Kinolardan ham odamlar ko'plab hissiyotlarni olishi mumkin. Xuddi kitob singari ular ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi.
Quyida esa “kinolardan olingan travmalar” rukniga oid suratlarni taqdim etaman. Qay birida kuchliroq kuyingansiz?
@marufjonblogi

Chexovning "Garov" hikoyasi haqida
Inson hayotidagi "everest"iga yetsa nima bo'ladi? Komillik darajasiga yetgan inson uchun juda ko'p narsalar absurdlashadi...
Hikoyada garov evaziga 15 yilini qamalgan holda o'tkazishga rozi bo'lgan odam o'sha yillarni o'qish va o'rganishda o'tkazadi.
Ha, biz ilmni misqollab yig'amiz. O'qigan narsalarimiz huuuv o'sha xurmo haqdagi hikoyada meva tanaga singgani kabi singgadi. Shuning uchun qo'limizga tushgannimas, muhim bo'lganlarni o'qishimiz lozim. Zero, shu o'qiganlarimiz bizda aks etadi.
Hikoyada biz o'tkinchi bo'lgan narsalarga judayam ko'p ahamiyat berayotganimiz, ba'zi joylarida xato yashayotganimiz ta'kidlangan. Ha, qisqa hikoyalar ham ba'zan ko'p ma'nolarni beradi.
Hikoyani tinglash uchun: https://www.youtube.com/watch?v=FAVbLG1rpsc
Hikoyani o‘qish uchun: https://telegra.ph/Anton-Chexov-Garov-hikoya-10-16

Balzakning "Gorio ota" romani Fransiya jamiyatining qattiq ijtimoiy tabaqalanishi va insoniy munosabatlarining murakkabligini ochib bergan ajoyib asarlardan biri. Ushbu roman XIX asrning boshlaridagi Parijning ijtimoiy va iqtisodiy muhitini haqqoniy tasvirlaydi.
Asar markazida kambag‘al, ammo bag‘rikeng Gorio ota va uning ikki qizi, Delfina va Anastasiyaga bo‘lgan beg‘ubor otalik sevgisi turadi. Gorio ota hayotining barcha mehnatini, boyligini va hatto sog‘lig‘ini qizlariga bag‘ishlagan, ammo ular otalarining sadoqatiga xiyonat qiladi. Qizlari uchun boylik va obro‘ otalik mehridan yuqori turadi va ular otalarini jamiyatda yuksalish vositasi sifatida ko‘rishadi.
Roman boshqa bir qahramon, qashshoq talabalaridan biri — Rastinyakning ham hayotiy kurashlarini aks ettiradi. Rastinyak Parijga katta orzular bilan kelgan bo‘lsa-da, u ham jamiyatdagi buzuq munosabatlardan ta’sirlanib, axloqiy inqirozga uchraydi.
Negadir shu asar menga juda yoqadi: bir odamning kiborlar orasidan pastga sho‘ng‘ishi va boshqa birining pastdan kiborlar orasi tomonga ko‘tarilishi parallel ravishda ochib berilgan.
PS: Yuqoridagi rasmlar esa shu asarning illyustratsiyasi

O‘zi, odatda, “kruglarda” bo‘lgan suhbatlar haqida biror joyda gapirmayman, biror joyda yozmayman. Lekin bunisini yozishga qaror qildim. Bu mavzuda gaplashgan odam ham qarshi bo‘lmasa kerak.
“Ma’ruf aka, siz nega psixologiyani bitirib, shu sohani bila turib, hech soha ichiga kirmaysiz? Ilmiy ish uyoqda tursin, hech bo‘lmaganda internetda kontent qilmaysiz?”. Savolning mohiyati shunday edi.
Ha, 2021-yilda SamDUning Psixologiya: Faoliyat turlari bo‘yicha yo‘nalishini bitirganman. Psixologiya men ichini biladigan va qiziqadigan soham. Biroq, hamon bu bo‘yicha ishlamadim. Lekin butunlay bu sohadan uzoqlashdim va endi qaytmayman degani ham emas.
Bitta narsa meni doim xavotirga solgan: psixologiya bo‘yicha hali yetarlicha bilimlarim bo‘lmagani. Chunki bu soha 3 oylik, 6 oylik qayoqdagi kurslarni bitirib, sertifikatni olib, Instagram’ga chiqib gapiriladigan soha emas.
Aslida ham bu “o‘yinchoq qilinadigan” soha emas. Buni mas’uliyati jiddiy. Bevosita odam (lar) bilan ishlanadi. Kimnidir hayotiga javobgar bo‘lasiz. Xato tashxis qo‘ysangiz, xato yo‘nalish bersangiz, uning javobi og‘ir.
Shuning uchun yaxshilab bilimlarni egallab, undan so‘ng bu sohada faoliyat olib bormoqchiman. Balki bunga oylar ketar, yillar ketar, lekin qachondir bo‘ladi bu. Hozircha esa buning ustida ishlab, yaxshilab shug‘ullanib, harakat qilishim kerak.
Hozircha esa qo‘limdan keladigani, psixologiyaga oid postlar yozish, shu sohadagi atamalar bilan tanishtirish, xolos.
O‘zi umuman Psixologiyani kino va kitoblar bilan uyg‘unlashtira olsam, mana bu men xohlagan eng zo‘r kontent bo‘ladi. Ham bu ishni sevib qilaman, ham odamlarga manfaatli bo‘ladi. Bu uchun esa qadamlarni bosmoqdaman...

Badiiy Tarjima Darslariga Barcha Qiziquvchilarni Taklif Qilamiz.
Darslar uch oy, haftada ikki marta davom etadi.
Bu jarayonda sizga o'rgatiladiganlar:
- Badiiy Tarjima
- Tarjima Uchun Matn Tanlash
- Mualliflik Huquqlarini Olish
- Nashriyot Topish
- Tarjima Metodlari
Dars narxi oyiga 600.000 so'm
Faqat ingliz va turk tillarini kamida B2 darajasida biluvchilar qabul qilinadi.
Murojaat uchun: @willemesque

Ko‘p vazifani zimmaga olish
Hozir zamon tezkor, hamma narsa tez sur’atlarda kechmoqda. Shunga yarasha siz ham hammasiga ulgurib qolay deb, ko‘p vazifalarni bajarishga tushasiz. Ko‘pchilikda kuzatyapman, bir vaqtning o‘zida bir nechta ishni qilishga urinadi. Qo‘pol qilib aytganda, beshta barmoqni birdan og‘ziga tiqadi.
Bu yaxshi ishmas. Ko‘p vazifalarni zimmamizga olish, oxir-oqibatda hech birini bajarmaslik, bajarganda ham chala-chulpa qilishga olib keladi. O‘z hayotimdan misol qilaman: men ham bir vaqtda 3-4 ta ishni qilishga urinardim. Natijada hech biridan ko‘nglim to‘lmagan. Birini bajarayotganda, narigisi xayolda turadi. Narigisiga e’tiborni qaratsangiz, bunisi miyangiz chetini kemirib turaveradi.
Shunday ekan, ko‘p vazifalarni bo‘yinga olavermaslik kerak. Bitta ishni mukammal, ideal holatda bajarish kerak. O‘nta chala ishdan ko‘ra, bitta mukammal ish sizga foyda keltirishi mumkin.
Keyin, bu narsa sizni prokrastinatsiyaga ham olib borishi mumkin. Ya’ni muhim ish uyoqda qolib, mayda-chuyda narsalarni bajarish bilan vaqtingizni o‘tkazasiz.

Bugun Dostoyevskiylashaylik. Bugun yozuvchining tug‘ilgan kuni. Uning asarlari dunyo klassik adabiyotlari yetakchilaridan.
Izohlarga Fyodor amakining asarlari haqida o‘z taassurotlaringiz, asarlaridagi iqtiboslardan yozib ketishingiz mumkin.

Juda ko‘p ambivalentlik haqida gapiraman. Bugun shunga sal izoh berib ketay.
Ambivalentlik
Ambivalentlik (lotincha ambo — ikkalasi + Valentia — kuch): insonning biror narsaga ikki tomonlama munosabati. Ko‘pincha, biz bitta obyekt uchun odam bir vaqtda ikkita qarama-qarshi his-tuyg‘ularni boshdan kechirishi haqida gapiramiz. Bu termin shveytsariyalik psixiatr Eygen Bleyler tomonidan foydalanishga kiritilgan. U ambivalentlikni shizofreniyaning asosiy belgilaridan biri, deb hisoblagan.
Bleylerning fikricha, ambivalentlik 3 turga bo‘linadi. Birinchi tur — hissiy ambivalentlik (эмоциональная амбивалентность). Bu shaxsga, obyektga, hodisaga nisbatan bir vaqtning o‘zida tuyiladigan ichki ziddiyatli hissiy holat. Bunga yorqin misol qilib, bir insonning boshqasiga nisbatan tuyadigan rashk hissini olishimiz mumkin. Bir paytning o‘zida unda nafrat (juda qo‘pol darajasi emas) va mehr tuyg‘ulari bo‘ladi. Ambivalentlikning ikkinchi turi — ixtiyoriy (u ham motivatsion sanaladi). Bunda odam doim ikki qarama-qarshi qaror orasida arosatda yuradi va qay birini tanlashni bilmasdan, yakunda qaror qabul qilishdan bosh tortishiga olib keladi.
So‘nggi tip — intellektual ambivalentlik (интеллектуальная амбивалентность). Bunday holatda inson tafakkuri diametral qarama-qarshi va bir-biriga zid fikrlarning almashinishi bilan tavsiflanadi.
Qisqacha qilib aytganda, bir vaqtning o‘zida ikkita bir-biriga zid hislarni tuyishingiz ambivalentlik deyiladi. Masalan, judayam chanqagan paytingizda oldingizdan iliq suv chiqdi. Majbur ichasiz, iliqligi yoqimsiz tuyulsa-da, chanqog‘iz sal bo‘lsa ham bosilishini his qilasiz.

Bu Edvard qaychi-qo‘l obrazi Tim Byortonning xuddi shu nomdagi filmining bosh qahramoni. Jonni Depp kolleksiyasidagi eng yaxshi rollardan birini shu filmda ijro etgan deb bilaman.
Keling bugun shu obrazni ozroq tahlil qilib ko‘ramiz.
Edvard achchiq tajriba qurboni bo‘lgan. Uning qo‘llari o‘rniga qaychilar o‘rnatilgan. Albatta, bu bolani jismoniy va ruhiy jihatdan qiynaydi. Tashqi ko‘rinishidagi bu alohidalik uni jamiyatdan ayro yashashiga, ko‘p vaqtini esa yolg‘izlikda o‘tkazishga majbur qilgan.
Bu esa uni jamiyatga nisbatan ehtiyoj sezishi, mehr va e’tiborga muhtojligini oshiradi. Afsuski, jamiyat unday insonlarni osonlikcha qabul qilmaydi.
Edvard dunyoni ko‘p jihatdan bolalarcha samimiyat bilan ko‘radi. U hayot va insoniy munosabatlarning murakkab tomonlarini tushunishga qiynaladi va buni o‘zgacha quvonch va sodda yondashuv bilan qabul qiladi. U o‘zining o‘tkir qo‘l-qaychilari tufayli tasodifan boshqalarga zarar yetkazishi mumkinligidan qo‘rqadi. Bu uning o‘z tabiatidan kelib chiqqan holda o‘zini yomonlik manbai deb bilishiga olib keladi va bu o‘z-o‘zini qoralashga sabab bo‘ladi.
Nihoyat u jamiyat ichiga kirishga muvaffaq bo‘ladi. Albatta, yuqorida aytilganiden bu osonlikcha kechmaydi. Turli ziddiyatlar, muammolar uni sabrini sinaydi va toblaydi.
Nega bu qahramon ko‘proq esimda qolgan? Edvard qaychi-qo‘l obrazida odamlardan alohidalik, yolg‘izlik, mehr va qabul qilinishga bo‘lgan ehtiyoj, qo‘rquv kabi jihatlar mujassam bo‘lib, har biri mahorat bilan ochib berilgan va har biriga yechim berilgan.

Siz taniydigan kitob blogerlarning koʻpchiligi oʻz sohasining ustasi faranglari hisoblanadi. Safimizda sanʼatkor va ijodkordan to adabiyotshunosgacha bor.
Quyida esa oramizdagi tarjimonlar bilan tanishtiramiz. Har bir tarjimondan bittadan asarni keltirdik. Qolganini ularning kanallaridan bilib olasiz.
Abu Bakr Fozilov — @phaziloff
Tarjima qilgan asari: Jeyms Cheyz — “Venetsiya missiyasi”
Temur Tangriberganov — @timur_books
Tarjima qilgan asari: Jyul Vern — "Parij XX asrda"
Raxshona Ahmedova — @RaxshonaAhmedova
Tarjima qilgan asari: Shin Kyong Suk — "Onamni asra"
Samandar Nazirjonov — @stoik_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Koyoharu Gotoge — "Iblislar qotili"
Ma'rufjon Ochilov — @marufjonblogi
Tarjima qilgan asari — Endi Veyer – "Marslik"
Nazarbek Nazarov — @bookerberg
Tarjima qilgan asari: Nassim Taleb — "Qora Oqqush"
Nurali Qahramon — @santuagaraoflibrary
Tarjima qilgan asari: Allen Ginsberg — "Uvvos"
Nodira Ibrohimova — @mittihaqiqatlar
Tarjima qilgan asari: Virjiniya Vulf — "Shaxsiy xona"
Alisher Fayzullayev — @perezagruzka_2021
Tarjima qilgan asari: U. Sorayan — "Daho"
Shohrux Usmonov — @usmonosphere
Tarjima qilgan asari: Astrid Lindgren — "Uzunpaypoq Peppi"
Mirzohid Muzaffar — @bobil_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Jorj Martin — "Taxtlar oʻyini"
Ilhom Salimov — @salimov_blogi
Tarjima qilgan asari: Sara Jo — "Londondan muhabbat ila"
Barchasiga birdan a'zo boʻlish uchun quyidagi link ustiga bosing