’shsam kerak.
Aytganimdek syomka juma kuni. Hamma kitob o’qishga qaytsin. Shu post izohida barcha donatlarni skrinini qoldiraman.

O’qib tugatganimga 2-3 kun bo’ldi. Murakami haqiqiy sevgi. Sevgining bir ko’rinishi. Unda bari bor - musiqa, tarix, hikoya, qalb, melanxoliya, kechinmalar va mavhumlik. U o’z mavhumligiga sizni shunday tortadiki, tuyg’ularingiz bilan qanday qorishganiningizni bilolmay qolasiz. (Review yozaman). O’qiganlar bormi?
@mahinsworld
@mahinsworld
#book_review
Pol Osterning “Nyu-York trilogiyasi” zamonaviy adabiyotda o‘ziga xos o'rni bor, janrlar o‘rtasidagi chegaralarni hamda tushunchalarni qaysidir ma'noda olib tashlagan kitob. Ushbu trilogiya uchta alohida, ammo bir-biriga uzviy bog‘liq qissa — “Shisha shahar”, “Sharpalar” va “Qulflangan xona”dan iborat.
Osterning trilogiyasi klassik detektiv asarlardan farqli tarzda, sirlarni yuzaga chiqarish va ochishdan ko'ra, kitobxonni yanada chuqurroq savollarga g'arq qiladi. Asarning diqqat markazida voqealar rivoji emas, balki qahramonlarning ichki olami va ularning o‘z-o‘zini his qilish, bilishi turadi. Muallif murakkab, ko‘p qavatli syujet tuzilmasi orqali o‘quvchini real va surreal voqealar o‘rtasida sarson qiladi.
Osterning trilogiyasida takrorlanadigan asosiy mavzulardan biri shaxsning o‘zini anglash va identifikatsiya qilish masalasi. Qahramonlar ko‘pincha o‘z ismlarini, rollarini yoki hatto borliqlarini yo‘qotadi. Masalan, “Shisha shaharcha”da yozuvchi va detektiv o‘rtasidagi farq yo‘qolib, asosiy qahramon o‘zini bir nechta shaxsiy qiyofalarda his qiladi.
Muallif hikoya qilishning shakli va mazmuni mohirona tarzda chap qo'lida o'ynatadi. Asardagi metatekstual elementlar — hikoya ichidagi hikoyalar va muallifning bevosita o‘quvchi bilan dialogga kirishi — o'quvchini yanada o'ziga mixlab qo'yadi. Siz o'qir ekansiz, passiv o'quvchidan vaqealar ichiga tushib qolasiz va qahramonlar bilan birgalikda harakatlana boshlaysiz.
Asarni o'qib chiqqanimga bir necha oy bo'lganiga qaramay, hanuz review joylamagandim. Yuqorida kitobning ustunliklarini aytgan bo'lsam, endi kamchiliklariga to'xtalsam. Rosti o'zbek tilida o'qish juda qiyinchilik tug'dirdi. Balki Osterning atmosferasi, stili boshqayu tarjimada dabdabalik qo'shilgani, Pol Osterni avval ham o'z tilida o'qiganim uchun bo'lgandir. Kitobni tamomlaganimda - 2,3 ni kitoblarini rosti tushunish qiyinchilik tug'dirdi. Shu sabab boshqa tilda o'qishga majbur bo'ldim. Boshqa tilda esa xuddi oshnam bilan gaplashdek his qoldirdi va yaxshi tushundim. Asar ichidagi ko'zga ko'ringan xatolar haqida to'xtalishim shart emas, deb o'ylayman. Sababi sinchkovlik bilan o'qisangiz anglaysiz. 2-kitobida ba'zi qahramonlar va boshqa xatoliklar ham mavjud. Rosti kitoblarni kamchiligi haqida yozishni yoqtirmayman, agar tavsiya qilishni istamasam yoki juda xafsalam pir bo'lsa yozmay qo'ya qolaman. Kitob o'qishli va qiziq bo'lgani sababli yozishga qaror qildim.

Forwarded from Birburchak
Tanlov!
Shartlar juda oddiy:
✅ Birburchak va Mahin’s World kanallariga a'zo bo'lasiz;
✅Va shunchaki pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz. G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi.
❗️E’tiborli boʻling, kanallarga a’zo boʻlmasangiz gʻolib boʻla olmaysiz.
🏆Gʻoliblarimiz 6 nafar bo'ladi. Gʻoliblarga rasmdagi kitoblardan biri beriladi.
Natijalar 26-dekabr kuni 20:00 da e'lon qilinadi.
🔜Xabarni kitobxon tanishlaringizga ham yuborib qo'yishni unutmang. Barchaga omad tilayman!
Shartlar juda oddiy:
✅ Birburchak va Mahin’s World kanallariga a'zo bo'lasiz;
✅Va shunchaki pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz. G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi.
🏆Gʻoliblarimiz 6 nafar bo'ladi. Gʻoliblarga rasmdagi kitoblardan biri beriladi.
Natijalar 26-dekabr kuni 20:00 da e'lon qilinadi.
🔜Xabarni kitobxon tanishlaringizga ham yuborib qo'yishni unutmang. Barchaga omad tilayman!
#book_review
Haruki Murakami – zamonaviy adabiyotning o‘ziga xos, ajralib turuvchi ovozlaridan biri bo‘lib, uning asarlari shaxsan menga o'zgacha nafas beradi. "Murvatli qush" (“The Wind-Up Bird Chronicle”) asari esa boshqa asarlariga qaraganda butkul o'zga dunyo. Bu roman bir vaqtning o‘zida mistik, falsafiy, tarixiy voqealarga boy va chuqur insoniy tajribalar bilan boyitilgan bo‘lib, unda Murakamiga xos g‘aroyiblik va hayotning ko‘rinmas qatlamlari aks etadi.
Ushbu asarda biz turli yig'malarni ko'ramiz : Okadaga xatlar (epistolyar yo'nalish), gazeta-jurnallarda maqolalar (sirli villa, Okadaning qaynakasi haqida), insonlarning kechinmalari, shaxsiy hikoyalari. Asar shunchaki bir qahramonning kundalik hayoti bilan boshlanadi. O'qib boshlaganingizda bari oddiydek ko'rinadi - sizu menga o'xshagan oddiy bir inson spagetti pishirishga urinayotgani, uy yumushlarini qilishh kabi. Biroq, ana shu odatiy hayotiga mistika qadam bosadi: sirli qo'ng'iroqlar, mushugining g'oyib bo'lishi.
Asar o'zida Ikkinchi jahon urushi davri hamda hozirgi Yaponiyani jam qiladi. Bu safar biz Ikkinchi jahon urushini mutlaq boshqa tomondan ko'ra olamiz. Hayvonot bog'i, urush fonida hayvonlarning ayanchli taqdiri, yaponlarning rusning sovuq o'lkalarida mavjud shaxtalarda jon bergani bizni urush foniga olib ketadi.
Asar bosh qahramoni Okada bu dunyoda o'zini ruhan izlayotgan, hayotdan ma'no qidirayotgan inson. Hatto bu uchun u doimiy ishidan ham ketgan. Uning hayoti chetdan qaraganda orzudagi hayotga juda o'xshaydi - ishga bormaydi, kitob o'qiydi, musiqa tinglaydi, o'zini izlaydi, sayr qiladi. Ammo, yuqorida aytganimdek mushugining yo'qolishi osuda hayotiga quyundek kelgusidagi barcha voqealarga debocha bo'ladi.
Asar turli ramzlarga boy bo'lib eng asosiysi qush va quduqdir. Shaxsan o'zimga eng qiziq bo'lgan ramz ham quduq, deb ayta olaman. Quduqni Murakami avlodlar tajribasi, shaxsiy izlanish, ruhiy holatni anglash bilan ramzlaydi. Katta ehtimol bilan bizning Haruki Murakami quduqda bo'lgan bo'lsa ham ajablanmayman. Chunki uning tasvirlari aniq va tiniq quduqda bir necha kunini o'tkazgan insonning hislari va so'zlarini ifodalaydi. Quduq atmosferasi, qorong'ulik, hidi, aynan quduqda keladigan o'y-xayollarni bu darajada mahorat bilan tasvirlashiga sabab ham Murakami aniq quduqda yashab ko'rgan bo'lsa kerak.
Rosti Murakamining kitoblaridagi umumiylik musiqa, kitoblar, sokinlik, ruhiy izlanish, qorong'ulik, deya olaman. Hayronman u g'aroyib bir qahramonlarni qayerdan topishi mumkin. Uning qahramonlari bir qarasangiz sizu men, ammo boshqa tomondan qarasangiz esa o'zgacha bir odamlar. Eng qizig'i esa men Murakamini doim qishda o'qir ekanman. Qiziq va atay bo'lmagan tasodif. Gapim yakunida aytmoqchimanki - o'qing. Murakami hech qachon kamlik qilmaydi.

Uzoq kutilgan yangi video YouTube’da. Qo’llab-quvvatlang. Ko’ring, ulashing, izoh yozing va a’zo bo’ling
https://youtu.be/2OSpP5bzQ0I?si=mhp2_iYihQwJ1q-5

YouTube
Vashington Universiteti Markaziy Osiyo mintaqashunoslik magistranti Dilrabo Tursunova bilan suhbat
Instagramda MenSenvaUlar3.0 kitob blogi muallifi va Vashington Universitetida Markaziy Osiyo mintaqashunoslik mutaxassisligi bo’yicha magistratura talabasi Dilrabo Tursunova bilan adabiyot va tarix haqida suhbat