Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Siz qaysi biri siz? Shaxsan men kech yotib erta turaman.
Anonymous Poll
27%
Erta yotib erta turadigan
73%
Kech yotib erta turadigan
Boringizni Seving

Agar men sizni siz tushunmaydigan tilda kulib so'ksam yoki ustingizdan kulib gapirsam siz ranjimaysiz.

Lekin huddi shu ishlarni ona tilingizda qilsam, eng kamida keskin javob qaytarasiz. Ko'rdingizmi? Muammo aslida tashqaridan biz qabul qilayotgan ma'lumotlarda emas, aslida uni qanday qabul qilayotganimizda.

Men ona tilingizda sizni bo'yingiz pastligini, teringiz qora ekanligini aytib masxara qilsam, shunchaki teskari qarab o'tib ketishingiz yoki bor energiyangizni meni deb uvol qilishingiz mumkin. Tanlov menda emas, sizda!

Yana bir sodda haqiqat bor, qabul qilish yoki qilmaslik sizni qo'lingizda. Hech qachon hammaga yoqmaysiz, buni iloji yo'q, xatto o'zingiz ham hammani yoqtirmaysiz. Shunday ekan boringizni boringizcha seving.

Boshqalarni fikriga ko'p e'tibor beradigan do'stingizga/dugonangizga yuboring.

@mashuraliev
Nashville Downtownda yaqinda ajoyib business meeting o'tkazildi, qatnashdim. Ketgan vaqtimga, sarflagan pulimga achinmadim, juda yoqdi.

Eng esda qolarli voqea bu o'zaro samimiy suhbat bo'ldi, shunday suhbatlarning birida sal kam 40 yoshli Restoran biznes egasi bergan savol menga juda yoqdi.

Savol quyidagicha berildi: Ikkimizni o'rtamizdagi asosiy farq qanday? pul haqida so'ramayapman...

Mentor quyidagicha javob berdi: «Sizni tanimayman farqimiz qandayligini bilmayman lekin meni oddiy odamlardan ajratib turadigan atigi ikkita narsa bor, birinchisi jasorat. Ko'pchilik istagan narsasini boshlay olmaydi, qo'rqishadi, ikkilanishadi yoki o'zlari uchun qulay vaqtni kutishadi, ikkinchisi intizom. Boshlash kifoya qilmaydi, intizomli bo'lmasangiz kayfiyatingizga qul bo'lasiz ya'ni hafa bo'lsangiz hech qachon o'z ustingizda ishlay olmaysiz....»

Nashville - Amerikani Tennessee shtatidagi yaxshi bir shahar.

Meeting Restoran egalari uchun o'tkazildi, asosiy mavzular: Soliq, qonuniylashtirish va xodimlar bilan ishlash.

@mashuraliev
Kasal bo'lsangiz, yoqmaydigan dori ichmasdan, nafsingizni tiymasdan hech qachon tuzalmaysiz.

Siz ham shiringina joningizni qiynamay, qiyinchiliklardan o'tmay hech qachon biror narsada muvaffaqiyatga erisholmaysiz.

Aytishadiku istagan narsangiz uchun qurbonlik qilmasangiz, istaganingiz qurbon bo'ladi.

Biror narsaga erishish uchun doim vaqt ajratish kerak, e'tiborni bir joyga jamlash kerak, jismoniy kuch sarflash kerak vahokazo.

Bu oddiy haqiqat qabul qiling, aytgancha do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

@mashuraliev
Hammamizga yoshligimizda tanlov berilgan «Mayli hozir o'yna keyin bu ishni qilib qo'yasan yoki hozir qil keyin mazza qilib o'yna». Bunaqasi bo'lmagan demang faqat:)

Sahifamda ekansiz, oldin ish qilib keyin mazza qilib o'ynash to'g'ri tanlov ekanini bilasiz. Shuni bilingki, hayot ham Onamiz kabi bizga shunday tanlov berayapti.

«Oldin o'qi, o'z ustingda ishla, mehnat qil, qiynalasan sabr qil keyin rohatini ko'rasan yoki hozir o'yna, kul, kayf-u safo qil lekin keyin qiynalasan»

Xuddi onalarimiz bilan bo'lganidek, bugun ham tanlov bizda, to'g'ri ba'zida onalarimiz oldin ishlaysan keyin o'ynaysan deb turib oladi. Hayot ham sizga hech qanday tanlov qoldirmay sizni majburlaydi. Onamiz bilan bu narsa bo'lsa dadamizga arz qilamiz, afsuski hayotda bunday imkoniyat yo'q, shunday ekan bor alam va og'riqni ichga yutib oldinga intilishda davom etish lozim.

Kerakli joylarga yuboring

@mashuraliev
Qaysi salbiy jihatingiz sizni muvaffaqiyatdan ajratib turadi?
Anonymous Poll
50%
Dangasalik
22%
Intizomsizlik
14%
Ma'suliyatsizlik
14%
Boshqa Sabab
Burgutga hujum qilishga jur'ati yetadigan yagona qush bu qarg'a. Qarg'a burgutni orqasiga qo'nib, bo'ynidan tishlaydi.

Burgut o'z energiyasini yoki vaqtini u bilan kurashishga sarflamaydi, shunchaki qanotlarini keng ochib, yuqoriga parvoz qiladi.

Burgut yuqorilagani sari qarg'a nafas olishga qiynaladi, oxir oqibat havo yetmasligi tufayli pastga qulaydi.

Hayotimizda har doim bizni yoqtirmaydigan yoki qilgan ishimizdan ayb topadigan insonlar bo'ladi va bu narsa odamzot bor ekan o'zgarmaydi.

Shunchaki e'tibor bermasdan maqsad tomon harakat qilishni o'rganish lozim.

Agar bu post manfaatli bo'lsa, boshqalarga ham yuboring.

@mashuraliev
Intizom muvoffaqiyat kaliti.

Olovni hech juda tez yonib so'ng ochib qolganini ko'rganmisiz? Yoki uzoq vaqt yonib turganinichi?

Motivatsiya va intizomni ana o'shalarga o'xshataman.

Motivatsiya sizni yotgan joyingizdan turgazishi mumkin, turgan joyingizdan harakatga keltirishi mumkin. Biroq, ta'siri tezda ketadi:)

Intizom esa sizni bu narsalarga qat'iy amal qilishingizga yordam beradi.

Hech kim har kuni erta tongdan 4da turib yugurishni istamaydi.

Motivatsiya bilan birinchi va ikkinchi kuni chiqib yugurarsiz, lekin uchinchi kuni issiq joyim o'lan to'shagim deysiz. Intizom bilan esa to'rtinchi kuni ham, undan keyingi kuni ham, undan keyingi keladigan kunlarda ham bu maqsadga yetolasiz.

Mayk Tayson intizom haqida juda chiroyli fikr bildirgan: «Intizom yoqtirmaydigan ishingni yoqtiradigandek qilishdadir».

@mashuraliev
Hozirgi lattaboz «Ekspert» va «Guru»larni eng ajib hislati agar ularni mahsulotiga ehtiyoj bo'lmasa ehtiyojni yaratib so'ng mahsulotini sotish.

«Hozir boy bo'lish uchun eng yaxshi payt keyin kech bo'ladi» - ushbu jumla deyarli hammasida uchraydi. Sizni yuragingizga vahimali olov yoqib o'zini qandaydir kursini sotib bu olovni ochiradi. Bundaylarni soni kundan kunga ko'payib borayapti balki shuning uchundir hozir yoshlar hayolini bir joyga qo'yolmayapti.

Biri Grafik Dizaynerlik orqali ko'p pul topasiz desa, ikkinchisi SMM orqali deydi. Ketidan uchinchisi keladi, Kopirayterlik bilan hammasidan ko'proq pul topasiz deydi.

Ular bir birlari bilan raqobat qilar ekan, bunday zamonaviy yo'nalishlarni yaxshi tomonlari birin ketin chiqib kelaveradi, natijada odamlar ayniqsa yoshlar bir qarorga kelib biror yo'nalishni dadil ushlay olmayapti.

Agar siz tomonga 1 ta nayza otilsa, undan qochish qo'lingizdan keladi lekin 20 ta birdaniga otilsa bittasi aniq sizga tegadi, nega? Chunki bunday vaziyatda(hayol har qayerda bo'lganida) diqqatni jamlab bo'lmaydi, vahimaga tushasiz va assalom hisob-kitob...

Ko'p aytaman diqqatni bir joyga jamlab bir narsa ustida bir muddat ishlang, natijasiga o'zingiz ishonmaysiz.

🚀 U shoxdan bu shohga sakrab vaqtini zoye ketkazayotgan yaqinlaringizga yuboring, foydasi tegib qolar.

👉🏻 Yanada ko'prog'i:
@mashuraliev
Boshlash uchun eng qulay/to'g'ri vaqt bugun. Erta emas, dushanba emas, keyingi oyni boshi ham emas.

Ishonmasangiz o'zingizni hayotingizga bir boqing, nechi yoshda bo'lsangiz ham ertaroq boshlaganimda edi deysiz.

Vaqti kelib xatto bugun boshlamaganingiz uchun ham afsuslanasiz!

@mashuraliev
Vaqti kelib kuchga to'la sog'lom tanangiz yordamida erishishingiz mumkin bo'lgan narsalarga erishmaganingiz uchun afsuslanasiz.

Vaqti kelib aniq va tiniq hotirangiz borligida erishishingiz mumkin bo'lgan narsalarga erishmaganingiz uchun afsuslanasiz.

Vaqti kelib yosh va navqiron vaqtingizda erishishingiz mumkin bo'lgan narsalarga erishmaganingiz uchun afsuslanasiz.

Aynan shu kun kelsa buni yodda saqlang, nafas olayapsizmi hamma narsani iloji bor, eng muhimi o'zingizga achinib afsuslanish, vaqtingizni yana zoye ketkazib sizni afsuslantirmasin.

To'g'ri o'qidingiz, afsuslanish uchun ketadigan vaqt ham sizni afsuslantiradi!

@mashuraliev
Foto ko'rgazmalarga borganmisiz hech?

2 metr bo'yingiz bo'lsa ham surat va sizni o'rtangizdagi masofa yetarlicha uzoq bo'lmasa undan bahra ololmaysiz, suratni mayda va eng muhim detallarini ko'rmay qolasiz. Uzoqlashing, so'ng suratni aniq va ravshan ko'ra boshlaysiz...

@mashuraliev
Qancha harakat qilmang hech qachon mukammal bo'lolmaysiz, lekin shuni unutmang mukammallik tomon qo'ygan har bir qadamingiz sizni yanada yaxshiroq qiladi.

Juda chiroyli gap bor - «maqsadga emas jarayonga mehr qo'y, chunki sayohatchi uchun manzil emas sayohat yo'li muhim».

@mashuraliev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayotini yaxshilashga harakat qilayotgan oyog'i singan odam qaniydi oyog'im tuzalsa, har kuni yugurgani chiqardim, zalga borardim deydi. Oyog'i tuzalsa yana o'sha zalolatga, botqoqqa qaytadi.

Bahona, Bahona, Bahona.

O'zimdan o'tgan, qo'lim kuyganda 2 hafta hech narsa qilolmaganman. Tuzalsin qoldirmay chiqaman derdim. Qanday tuzalib, oylar o'tib ketganini ham bilmay qolganman.

Afsuski bahona qilib o'tkazib yuborgan vaqtimni qaytarolmayman. Lekin bunga afsuslanib yana vaqtimni zoye ketkazish niyyatim ham yo'q...

Xatolardan xulosa qilish kerak, o'rganish kerak, ularni o'ylab siqilish, asabiylashish, tushkunlikka tushish yaramaydi va eng muhimi, nima bo'lsa ham ertaroq boshlash kerak, ertaga qoldirmaslik lozim.

@mashuraliev
Hozir millardlab odamlar internet, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi.

Internetni sharofati bilan bir vaqtda millionlab odamlarga mahsulotingiz yoki xizmatingizni qiyinchiliksiz, arzon narxda e'lon qilishingiz mumkin.

Men aynan shu sohada digital marketing sohasida ishlayman. Bugun o'zim Manager bo'lib ishlaydigan restoran uchun mana bunday menyularni olib keldim.

Bundan qanday foyda bor?

• Mahalliy odamlarga pochta orqali yuborish orqali raqobatchilardan ajralib turamiz, 3 mile radiusimizda kamida 3 ta raqobatchi bor.

• QR Codelar joylashtirganman, onlayn savdoni oshirish mening eng asosiy ishim chunki vaqtni tejaydi, mijozlar uchun qulay.

Bu menyularni endi xususiy bizneslarga va mahalliy odamlarga tarqatamiz.

@mashuraliev
Qotilni topdik

Benjamin Franklinning bir chiroyli gapi bor, ayrim odamlar 25-30 yoshida o'ladi, shunchaki 75 yoshida ko'miladi degan edi.

Bilamizki, inson tabiatan no'malumlikdan qo'rqadi, mavhumlik hammani erkak-u, ayolni birdek qo'rqitadi. Yaxshi hayot sari olib boradigan yo'l ham mavhumlik bilan burkangan.

Shu tufayli ayrim odamlar navqiron paytida o'z qobig'idan chiqishga qo'rqib hayotim shu ekan deb taslim bo'ladi va qariguncha afsus bilan yashaydi.

Lekin hayotda katta va buyuk narsalarga erishish uchun o'sha no'malum va begona bo'lgan hududga qadam tashlash kerak.

Suzishdan qo'rqasizmi, okeanga hukm qiling. Okeandagi no'malumliklarni salbiy tarafiga qaraganda ijobiy tarafiga ko'proq e'tibor bering.

Shunda oldinga qadam tashlay olasiz, bu holatdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak negativlik va ikkilanish barcha orzularimiz qotili ekan.

@mashuraliev
Ol gulim ber gulim

Muhammad Ali dunyoga buyuk degan nom bilan tanilgan. Sportchi sifatida ham, inson sifatida ham chindan ham buyuk bo'lgan.

1984-yili Hyustonda bo'lgan o'tgan konferensiyada shu ajoyib jumlalarni aytgan: «Jismonan kechirgan uqubatlarim hayotda erishganlarimga arziydi, tavakkal qilishga jur'ati yetmagan inson hayotda hech narsaga erisholmaydi».

Yuqori saviydagi shaxs bo'lgan, hayotini o'rganishga arziydi. Bu gaplardan tushunish mumkinki o'zimiz uchun qulay muhitda istagan narsalarimizga erishaolmaymiz.

Yosh bola bo'lganimizda ota-onamizga yig'lab istagan narsamizni oldirishga harakat qilardik. Ularni ichi og'rib, oxiri olib berardi. Hayot esa shavqatsiz, ko'z yoshlarga qarab o'tirmaydi.

Biror narsaga erishmoqchimisiz, bu hayot sizdan qurbonlik talab qiladi. Bu asosan vaqt va muntazam og'ir mehnat bo'ladi. Bularni bermasdan, hayotdan hech narsa ololmaysiz.

@mashuraliev
Good evening, everyone! I’ll be taking a short break from Telegram to focus on some personal matters. During this time, I won’t be able to reply to messages, but I appreciate your understanding. Take care and see you soon!
2024/11/14 08:50:30
Back to Top
HTML Embed Code: